Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Download 102.8 Kb.
bet2/12
Sana12.09.2023
Hajmi102.8 Kb.
#1676108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MO\'M ishchi dastur oxirgi 2-kurs 15.12.22

FAN SILLABUSI
Pedagogika fakulteti
60110500– Boshlang‘ich ta’lim

Umumiy ma’lumotlar

Fan nomi: Matematika o‘qitish metodikasi

Fan kodi: MO‘MM1456714

Kredit miqdori: 14

Semestr: IV, V, VI, VII

Kafedra nomi: Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi

Fan o’qituvchisi: K/o’ Z. Choriyeva , N. Xolbozorova

Email: nasibaxolbozorova96@gmail.com

Fan turi: Majburiy

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Baholash shakli:

Imtihon

Fan tili:

O‘zbek







Fanning qisqacha mazmuni

Fanning oqitishdan maqsad – bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga matematika o‘qitish metodikasi fanidan muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va ularni amalda qo‘llay olishini taʼminlash.
Fanning vazifasi - talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat taʼlim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich taʼlimda o‘rgatishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini o‘rgatish vazifalarini bajaradi.
Shuningdek o‘qitishda:
1) taʼlimiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berish;
3) taʼlimni insonparvarlashtirishni;
4) matematika o‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalash;
5) o‘qitishning innovatsion, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalar yutuqlari;
6) o‘qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan IV-V sinf matematikasi mazmuni bilan uzviyligi taʼminlanishini nazarda tutadi.






Ta’lim natijalari:

Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Talaba bilish kerak:
• Matematika o’qitish metodikasi fani bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatning normativ-huquqiy asosi, o‘qituvchilik kasbining o'ziga xosligi va uning insonparvarlik xususiyati, o‘quv me’yoriy hujjatlar,pedagogik faoliyatni tashkil etishda innovatsion hamda interfaol metodlardan foydalana olish, ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashkil etish metodikasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim);
• Matematika o’qitish metodikasi kursini o‘zlashtirgan talaba o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish va dars samaradorligini oshirish metodlari va vositalari, mustaqil ta’lim, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, o‘quv amaliyoti, malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti)ni tashkil etish va o‘tkazish metodikasini, Matematika fanlarini o‘qitishning multimedia va interfaol ta’lim texnologiyalarni bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko‘nikma).
• Matematika fanining didaktik ta’minotini ishlab chiqish, ishlanmalarni tayyorlash, mutaxassislik fanlarining o‘quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqish, o‘quv ishlarining tashkil etilishini rejalashtirish, sinfdan tashqari ish shakllariga rahbarlik qilish, o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalari va interfaol texnologiyalarni qo‘llash olish kabi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak (malaka).


Download 102.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling