Qarshi filiali ax-11-21-guruh mustaqil ishi-2
To`xtalishlarni oldini olish yechimlari
Download 63.5 Kb.
|
Kompyuterni tashkil etish 3-M.I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesh-xotira
- Xotira manzillariga murojaat
To`xtalishlarni oldini olish yechimlariBu muammoning yechimi texnik jihatdan emas balki iqtisodiy jihatdan qaraladi. Texnik nuqtai-nazardan protsessor kabi tez ishlovchi xotira qurilmasini tashkil etish mumkin. Lekin bunday xotira qurilmasini protsessorning mikrosxemalariga joylashtirish talab etiladi, sababi ma`lumotlarni shinalar orqali uzatish sekin amalga oshadigan jarayondir. Mikrosxemalarga katta o`lchamdagi xotira qurilmasini joylashtirish protsessor o`lchamini oshiradi va tabiiyki uning narxi ham ortadi. Bu o`rinda protsessor o`lchamlarini haddan tashqari oshirib yubormaslik muhim hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchilardan kichik jahmdagi tezkor va katta hajmdagi nisbatan sekin ishlovchi xotiradan birini tanlash talab etiladi. Kesh-xotiraKichik hajmdagi tezkor va katta hajmdagi sekin ishlovchi xotirani birlashtirish imkonini beruvchi texnologiya yordamida arzon, tezkor va katta hajmdagi xotiradan foydalanish imkoniyati yaratildi. Kichik hajmdagi katta tezlikda ishlovchi xotira Kesh-xotira deb ataladi. Fransuz tilidan cacher berkitish, yashirish ma`nolarini anglatadi. Kesh-xotiraKesh-xotiraning Markaziy protsessorda joylashishiKesh-xotira tashkil etish g`oyasi juda soda bo`lib, u o`zida tez-tez takrorlanuvchi so`zlarni (word) saqlab turadi. Agar protsessorga biror bir so`z kerak bo`lsa u albatta dastlab kesh-xotiraga murojaat qiladi. Agar zarur so`z kesh-xotirada mavjud bo`lmasa, u xolda asosiy xotiraga murojaat amalga oshiriladi. So`zning kesh-xotirada mavjudligi uni o`qish uchun vaqt sarfini keskin qisqartiradi Xotira manzillariga murojaatDasturlar xotiraga taxminan kirishni amalga oshirmaydi. Agar dasturga A manzilga kirish kerak bo`lsa, undan so`ng dastur A manzilga yaqin joylashgan manzilga kirishiga to`g`ri keladi. Amaliy jihatdan dasturning oddiy buyruqlari ketma-ket joylashgan xotira maydonlaridan chaqiriladi. Bundan tashqari dasturlarning katta vaqt ulushi sikllarni bajarish uchun, ya`ni bir nechta buyruqlar to`plamini qayta-qayta bajarishga sarflanadi. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling