Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter injenering yo’nalishi i-bosqich ax-11-22 guruh talabasi
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish
Download 0.81 Mb.
|
4-mustaqil ish. DASTURLASH
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish. Windows ilovalarni yaratishga kirishdan oldin muhitni o‘rnatish va uning imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Visual Studio standart o‘rnatish assida C++ tilini rivojlantirish uchun zarur elementlarni qo‘shish/o‘chirish imkonini beradi. Masalan, an’anaviy C++dasturlarini ishlab chiqish, C++da mobil ilovalarni ishlab chiqish, C++da Linux muhiti uchun vositalarni ishlab chiqish, C++tilida o‘yin ishlab chiqish va boshqa yana bir qator imkoniyatlarni beradi.
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish uchun avvalo, MS Visual Studio ni o‘rnatish kerak. Kompyuterning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, mos versiya tanlanadi. Mazkur versiyani o‘rnatish, internet manbalari juda kshp uchraydi. Odatda oddiy muhitlar kabi o‘rnatiladi. MS Visual Studio ning hamma versiyalarida Windows ilovalarni turlicha yaratish mumkin. Ammo eng qulay va umumiy foydalanuvchi uchun mos bo‘lgan interfeysni o‘rnatish uchun har xil versiyalarga har xil sozlashlarni bajarish kerak. Masalan, MS Visual Studio 2012 da Windows ilovalarni yaratish uchun, Windows oynasi tayyor komponentani o‘rnatish uchun, 9.1-rasmda keltirilgan fayllarni VCvcprojectsvcNET/ VC++ papkasiga nusxalash lozim. 9.1-rasm. Windows ilovalarni yaratish uchun zaruriy fayllar Shundan so‘ng, MS Visual Studio ni ishga tushiring, 9.2-rasmdagidek, integrallashgan muhit oynasi hosil bo‘ladi. 9.2-rasm. Integrallashgan muhit oynasi. Muhit oynasi 5 qismdan iborat. Ular quyidagilar: Sarlavha satri. Bunda tizimli menyu (chap tomondagi tizim belgisi), tizim va joriy proekt nomi, tizimli tugmachalar (yig‘ishtirish, oyna o‘lchamini o‘zgartirish, oynani yopish) Muhitning menyusi. Muhitning uskunalar paleni (foydalanuvchi tomonidan kerakli uskunalar bilan to‘ldirilishi mumkin). Muhitning ishchi maydoni (Foydalanuvchining joriy proekt uchun zarur komponentalar va ularni boshqarish, kuzatish imkoniyatlari mavjud) Muhitning holat satri. Yangi proekt yaratilishi bilan proektga mos kerakli va joriy qilingan komponentalar faollashadi. Windows ilovalarni yaratish uchun bir nechta varinatlar mavjud. Ularning eng ko‘p tarqalgan varianti menyudan foydalanib yaratishdir. Windows ilovalarni yaratish uchun [File → New → Project] ketma ketligi yoki [Ctrl+Shift+N] tugmachalar majmuasini bosish yetarli. Ekranga [new Project] nomli muloqot oynasi hosil bo‘ladi (9.3-rasmga qarang). Birinchi marta MS Visual Studio ishga tushirganda asosiy tilni tanlashni so‘raydi. Agar S++ tilini tanlagan bo‘lsangiz, avtomatik shu tilda yaratilishi mumkin bo‘lgan loyihalar ro‘yxati hosil bo‘ladi. Agar oldin boshqa tilni tanlagan bo‘lsangiz, [Other Languages] bandidan Visual C++ tilini tanlashingiz lozim. Visual C++ til asosida yaratish mumkin bo‘lgan konseptual loyihalar ro‘yxati chiqadi va bularning o‘zi bir nechta loyihalarga bo‘lnadi (9.3-rasmning chap tomonida qarang). Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish uchun avvalo [CLR] loyiha menedjeri tanlanadi. CLR - Common Language Runtime - bir necha qo‘llab-quvvatlanadigan tillarda har qanday yozilgan dasturlar ijrosini boshqaradi dasturlash bo‘lib, ularni tillari har qanday yozilgan umumiy ob’ektga yo‘naltirilgan sinflarga almashish imkonini beruvchi loyiha menedjeridir. 9.3-rasm. Yangi loyiha yaratish oynasi. [CLR] loyiha menedjeri bir nechta loyihalar yaratish imkonini beradi: Class Library – boshqa proektlarga foydalanish uchun CLR sinflarni yaratish imkonini beradi. CLR Console Application – CLR asosida konsol loyiha yaratish uchun ishlatiladi. CLR Empty Project - yangi hech nima yozilmagan loyixalar asosida lokal loyihalarni yaratish uchun ishlatiladi. Windows Forms application – Windows oynali loyihalarni yaratish imkonini beradi. Windows Forms Control Library - Windows ilovalarni boshqarish uchun foydalaniladigan kutubxonalarni yaratish imkonini beradi. Har bir loyihani o‘z o‘rnida yaratish foydalanish muzimdir va har birini tanlaganingizda ularning izohi oynaning o‘ng tomonida chiqadi. [CLR] loyiha menedjeridan foydalanib loyiha yaratishda .NET Framework ning varianti ham muhim rol o‘ynadi. Shuning uchun .NET Framework larning imkoniyatlari bilan oldindan yaxshilab tanishib chiqish lozim. Har bir .NET Framework ning o‘zining imkoniyatlari bor va shuningdek Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish uchun .NET Framework 4.5 yoki 4.5.2 variantlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. .NET Framework ni tanlash loyiha turini tanlash oynasining ustida joylashgan. Loyiha yaratish oynasinig pastki qismida loyixa nomi, joylashgan joyini, loyihaning ishchi papkasining nomi ko‘rsatiladi. Kerakli amallarni bajargandan so‘ng [ok] tugmasini bossangiz, bir nechta avtomatik sozlashdan so‘ng loyihaning ilk ko‘rinishi hosil bo‘ladi (9.4-rasmga qarang). Visual C++ muhitida menyular va uskunalar paneli. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling