Bepul vebinar o‘tkazish usullari
Vebinar xizmatini tanlashning eng muhim mezonlaridan biri bu uning narxidir. Quyida translyatsiyani tashkil qilishning mutlaqo bepul bo‘lgan 2 usulini tahlil qilamiz.
1-usul. YouTube + YouTube + YouTube
Vebinarni tez va bepul o‘tkazishning oson usuli. Amalda oldindan sozlamalar talab qilinmaydi, yangi kanallar uchun mos keladi. Vebinar xonasi juda oddiy. Bir martalik translyatsiyalar yoki onlayn maktab yaratishning dastlabki bosqichida foydalanish mumkin.
Agar sizda hali YouTube kanalingiz bo‘lmasa yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilmagan bo‘lsangiz, unda qo‘shimcha 24 soat davomida tayyorgarlik ko‘ring. Jonli efirga ulanish uchun bu vaqt kerak bo‘ladi. Siz jonli translyatsiyalarni qo‘shilishini va ularning joylashtirilishini https://www.youtube.com/features havolasi orqali yoki Creative Studio - Classic View - Channel - Status and Features yorlig‘i orqali tekshirishingiz mumkin.
Afzalliklari
Tez.
Bepul.
Tushunish oson.
Yangi akkaunt qaydnomalarida foydalanish mumkin.
Kamchiliklari
Ekran / taqdimotni sozlash mumkin emas.
Hamma foydalanuvchilar ham vebinar haqida sharh yozolmaydi. Faqat google-akkauntga ega bo‘lgan foydalanuvchilargina vebinar haqida sharh yoza oladi.
Avtomatik ravishda vebinar o‘tkazish imkoniyati mavjud emas.
Tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish va dinamik bloklar qo‘shish imkoniyati mavjud emas.
Kerakli tahlil mavjud emas. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning qaysi biri vebinar xonasiga kirganini, kim vebinarni tomosha qilganini, kim oxirigacha bo‘lganligini bilish imkoniyati mavjad emas.
Traslyatsiyalar paytida biroz uzilishlar yozaga keladi. Odatda, uzilish 20-30 soniyani tashkil qiladi, ammo bir daqiqagacha bo‘lishi mumkin. Bu nafaqat YouTube -ga, balki boshqa translyatsiya usullariga ham tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |