Qarshi muhandislik iqtisodiyot insituti iqtisodiyot fakulteti «innovatsion iqtisodiyot»


O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning ustuvor yo`nalishlari


Download 107.65 Kb.
bet5/8
Sana24.04.2023
Hajmi107.65 Kb.
#1393871
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ishi ergashev

2. O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning ustuvor yo`nalishlari.
Bozor munosabatlariga o'tishga qaratilgan iqtisodiy islo­hotlar sharoitida davlat xo'jalik subyektlari faoliyatining iqti­sodiy xavfsizligini ta’minlashi va iuqarolarga ziyon keltirishiga yo'l qo'ymashgi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik va o'rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko'paytirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobatbardoshligini rivojlanti­rish, fond bozori, yer va ko'chmas mulk bozorlarini shakllan­tirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak. Bundan tashqari. hokimiyatning barcha bo'g'inlarida qonun loyihalarining sifati va asoslanganlik darajasini oshirish hamda qonunga barchani, hatto davlat hokimiyati organlarining ham qat’iy rioya etishlari bo'yicha tadbirlar amalga oshirilishi zarur bo'ladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun davlat quyidagilarni ko'zda tutishi lozim:
-ijtimoiy inshtutlar strategiyasmi bir-biriga yaqinlashtirish, ularning faoliyatini koordinatsiyalashtirishga imkon beradigan institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish;
-xo‘jalik jarayonlarining barcha ishtirokchilari uchun lobbizmni qonuniy cheklash, qonunchilikni maksimal unifikatsiyalash (ya’ni imtiyozlari va turli preferenslarni qisqartirish va yo'qotish) uchun iqtisodiy va ijtimoiy hatti-harakatlarning umumiy tamoyillarini ishlab chiqish va qabul qilish;
- iqtisodiyot subyektlari va davlal boshqaruv organlari tomonidan qonunlarga. faoliyat tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
- iqtisodiy munosabatlar sohasida vujudga keladigan munozara va ziddiyatlarni hal qilish mexanizmini yaratish;
-kadrlarni korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va investitsiya loyihalarini baholashning zamonaviy usullariga o'qitishni tashkil qilish;
-jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni oshirish va ijtimoiy keskinlikning o'sishiga yo'l qo'ymaslik;
-mamlakat iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni har tomonlarna rivojlantirish.
Shunga muvofiq ravishda sobiq totalitar tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar yaqin istiqbolda quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim bo'ladi:
1) samarali va raqobatbardosh ishiab chiqarishni qo`llab-quvvatlash va istiqboli yo'q, eskirgan ishlab chiqarishni to'xtatib qo‘yish;
2) tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan iqtisodiyot infratuzilmalarini rivojlantirish;
3) iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash;
4) mavjud ihniy texnika salohiyatining eng qimmatli elementlarini saqlash;
5) iqtisodiyot tarkibining delonnatsiyalashuviga barham berishda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tarkibini to`lovga qodir talab bilan
uyg‘unlashtirish;
6) korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvini tezlashtirish;
7) eksport salohiyatini diversifikatsiyalash;
8) ekologik xavfsizlikni oshirishni ta’minlash.
Ushbu vazifalarni bajarish milliy iqtisodiyotning ko'pchilik tarmoqlarining raqobatga bardoshli emashgini bartaraf etishga imkon yaratadi. Bundan kelib chiqqan holda, tarkibiy siyosat mikro va makro iqtisodiyot darajalarida uch asosiy yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak, degan xulosa chiqarish mumkin.
Buning uchun davlat hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun ma’lum tarmoq va sohalarni selektiv qo’llab-quvvatlashi zarur bo`ladi.
Makroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazilalar hal qilinishi zarur:
-jami talabni oshirish;
-jamg‘arish normasini o‘stirish va uni investitsiyaga aylanishini ta’minlash;
- rivojlanishdan to‘xtab qolgan sektorlardagi barcha turdagi resurslarning rivojianayotgan sektorlarga oqib o'tishini rag‘batlantirish;
- yalpi investitsiyalarni ko‘paytirish;
- eksportni rag‘batlantirish;
- umum qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida milliy ish­lab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida importni tartib­ga solish.
Mikroiqtisodiyol darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalarni bajarish zarur bo'ladi:
- iqtisodiy nuqtayi nazardan samarali korxona va ishlab chiqarishlarning rivojlanishini rag'batlantirish va qo'llab- quvvatlash;
-samarasiz ishlab ehiqarishlar va korxonalarni tugatish yoki reorganizatsiya, ya’ni qayta tashkil etish;
-yangi monopolistik tuzilmalarning paydo bo'lishiga yo‘l qo'ymaslik;
- tarmoqlararo kapital oquvchanligini ta'minlash maqsadi­da fond bozorining rivojlanishini tartibga solish va rag'batlantirish;
- narx o'sishini to'xtatish chora-tadbirlarini ko'rish;
-iqtisodiy subyektlar xatli-harakatining bozorga xosnormalarini joriy qilishni rag'batlantirish.
Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash uzoq muddatli strategik vazifa hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat strategiyasi, ya’ni doktrinasini ishlab chiqish va qabul qilish zarur bo'ladi.
Ushbu davlat strategiyasi oliy milliy davlat manfaatlariga javob bera olishi kerak.
Iqtisodiy xavfsizlik davlat strategiyasida erishiladigan pirovard maqsad va uni amalga oshirish bosqichlari o'z ifodasini topishi lozim. Shu davrda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning kafolati bo'lgan davlatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'ladi:
-xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha xo'jalik va siyosiy xarakterdagi qarorlarni qabul qilish;
-ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mexanizmiga tahdidlarning paydo bo'lganligi to'g'risida signal beruvchi indikatorlarni kiritish;
- iqtisodiy tahdidlarni yumshatish, bartaraf etish, neytrallashga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirish.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizhgini ta’minlash konsepsiyasi doimo uzoq muddatli milliy davlat manfaatlariga asoslanadi. Boshqacha aytganda mazkur konsepsiya mamlakatningkelajagi to'g'risidagi tasavvurga. islohotga, shuningdek, bar­qaror, mustahkam rivojlanish stralegiyasiga bog‘liq bo'ladi.

Download 107.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling