Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti Geologiya va Konchilik ishi fakulteti Ekologiya va Mehnat muhofazasi kafedrasi
Download 119.9 Kb.
|
KURS ISHI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:_______________________________________________________
- ASOSIY QISM Ⅰ BOB. IQLIM O’ZGARISHI HAQIDA. IQLIM O’ZGARISHIGA OLIB KELADIGAN HARAKATLAR. 2.1 IQLIM O’ZGARISHI OQIBATLARI
Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti Geologiya va Konchilik ishi fakulteti Ekologiya va Mehnat muhofazasi kafedrasi 5640200-Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bakalavriyat ta’lim yo’nalishi Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofazasi fanidan KURS ISHI Mavzu:_______________________________________________________ _______________ guruh talabasi ___________ _________________ (guruh raqami) (imzo) (F.I.SH) Kurs ishi rahbari ______ ____________________ ______________________ (imzo) (darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi) (F.I.SH) Baho______________________ _______________ (son va so‘z bilan) (yil, oy Qarshi -2022 MUNDARIJA
KIRISH Iqlim deb Yer yuzidagi biror joydagi ob-havoning ko’p yillik rejimiga aytiladi. Iqlim termini aslida yunoncha “klima” so’zidan olingan bo’lib, u og’ish, ya’ni Yer yuzasining Quyosh nurlariga nisbatan og’ishini bildiradi. Ob-havo atmosfera quyi qismining qisqa vaqtdagi tabiiy holati bo’lsa, iqlim Quyosh radiatsiyasi, yer yuzasining holati, atmosferadagi havo harakatiga bog’liq. Shuning uchun u ob-havodan farq qilib, asrlar davomida o’zgarishi mumkin. Har bir joyning iqlimi o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa joy iqlimidan farq qiladi. Yer yuzasida iqlim hosil qiluvchi jarayonlar, ya’ni Quyoshdan keluvchi issiqlik, suv bug’larining suvga aylanishi, namlikning bir joydan boshqa joyga olib borilishi to’xtovsiz sodir bo’lib turadi. Iqlim hosil qiluvchi omillar fizik va geografik omillarga bo’linadi. Yerning yumaloqligi, uning Quyosh atrofida orbita bo’ylab harakati tufayli Quyosh energiyasi turli kengliklarga turlicha tushadi. Okeanlarda iqlim quruqlikka nisbatan sekinlik bilan o’zgarib turadi. Quruqlikda iqlimning o’zgarishiga relief, o’simlik qoplami, suv havzalari kabi omillar ta’sir etadi. Yirik va o’rtavha shaharlarda relyefdan ratsional foydalanish, hovuz va favvoralar bunyod etish yo’li bilan mikroiqlim vujudga keltirish mumkin. O’rta Osiyo Yevrosiyo materigining markaziy qismida ocean va ochiq dengizlardan ancha olisda joylashgan. Bu esa iqlimning kontinentalligini oshiradi. O’rta Osiyo geografik o’rniga ko’ra o’rtacha mintaqadan subtropik mintaqaga o’tadigan oraliq zonada. Yoz issiq, qish nisbatan sovuq. Qizilqum va Qoraqum kabi kata qumli cho’llarning tog’ tizmalariga yaqin turishi ham iqlimning xiloma-xil bo’lishiga sabab bo’lgan. Sibir va Arktikadan sovuq havo massasi kirib keladi. Yozda cho’llarning tropic havo massalari egallab olganidan jazirama issiq bo’ladi. O’rta Osiyo janubida Quyosh ufqdan 76℃ gacha ko’tariladi, qishda. Dekabrning ikkinchi yarmida 28℃ dan pastga tushmaydi. Shuning uchun O’rta Osiyoni Serquyosh o’lka deyiladi. O’rta Osiyo iqlimi issiqsevar o’simliklardan paxta, sholi, jut kabi ekinlarni yetishturishga qulay. O’rta Osiyo iqlimiga xos xususiyatlardan biri shuki, rutubatli sovuq qishdan keyin tezda havi isib seryomg’ir bahor boshlanadi, keyin jazirama issiq va quruq yoz bilan almashinadi. Tekisliklarda yog’inning juda kamligidan, yoz kunlarining bulutsiz va jazirama issiqligidan O’rta Osiyoda cho’l va chala cho’llar vujudga kelgan. Orol dengizi sathining keskin kamayishi ham iqlimga birmuncha salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tog’li tekislikka nisbatan birmuncha boshqacha. U yerda temperature past, yog’in ko’p. Baland tog’ tepalarida qor va muz qoplamlari yil bo’yi saqlanadi. Qish 9 oygacha davom etadi. Joyning iqlim sharoitlari haqidagi ma’lumotlar O’rta asrlarda yashagan o’rtaosiyolik olim va shoirlar asarlarida uchraydi. Jumladan Ibn Sini, Navoiy asarlarida, Boburning “Boburnoma”sida joylarning iqlimi hqida anchagina yozilgan. Shahar, qishloq qurishda ham sersuv , bahavo joylar tanlangan. Toshkent shahrining iqlimi, ob-havosini ta’riflasgda o’rta asr shoiri Zaynuddun Vosifiydan o’tadigani bo’lmagan. Poytaxt Toshkent shahrining iqlimi kontinental, qishi nisbatan sovuq, yozi quruq, issiq. Havoning o’rtacha yillim temperaturasi 13,3℃. Iyulda o’rtacha temperatura 27℃, yanvarda-1℃. Eng yuqori temperatura 44℃, eng past temperatura - 30℃. Bir yilda o’rtacha 387 millimetr yog’in yog’adi. Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta’sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o’zgartirishda kata geologic kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadiskiy tomonidan ta’kidlab o’tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto’g’ri foydalanishi natijasida XX asrning o’rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan bog’liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo’jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq bo’lgan har qanday hodisa tushuniladi. Tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda. Ularni quyidagi guruhga ajratish mumkin: Global Regional Lokal Global ekologik muammolar dunyo bo’yicga kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen vas of antropogen ta’sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir. Insoniyat taraqqiyoti, urbanizatsiya jarayonining tezlashishi, globallashuvning jadallashuvi Ona sayyoramiz xavfsizligiga rahna solib, bir qator masalalar bilan birgalikda ekologik muammolarni ham keltirib chiqardi. Atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazayotgan ekologik xavf, o’rni kelganda, hattoki yadro talofati va terrorizmdan ham dahshatliroq bo’lib, yer yuzidagi barcha xalqlarni tobora bu haqida chuqurroq o’ylashga majbur qilmoqda. Butun jahon yovvoyi tabiat (WWP), Global Footprint Network jamg’armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda o’tkazgan tadqiqiot natijalariga ko’ra, 1970-yildan buyon Yerdagi yovvoyi hayvon va qushlarning soni 3,43 ming turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52% ga kamaygan , ya’ni havoda va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76% ga, Yer ustida yashaydiganlar va suvda istiqomat qiladiganlar soni 39% ga qisqargan. Har yili inson faoliyatioqibatida 11 mln. Gektar tropic o’rmonlar kesilib, nobud bo’ladi. Har kuni atmosferaga 60 million tonnage yaqin karbonatb angidrid chiqarilib, bu havoning isishiga, o’z navbatida esa Dunyo okeanidagi suv sathining ko’tarilishiga olib kelmoqda. Karbonat angidridning havo tarkibida oshishi, chiqindi gazlarning me’yoridan ortiq havoga chiqarilib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil bo’lib, bigungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik muammo-global iqlim o’zgarishi yuzaga keldi. Afsuski, boshqa ekologik muammolardan farqli o’laroq global iqlim o’zgarishi Yer yuzi aholisini kam tashvishga solayapti. Bu asosan u haqida yetarlichi ma’lumot va bilim yo’qligi hamda xavfli jarayonning sekinlik bilan amalga oshayotganligi bilan bog’liqdir. Xususan, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida mazkur mavzuga e’tibot juda ham kam bo’lib, natijada yurtdoshlarimiz iqlim o’zgarishining oqibatlari va xavflari xususida deyarli axborotga ega emaslar. Mazkur kurs ishi OAV vakillari hamda oliy o’quv yurtlarining talabalariga iqlim o’zgarishi masalalari, shunungdek mazkur mavzuda materiallar tayyorlash ko’nikmalariga ega bo’lishga yordam beradi degan umiddaman. ASOSIY QISM Ⅰ BOB. IQLIM O’ZGARISHI HAQIDA. IQLIM O’ZGARISHIGA OLIB KELADIGAN HARAKATLAR. 2.1 IQLIM O’ZGARISHI OQIBATLARI Iqlim o`zgarishi muammosi haqida har birimiz ommaviy axborot vositalarining turli manbalaridan har kuni eshitsak kerak. Bu bejiz emas. Iqlim o`zgarishi – atmosferada parnik gazlari haddan tashqari ko`p miqdorda to`planishi natijasida dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonlarining o`zgarishi. Parnik gazlari ro`yxati bilan siz quyida, mazkur sahifaning oxirida tanishishingiz mumkin. Atmosferada parnik gazlarining bunday g`ayritabiiy ko`payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko`mirdan haddan tashqari ko`p foydalanilishi natijasida yuz beradi. Atmosferadagi miqdori yildan-yilga ko`payib borayotgan asosiy parnik gazlari oksidlangan gaz va metandir. Ma’lumki, metan tabiiy gazning asosiy elementi hisoblanadi. Parnik gazlari atmosferada to`planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo`l qo`ymaydi va atmosferaning qizishiga sabab bo`ladi. Harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda 11 okean suvining harorati va fizik xossalari o`zgaradi, okean oqimlari o`zgaradi, mazkur oqimlarga bog`liq bo`lgan mamlakatlarda iqlim o`zgaradi, global gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o`zgaradi. Mazkur o`zgarishlar natijasi o`laroq, yog`ingarchiliklar amplitudasida katta o`zgarishlar yuz beradi – dam umuman yog`ingarchiliklar bo`lmaydi, dam haddan tashqari ko`p yog`ingarchilik bo`ladi; natijada qurg`oqchilik va toshqinlar ko`payadi; tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko`chkilar ko`p yuz beradi. Bir qarashda bu uncha qo`rqinchli bo`lib tuyulmasligi mumkin. Ammo, yerda harorat yana 5 gradusga ko`tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo`lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug`iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o`rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammoning olamshumulligi barcha odamlar uchun umumiy bo`lgan oqibatlar – odamzotning yo`q bo`lib ketish xavfi bilangina emas, balki bu muammoga biz qo`shayotgan hissa bilan ham belgilanadi. Gap shundaki, Yer yuzining qaysi nuqtasida atmosferaga parnik gazlari ajralayotgani ahamiyatga ega emas: mazkur jarayonlar O`zbekistonda yuz beradimi, Fillipin, Xitoy yoki Angliyadami – bundan qat’iy nazar, parnik gazining har bitta birligi qo`shilishi butun dunyo iqlim tizimiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Shu bois gazlar atmosferaga qayerda chiqarilayotgani emas, balki qancha chiqarilayotgani muhimdir. Har qanday energiya iste’moli, chunonchi: chiroq yoqish, uy isitish, o`tin yoqib ovqat tayyorlash va hokazolar natijasida atmosferaga parnik gazlari chiqariladi. Bu biz mazkur harakatlarga barham berishimiz kerak, degan ma’noni anglatadimi? Yo`q, albatta. Bu yerda gap biz energiyadan foydalanishda qay darajada tejamkor ekanligimizda. Ayrim hisob-kitoblarga ko`ra, biz energiya iste’molini ikki baravar qisqartirishimiz mumkin va bu qisqartirish hayotimizning sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatmaydi. Darhaqiqat, ko`pgina lampochkalar behuda yonadi. Axir yorug`lik hech kimga kerak bo`lmaganida lampochkani o`chirib qo`yish mumkin-ku. Biz qanday lampochkalarni ishlatamiz? Ular tejamlimi? 12 Hozirgi vaqtda energiyani bir necha baravar kam sarflaydigan lampochkalar bor va ular sotuvda mavjud. Biz o`z turar joyimizni isitamiz. Bunday isitish qay darajada samarali? Agar uyimizda shiftda ham, eshiklarda ham bitta oynali romlar o`rnatilgan, romlarda tirqishlar bor bo`lsa, uyimizni qancha isitmaylik, u baribir lozim darajada isimaydi. Xo`sh, bunda qancha yonilg`i isrof bo`ladi? Ayni holda yonilg`i qayerda (hovlida yoki markazlashtirilgan qozonxonada) isrof qilinayotgani ahamiyatga ega emas. Uydan bir necha yuz metr narida joylashgan do`konga mashinada borish shartmi? Balki do`konga piyoda yoki velosipedda borib kelsa bo`lar? Shu bois biz har bir kishi o`ziga: “Mavjud energiyadan men qanday foydalanyapman?” degan savolni berishini istaymiz. Mahalliy aholi energiyadan foydalanishi natijasida atmosferaga chiqariladigan parnik gazlar miqdorini qisqartirish yo`li bilan global iqlim tizimiga ta’sirni kamaytirishga qaratilgan. KGDning vazifasi sanoatda, energiya taqsimlash tarmoqlarida va davlat aralashuvi hamda oqilona huquqiy tartibga solish talab etiladigan boshqa joylarda chiqindilarni qisqartirishdan iborat emas. Bu borada GEF KGD aholi energiyani bevosita iste’mol qiluvchi darajada chiqindilarni qisqartirish bilan shug`ullanadi. Mazkur natijaning maqsadi mavjud energiya manbalaridan foydalanishning samaradorligini oshirishdir. Bunga ikki yo`nalishni rivojlantirish hisobiga erishiladi: 1) joylarda energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirish; 2) mahalliy aholi tomonidan energiya olish muqobil manbalarini amalga joriy etish. Aksariyat hollarda aholi energiya iste’molini qisqartirish yo`llari va usullarini bilmaydi. Bundan tashqari, O`zbekistonda energiya manbalarining narxlari nisbatan arzon – davlat tomonidan subsidiyalangan bo`lib, ko`pchilik energiyadan foydalanishni qisqartirishga o`zida rag`bat sezmaydi, chunki ularning energiya uchun xarajatlari vaqt bo`ylab taqsimlangan. Energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirish uchun esa, aksariyat hollarda bir martalik investitsiyalar qilish talab etiladi. Mazkur investitsiyalar miqdori odamlar kundalik asosda energiya xarid qilishga sarflaydigan xarajatlardan bir qarashda bir necha baravar ko`p bo`lib tuyulishi mumkin. Shunga qaramay, energiyadan foydalanishning samaradorligi tabiatni muhofaza qilish nuqtayi nazaridangina emas, balki iqtisodiy nuqtayi nazardan ham juda muhim ekanligini ko`rsatib berish muhimdir. 13 Shu tufayli ham, mazkur vazifa uylarning issiqlik o`tkazuvchanligini takomillashtirish yo`li bilan energiyadan foydalanishning samaradorligini, ro`zg`or buyumlari, isitish sistemalari, ovqat tayyorlash moslamalari va hokazolarning samaradorligini oshirish bo`yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi. GEF KGD odamlar tomonidan oson idrok etiladigan, xo`jalik yuritishning kundalik amaliyotiga energiyadan foydalanish jihatidan samarali texnologiyalarni joriy etishning afzalliklarini namoyish qiladigan, keng yoyish qulay bo`lgan loyihalarni qo`llab-quvvatlashi muhimdir. Hozirgi vaqtda O`zbekiston aholisi muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasida bilim, tajriba va ko`nikmalarga deyarli ega emas. SHu bilan bir vaqtda, texnik jihatdan amalga tatbiq etish va foydalanish jihatidan sodda va qulay, moliyaviy jihatdan ancha arzon bo`lgan muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ko`plab variantlari mavjud. BMTRD va boshqa xalqaro tashkilotlar, elchixonalar qoshidagi turli markazlar va boshqa tuzilmalar muqobil energiya manbalarini namoyish qilish va amalga joriy etish bo`yicha bir qancha “pilot” loyihalarni amalga oshirganlar. Mahalliy sharoitlarda muqobil manbalardan foydalanish borasida tajriba mavjud. Ammo bu tajriba lozim darajada keng tarqatilayotgani yo`q. Ayni shu sababli GEF KGDning vazifasi to`plangan tajribani umumlashtirish va uni KGD loyihalari orqali keng tarqatishdan iborat. Bundan tashqari, GEF KGD Kioto protokolining aksariyat investorlar uchun jalb qiluvchan bo`lmagan, lekin mahalliy aholi ijtimoiy-iqtisodiy naf ko`rishi uchun keng imkoniyatlarga ega bo`lgan Sof Rivojlanish Mexanizmi (SRM) loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko`maklashadi. SRM kichik loyihalari SRM dasturlariga birlashtirilishi mumkin. GEF KGDning vazifasi – ijtimoiy yo`naltirilgan SRM dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko`maklashadigan har qanday tashabbuslarni rivojlantirishga ko`maklashish. Iqlim o`zgarishi sababi hisoblangan issiqxona gazlari: suv bug`i karbonat angdrid (SO2) Iqlim o`zgarishi muammosi haqida har birimiz ommaviy axborot vositalarining turli manbalaridan har kuni eshitsak kerak. Bu bejiz emas. Iqlim o`zgarishi – atmosferada parnik gazlari haddan tashqari ko`p miqdorda to`planishi natijasida dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonlarining o`zgarishi. Parnik gazlari ro`yxati bilan siz quyida, mazkur sahifaning oxirida tanishishingiz mumkin. Atmosferada parnik gazlarining bunday g`ayritabiiy ko`payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko`mirdan haddan tashqari ko`p foydalanilishi natijasida yuz beradi. Atmosferadagi miqdori yildan-yilga ko`payib borayotgan asosiy parnik gazlari oksidlangan gaz va metandir. Ma’lumki, metan tabiiy gazning asosiy elementi hisoblanadi. Parnik gazlari atmosferada to`planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo`l qo`ymaydi va atmosferaning qizishiga sabab bo`ladi. Harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda 11 okean suvining harorati va fizik xossalari o`zgaradi, okean oqimlari o`zgaradi, mazkur oqimlarga bog`liq bo`lgan mamlakatlarda iqlim o`zgaradi, global gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o`zgaradi. Mazkur o`zgarishlar natijasi o`laroq, yog`ingarchiliklar amplitudasida katta o`zgarishlar yuz beradi – dam umuman yog`ingarchiliklar bo`lmaydi, dam haddan tashqari ko`p yog`ingarchilik bo`ladi; natijada qurg`oqchilik va toshqinlar ko`payadi; tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko`chkilar ko`p yuz beradi. Bir qarashda bu uncha qo`rqinchli bo`lib tuyulmasligi mumkin. Ammo, yerda harorat yana 5 gradusga ko`tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo`lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug`iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o`rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammoning olamshumulligi barcha odamlar uchun umumiy bo`lgan oqibatlar – odamzotning yo`q bo`lib ketish xavfi bilangina emas, balki bu muammoga biz qo`shayotgan hissa bilan ham belgilanadi. Gap shundaki, Yer yuzining qaysi nuqtasida atmosferaga parnik gazlari ajralayotgani ahamiyatga ega emas: mazkur jarayonlar O`zbekistonda yuz beradimi, Fillipin, Xitoy yoki Angliyadami – bundan qat’iy nazar, parnik gazining har bitta birligi qo`shilishi butun dunyo iqlim tizimiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Shu bois gazlar atmosferaga qayerda chiqarilayotgani emas, balki qancha chiqarilayotgani muhimdir. Har qanday energiya iste’moli, chunonchi: chiroq yoqish, uy isitish, o`tin yoqib ovqat tayyorlash va hokazolar natijasida atmosferaga parnik gazlari chiqariladi. Bu biz mazkur harakatlarga barham berishimiz kerak, degan ma’noni anglatadimi? Yo`q, albatta. Bu yerda gap biz energiyadan foydalanishda qay darajada tejamkor ekanligimizda. Ayrim hisob-kitoblarga ko`ra, biz energiya iste’molini ikki baravar qisqartirishimiz mumkin va bu qisqartirish hayotimizning sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatmaydi. Darhaqiqat, ko`pgina lampochkalar behuda yonadi. Axir yorug`lik hech kimga kerak bo`lmaganida lampochkani o`chirib qo`yish mumkin-ku. Biz qanday lampochkalarni ishlatamiz? Ular tejamlimi? 12 Hozirgi vaqtda energiyani bir necha baravar kam sarflaydigan lampochkalar bor va ular sotuvda mavjud. Biz o`z turar joyimizni isitamiz. Bunday isitish qay darajada samarali? Agar uyimizda shiftda ham, eshiklarda ham bitta oynali romlar o`rnatilgan, romlarda tirqishlar bor bo`lsa, uyimizni qancha isitmaylik, u baribir lozim darajada isimaydi. Xo`sh, bunda qancha yonilg`i isrof bo`ladi? Ayni holda yonilg`i qayerda (hovlida yoki markazlashtirilgan qozonxonada) isrof qilinayotgani ahamiyatga ega emas. Uydan bir necha yuz metr narida joylashgan do`konga mashinada borish shartmi? Balki do`konga piyoda yoki velosipedda borib kelsa bo`lar? Shu bois biz har bir kishi o`ziga: “Mavjud energiyadan men qanday foydalanyapman?” degan savolni berishini istaymiz. Mahalliy aholi energiyadan foydalanishi natijasida atmosferaga chiqariladigan parnik gazlar miqdorini qisqartirish yo`li bilan global iqlim tizimiga ta’sirni kamaytirishga qaratilgan. KGDning vazifasi sanoatda, energiya taqsimlash tarmoqlarida va davlat aralashuvi hamda oqilona huquqiy tartibga solish talab etiladigan boshqa joylarda chiqindilarni qisqartirishdan iborat emas. Bu borada GEF KGD aholi energiyani bevosita iste’mol qiluvchi darajada chiqindilarni qisqartirish bilan shug`ullanadi. Mazkur natijaning maqsadi mavjud energiya manbalaridan foydalanishning samaradorligini oshirishdir. Bunga ikki yo`nalishni rivojlantirish hisobiga erishiladi: 1) joylarda energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirish; 2) mahalliy aholi tomonidan energiya olish muqobil manbalarini amalga joriy etish. Aksariyat hollarda aholi energiya iste’molini qisqartirish yo`llari va usullarini bilmaydi. Bundan tashqari, O`zbekistonda energiya manbalarining narxlari nisbatan arzon – davlat tomonidan subsidiyalangan bo`lib, ko`pchilik energiyadan foydalanishni qisqartirishga o`zida rag`bat sezmaydi, chunki ularning energiya uchun xarajatlari vaqt bo`ylab taqsimlangan. Energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirish uchun esa, aksariyat hollarda bir martalik investitsiyalar qilish talab etiladi. Mazkur investitsiyalar miqdori odamlar kundalik asosda energiya xarid qilishga sarflaydigan xarajatlardan bir qarashda bir necha baravar ko`p bo`lib tuyulishi mumkin. Shunga qaramay, energiyadan foydalanishning samaradorligi tabiatni muhofaza qilish nuqtayi nazaridangina emas, balki iqtisodiy nuqtayi nazardan ham juda muhim ekanligini ko`rsatib berish muhimdir. 13 Shu tufayli ham, mazkur vazifa uylarning issiqlik o`tkazuvchanligini takomillashtirish yo`li bilan energiyadan foydalanishning samaradorligini, ro`zg`or buyumlari, isitish sistemalari, ovqat tayyorlash moslamalari va hokazolarning samaradorligini oshirish bo`yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi. GEF KGD odamlar tomonidan oson idrok etiladigan, xo`jalik yuritishning kundalik amaliyotiga energiyadan foydalanish jihatidan samarali texnologiyalarni joriy etishning afzalliklarini namoyish qiladigan, keng yoyish qulay bo`lgan loyihalarni qo`llab-quvvatlashi muhimdir. Hozirgi vaqtda O`zbekiston aholisi muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasida bilim, tajriba va ko`nikmalarga deyarli ega emas. SHu bilan bir vaqtda, texnik jihatdan amalga tatbiq etish va foydalanish jihatidan sodda va qulay, moliyaviy jihatdan ancha arzon bo`lgan muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ko`plab variantlari mavjud. BMTRD va boshqa xalqaro tashkilotlar, elchixonalar qoshidagi turli markazlar va boshqa tuzilmalar muqobil energiya manbalarini namoyish qilish va amalga joriy etish bo`yicha bir qancha “pilot” loyihalarni amalga oshirganlar. Mahalliy sharoitlarda muqobil manbalardan foydalanish borasida tajriba mavjud. Ammo bu tajriba lozim darajada keng tarqatilayotgani yo`q. Ayni shu sababli GEF KGDning vazifasi to`plangan tajribani umumlashtirish va uni KGD loyihalari orqali keng tarqatishdan iborat. Bundan tashqari, GEF KGD Kioto protokolining aksariyat investorlar uchun jalb qiluvchan bo`lmagan, lekin mahalliy aholi ijtimoiy-iqtisodiy naf ko`rishi uchun keng imkoniyatlarga ega bo`lgan Sof Rivojlanish Mexanizmi (SRM) loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko`maklashadi. SRM kichik loyihalari SRM dasturlariga birlashtirilishi mumkin. GEF KGDning vazifasi – ijtimoiy yo`naltirilgan SRM dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko`maklashadigan har qanday tashabbuslarni rivojlantirishga ko`maklashish. Iqlim o`zgarishi sababi hisoblangan issiqxona gazlari: suv bug`i karbonat angdrid (SO2) metan (SN4) azot oksidi (N2O) gidroftoruglerodlar (GFU) perftoruglerodlar (PFU) oltingugurt geksoftoridi oltingugurt geksoftoridi (SF6) Global iqlim o`zgarishi – XXI asrning asosiy muammolaridan biri. Insoniyatning taraqqiyotga erishish yo`lida tabiatga nisbatan xo`jasizlarcha munosabatda bo`lishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga sabab bo`layotir. Ob-havo va iqlim nima? Ob-havo ma’lum hududdagi atmosferaning 10-12 kilometr balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol tezligi va yo`nalishi, bulutlar va turli atmosfera yog`inlari turi va jadalligi, nurli energiya va issiqlik oqimlari kabilar kiradi. Iqlim esa ma’lum bir hududdagi ob-havoning ko`p yillik rejimi bilan ifodalanib, joyning geografik kengligi, yer usti tuzilishi (orografik, relyef), dengiz sathiga nisbatan balandligi, okeanga nisbatan uzoq yoki yaqinligi va boshqa qator omillar bilan aniqlanadi. Iqlim atamasi grekcha “klima”-qiyalik ma’nosini, ya’ni quyosh nurlarining yerga tushgan paytida og`ish-tushish qiyaligini anglatadi. Bu atama yunon astronomi Gipparx (mil.avv.160-125 yillar) tomonidan fanga kiritilgan. Iqlim – quyosh atrofida harakatlanib turadigan yer sayyorasi yuzasiga yaqin bo`lgan atmosfera qobig`ining troposfera qatlamida ro`y beradigan tabiiy jarayonlar natijasidir. Iqlim fasllar bo`yicha o`zgarish xususiyatiga ega. Iqlimga ta’rif beradigan bo`lsak-“Iqlim deb ma’lum bir hududda uzoq yillar davomida takrorlanib turadigan ob-havo rejimiga aytiladi”. Ob-havo esa iqlim ko`rsatkichlarining ayni joydagi, ayni vaqtdagi holatidir. Ob-havo bir kechakunduzda bir necha marta o`zgarishi mumkin. Yil davomida ma’lum joyning iqlimida uning fasllariga xos holda ob-havo holatlari sodir bo`lib turadi. Iqlimni hosil qiluvchi asosiy omil, manba Quyosh hisoblanadi. Yer yuzasiga tushadigan quyosh nurlarining tushish burchagi qancha katta bo`lsa, nurlarning issiqlik va yorug`lik darajasi, quvvati shuncha kuchli, aksincha bo`lsa shuncha kam va kuchsiz bo`ladi. Yerning yuzasida atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan biz nafas olamiz va usiz yerda hayot bo`lishi mumkin emas. Har bir kishi bir kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol qiladi. Yer atmosferasi yigirmaga yaqin gaz aralashmasidan tashkil topgan. Ularning asosiy qismi – azot va kisloroddan hamda suv bug`i, azon va mutlaq holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan iborat. Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi. Meteorologik kuzatishlar kun davomida har 3 yoki 6 soatda olib boriladi. Bunday bir vaqtda olib borilgan kuzatishlar butun dunyo ob-havo xizmatining (VSP) asosidir. Bunday usul meteorologik prognozlar tuzish va dovullardan ogohlantirish va global iqlim haqidagi bilimlarni to`ldirish uchun kerak. 15 Shuni alohida aytish joizki, iqlimiy sharoit bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar ta’sirida tabiatning rivojlanish bosqichlarida o`zgarishlar bo`lib turgan. Bunga Antarktida materigi va Shpitsbergen orollarida mavjud bo`lgan ko`mir konlari hamda to`rtlamchi davrda ro`y bergan takroriy muzlashlar davri inkor etib bo`lmaydigan dalillardir. Olimlar iqlimiy jarayonlarda davriy o`zgarishlar mavjudligini ham e’tirof etadilar. Iqlimshunos olim A.V.Shnitnikov tomonidan Yerning shimoliy yarim sharidagi quruqliklarda (materiklarda) tabiiy namlikning 1800 yil davomidagi davriy o`zgarishlari o`rganilgan. Har bir davr ikki fasldan iborat bo`ladi, birinchisi 300-500 yil davom etadigan salqin, nam, iliq davr bo`lsa, ikkinchisi 1000 yildan ortiq kuzatiladigan issiq va quruq iqlim davridir[1]. Keyinchalik olib borilgan tadqiqotlar Shnitnikov fikrini tasdiqladi. Masalan, E. Le Rua Ladyuri Sharqiy Yevropa iqlimini o`rganar ekan “kichik muzlik davri” bo`lganligini va asrlar osha, ya’ni har 2000 yilda iqlim keskin o`zgarishini isbotladi.[2] Yer tarixida ro`y bergan iqlimiy o`zgarishlar paleoiqlimshunoslik fani vakillari tomonidan o`rganiladi. Bundan tashqari, bu sohaga tegishli paleogeomorfologiya, paleobotanika, paleozoologiya kabi fan ilmiy yo`nalishlari ham mavjud. Bu o`rinda geologiya fani alohida o`ringa ega. Sayyoramizda hukmronlik qilayotgan hozirgi iqlimiy sharoit asosan yaqin o`tmishda, to`rtlamchi davrning quyi, o`rta va yuqori qismida ro`y bergan muzlik davridan so`ng yuzaga kelgan. Yerdagi hayotning asosiy manbai quyosh bo`lsada, iqlimning hosil bo`lishida atmosfera qobig`ining ahamiyati alohida o`rin tutadi. Atmosfera tarkibining shakllanishi va o`zgarishi organik dunyoning rivojlanish jarayoni bilan bevosita bog`liq. Akademik I.V.Vernadskiy fikri bilan aytganda, u organik dunyoning taraqqiyoti hosilasidir [3]. Atmosfera sayyoramizni o`ta qizib va keskin sovub ketishdan saqlab turuvchi himoya vositasidir. Yerning havo qobig`i bo`lmasa, hayot ham bo`lmas edi. Iqlimshunoslarning hisoblashlariga ko`ra atmosferada karbonat angidrid gazi bo`lmaganda harorat 60C ga, suv bug`lari bo`lmaganda esa Yer sirtida harorat 250C ga pasayib ketgan bo`lar edi. Havo haroratining ko`tarilishi 1850 yildan boshlab, bugungi kunga kelib 1 darajaga oshgan. Agarda u 2 darajaga etsa, krizis holatlar vujudga keladi. Sanoat inqilobi amalga oshirila boshlangach atmosferada karbonat angidridning miqdori 30 foizga oshgan. Olimlar iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillarni 3 guruhga – astronomik, geografik va havoni sirkulyatsion omillarga ajratadilar. Bu omillar qanday guruhlanmasin, yer iqlimining shakllanishida quyidagilar muhim o`rin tutadi. Bu borada bosh omil quyoshdan yer sirtiga yetib keladigan radiatsiya va yorug`lik miqdoridir. Yer yuzida suvlik va quruqlikning taqsimlanishi, joyning geografik o`rni, yer yuzasining tuzilishi, quyosh nurlarining yer sirtidan qaytishi 16 ko`rsatkichlari, atmosfera tarkibi va sirkulyatsiyasi va havo-dengiz oqimlari kabilardir. Yer shari iqlimini tabaqalashtirishda turlicha yondashuvlar mavjud. Bular orasida B.P.Alisov tomonidan 1930 yillarda ishlab chiqilgan genetik klassifikatsiyasi ko`pchilik tomonidan ma’qullangan. Bu klassifikatsiyada yil davomida yoki issiq va sovuq davrlarda hukmronlik qiladigan havo massalari tiplari asos qilib olingan. U geografik kengliklar bo`ylab hukmronlik qiladigan ettita havo massalarini qamrab oladi: ekvotorial, 2 ta tropik, 2 ta mo`tadil va Arktika, Antarktika. Bunga asosan 4 ta asosiy: ekvotorial, tropik, mo`‘tadil, arktika-antarktika va 3 ta oraliq: subekvotorial, subtropik, subarktikasubantarktika iqlimiy mintaqalariga ajratadi. Yuqorida qayd qilingan havo massalarining, iqlim mintaqalarining shakllanishida yer yuzida radiatsiya balansi, havo harorati va namlikning qutblardan ekvatorga tomon o`zgarishi asos qilib olingan. Yer yuzida qaror topgan ushbu iqlimiy sharoit XX asrning o`rtalariga kelib kuchli antropogen ta’sirga uchradi. Ya’ni, yer yuzasida aholi sonining ortishi, tabiiy resurslarga bo`lgan talab va ehtiyojning to`xtovsiz oshishi va nihoyat fan va texnikani rivojlanishi insonning tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi yer shari iqlimining o`zgarishiga olib keldi va bu jarayon shiddat bilan davom etmoqda. Bu jarayonni quyidagi dalilllar bilan asoslash mumkin: Atmosferaning kimyoviy, fizik tarkibiga inson faoliyat ta’sirining ortib borayotganligi, Ozon qatlamini yemiruvchi turli is gazlarini hamda karbonat angdrid va boshqa issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarni va aerozollarni chiqarish, turli organik yoqilg`ilarni yoqish va energiya sarflash orqali atmosfera haroratiga ko`rsatilayotgan ta’sirning ortib borayotganligi; Tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan o`zlashtirilishi (yer, suv, o`rmon, tog`-kon) tufayli yer sirti albedosining o`zgarishi; Dunyo okeani sathining ko`tarilishi va suv tarkibining ifloslanishi, buzilishi tufayli atmosfera-okean-quruqlik tizimida kechadigan modda, energiya va gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko`rsatish; Yer sharida bo`ladigan, bo`layotgan etnik nizolar, davlatlararo kelishmovchiliklar, urushlar, xalqaro terrorizm, maishiy va sanoat chiqindilarining tabiatga tartibsiz katta miqdorda chiqarilayotgani; Inson omili ta’sirida Yer yuzida modda, energiya almashinuvi tufayli, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni shiddatining ortayotganligi; Kosmosni o`zlashtirish maqsadida raketalarni fazoga chiqarilishi natijasida Ozon qatlamiga yetkazilayotgan zarar va boshqalar. Iqlimshunoslarning ma’lumotlariga ko`ra, yuqorida qayd qilingan jarayonlar tufayli global iqlim isishi kuzatilmoqda. Atmosferada issiqlik gazlari haddan tashqari ko`p miqdorda to`planishi dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonlarining o`zgarishiga olib kelmoqda. Ularning bunday g`ayritabiiy ko`payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko`mirdan haddan tashqari ko`p foydalanilishi natijasida yuz beradi. Miqdori yildan-yilga ko`payib borayotgan asosiy issiqlik gazlari oksidlangan gaz va metan bo`lib, ma’lumki, metan tabiiy gazning asosiy elementi hisoblanadi. Ushbu gazlar atmosferada to`planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo`l qo`ymaydi va atmosferaning isishiga sabab bo`ladi. Iqlim o`zgarishi sababi hisoblangan issiqxona gazlari: suv bug`i karbonat angidrid (SO2) metan (SN4) azot oksidi (N2O) gidroftoruglerodlar (GFU) perftoruglerodlar (PFU) oltingugurt geksaftoridi (SF6)[4] Yer o`z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazoga qayta chiqarmaslik xususiyatiga egadir. Ular yerni issiq “ko`rpa”ga o`rab, issiqxona samarasini beradi va yerdagi haroratni saqlab turadi. Mazkur jarayon yerni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona gazlarisiz yer hozirgidan taxminan 30 darajaga sovuqroq bo`lar edi. Ammo afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga yuqorida keltirib o`tilgan gazlar chiqarilmoqda. Raqamlarga e’tibor bersangiz, bir kunda dunyoda 9 milliard litr neft yoqiladi. Buning natijasida havodagi SO2 ning miqdori yiliga 30% ga ortib bormoqda. Uning oqibatlari esa quyidagicha: harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda okean suvining harorati va fizik xossalari, okean oqimlari, mazkur oqimlarga bog`liq bo`lgan mamlakatlarda iqlim, global gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o`zgaradi. Oqibatda yog`ingarchiliklar amplitudasida katta o`zgarishlar yuz berib u o`ta ko`p yog`in yog`ishi yoki umuman yog`masligi bilan belgilanadi, qurg`oqchilik va toshqinlar soni ko`payadi, tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko`chkilar yuz beradi. Bir qarashda bu uncha qo`rqinchli bo`lib tuyulmasligi mumkin. Ammo yerda harorat yana 5 darajaga ko`tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo`lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug`iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o`rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. 18 Iqlim o`zgarishi muammosi O`zbekistonga ham o`z ta’sirini ko`rsatmay qolmaydi. Sodir bo`lishi mumkin bo`lgan oqibatlar qatorida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: - suv resurslari taqchilligining kuchayishi; - o`rtacha haroratning oshishi; - yog`ingarchiliklarning notekis taqsimlanishi – yog`ingarchiliklarsiz qurg`oqchilik uzoq davom etishi va bir martada ko`p miqdorda yog`ingarchiliklar bo`lishi; - qishloq xo`jaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay o`zgarishi; - harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bog`liq muammolar ko`payishi; - o`simliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallar qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalar tubdan o`zgarishi; - sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, demak, yashash va xo`jalik yuritish mumkin bo`lgan erlar kamayishi; - iqtisodiyot sektorlari ta’sirining to`liq qayta taqsimlanishi va boshqalar[5]. Albatta iqlim o`zgarishi natijasida ko`rilishi mumkin bo`lgan zararni hali hech kim hisoblagani yo`q. Xo`sh, bizning faoliyatimiz iqlim o`zgarishiga ta’sir ko`rsatadimi? Albatta, ha. Avvalo bu avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar, neft, gaz, ko`mir va o`tinni yoqish oqibatida ajraladigan SO2, atmosferadagi aerozollar, sement sanoati. Shuningdek dehqonchilik, ozon qatlamining yupqalashishi, chorvachilikning rivoji, o`rmonlarning kesilishi ham iqlim o`zgarishiga ta’sir ko`rsatadi. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, 1901-2012 yillarda o`rtacha global harorat Selsiy bo`yicha 0,89 darajaga ko`tarilgan. Bu 1400 yil mobaynidagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Xavotirli tomoni shundaki, bu jarayon davom etishi bashorat qilinmoqda. Ya’ni, 2016-2035 yillarda sayyoramizda havo harorati yana 0,3-0,7 darajaga ko`tarilishi ehtimoldan xoli emas[6]. Buning oqibatida yaqin o`n yillikda qish chillasida harorat 20-30 daraja issiqqa ko`tarilishi, yozda esa havoning sovub ketishini kuzatish mumkin. Eng achinarlisi, issiqxona effekti oqibatida dunyo aholisini, xususan siz-u bizning ichimlik suvimiz bo`lmish tog`lardagi muzliklarning zahiralari erishi natijasida kamayib boradi. 1960 yildan boshlab bugungi kunga qadar Yerdagi qor va muz qoplami 15 foizga qisqardi. Sharqiy-Yevropa mintaqasi, Markaziy Osiyo va Kavkaz (jami 28 mamlakat) mamlakatlarining sezuvchanlik va tez zarar ko`rishi darajasini tavsiflovchi miqdoriy baholash o`tkazilgan. Baholash natijalariga ko`ra, O`zbekiston iqlim o`zgarishlariga juda sezuvchan (2 o`rin) va undan zararlanadigan (6 o`rin) mamlakat hisoblanadi. O`zbekiston uchun xavfli tabiat hodisalari oqibatida extimoli bo`lgan o`rtacha yillik yo`qotishlar hajmi 92 mln AQSH dollarini tashkil etib, bu Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi[7]. Iqlim isishi, ya’ni havo haroratining global ortishi muammosini bartaraf qilish juda murakkab vazifadir. Chunki, bu muammo ham “tabiat-inson-jamiyat” munosabatlariga, ya’ni uchlikning muvozanatiga, uyg`un rivojlanishiga bog`liqdir. 19 Ushbu muvozanat yo`llarini topish va uni saqlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim: -iqlim o`zgarishi muammosi mazmun-mohiyatini chuqur anglash, yer shari aholisi, davlatlar, xalqaro tashkilotlarning hamkorligiga erishish; -issiqxona hosil qiluvchi gazlar emissiyasini (atmosferaga chiqarishni) kamaytirish imkoniyatini beradigan yangi texnologiyani ishlab chiqish va unga o`tish; - muqobil energiya manbalariga o`tish va ularning samaradorligini oshirish; -ekinzorlardan, ayniqsa sholipoyalardan metan gazining ajralib chiqishini kamaytiradigan texnologiya va usullarga erishish; -uy-joy va binolarni isitishda tejamkor, ekologik talablarga javob beradigan usullarni joriy etish; -har bir insonda “Sayyoramiz-umumiy uyimiz” tuyg`usi va mas’uliyatini oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish; -maishiy chiqindilarni oqilona bartaraf qilish texnologiyasini takomillashtirish; -iqlim isishi indikatori va oqibatlarini hududlar doirasida o`rganish va uni bartaraf qilishning geografik asoslarini izlash va ushbu mavzuda loyihalarni ishlab chiqib amaliyotga tadqiq qilish. Download 119.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling