Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi
-Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida xususiy
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning orni (1)
3-Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirish istiqbollari 3.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari samaradorligini oshirish yo‘nalishlari Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog‘liqdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag‘batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro‘y beradi. Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o‘zgarishlar sanoat sohasiga talab natijasida sodir bo‘ladi, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha yanada yuksaladi. Savdo aylanmasining to‘liq muvofiqlashuvi natijasida bu sohada ko‘rsatkich ulushi pasayishi sodir bo‘ladi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi aytgan quyidagi iboralariga e’tibor qaratsak, ya’ni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib hayot barpo 0 10 20 30 40 1996 2000 2005 2009 2010 2011 2012 38 31 15 8 7 6 5 foi z yillar etish, oldimizda turgan murakkab va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirish borasida qanday hal qiluvchi o‘rin va ta’sirga ega bo‘lib borayotganiga bugun amaliy hayotimizda har qadamda guvoh bo‘lmoqdamiz. Va bu soha ertangi kunimiz, istiqbolimizning haqiqatan ham mustahkam poydevoriga aylanib, yanada rivojlanib borishi aniq va muqarrardir”. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajadagi rag‘batlantiruvchi rol o‘ynayotganligi hisoblanadi. Xususan, 2010 yilda kichik biznes subyektlari uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirilgan bo‘lsa, 2011yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo‘shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so‘m mablag‘ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ldi. 2012 yilda soliq yukini, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan soliq yukini sezilarli darajada kamaytirish belgilanmoqda. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini 6 foizdan 5 foizga tushirildi (3.1.1-rasm). Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling