Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning orni (1)
yil
2014 yil 2014yilda 2011yilga nisb.o‘zg. (%) Umumiy soni: 1997 2067 2004 1724 86.3 шундан: Kichik biznes 1638 1702 1644 1364 83.3 а) Kichik korxonalar 55 126 102 79 143.6 б) Mikrofirmalar 1583 1576 1542 1285 81.2 Boshqalar 359 365 360 360 100.3 Manba: Chiroqchi tumani statistika bo‘limi ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2011 yilga nisbatan 2014 yilda 13.7 foizga yoki 273 taga kamaygan. Kichik biznes subyektlarining soni ham 16.7 foizga yoki 274 taga kamaygan. Kichik biznes tarkibida kichik korxonalarning soni esa 43.6 foizga yoki 24 taga ko‘paygan, mikrofirmalar soni esa 18.8 foizga kamayganligini ko‘rish mumkin. Tumanda kichik biznes subyektlarining faoliyat ko‘rsatmaslik sabablari avvalambor subyektlarning aylanma mablag‘lariga ega emasligi, tugatilish arafasida bo‘lganligi, ta’sischisi chet elga ishga ketib qolganligi, nizom jamg‘armasini shakllantira olmaganligi va boshqa har-xil sabablar bo‘lmoqda. Sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha quyidagi takliflarni bermoqchimiz: Bugungi kunda tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muqobil manbasi sifatida bankdan tashqari kredit tashkilotlari (kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lizing kompaniyalari va boshqalar) tizimini rivojlantirish lozim; Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatadigan infratuzilma tashkilotlarini tashkil etish va moddiy texnik bazasini yangilash maqsadlariga imtiyozli kreditlar berishni joriy etish; Tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatadigan infratuzilmalar mutaxassislari uchun doimiy malaka oshirish tizimini va ushbu markazlarga malakali kadrlarni jalb qilish mexanizmini yaratish; Tadbirkorlarga zarur texnologiyalarni yetkazib berishda lizing xizmatini yo‘lga qo‘yish kerak deb hisoblaymiz; Tijorat banklari tomonidan ijro intizomining buzilishi natijasida mijozlar va boshqa tadbirkorlar ushbu faoliyatdan zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan holatda banklar javobgarligini oshirish. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning kreditlar, xomashyo resurslari, shuningdek, davlat xaridlari tizimidan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ularni iqtisodiy faolligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Buning uchun ularga kreditlar ajratish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish, mikrokreditlar berish ko‘lamini kengaytirishga oid amaliy tadbirlarni davom ettirish zarur. Viloyat iqtisodiyotida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 14,8 foizi, qurilish ishlarining 73,9 foizi kichik biznes korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Kichik biznes subyektlari yuk aylanmasi viloyat avtomobil transporti umumiy yuk aylanmasining 72,5 foizini, umumiy yo‘lovchi aylanmasining 81,6 foizini tashkil etdi. Savdo aylanmasi umumiy hajmining 36,0 foizi yoki 1207525,8 mln. so‘mi (118,8 foiz) va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish umumiy hajmining 55,3 foizi yoki 555183,9 mln. so‘mi (121,8 foiz) kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Kichik biznes subyektlari tashqi savdo aylanmasi viloyat tashqi savdo aylanmasi hajmining 43,0 foizini tashkil qildi. 2014 yilda kichik biznes subyektlari tomonidan 316203,8 ming AQSH dollari (umumiy eksport hajmining 22,7 foizi), miqdorida mahsulot eksport qilindi. Import 246240,7 ming AQSH dollari (umumiy importning 57,9 foizi)ni tashkil qildi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling