Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi
Download 17.82 Kb.
|
Mustaqil ish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI ISHLAB CHIQARISHDA BUXGALTERIYA HISOBI KAFEDRASI « MOLIYA » fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Moliya sohasida kadrlar tayyorlovchi oliygohlar Bajardi:__SUNNATO’V ALIAKBAR ARSLON O’GLI _ (talabaning F.I.SH) _________MOLIYA – 164 – 19 ______ (guruhi)
F.I.SH
QARSHI-2020REJA: Toshkent Moliya instituti Qoraqalpog’iston davlat universiteti Termiz davlat universiteti Qarshi–Muhandislik iqtisodiyot instituti Samarqand iqtisodiyot va server instituti 1)Toshkent Moliya instituti 1991 – yil O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Farmoniga ko’ra Toshkent xalq xo’jaligi institutining Moliya–kredit va hisob–iqtisod fakultetlari negizida Toshkent moliya instituti tashkil etildi. Hozirda Toshkent moliya instituti Rektori:Begalo’v Bahodir Abdusamatovich Institut hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasining“ Talim – to’grisida ”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning ijrosining amalga oshira borib, bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos moliya, soliq, sug’urta, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, bugalteriya hisob, audit, menejment, kasbiy pedagogik tayyorgarlik kabi qator talim yo’nalishlari bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlab kelmoqda. Qoraqalpog’iston davlat universiteti Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti T.G.Shevchenko nomidagi Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti asosida 1976-yili tashkil qilindi va keyinchalik Universitetga Nukus davlat universitetti nomi berilgan. Qoraqalpog’iston joqargi kengisining 1992-yili 25-yanvardagi 274-qarori bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti deb qayta nomlandi. O’zining ko’p yillar tarixiga ega Qoraqalpoq davlat universiteti oldingi tayyorgarlik bo’limi (1934 yil ), O’qituvchilar instituti (1935 yil ), pegogika instituti (1944 yil ), kabi bosqichlari bosib o’tgan Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti asosida tashkil qilinib, Respublikamizdagi yetakchi oliy o’quv o’rni bo’lib hisoblanadi. Universitet butun O’zbekiston bo’yicha fan, ta’lim va xalq xo’jaligida yuqori bilimli mutahasislar tayyorlanadigan bilim maskanlaridan aylanadi. 1990 yilga kelib Respublikdagi birdan –bir oliy o’quv o’rni bo’lgan Qoraqalpoq davlat universitetining pedagogika instituti , Toshkent davlat axborot texnologiyalar universiteti Nukus filiali , toshkent agrar universiteti Nukus filiali va Toshkent Pediatriya institutining Nukus filiali alohida bo’linib chiqdi. Hozirda Universitet Rektori Jumano’v Muratbay Arepbayevich.
Termiz davlat universiteti 1954 yilda Marg’ilon o’qituvchilar instituti Surxondaryo viloyat markazi Termiz shahriga ko’chirilgan, hamda Termiz o’qituvchilar instituti deb nomlangan. Termiz o’qituvchilar instituti 1954-1955 o’quv yilida 4 ta , ya’ni o’zbek tili va adabiyot , rus tili va adabiyoti , fizika va matematika , tabiatshunoslik va kimyo bo’limlari bilan ish boshlagan. Bu o’quv yurtini ilk bor 187 nafar talaba bitirgan. Termiz o’quvchilari instituti 1954-1955 o’quv yiliining boshida Termiz davlat pedagogika institutini nomini olgan. Natijada mamlakatimizning janubiy qismida xalq ma’orifi uchun yetuk malakali kadrlar tayyorlaydigan yagona oliy o’quv yurti paydo bo’ldi. 1960-1964- yillarda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari birlashtirilishi natijasida Termiz davlat pedagogika instituti Qarshi shahriga ko’chirildi. 1965-1966- o’quv yilida qayta tiklangan Termiz davlat pedagogika instituti mamlakatimizda eng kichik institutlardan biri edi . Uning dastlab tashkil bo’lgan kafedralari atigi 22 nafar o’qituvchi ishlar edi. Shundan 7 nafari fan nomzodlari edi. O’sha yili 250 nafar yosh talabalikka qabul qilingan edi. Termiz davlat pedagogika instituti Birinchi prezidentimiz Islom Karimo’v farmoniga binoan 1992 yilning 28 fevralida Termiz davlat Universitetiga aylantirildi. Hozirgi kunda Universitet Rektori : Toshqulo’v Abduqodir Xamidovich
Qarshi–Muhandislik Iqtisodiyot instituti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992–yil 28–fevraldagi qarori bilan 1975–yildan faoliyat ko’rsatib kelgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexaniatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali negizida Qarshi agrar–iqtisodiyot instituti , 1995–yil 3–iyun Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat texnika universiteti Qarshi filiali negizida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti tashkil qiladi. Hozirda institut Rektori : Bozoro’v Orif Shodiyevich Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti Samarqand iqtisodiyoti va servis instituti 1931-yilning fevralida Toshkentda “O’rta Osiyo Rejalashtirish Instituti” sifatida tashkil topgan. 1935-yil aprel oyida mazkur institut O’zbeekiston Davlat reja qo’mitasi ixtiyoriga o’tkazildi va unga “O’zbekiston Rejalashtirilgan instituti” deb nom berildi. 1935-yil avgust oyida institut Toshkentdan Samarqandga ko’chirildi. 1936-yilda O’zbekiston Rejalashtirish instituti davlat savdosi va kooparatsiya instituti bilan birlashtirilib, O’zbekiston xalq xo’jaligi institutiga aylatirildi. 1949-yil 10-iyunda mazkur institutga Samarqand sovet savdosi instituti nomi berildi. Ittifoq Vazirlar Mahkamasining 1960-yil 23-noyabrdagi qaroriga muvofiq ushbu institut Samarqand kooparativ instituti deb nomlandi. 1998-yil 24-martdan Vazirlar Mahkamasining 123-sonli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasining Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga o’tkaildi.O’zbekiston Respublikasi Cazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-mart 144-sonli qarori bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga aylantirildi. Hozirda Institut Rektori : Qudrato’v G’ayratilla Hikmato’vich. Download 17.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling