Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


-rasm – sement ko‘prik o‘rnatishda asbob-uskunalarni joylashtirish va


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

10.1-rasm – sement ko‘prik o‘rnatishda asbob-uskunalarni joylashtirish va 
biriktirish sxemasi 
1 – quyish quvurlari, 2 – quduqning quvur oralig‘i bo‘shlig‘i, 3 -avtotsisterna, 4 – sA-320, 5 – SM-
20, 6 – AChF-700, 7 – yuvish suyuqligi (neft) uchun idish (ombor), 8 – o‘rtalovchi idish, 9 – 
haydovchi-manifold tizimi. 
Nazorat savollari: 
1.Ko‘prik deb nimaga aytiladi va ular qanday materialdan quyiladi? 
2.Ko‘priklarni quyish jarayonini tushuntiring. 
3.Ajratish – ta’mirlovchi ishlari deganda nimani tushunasiz? 
4.Nuqsonli oraliqlarni joylashgan o‘rni qanday aniqlanadi? 
5.Rezbali birikmalarda germetiksizlikni qanday bartaraf qilinadi? 
 


125 
11-ma’ruza. Quduqlarini o‘zlashtirish usullari 
Ma’ruza rejasi: 
11.1. Neft quduqlarini o‘zlashtirish usullari 
11.2. Qatlamdan oqimni chaqirib o‘zlashtirishda burg‘ilash eritmasini 
o‘zidan engil suyuqlik bilan almashtirish texnologiyasi 
11.3. Gazlangan suyuqlik haydab quduqni o‘zlashtirish 
11.4. Suyuqlikni aeratsiyalash jihozlarini ishini o‘rganish 
11.5. Suyuqlik haydab quduqlarni o‘zlashtirish jarayonining hisobi 
Tayanchi so‘zlar: 
Quduqni o’zlashtirish, anomal bosim, engil yuvuvchi syuqlik, aerosiya, 
kompressor usuli, tortaniya, porshenlash, svablash. 

11.1. Neft quduqlarini o‘zlashtirish usullari 
Quduqlarni tugallash ishlari qurilishning muhim bosqichlaridan sanaladi. O‘z 
tarkibiga mahsuldor qatlamni burg‘ilab ochish, ishlatish tizmalarini tushirish va 
sementlash, quduq tubini jihozlash, oqimni chaqirish va quduqni o‘zlashtirish kiradi. 
Oxirgi bosqichda ishlarni sifatli amalga oshirish quduqni uzoq muddat ishlashiga, 
qazib olish imkoniyatiga, iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta’sir qiladi. Mahsuldor qatlamni 
ochish usullari geologik va texnik shartlardan kelib chiqqan holda bir xil bo‘lishi 
mumkin. 
Mahsuldor qatlamni sifatli ochilishida quyidagi masalalar o‘z yechimini 
topishi kerak:
1. Anomal yuqori qatlam bosimli quduqlarni ochishda ochiq favvora 
bo‘lishining oldini olish choralari ko‘riladi. Buning uchun shunday turdagi loyli 
eritma qo‘llaniladiki, quduq tubi bosimining qatlam bosimidan 10% yuqori ekanligi 
ta’minlanadi. 
2. Mahsuldor qatlamni ochganda tog‘ jinsining tabiiy sizilish xossalari 
saqlanishi zarur. 


126 
Mahsuldor qatlamni ochishda loyli eritmani bosimi har doimo qatlam 
bosimidan yuqori bo‘ladi. Qatlam va quduq tubi bosimini oralig‘ida bosimni oshib 
ketishi natijasida qatlamga loyli eritma kirib keladi, natijada qatlam tubi zonasida 
tabiiy o‘tkazuvchanlik pasayib ketadi. 
Loyli eritma filtratlari qatlam suvlari yoki neft bilan o‘zaro ta’siri natijasida 
erimagan cho‘kindilari g‘ovaklik yoki qatlam yoriqlariga kirib, mustahkam suv-neft 
emulsiyasini shakllantiradi. Shuning uchun mahsuldor qatlamni loyli eritma bilan 
ochganda past suv beruvchanlikka ega bo‘lishi hamda mahsuldor qatlamdagi tog‘ 
jinsini bukishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Yuqori o‘tkazuvchanlikda hamda past bosimli qatlamni ochishda loyli 
eritmalarni qatlamga yutilishi sodir bo‘ladi. Bunday qatlamlar uglevodorodli asosli 
yoki aeratsiyali engillashtirilgan aralashma, SFM – qo‘shimchali eritma yordamida 
ochiladi.
Burg‘ilash tizmasi katta tezlikda tushirilganda loyli aralashmalar quduq tubi 
zonasidagi yoriqlar orqali qatlamga yutilishi sodir bo‘ladi, g‘ovakliklarni bekitib 
qo‘yadi. SHuning uchun mahsuldor qatlamni ochishda burg‘ilash asboblari kritik 
qiymatdan katta bo‘lgan tezlikda tushirilganda qatlamning yorilishi yoki mavjud 
yoriqlarni ochilishi sodir bo‘ladi.
3. Mahsuldor qatlamni to‘liq ochilishiga erishish va uzoq muddat suvsiz neft 
qazib olishda quduq tubiga suyuqlik oqimini engil kirishi ta’minlanadi.
Uyumning tashqi konturidan suv haydovchi quduq burg‘ilanganda, yuqori 
sig‘imdorlikka erishish maqsadida qatlam to‘liq ochiladi. Bunday sharoitda quduq 
tubida suv bo‘lmaganligi uchun va quduq «suvneftchegarasidan» katta masofada 
joylashganda yoki neftgaz konturi chegarasi (GNCH) uzoq bo‘lganda, faqat 
qatlamning neft qismini ochish tavsiya qilinadi.
Agar neft qazib olinuvchi quduqda gaz shapkasi ochilsa, mahsuldor qatlam 
«GNCH»sidan ma’lum oraliqdagi uzoqroq masofada ochiladi, quduq tubi shunday 
jihozlanadiki, bunda gaz do‘ppisidan gazni olib chiqmaydi. 
Mahsuldor qatlamlar ikki marta ochiladi: birlamchi - burg‘ilash jarayonida, 
ikkilamchi 
mustahkamlash 
tizmasidan 
keyin 
sementlanib 
teshib 
ochiladi. 


127 
Mustahkamlash tizmalarini teshib qatlamni ochish - quduqni qurilishida eng muhim
jarayonlardan biri, keyinchalik sinashni muvaffaqiyatli o‘tishi va qatlamdan quduqqa 
oqimni chaqirish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Qatlamni ikkilamchi teshib ochishda quduqdagi suyuqlikning qalinligi (8-
10mm), po‘lat quvur diametrini (6-12 mm qalinlikdagi), sement toshining qalinligini 
(quduqda haqiqiy halqa oralig‘i masofasini 25-50 mm va undan katta) hamda quduq 
tubi zonasida tiqilib qolgan kollektorlarni burg‘ilab ochish davrida unga salbiy ta’sir 
etuvchi omillar 
hisobga olganda
40-50 mmdan 100-150 mm va undan katta masofani 
teshib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib, teshish jarayonida asosiy ko‘rsatilgan to‘siqlarni yorib o‘tishi 
va quduq bilan gidrodinamik aloqani o‘rnatish hamda oqimni jadallashtiruvchi har xil 
tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash va quduq tubi zonasining o‘tkazuvchanligini 
kuchaytirish zarurdir. Teshishda suv-qum- oqimli teshgichlardan ham foydalaniladi 
So‘nggi yillarda ko‘proq parmalab teshadigan va har xil qirquvchi 
moslamalardan foydalaniladi. Bular yordamida mustahkamlash tizimlarida va sement 
toshida har xil yoriqlar hosil qilinadi. Amalda kimyoviy alyuminiyli eritmalardan 
yoki mis vtulkalardan ko‘proq foydalaniladi, mustahkamlash tizmasining bir qismiga 
o‘rnatiladi hamda mahsuldor yotqiziqlar joylashgan oraliqlarga o‘rnatiladi va teshish 
amalga oshiriladi.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling