55
6-ma’ruza. Birlamchi sementlash usullari
Ma’ruza rejasi:
6.1. Birlamchi sementlash usullari haqida qisqacha ma’lumot.
6.2. Bir pog‘onali sementlash usuli.
6.3. Ikki pog‘onali sementlash usullari.
6.4. Manjetli sementlash usullari.
6.5. Teskari sementlash usullari.
Tayanch so‘zlar:
Sementlash, birlamchi sementlash, qatlamni ajratish, bir pog’onali
sementlash, ikki pog’onali sementlash, manjetli sementlash, teskari sementlash,
ta’mirlov sementlash, yutuvchi zonalarni (izolyasiya) berkitish, sement ko‘piklarini
o‘rnatish.
6.1. Birlamchi sementlash usullari haqida qisqacha ma’lumot.
Hozirgi davrda qatlamlarni ajratishni asosiy usularidan biri sementlashdir.
Neft gaz sanoatida bir nechta sementlash usullari mavjud bo‘lib,
bu usularni bajarish
vazifalariga ko‘ra qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) birlamchi sementlash
usullari;
b) ta’mirlov sementlash usullari;
v) yutuvchi zonalarni (izolyasiya) berkitish usullari;
g) sement ko‘piklarini o‘rnatish usullari.
Birlamchi sementlash himoya kuvurlari quduqqa tushirib bo‘lingach
amalga
oshiriladi. Sementlashdan maqsad o‘tkazuvchan qatlamlarni bir biridan ajratish va
himoya quvurlarini tashqi qismini qatlam suvlari korroziyasidan
saqlash hamda
quduq devori va himoya quvurlarini mustahkamligini oshirishdir. Birlamchi
sementlashni bir nechta usulari mavjud: bir pog‘onali, ko‘p pog‘anali,
manjetli,
teskari semenlash.