Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi
Laboratoriyada qo‘llaniladigan g’alvirlar
Download 0.98 Mb.
|
Laboratoriyada qo‘llaniladigan g’alvirlar
3- jadval
Barcha g’alvirlarning qoldik mahsulotlari alohida qilib tahlil taxtachasiga to’kiladi. Har bir galvirning qoldigidan kul bilan aniq namoyon bo’lgan ifloslantiruvchi va donli aralashmalar ajratib olinadi. Bunda har kaysi don turi uchun standartda ko‘rsatilgan talablarga tayanib ish olib boriladi. Ifloslantiruvchi aralashmalarni ajratishga mo‘ljallangan galvirlar elanmasining tarkibidan faqat zararli aralashmalargina ajratib olinadi. Qolgan elanma mahsuloti to‘laligicha ifloslantiruvchi aralashmaga taalluqli deb hisoblanadi. Ikki donli suli va sulining juft donlari elashdan oldin bir-biridan ajratiladi. Bo‘sh kolgan po‘stloklar ifloslantiruvchi aralashmaga, kam rivojlangan donlar esa donli aralashmalarga taalluqlibo‘ladi. Donli aralashma tarkibidan ajratilgan yormabop sulitahlil qilinganda 1,8x20 mm teshikli galvirning koldigidagi kobini olingan suli, bugdoy, polba, javdar va arpa donlari ajratilib, aloxida hisobga olinadi. Shuning- dek, teshik ulchami 1,8x20 mm lik galvirning koldik mahsulotidagi va elanmasidagi bugdoy va polbaning, javdar va arpaning, makkajo‘xori, no‘xat, kuybosh nuxat, burchok, yasmik, soya, loviya, bahorgi vika, ozuqabop dukkaklilar- ning yigindisi mikdori hisobga olinadi. Donli aralashma tarkibidan yormabop arpa taxlil kilinganda teshik ulchami 2,2x20 mm lik galvirning oldikva elanma mahsulotlaridagi zararlanmagan bugdoy va polba donlarining, butun va zararlangan javdar va suli donlarining, pishib yetilmagan va rivojlanmagan arpa donlarining yigindisi mikdorlari alohida hisobga olinadi. Yormabop no’xat doni tahlil qilinganda, teshik diametri 5 mm lik galvirning qoldik va elanma maxsulotlari tarkibidagi butun urug pallalarining va yarmidan kattaroq qismi kolgan singan uruglarning yigindisi miqdori aloxida hisobga olinadi. Sutali makkajo‘xori doni taxlil kilinganda (ifloslantiruvchi va donli aralashmalarning mikdori) laboratoriya usulida so‘tadan ajratilgan don va tozalangan suta uklari bo‘yicha aniklanadi. Bu vaziyatda shikastlangan donlar (teshik diametri 2,5 mm lik galvirning elanmasi ham shu yerga kiradi) va ezilgan soglom donlar ifloslantiruvchi va donli aralashmalarning tarkibiga kiritilmay, balki asosiy donga daxldor deb xisoblanadi. Ifloslantiruvchi va donli aralashmalarning ajratilgan fraksiyalari alohida o‘lchanadi va qabul qilingan o‘lchanma massasiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling