Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

Tuzuvchi:
 
A.X.Jurayev 


295 
Glossariy 
 
Avtomat – inson ishtirokisiz, qandaydir ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun 
muljallangan asbob. 
Avtomatik – uzi uzidan xarakatlanish ma‘nosini bildiradi. 
Avtomatlashtirish – ishlab chiqarish jarayonida avtomatlarni qo‘llanishi. 
Avtomatika elementi – mustaqil xarakatni amalga oshirishga mo‘ljallangan elektr
tarmogida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan uzgaruvchi kirish va chiqish parametrlariga 
ega bo‘lgan moslama. 
Datchik – nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika 
tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan 
vosita. 
Dinamik tavsifnoma – chiqish signalining vaqt mobaynida o‘zgarilishi 
Dispecherlik aloqasi – bu bajaruvchilar bilan dispecher olib boradigan muloqotlarda 
foydalanish uchun ishlatiladigan simli telefon, qo‘zg‘aluvchan telefon, radioaloqa 
vositalari, telegraf, teletaypdan iborat bo‘lib, bir inshoat bilan boshqa inshoatlar 
orasida aloqa bog‘lanishini, bir vaqtda ekspluatasiya xizmatining bir necha 
xodimlariga ko‘rsatma berishni ta‘minlaydi. 
Dispecherlik pulti – bu gidrotexnika inshoatlari bashqarilib turiladigan qurilma 
bo‘lib, inshoatlar holati haqida ma‘lumotlarni to‘playdi va ular asosida dispecher 
qabul qilgan qarorlarni inshoatlarga uzatadi va inshoatlarda suv taqimlash ishlarini 
amalga oshiradi.
Dispecherlik punkti – ishlab chiqarish inshoatlarga qarov, ularning texnik holatini 
nazorat qilish va ta‘mirlash ishlarining qanday borishi, transport xizmati, er qazish 
texnikalari ishi, elektr va texnik ta‘minot va boshqa ishlar to‘g‘risida axborot 
to‘playdigan dispecherlik boshqaruv tizimining markazi hisoblanadi. 
Ijro mexanizmi – rostlovchi organi uzatilayotgan signalga muvofiq xarakatga 
keltiruvchi moslama. 
Kuchaytirgich – kichik quvvatli o‘zgaruvchan signalning parametrlarini buzmasdan 
doimiy kuchlanish manbaining quvvati hisobiga kuchaytirib beruvchi qurilma . 


296 
Mantiq algebrasi - ―0‖ (nol) va ―1‖ (bir) qiymatlarini qabul qilib, o‘zgaruvchan 
kattaliklar o‘rtasidagi bog‘liqliqni o‘rganadigan analiz va sintez matematik apparati
Mantiqiy o‘zgaruvchi – faqat ikkita 0 va 1 qiymatlarini qabul qiluvchi kattalikka. 
Mantiqiy funksiya – argumentlari kabi faqat 0 va 1 qiymatlarni qabul qiluvchi 
funksiya. 
Mufta – uzatma va ishchi mexanizmlar orasidagi bog‘lovchi qurilma . 
Optoelektron asbob – elektr signalini optik signalga (nur energiyasi) o‘zgartiruvchi, 
bu energiyani indikatorlarga yoki fotoelektrik o‘zgartkichlarga uzatuvchi asboblar.
Profil – asosiy ta‘lim dasturining aniq kasbiy faoliyatning muayyan turi yoki 
ob‘ektiga yo‘nalganligi. 
Pnevmoavtomatika – havo oqimi kuchi bilan ishlaydigan avtomat qurilma 
P‘ezoeffekt - ba‘zi kristall moddalarning mexanik kuch ta‘sirida elektr zaryad hosil 
qilish qobiliyati.
Rele - ma‘lum bir kirish signali o‘zgarganda chiqish signali sakrashsimon 
o‘zgaruvchi moslama. 
Cezgirlik chegarasi – kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli 
darajada o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lgan qiymati 
Solenoidli mexanizmlar – avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarida elektr 
energiyasini ishchi organning tekis xarakatiga aylantirib beruvchi elektromagnitli 
uzatmalar
Standart – inglizcha ―stendard‖ ―namuna‖ yoki ―me‘yoriy-texnik xujjat‖
Stabilizator – chiqish kattaligini (tok, kuchlanish) berilgan aniqlik darajasida ushlab 
turilishini avtomatik ta‘minlovchi uskuna. 
Statik tavsifnoma – chiqish kattaligini kirish kattaligiga bog‘likligi 
Strukturaviy sxema – avtomatik tizimni tashkiliy qismlarining dinamik 
xususiyatlarini ko‘rsatuvchi bo‘g‘inlar orqali ifodalanuvchi sxema 
Ta‘lim yo‘nalishi – bitta kasbiy faoliyat doirasidagi turli darajadagi ta‘lim 
dasturlarining majmui. 
Tizim – uzaro munosabat va aloqada bo‘lgan yaxlitlik, birlik hosil qiluvchi juda kup 
bir biri bilan o‘zaro bog‘lik elementlar to‘plami. (sistema-grekcha birikma, 


297 
kismlardan iborat, to‘plam, elementlari o‘zaro bog‘lik); jarayon sodir bo‘ladigan 
muxitdir (apparat, mashina, jamiyat).
O‘lchash qurilmasi – rostlanuvchi kattalikning xaqiqiy qiymatini ulchash uchun 
xizmat qiladigan qurilma. 
Fotoelektron asbob – optik nurlanish energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartiruvchi 
asboblar. 
Fotorezistor – yarim o‘tkazgich fotoelektrik asbob 
Fotodiod – yarim o‘tkazgichli fotoelement asbob 
Ekspluatasiya – fransuzcha ―exploitation‖ foydalanish, foyda olish, ishlatish, ishga 
tushirish 
Elektroavtomatika – elektr kuchi bilan ishlaydigan avtomat qurilma (eskirgan 
termin) 
Elektromagnetizm – elektr toki tufayli vujudga keladigan magnit hodisalari 
Elektromagnit – ustiga o‘ralgan simdan tok o‘tkazganda magnitlanadigan temir yoki 
po‘lat 
Elektron – manfiy elektr bilan elektrlangan eng kichik zarracha, atomning tarkibiy 
qismi 


298 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling