Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Oila iqtisodiy ta‟lim-tarbiya berishning asoschisi


Download 1.49 Mb.
Pdf просмотр
bet17/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26

 
2. Oila iqtisodiy ta‟lim-tarbiya berishning asoschisi 
 
Ota-ona bolalarning birinchi tarbiyachisidir. Bola xulqining shakllanishi  va uning umumiy 
kamol topishida ularning ta‘siri g‗oyat katta. Bola о‗z ota-onasini hammadan yaxshi, har qanday 
ishning uddasidan chiqadigan ajoyib kishilar deb his etadi. Bola qanchalik yosh bо‗lsa, kattalar 
xulq-atvoriga shunchalik ergashuvchan bо‗ladi. Shuning uchun bolaga ota-ona tarbiya berar ekan, 
undagi dastlabki, iqtisodiy tushunchalar ham oilada shakllanadi. 
Ma‘lumki, tarbiya metodlari: 
- sо‗z orqali tarbiyalash; 
- kо‗rgazmalilik; 
- amaliy namuna; 
-  rag‗batlantirish  va  jazo    metodlaridan  iborat  bо‗lib,  ular  dastlab  oilada  qо‗llaniladi. 
Ayniqsa,  bolalarning  murg‗ak  qalbiga  hech  bir  narsa  ibratdek  kuchli  ta‘sir  etmaydi  va  barcha 
ibratlar  ichida  ota-ona  ibratidan  kо‗ra  chuqurroq  va  mustahkamroq  о‗rin  oladigan  ibrat  yо‗q. 
Shuning uchun dono xalqimiz: ―Qush uyasida kо‗rganini qiladi‖, - deb bejiz aytmagan. 
Oilada  farzand  tarbiyasi  bilan  ota-ona  shug‗ullanadi.  Iqtisodiy  tarbiya  dastlab  oilada 
beriladi. Bola oilada ota-onasining uy-rо‗zg‗or xarajatlari, pulga munosabatlari, pul hisob kitobini 
olib borishlari, mehnat qilishga, mehnat nashidasidan zavqlanishga, uning natijasidan quvonishga 
amaliy namuna kо‗rsatishlariga qarab о‗rganadi. 
Mana  shu  davrda  ularda  dastlab  iqtisodiy  tasavvurlar  paydo  bо‗ladi.  Shuni  alohida 
ta‘kidlash  joizki,  yosh  bolalar  oilada  sodir  bо‗layotgan  voqea-xodisalarga  tabiatan  tez 
moslashuvchan  bо‗ladilar.  Demak,  yoshlikdan  tо‗g‗ri  yо‗naltirilgan  tarbiya,  jumladan  iqtisodiy 
tarbiya kelajakda insonning har tomonlama kamol topishiga katta ta‘sir kо‗rsatadi. 
Unda  tabiat  bergan  fazilatlar  asosida  tejamkorlik,  mehnatsevarlik,  tashabbuskorlik, 
ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob kabi hislatlarga tamal toshi oilada qо‗yiladi.  Keyinchalik u 
maktabda, о‗rta maxsus о‗quv yurtida qolaversa, oliy maktabda rivojlantiriladi, kamol topadi. 
Iqtisodiy  tarbiya  eng,  avvalo,  oiladan  boshlanishi  zarur.  Uning  zarur  shartlaridan  biri  esa 
oilada pulga bо‗lgan munosabatdir. A.S.Makarenko о‗zining ―Ota-onalar uchun‖ kitobida pulga 
bо‗lgan  uch  munosabatni  ta‘kidlaydi.  Bunda,  birinchi  oila  boshlig‗i  aytadiki:  ―hamma  joyda 
yaramaslik kо‗payib ketdi, barcha bolalar chо‗ntaklarida pul jaraqlaydi‖, ikkinchi oila boshlig‗i 
esa:  ―kattalar  faqat  pulsanash  bilan  ovora,  bolalar  bunday  yaramas  narsalardan  uzoqroq 
tarbiyalanishi darkor‖, - deya fikr yuritadi. Uchinchi oila boshlig‗i – buxgalter bu masalaga о‗z 

fikrini  bayon  qiladi:  ―Oila  –  bu  xо‗jalik,  pul  keladi  va  sarflanadi.  Pul  bо‗lgandan  keyin  tartib 
bо‗lishi  lozim,  pulni  kim  о‗g‗irlab  topgan  bо‗lsa,  palapartish  xarajatlar  qilishi  mumkin.  Hozir 
bolalarni  pul  sarflashga  о‗rgatishning  aynipaytidir‖.  A.S.Makarenko  iqtisodiy  savodli  buxgalter 
oilasini  ―Etalon  oila‖  deb  ataganining  о‗zi  ham  bu  masalaning  qanchalik  zarurligini  kо‗rsatib 
turibdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu zaruriyat yanada kuchayadi.  
Bola  tarbiyasi  va  uning  natijasi  shaxsiy  ham  ijtimoiy  manfaat  ahamiyat  kasb  etadi  yaxshi 
tarbiya faqat oila uchun quvonch, baxt-saodat ruhiy va iqtisodiy boylik keltirib qolmay, jamiyat 
uchun ham foyda keltiradi va shu tufayli iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy ahamiyatga ega. 
Mamlakatning  istiqboli,  xalqning  faravonligi,  ilm  –  tafakkur  bilan  uzviy  bog‗liq.  Bilim, 
fngicha tafakkur, avvalo  oila muhitida shakllanadi. Har bir shaxs eng avvalo oilada shakllanadi. 
Tadqiqotchi  pedagog  va  psixolog  olimlarning  fikricha,  bola  о‗z  umri  davomida  о‗rganadigan 
bilimlarni  80  foizigachasini  4-5  yoshgacha  о‗rganar  ekan.  Shu  yoshgacha  u  psixologik  jihatdan 
ham shakllanar, qolgan umri davomida uncha katta bо‗lmagan о‗zgarishlar yuz berar ekan, halos. 
Bundan kо‗rinib turibdiki, farzand tarbiyalayotgan ota-onalar inson shaxs bо‗lib kamol topishida 
ana shu jihatlarga alohida e‘tibor qaratishlari lozim. 
Oila  iqtisodiyoti,  uning  faravonligi,  oilada  mehnatga  yaroqli  a‘zolarining  ishlaganligi, 
tadbirkorlik, ularning bilimi, iqtidoriga kо‗p jihatdan bog‗liq. Oila iqtisodi mehnat bilan topilgan 
mol-mulk hamda tejamkorlik yо‗li bilan yig‗ilgan moddiy ne‘matlardan iborat bо‗lgani bois, ana 
shu ne‘matlarni yaratishda iqtisodiy bilim muhim о‗rin tutadi. 
Iqtisodiy  bilim  shaxsning  nafaqat  о‗zi  va  oilasiga,  ayni  paytda  xalqning  faravonligini 
ta‘minlashga ham xizmat qiladi. 
 
3. Oilaning farzandlar iqtisodiy fikrlashini shakllantirishdagi roli 
 
Bola tarbiyasi ota-onaning suhbati, farzandlari bilan muloqotida bо‗lgan о‗yin о‗ynaganda 
unga  rahbarlik  qilish  jarayonida  amalga  oshadi  deb  о‗ylashadi.  Lekin  xо‗jalik  yuritishda 
qatnashishi  alohida  ahamiyatga  ega.  Chunki  nafaqat  halol,  yaxshi  odam,  balki  yaxshi  xо‗jalik 
yarituvchi, xо‗jayin tarbiyalashimiz zarur. 
Bola  ota-onasini  qayerda  ishlashini,  bu  ishning  qanday  mashaqqatli  ekanini,  qanday  qilib 
muvofaqqiyatlarga erishish mumkinligini xis qilishi, bilishi kerak. 
Umuman olganda, bbola ota-onasi ishlab topayotgan pul hamma narsani olish uchun zarur 
narsa ekanligi bilan birga uni topish uchun qattiq mehnat qilishlarini bilishi kerak. 
Eng  avvalo,  bolalarni  uy  yumushlarini  bajarishga,  uy  xо‗jaligidagi  boshqa  ishlarni 
bajarishga jalb etish kerakki, ular ota-onalari mehnati qadriga yetishiga yordam beradi. Mehnatni 
qadrlashning muhim kо‗rinishi tejamkorlikdir. 
Tejamkorlik  jonkuyarlikni  о‗ziga  xos  tomoni,  agar  jonkuyarlik  kо‗proq  insonni  о‗y  – 
hayolida  bо‗lsa,  tejamkorlik  aynan  uning  odatida  namoyon  bо‗ladi.  Jonkuyar  xо‗jayin  bо‗lish 
mumkin, lekin shu bilan birga umuman tejamkor bо‗lmaslik mumkin. Shuning uchun yoshlikdan 
boshlab  oilada  ana  shu  hislatni  tarbiyalash  kerak.  Bu  hislatni,  eng  avvalo,  ovqatlanishdan 
boshlanadi. Ovqatni tо‗kmay, isrof qilmasdan yeyish, о‗yinchoqlarni buzmay о‗ynash, kiyimlarni 
iflos qilmaslikka odatlantirish lozim. Albatta bu odatlarni tarbiyalash qiyin. Lekin oilada, albatta 
qanchalik  qiyin  bо‗lsa  ham  bolada  ana  shu  odatlarni  shakllantirish  kerak.  Bо‗lmasa  qancha 
gapirgan bilan ta‘sir qilishi qiyin. 
Doimo  bolani  tejamkorlikka  rag‗batlantirish  lozim.  Ularni  nafaqat  о‗zini,  balki 
boshqalarning narsalarini ham asrab avaylashga, ayniqsa atrof muhitni asrashga о‗rgatish zarur. 
Bolada  iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirishda  tejamkorlik,  narsalarni  asrab-avaylab 
ishlatishga о‗rgatish bilan birga, tо‗g‗ri yо‗l tanlashga о‗rgatish ham muhim ahamiyatga ega. 
Insonni  bu  hislatisiz  kelajakda  yaxshi  xо‗jalik  yurituvchi,  yaxshi  xо‗jayin  bо‗lishi  qiyin. 
Agar  odam  faqat  kо‗zga  tashlanib  turgan  narsani  kо‗rib,  boshqa  narsalarni  kо‗rmasa,  yuz 
berayottan  voqea-hodisalarni  his  qilmasa,  tо‗g‗ri  yо‗l  tanlashiga  qiyinlashadi.  Shuning  uchun 
oilada  farzandni  о‗zini  о‗rab  turgan  olam,  odamlar  va  ularni  faoliyati,  ularni  murakkabligi 
qiziqtiradi.  Ana  shunday  sharoitda  tanlash  zgruriyati  haqidagi  dastlabki  tushunchaga  oilada  ega 

bо‗ladi.  Shuning uchun  ham  ota-ona  farzandiga  ana shunday xolatni  tarbiyalash uchun tanlashi 
zarur  bо‗lgan  turli  topshiriqlarni  berishi  zarur.  Masalan  oila  ehtiyoji  uchun  zarur  bо‗lgan 
narsalarni sotib olish, uy xо‗jaligida bajarilishi kerak bо‗lgan ishlarni taqsimlash asosida, ularni 
oila a‘zolari uchun vazifa qilib ularni tez va sifatli bajarilishlarini rag‗batlantirishi lozim. 
Iqtisodiy  fikrlashni  shakllantirishda  oilada  mehnat  tarbiyasi  alohida  о‗rin  tutadi.  Mehnat 
qilish  tufayligina  jamiyat  hozirgi  darajaga  yetib  keldi.  Mehnat  insonning  hayotida,  qolaversa 
kishilik  jamiyati  taraqqiyotida  asosiy  rol  uynashiga  qadimdan  alohida  ahamiyat  berishgan.  Uni 
kо‗plab  mehnat  tо‗g‗risida  yaralgan  maqollar,  ertaklar,  topishmoqlar,  xikmatli  sо‗zlar,  о‗gitlar 
hamda  buyuk  allomalarimizning  bizga  qoldirgan  ilmiy,  adabiy  meroslaridan  kо‗rish  mumkin. 
Beruniy qarashlarida kishilik ehtiyojlarining paydo bо‗lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va 
hunarga  munosabatlari  uyg‗unlashib  ketadi.  Uning  fikricha,  kishilar  о‗zlarining  zaruriy 
ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majbur bо‗lganlar. 
Barcha  qimmatli  narsalar  inson  mehnati  orqali  yaratiladi.  Beruniy  sо‗zlari  bilan  aytganda, 
inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson mehnati bilan ulug‗, kishilik jamiyatining 
asl tarixi ham mehnatdan boshlangan. Bilimlarni egallash va hunar о‗rganish uchun ham mehnat 
qilish zarur. 
Shuning  uchun  ham  talim  tarbiya,  jumladan,  iqtisodiy  tarbiya  ham  mehnat  orqali 
tarbiyalashga hech qanday tarbiya  yetolmaydi,  uning о‗rnini bosolmaydi. Mehnatga tayyorlash, 
insonga  mehnatsevarlik  fazilatini  shakllangirish  nafaqat  insonning  kelajagi,  qolaversa 
mamlakatning ham kelajagini belgilaydi. 
Mehnat qilish faqat zaruriyatdan, och va yalang‗och qolmaslik uchun harakatdangina iborat 
bо‗lmay, uning ijodiy bо‗lishi, u quvonch, о‗z ishidan qoniqish, g‗ururlanishiga olib kelishini his 
qilish muhim ahamiyatga ega. Mehnatga о‗rgatish tufayli nafaqat kasb-hunar egasi tarbiyalanadi, 
balki atrofdagi insonlarga, narsalarga munosabati ham tarbiyalanadi. 
Mehnat insonni nafaqat jismonan rivojlanishiga, balki ruxiy, ma‘naviy, psixologik jihatdan 
ham  rivojlanishiga  katta  ta‘sir  kо‗rsatadi.  Mehnatga  bolani  yoshligidan  oilada  о‗rgatishdan 
boshlash kerak. 
Iqtisodiy faoliyatning asosini mehnat tashkil etar ekan, demak, mehnat iqtisodiy tarbiyaning 
ham  asosdir.  Bolaga  dastlab  oilada  о‗yinlar  orqali,  о‗yinchoqlarini  buzmasdan,  ozoda  saqlash, 
tartibga  solish  kabilar  о‗rgatilsa,  keyinchalik  uy  xо‗jaligidagi  mavjud  ishlarni  bajarishga 
yordamlashish, hovli supurish,  suv  keltirish,  uy jihozlari  ustidan chang  artish,  pol  artish,  idish  - 
tovoqlar  yuvish,  uy  hayvonlariga  qarash  va  hokazolar  orqali  mehnatga  jalb  qilinadi.  Shaharga 
qaraganda  qishloqda  bolalarni  mehnat  bilan  band  qilish  yо‗llari  kо‗p  bо‗lsada,  har  bir  oila 
qayerda  yashashidan  qatiy  nazar  bolalarni  band  qilish  uchun  ular  bajaradigan  ishlarni  yetarli 
darajada topish mumkin. Eng qiyini esa dangasalikni yо‗qotish. 
 
4. Oila daromadi, mablag„lari, ularni taqsimlash va ishlatish 
 
Iqtisodiy  ravnaq  о‗z  yо‗lida,  asosan  iqtisodiy  tarbiya  orqali  amalga  oshirilishi  barchaga 
ayon  bо‗lib,  u  eng  avvalo,  yurtimizning  kelajagi  bо‗lgan  yosh  avlodni  iqtisodiy  bilim  va 
tushunchalar  bilan  qurollantirish,  iqtisodiy  masalalarga  qiziqishni  о‗yg‗otish,  egalik  hissini 
tarbiyalash,  asosiy  maqsadi  esa  unumli  mehnat  qilishga  moddiy  ne‘matlardan  tejab-tergab 
foydalanishga,  mehnat  natijalariga  real  yondashishga,  mehnat  faoliyatini  ilmiy  asosda  tashkil 
qilinga о‗rgatishdir. 
«Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilar» dono xalqimizning bu maqoli iqtisodiy masalada 
qay darajada e‘tibor berilishining yorqin misolidir. 
Iqtisodiyotda  qanday  natijaga  erishish,  tejamkorlik  bilan  bevosita  bog‗liq.  Demak,  bolaga 
yoshligidan  boshlab  oilada  iqtisod,  kirim  -  chiqim,  daromad  va  xarajat  haqida  tarbiya  berish 
lozim.  Keyinchalik  u  oilani  yuritish,  uni  iqtisodi  haqida  qayg‗urishni  о‗rganadi.  Yoshlikda 
shakllangan  iqtisodiy  qarashlar  bolani  oila  farovonligini  ta‘minlash  yо‗llarini  topishni 
о‗rganishga undaydi. 

Farzandlar  oila  byudjeti  bilan  tanishganlari  ma‘qul.  Ularni  oilani  moliyaviy  rejalari  bilan 
tanishtirish  lozim.  Farzandlar  ota-onasi  nimaga  muxtoj  uni  qondirish  uchun  nima  qilish  kerak, 
о‗zini qanday ehtiyojlardan voz kechib, ota-onasi ehtiyoji uchun sarflash mumkinligini о‗rganishi 
kerak.  Bola  xо‗jalik  yuritishni  dastlabki  ma‘lumoti  oilada  zarur  bо‗lgan  narsalarni  olish  bilan 
boshlanishini о‗rganadi. Bolalarni tejamkorlikka ham dastlab oilada о‗rgatiladi. 
Oila  byudjeti  Oilada  uy  xо‗jaligini  yuritish,  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  qilinadigan 
xarajatlarni  hisoblash,  ularni  olinadigan  daromadlarga  moslashtirishni  talab  qiladi.  Boshqacha 
aytganda, oila byudjetini shakllantirishni talab qiladi. 
Oila  byudjeti  -  bu  oilaning  daromadlari  va  xarajatlarining  (smetasi)  balansidir.  Oila 
byudjeti  bu  -  oilaning  о„z  funksiyalari  va  vazifalarini  bajarishni  moliyaviy  ta‟minlash 
maqsadida pul mablag„larini tо„plash va sarflashning balansidir. 
Oila byudjeti ham boshqa barcha darajadagi byudjetlarga о‗xshab ikki qism: daromadlar va 
xarajatlardan iborat. 
 
Daromadlar va xarajatlar tarkibi turli oilalarda birmuncha farqlanadi, asosan 
quyidagilarni о„z ichiga oladi: 
Oilaning daromadlari 
Oilaning xarajatlari 
1. Ish haqi  
1. Oziq-ovqatlar 
2. Tadbirkorlik daromadlari 
2. Kiyim-kechak, poyafzal 
3.  Mulkdan  olingan  daromadlar  (ijara  haqi, 
foiz, dividentlar) 
3. Kommunal to‗lovlar 
4.  Davlatning  transfert  to‗lovlari  (pensiya, 
stipendiya) 
4.  Uzoq  muddat  foydalaniladigan  maishiy 
texnika va sanoat mollari 
5.  Sog‗liqni  saqlash  va  maorif,  ta‘lim 
tizimidagi bepul xizmatlar 
5. Mebel, uy-ro‗zg‗or buyumlari 
6. Sovg‗a – salom va boshqalar 
6.  Transport,  soliqlar,  dam  olish,  ma‘lumotlar 
olish, jamg‗arish, boshqa xarajatlar 
 
Oila byudjeti xarajatlarini oila a‘zolari bilan birgalikda muhokama qilib, bu oyda taxminan 
qancha daromad olinadi va asosan nimalarga sarf qilinadi. Qaysi xarajatlarni birinchi qilish kerak, 
qolgan  xarajatlarning  ketma-ketligini  aniqlash  farzandlarda  iqtisodiy  fikrlashni  rivojlantiradi. 
Kelgusida daromad topish va sarflashda ana shu oilada olgan tajribasiga tayanadi. 
Oila byudjeti daromadlari va xarajatlari mamlakatimiz miqyosida aholi pul daromadlari va 
xarajatlari shaklida ifodalanadi. 
Aholining  turmush  darajasini  baholashda  aholi  jon  boshiga  pul  daromadlari  va  xarajatlari 
kо‗rsatkichidan foydalanish mumkin. Ular asosida oila asosida oilalarning ham pul daromadlari 
va xarajatlarining о‗zgarishi tо‗g‗risida ham  xulosa chiqarish  mumkin.  Oila qancha boy bо‗lsa, 
jamiyat ham shuncha boy bо‗ladi. 
Aholi jon boshiga pul daromadlari va xarajatlari, 
ming sо„m 
Kо„rsatkichlar 
2005 yil 
2006 yil 
О„zgarishi % 
Iste‘mol sarflari 
271,6 
360,2 
132,6 
Majburiy tо‗lov va ixtiyoriy badallar 
28,5 
33,8 
118,6 
Omonatlarni  о‗sishi.  Valyuta  sotib  olishni 
qо‗shgan holda va boshqalar 
64,1 
84,8 
132,3 
Jami pul sarflari va omonatlar 
364,3 
478,8 
131,4 
Jami pul daromadlari 
371,8 
489,1 
131,5 
Daromadlarni xarajatlardan ortishi 
7,5 
10,4 
138,7 
Manba: О‗zbekistan Respublikasi Davlat statistika qо‗mitasi ma‘lumotlari. 
 

Jadval  ma‘lumotlari  asosida  mamlakatimizdagi  oilalarning  daromadlari  ortib,  farovonlik 
darajasi  kо‗tarilib  borayotganligi  haqida  xulosa  chiqarish  mumkin.  Bunda  respublikamiz 
aholisining iqtisodiy tafakkur darajasining ortishi muhim rol о‗ynaydi, desak adashmaymiz.           
Oilaning  daromadi  qancha  kam  bо‗lsa,  topilgan  daromadni  asosiy  qismi  oziq-ovqatga 
ketishi va boshqa birinchi darajadagi zarur tovar va xizmatlar uchun sarflanishini oiladagi bolalar 
bilishi, boshqa sarflar uchun daromad topishni, kо‗paytirishi zarurligini anglab yetishi lozim. 
Oilaviy  byudjetga  eng  kо‗p  zarar  keltiradigan  narsa  -  bu  asosiy  ravishda  keraksiz 
buyumlarni  sotib  olishdir.  Shuning  uchun  farzandlarga  ota-onalar  buni  tushuntirishi,  bunday 
ortiqcha xarajat qanday natijaga olib kelishini aytib, ularning ongiga yetkazishi lozim. Kaykovus 
ham  «Qobusnoma»da  halol  pul,  mol  topishdan  ham  uni  tо‗g‗ri  sarflash  qiyinligini  ta‘kidlab 
о‗tgan. 
Kо‗p  oilalarda  olingan  oziq-ovqat  mahsulotlari  isrofgarchiligiga  yо‗l  qо‗yishadi. 
Iqtisodchilarning  hisob-kitoblariga  qaraganda  oila  byudjetini  oziq-ovqatlarga  sarflangan  qismini 
4  foizdan  12  foizgachasi  ularni  isrof  qilib  tashlab  yuborish  oqibatida  yо‗qotilar  ekan.  Albatta, 
qishloq  sharoitida  tashlab  yuborishga  deyarli  yо‗l  qо‗yilmaydi.  Chunki  har  bir  xо‗jalikda  uy 
hayvonlari,  parranda  boqiladi.  Lekin  shaharlarda  bu  isrofgarchiliklar  natijasida,  nafaqat  oila 
byudjeti  uchun  yо‗qotish,  balki  chiqindilarni,  kо‗payib,  atrof  muhitni  ifloslanishiga  olib  kelishi 
yanada noxush oqibatlarni kо‗paytiradi. 
Oilaning byudjeti  uning  ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini, uning tadbirkorlik  faoliyatini  faolligi, 
turmush darajasi ma‘lumoti, turmush darajasi investitsion potensial va boshqalarni kо‗rsatadi. 
Iqtisodiyot  rivojlanishida  aholining  jamg‗armasi  muhim  rol  о‗ynaydi.  Iqtisodchilar 
jamg‗arma  -  kapital  qо‗yilmalarning  asosiy  manbasi  deb  kо‗rsatishadi.  Undan  tashqari, 
jamg‗arma «Inson kapital»iga qо‗yilmaning ya‘ni sog‗lom, malakali mutaxassis tarbiyalashning 
asosi hisoblanadi. 
Ayniqsa, kelajakda о‗z ishini ochadimi yoki boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun oila 
topgan  daromad  uning  xarajatlaridan  kо‗p  bо‗lishi  kerak,  ya‘ni  ma‘lum  miqdorda  jamg‗arma 
bо‗lishiga  erishish  lozim.  Odatda,  mamlakat  miqyosida  iqtisodiyotda  rezerv  (zahira)  fondi, 
barqarorlashtirish  fondi  tashkil  etiladi.  Jamg‗arma  ham  oila  uchun  ana  shunday  fond  bо‗lib 
hisoblanadi. 
Odamlar  nima  sababdan  mablag‗larini  sarflashadi,  tushunarli,  lekin  nima  sababdan 
jamg‗aramiz?  Uning  sabablari  juda  kо‗p.  Ulardan  eng  asosiy  3  ta  sababini  kо‗rsatishimiz 
mumkin: 
1.  Kelajakda  kо‗p  mablag‗  talab  qiladigan  narsani  sotib  olish  uchun.  Odamlar  joriy 
xarajatlarni  deyarli  har  kuni  qiladilar.  Olingan  daromad  hammasi  bir  kunda  sarflanmaydi.  Uni 
ma‘lum bir qismi oy davomida saqlanadi (naqd  pul  yoki kredit kartochkasida), qator narsalarni 
bir oylik topilgan daromadga sotib olish qiyin, shuning uchun pul tо‗plash kerak. 
2.  Har  ehtimolga  qarshi.  Insonlar  doimo  kelajak  haqida  о‗ylashadi.  Kelajakda  kamroq 
daromad  olishlari  mumkin  yoki  kelajakda  qо‗shimcha  xarajatlar  qilishga  tо‗g‗ri  keladi  yoki 
kelajakda qanaqa kunlar bо‗ladi, qariganda nima bо‗ladi, deya mablag‗ jamg‗aradilar. 
3.  Daromad  olish  uchun.  Jamg‗arma  investitsiya  manbai  kapital  о‗zi  nima?  U  daromad 
keltiradigan aktiv, qо‗shimcha daromad topishga intilishi jamg‗arish uchun muhim stimul bо‗lib 
hisoblanadi. 
Jamg‗arma qanday shakllarda bо‗lishi mumkin? 
Agar  mamlakatda  moliyaviy  institutlar  rivojlanmagan  bо‗lsa,  odamlar  jamg‗armalarini 
qanday  shaklda  saqlashadi?  Birinchi  navbatda,  naqd  pul  shaklida.  Sababi  uning  likvidligi  eng 
yuqori, lekin eng katta kamchiligi inflyatsiya tufayli qadrlansizlanadi. Shuning uchun kо‗pincha 
odamlar pulini ishonchli chet el valyutalarida saqlashga harakat qiladilar. Agar inflyatsiya uncha 
kuchli  emas,  pul  yaqin  orada  sotib  olinishi  lozim  bо‗lgan  narsaga  yig‗ilayotgan  bо‗lsa,  milliy 
valyutada saqlanadi. 
Ikkinchidan,  qimmatbaho  kо‗chmas  mulk,  antikvariatlar  shaklida  (uy-joy  va  hokazo), 
qimmatbaho zeb-ziynatlar. Ular hech bо‗lmasa nominal qiymatini saqlaydi yoki narxi kо‗tariladi. 

Ularni saqlash kerak, saqlash esa qо‗shimcha xarajatlarni talab qiladi. Likvidligi past, tezda naqd 
pulga aylantirish qiyin. 
Uchinchidan, kapitalga aylantirishga xarakat qilish. О‗z biznesini ochish (tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri 
investitsiya)  yoki  tanishlarga  foizga  berish.  Bu  yerda  moliya  bozori  yoki  banklar  va  boshqa 
moliyaviy  muassasalarning  vujudga  kelishi  shaxsiy  jamg‗armani  kо‗paytirish,  daromad 
topishning yangi-yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi. 
Lekin  yuqori  daromad  orqasida  risk  ham  yuqori  darajada  bо‗ladi.  Bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida  jamg‗armani  saqlashning  turli-tuman  yо‗llari  mavjud.  Agar  qarilik  paytiga  yig‗ish 
kerak  bо‗lsa,  pensiya  fonda,  hayotni  turli  hodisalardan  sug‗urta  qildirish  mumikn,  hoxlagan 
turdagi  qimmatli  qog‗ozlarni  sotib  olish  mumkin.  Moliya,  bank  muassasalari  aholini  pulini 
jamg‗arish  uchun  kо‗rsatilayotgan  xizmatlari  qulay  va  foydali.  Moliya  institutlari  bu  pullarni 
biznesga  yо‗naltiradi,  egasiga  ham  daromad  olib  keladi.  Uyda  pulni  saqlash,  qо‗riqlash 
tashvishlaridan holi bо‗ladi. 
Ana shu jihatlarni oiladi farzandlarni  kо‗rishi, о‗zi  ishtirok etishi,  kelajakda о‗zi  mustaqil 
hayot  kechirganda  о‗z  oilasi  uchun  mutaxassis  sifatida  yoki  boshqa  faoliyatda  iqtisodiy  qaror 
qabul qilish, resurslarni tejab tergab ishlatishga yordam beradi. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1. 
Oila  deganda  nimani  tushunamiz?  Uning  asosiy  funksiyalari  nimalardan  iborat, 
ularni kо‗rsatib bera olasizmi? 
2. Oila bо‗lib nikohda yashashning qanday   afzalliklari bor? Ularni kо‗rsatib bera olasizmi? 
3.    Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  oilaning  jamiyatdagi  rolini  izohlang  u  qanday  tarzda 
о‗zgarib boradi, deb о‗ylaysiz? 
4.  Oilaning bosh funksiyasi nima? Nima sababdan uni biz bosh funksiya deb ataymiz? 
5.  Inson  kapitaliga  investitsiya  jarayonini  qanday  bosqichlarga  bо‗lish  mumkin  va  ular 
qaysi jihatlari bilan farqlanadi? 
6.  Oilaning  iqtisodiyotni  kapital  bilan  ta‘minlashi  qanday  kechadi,  tushuntirib  bera 
olasizmi? 
7. Oilaning farzandlarni iqtisodiy fikrlashini shakllantirishda qanday rol о‗ynashini kо‗rsaib 
bera olasizmi? 
8.  Farzandlarni    iqtisodiy    jihatdan    tarbiyalashni    nimadan  boshlagan  ma‘qul,  deb 
о‗ylaysiz? Siz bu haqda о‗z oilangiz misolida gapirib bera olasizmi? 
9.  Oilada  mehnat  tarbiyasiga  qanday  qadraysiz?  Siz  о‗zingiz  oilada  qanday  yumushlarni 
bajarasiz? U sizdagi fazilatlarni shakllanishiga qanday ta‘sir kо‗rsatdi, deb о‗ylaysiz? 
10.  Oila  byudjeta  haqida  nimalarni  gapirib  bera  olasiz?  Byudjet  sarflarini  tо‗g‗ri 
rejalashtirish qanday rol о‗ynaydi? 
 
 
 
12-Ma‟ruza: IQTISODIY TARBIYALASHDA OILA, MAKTAB VA MAHALLA 
HAMKORLIGI. 
 
Reja 
 
1.Tarbiyaviy  ishlarni  amalga  oshirishda  "Oila,  maxalla,  bilim  yurti  hamkorligi" 
konsepsiyasining о‗rni va ahamiyati 
2. Oila  jamiyatning asosiy bо‗g‗inidir 
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning jamiyatdagi roli 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling