Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


 Islom dinida iqtisodiy ta‟lim-tarbiya masalalari


Download 1.49 Mb.
Pdf просмотр
bet3/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

 
2. Islom dinida iqtisodiy ta‟lim-tarbiya masalalari 
 
Iqtisodiy    tafakkurni    rivojlantirishda  iqtisodiy  ta‘lim-tarbiyaning  tarixiy  ildizlari  -  islom 
dini  qoidalalari,  buyuk  ajdodlarimizdan  meros    bo‗lib  qolgan    o‗lmas    asarlar    bizga    bebaho   
manba bo‗lib xizmat qiladi. Islom ta‘limotidagi iqtisodiy g‗oyalarning bayon etilishi, muqaddas 
kitob-Qur‘oni  Karimda  kishilik  jamiyatining  faoliyat  turlaridan  biri  iqtisodiyot  sohasidagi 
munosabatlar  muhim  o‗rin  tutadi.  Chunki  iqtisodiy  munosabatlarda  insonlarning  asosiy  fe‘l 
atvorlari  namoyon  bo‗ladi.  Qur‘oni  Karim  ihkomlari  insonlarga  ilohiy  farmoyish  sifatida 
zamindagi  barcha  insonlar  tengligi  aytiladi.  Iqtisodiy  tarbiyani  shakllantirishda  milliy 
qadriyatlarimiz,  tarixiy  allomalarimiz  asarlaridan  samarali  foydalanishimiz  zarur.  Qadriyatning 
eng yirik manbalaridan biri «Qur‘oni Karim» bo‗lsa, keyingisi Hadisi sharifdir. Ushbu manbalar 
o‗zining hayotiyligi bilan faqatgina uyg‗onish davri O‗rta Osiyodagi, Amir Temur va temuriylar 
davri,  XX  asr  boshlaridagi  o‗zbek  iqtisodiy  ta‘limotlarigina  emas,  balki  O‗zbekistonni  bozor 
iqtisodiyotiga o‗tish davridagi iqtisodiy ta‘limotlarini, iqtisodiy tarbiya asoslarini yaratishda ham 
e‘tiborga  olinayotgani,  ulardagi  iqtisodiy  qadriyatlar  katta  hayotiy  ahamiyatga  ega  ekanligini 
ko‗rsatadi.  Keltirilgan  barcha  fikr  mulohazalar  avvalambor  insonlarning  bir-birini  qadrlash, 
iqtisodiy  munosabatlarda  asosiy  mezonlardan  hisoblangan  tenglik,  halollik,  to‗g‗rilik  kabi 
tushunchalarni shakllantirish uchun asosiy manbalardandir. 
«Oltinni oltinga (ular tanga yoki biror buyum shaklida bo‗ladimi yoxud quyma bo‗ladimi, 
bundan qat‘iy nazar) bir-biriga teng og‗irlikda sotingizlar, birini ikkinchisidan afzal qilmangizlar. 
Kumushni  kumushga  ham  aynan  shu  tariqa  sotingizlar!  Savdolashib  turgan  yeringizdan  jilmay 
turib,  bir-biringizni  molingizni  qo‗lga  olingizlar!»,  deyiladi  hadislarda.  Bundan  shunday  xulosa 
qilish  mumkinki,  sotuvchi  ham  o‗z  molining  aybini  yashirmasligi,  xarid  qiluvchi  ham  pul 
berishda  g‗irromlik  qilmasligi  lozim,  faqat  shundagina  savdoda  baraka  bo‗ladi,  agar  har  ikkala 
tomon  ham  bir-birini  aldasa,  g‗irromlik  qilsa,  bu  savdo  halol  savdo  emas.  Savdo  halollikni 
yoqtiradi va shuning uchun sotuvchi ham, oluvchi ham rost gapirishi shart. 
Savdo  sotiqdagi  halollikda  dastlab  sotuvchining  o‗z  moliga  adolatli,  insofli,  har  ikkala 
tomonga ham manzur bo‗larli darajada narx qo‗yishi bilan boshlanadi. Chunki sotuvchi mol egasi 
bo‗lgani  uchun  dastlabki  narxni  xaridorga  birinchi  bo‗lib  taklif  etishga  haqlidir.  Hadisdagi 
rivoyatlarda: «Kimki biror oziq-ovqat mahsulotini ko‗tara sotib olgan bo‗lsa, uni uloviga ortmay 
(ya‘ni sotib olgan yeridan bo‗lak joyga olib bormay) turib qayta sotib yubormasligi kerak, chunki 
tijorat  odobi  shuni  taqozo  qilur»  deyiladi.  Amalda  tijoratning  bunday  odobiga  qattiq  amal 
qilingan, odobsizlik qilganlarni esa kaltaklaganlar. 
Halol savdo qilish hosiyatlidir. Savdo-sotiq ishlarida amal qilinadigan shartlardan yana biri 
savdogar  boshqa  savdogarning  savdosini  bo‗zmasligidir.  Bir  savdogar  boshqa  savdogarning 
savdosiga:  birinchidan, toki  ruxsat  bermaguncha, ikkinchidan, u odam  savdoni  tark etmaguncha 
aralashmasligi, uchinchidan esa, biror molni sotib olish uchun boshqaning savdosini aynitmasligi 
lozim. Paygambarimiz: «Birortangiz birodaringiz savdosini ustida savdo qilmangiz» deganlar. Bu 
gapdan  boshqalar  molni  olib  qolib  qimmatroq  narxda  sotish,  aldash  maqsadida  narxni  ataylab 
oshirish, savdogar savdosi ustiga savdo qilishiga yo‗l qo‗ymaslik kabi mazmunlar yotadi. 
Payg‗ambarimiz  odamlarga  yanada  qulayroq  bo‗lishi  va  masalani  adolatliroq  hal  etish 
maqsadida:  «Kimki  bo‗nak  (avans)  berib,  qolgan  haqini  yesa  ma‘lum  muddatda  o‗zish  sharti 
bilan  xurmo  (va  undan  bo‗lak  narsalar)  oladirgan  bo‗lsa,  o‗lchanadirganini  o‗lchab 
tortiladirganini  tortib  olsin»  deb  o‗z  maslahatini  beradi.  Hadislarda  jufa  haqida  ham  to‗xtalib, 
undagi uchta bobda jufaning mohiyati va ahamiyati ko‗rsatib berilgan. Jufa iqtisodiy va hududiy 
asnoda  yerlari tutash bo‗lgan qo‗shnilarning bir-birlarining uy va  yerlarini hamda biror mulkka 
sherik  yoxud  biror  mulkda  ulushi  (nasibasi)  bor  kishilarning  bir-birlarining  ulush  nasibalarini 
birinchi bo‗lib sotib olish huquqlarini bildiradi. Bu yerda birinchi bo‗lib ulushni kim sotib olish 
huquqiga ega ekanligiga e‘tiborni qaratish lozim. 

Payg‗ambarimizning: «qo‗shni qo‗shniga uy-joylarining tutashligi bilan boshqalardan ko‗ra 
haqliroqdir»  degan  maslahatlari  hech  qanday  jamoaga  tsgishli  bo‗lmagan,  taqsimlanmagan 
umumiy mulkka nisbatan jufa huquqiga asos qilib olinganligini ta‘kidlab o‗tish lozim. 
 
3. IX-XV asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida iqtisodiy ta‟lim-
tarbiyaning tutgan o„rni 
 
Buyuk  allomalarimiz  islom  qonun  qoidalarini  asos  qilgan  holda  yaratgan  asarlarida 
e‘tiborni  insonnning  boylikka,  mol-mulkka  bo‗lgan  munosabatini  shakllantirishda,  inson 
iqtisodiy tafakkurini, iqtisodiy ta‘lim-tarbiyani shakllantirishi asosiy dasturi sifatida o‗z asarlarida 
foydalanishgan.  Inson  hayotida  moddiy  ne‘matning,  boylikning  rolini  tushunarli,  sodda  tilda 
tushuntirib  berishga  harakat  qilishgan,  xususan,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Ibn 
Sino,  Yusuf  Xos  Xojib,  Amir  Temur,  Alisher  Navoiy  va  boshqa  allomalarimiz  yaratgan 
asarlaridagi g‗oyalar Iqtisodiy tarbiya nazariyasining manbalari, o‗rganish obektlari bo‗la oladi. 
Buyuk daho, Aristoteldan so‗ng «ikkinchi muallim» deb nom qozongan Abu Nasr Forobiy 
o‗z hayotida ta‘lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat bergan. Moddiy ehtiyojlarning ahamiyati, 
kishilik  jamiyati  taraqqiyotida  uning  rolini  ko‗rsatib,  mulkchilik  va  mulkdor  bo‗lish  xosiyati, 
xarajat va taqsimot  to‗g‗risida qator muhim  fikrlarni  bildirgan.  Ilm olishning zaruriyati, ta‘lim-
tarbiya berish metodlariga alohida diqqat qaratgan. 
Buyuk allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniyning mehnat va hunar to‗g‗risidagi qarashlari 
bugungi kun uchun ham ahamiyatini  yo‗qotmagan. U yashagan davrda Xorazm va O‗rta Osiyo 
xalqlarining iqtisodiy va ma‘naviy hayotida kishilik ehtiyojlarini paydo bo‗lishi va uni qondirish 
asoslari,  mehnat  va  hunarga  munosabatlari  uyg‗unlashib  ketadi.  Uning  fikriga  ko‗ra  kishilar 
o‗zlarining  zaruriy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  uyushgan  holda  yashash  va  ishlashga 
majburdirlar.  U  davlatning  paydo  bo‗lishini  ham  ehtiyojdan  deb  hisoblaydi.  Barcha  qimmatli 
narsalar  inson  mehnati  bilan  yaratiladi.  Insonning  qadr-qimmati  uning  avlod-ajdodlarining  Kim 
bo‗lganligi bilan emas, balki uning mehnati bilan belgilanadi. 
Har  bir  zamonning  o‗ziga  xos  odatlari  bor.  Unga  hamma  rioya  qilishi  kerak,  aks  holda 
nizom  va  bir  xillik  yo‗qolsa,  tartib  ham  yo‗q  bo‗ladi.  Beruniy  so‗zlari  bilan  aytganda  inson 
yerdagi  bunyodkor  va  yaratuvchi  kuchdir.  Inson  mehnati  bilan  ulug‗.  Kishilik  jamiyatining  asl 
tarixi  ham  mehnatdan  boshlangan.  Bilimlarni  egallash  va  hunar  o‗rganish  uchun  ham  mehnat 
qilish  zarur.  U  mehnatni  turlarga  ajratib,  ularning  har  biri  talab  va  ehtiyojlar  asosida  vujudga 
kelgan  deydi.  U  barcha  insonlar  uchun  foydali  mehnat  muvofiq  ravishda  taqdirlanishi  lozim 
deydi.  Abu  Rayxon  Beruniy  inson  ehtiyojini  faqat  pul,  mol-dunyo  bilan  emas,  balki  mehnat, 
izlanish, yaratish, qurish, bunyod qilish, ilm olish, bilish orqali qondirish lozimligini ta‘kidlaydi. 
Abu  Ali  ibn  Sino  o‗zining  buyuk  «Tib  qonunlari»  asarida  iqtisodiy  tarbiya  haqida  so‗z 
yuritib,  bola  tarbiyasida  mehnatning  ahamiyatiga  alohida  urg‗u  beradi.  Barcha  boyliklar  halol 
mehnat  bilan  orttirilishi,  ota-onalar  o‗z  farzandlarini  kasb-hunarga  o‗rgatishi  va  undan  olingan 
daromad orqali halol yashash kerakligini aytadi. «Agar oila boshlig‗i, deydi ibn Sino, tajribasizlik 
yoki  nohaqlik  qilsa,  u  oila  a‘zolarini  yaxshi  tarbiyalay  olmaydi  va  uning  oqibatida  bundanda 
yomon  natijalar kelib chiqadi». Uning fikricha, bola tarbiyasi  yaxshi  yo‗lga  qo‗yilsa, oila baxtli 
bo‗ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. 
Mutafakkir  Yusuf  Xos  Hojib  o‗zining  «Qutadg‗u  bilig»  asarida  bola  tarbiyasi  haqida 
to‗xtalib  shunday  yozadi:  «Farzand  qanchalik  bilimli,  aqlli-hushli  bo‗lsa,  iqtisodni  yaxshi 
o‗zlashtirsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug‗ bo‗ladi». 
U  bola  tarbiyasida  otaning  mas‘uliyatiga  alohida  e‘tibor  beradi.  «Kimning  o‗g‗il-qizida 
bo‗lsa,  -  deb  yozadi  muallif,  unga  uning  o‗zi  mungli  yig‗laydi.  Ota  bolani  kichikligida  bebosh 
qilib  qo‗ysa,  bolada  gunoh  yo‗q,  barcha  gunoh  oilaning  o‗zida.  O‗g‗il-qizning  xulq-atvori 
yaramas  bo‗lsa,  bu  yaramas  ishni  ota  qilgan  bo‗ladi.  Ota  bolalarini  nazorat  qilib,  turli  hunarlar 
o‗rgatsa, ular ulgaygach,  o‗g‗il-qizim bor deb sevinadi».  Ulug‗ bobokolonimiz ta‘kidlaganidek, 
farzandlarimizga  kasb-hunar  va  zamonaviy  bilimlarni  o‗rgatishimiz  kerak.  Toki  ular  o‗zlari 
qiziqqan  kasb  va  hunarni  o‗rganib,  hayotdan  ta‘lim  olib,  bilimdon  bo‗lsinlar,  chinakam  insoniy 

go‗zallikka  erishsinlar,  boqimandalikka,  yalqovlikka,  o‗g‗irlik  va  harom-harish  ishlarga 
o‗rganmasinlar. 
Ammo kasb-hunardan dunyoda faqat boylik va mol-dunyo to‗plash uchun emas ezgulik va 
vatan  taraqqiyoti  uchun  foydalanish  kerak.  Demak,  boylik  ham  hunar  egalariga  va  bilimdon-
tadbirkorlarga  munosibdir.  Ammo  ba‘zi  davlatmand  odamlarning  nodonligi  va  ma‘naviyati 
qashshoqligini  ko‗zatib  hayron  qolasan,  kishi.  Bilimli  boyligini  ezgulik,  bilimsiz  esa  yomonlik 
uchun  sarflaydi.  Insonning  vazifasi  yaxshilik  yaratishdan  iborat  bo‗lishi  zarur.  Mutafakkir 
yaxshilik  va ezgulik chinakam  insonlarning  olijanob  fazilatidir, degan xulosaga keladi. U  «agar 
dunyoda  yaxshi  kishilar  bo‗lmaganida  edi,  haqiqiy  insoniylik  ham  bo‗lmas  edi»,  degan  falsafiy 
xulosani e‘tirof etadi. 
Iqtisodiy tarbiya nazariyasida Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy ta‘lim-tarbiya ham 
o‗ziga xos o‗rin tutadi. Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi. 
Iqtisodiyotni barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo‗jaligi va ayniqsa, savdoda) 
muhim  yutuqlar  qo‗lga  kiritildi.  Bunga  to‗g‗ri  tanlab  olingan  iqtisodiy  g‗oyalar  va  iqtisodiy 
siyosat  yordam  berdi.  Amir  Temur  davlat  va  iqtisodiyotni  boshqarishda  o‗ziga  xos  maktab 
yaratdi.  Sohibqiron  davlatida  devoni  bo‗zruk  (Bosh  vazir)dan  tashqari  har  bir  viloyatda  devon 
deyiluvchi  boshqarma  bo‗lgan.  U  davlatning  butkul  ishlarini:  soliq  yig‗ish,  tartib  saqlashni, 
ijtimoiy  binolar,  bozorlar,  hammomlar,  yo‗llar,  suv  inshootlari  tarmoqlarini  nazorat  qilardi. 
Halqning  hulq-axloqi  ko‗zatib  turiladi.  Uning  xodimlari  vaqti-vaqti  bilan,  suroq,  tekshirish, 
taftish va tergov ishlari olib borishardi. Ayniqsa, toshu tarozu to‗g‗riligini odil baho, tekshirilgan, 
qallob va tovlamachilar qa‘tiy jazolangan, eng muhimi bu ish to‗ppa to‗g‗ri bozorda, halq, oldida 
amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 % narx qo‗yish mumkin bo‗lgan. 
Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko‗rsatgan. Shunday vazirlardan 
birinchisiga - yer soliqlari, boj, o‗lpon soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish 
yuklatilgan.  Bu  vazir  mamlakatdagi  muhim  ishlarni,  kundalik  muammolarni  hal  qilgan, 
viloyatlarda olingan hosil, soliq o‗lponlarini taqsimlagan. 
Ikkinchi  vazir  -  sipox  vazir  hisoblanib,  sipoxiylarning  maoshlari  va  ular  bilan  bog‗liq 
ishlarni boshqargan. 
Uchinchi vazir - esa egasiz qolgan, o‗lib ketgan kishiilar va qochoqlarga tegishli mollarni, 
kelib  ketayotgan,  savdogar  mol-mulkidan  olinadigan  zakot  va  bojlarni,  mamlakat  chorvasini 
boshqarib,  ularning  barchasidan  tuplangan  daromadlarni  omonat  tarzida  saqlagan.  Agar  g‗oyib 
bo‗lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo‗lsa, ularni o‗z me‘rosxo‗rlariga topshirgan. 
To‗rtinchi vazir - saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo‗lib, u saltanatdagi jami idoralarning 
kirim-chiqimlari,  xazinadan  sarf  qilingan  xarajat,  hatto  otxona  va  saroydagi  boshqa  jonzotlarga 
qilingan xarajatlardan ogoh bo‗lib borgan. Vazirlar devonbegiga bo‗ysungan. 
Temo‗rning  hislatlaridan  biri  shu  ediki,  u  biror  masalani  hal  etishdan  oldin  shu  sohaning 
bilimdon olimlari bilan maslahatlashar, so‗ng asosiy qaror qabul qilar edi. 
Amir  Temo‗rning  davlatni  boshqarishda  yana  bir  yo‗nalishi  u  vaqti-vaqti  bilan  so‗roq, 
tekshirish, taftish, tergov o‗tkazib turgan. 
O‗z amalini suiste‘mol qilish, poraxo‗rlik, doimiy ichkilik, maishiy bo‗zuqlik kabilar og‗ir 
gunoh hisoblanib, qattiq jazolangan. U bunday paytlarda o‗zini ham, o‗g‗il va nabiralarini ham, 
qarindosh  urug‗larini  ham  ayab  o‗tirmagan.  U  o‗z  davlat  ishlarida  mustahkam,  qat‘iy,  barqaror 
turgan. 
«Temur  to‗zuklarida»  shunday  deyilgan:  Menga  bo‗ysungan  yangi  davlatlarda  xurmatga 
loyiq  odamlarga  hurmat  ko‗rsatdim.  Men  payg‗ambar  avlodlariga,  qonun  targ‗ibotchilariga, 
olimlar  va  keksalarga  nisbatan  buyuk  hurmatda  bo‗ldim,  ularga  nafaqa  belgiladim.  Bu 
mamlakatlarning  badavlat  kishilari  mening  og‗aynimdek,  yetim  yesir  va  kambag‗allari  esa 
bolalarimdek  bo‗lib  qoldi.  Mag‗lub  bo‗lgan  mamlakat  qo‗shinlari  mening  qo‗shinlarimga 
qo‗shilardi.  Men  bu  mamlakatlarda  halq  hurmatini  qozonishga  harakat  qildim.  Shunga 
qaramasdan  fuqaroni  qo‗rqinch  va  umid  orasida  saqladim.  Yaxshilarga  ular  qaysi  millatdan 
bo‗lishlaridan  qa‘tiy  nazar  men  yaxshilik  qildim.  G‗arazli  kishilar  va  sotqinlar  esa  mening 
davlatimdan  quvildi.  Menga  tobe  mamlakatlarda  adolat  eshiklari  ochiq  edi.  Mag‗lub  bo‗lgan 

davlat  hokimlarini  o‗z  vazifasida  qoldirdim.  Unga  maqtovlar  yog‗dirdim  va  shundan  so‗ng 
ularning  to‗g‗riligiga  hamda  sodiqligiga  to‗la  umid  bog‗lardim.  Biroq  ba‘zi  qaysarlari  shosha-
pisha  o‗zini-o‗zi  to‗rga  tushirar  edi.  Bunday  hollarda  men  uningo‗rniga  adolatli  odamni 
tayinlardim. 
Men  o‗lkalardagi  yo‗llarning  xavfli  bo‗lishini  istamasdim.  Shaharlarga  va  shahar 
maxallalariga  maxsus  odamlar  qo‗ydirdim;  ular  xalqning  va  askarlarning  xavfsizligi  ustida  ish 
olib borardi. U joyda sodir bo‗lgan barcha javobgarlik uning bo‗yniga tushardi.   
Yo‗lovchilar  xavfsizligini  ta‘minlash  va  qo‗nib  o‗tishga  manzilgoh  qurdirdim;  qulaylik 
yaratish uchun katta yo‗llarga soqchilar qo‗yildi. Soqchilar yo‗lovchilarning har bir narsasi uchun 
javobgar  edilar.  Illy  sababdan  sayyohatchilar  va  savdogarlar  ulardan  o‗z  mollariga  soqchnlik 
qilishni talab eta olardilar. 
Shubhali va niyati bo‗zuq kishilarning ayblashlari hamda to‗hmatlari bilan fuqarolarga jazo 
berish qozilarga qat‘iyan man etilgai edi. Ammo biror shaxsning gunohi to‗rtta dalil bilan isbot 
qilinsa, u kishiga qilgan aybiga qarab jazo berilar yoki jarima solinardi. 
Barcha  ishlarda  bu  ishlar  qaysi  o‗lka  xaqiga  taalluqli  bo‗lmasin  hokimlarning  adolat 
tomonida  qattiq  turishlariga  buyruq  berilgan.  Qashshoqlikni  tugatish  maqsadida  boshpanalar 
tashkil qildimki, kambag‗allar ulardan nafaqa olib turdilar. 
Bundan  tashqari,  Temo‗rning  soliqlar  haqidagi  qoidasi  juda  muhim  ahamiyatga  egadir. 
Temur  yozadi,  «Soliq  yig‗ishda  xalqni  og‗ir  ahvolga  solishdan  yoki  o‗lkani  qashshoqlikka 
tushirib  qo‗yishdan  ehtiyot  bo‗lish  zarur.  Negaki,  xalqni  xonavayron  qilish  davlat  xazinasining 
kambag‗allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi  harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga bu 
esa o‗z navbatida, hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keladi». 
Temur  Islomga  tayanib,  musulmon  dinining  nufuz-e‘tiboridan  foydalandi  va  o‗z  davlatini 
mustahkamlash maqsadida boshqa dinlardan ham foydalanishga intildi. 
Temur  davrida  yirik  shaharda  masjid  va  madrasalar  qurilib,  ularda  diniy  ta‘limot  asosida 
islom,  aro‗z,  ilmi  bayon,  mantiq,  tarix,  geografiya  kabi  gumanitar  fanlardan  tashqari  falakiyot, 
tabbiyot kabi aniq fanlar ham o‗qitiladi. Ta‘limda sharhlab o‗qish, mustaqil mutolaa, munozara, 
suxbat usullari qo‗llanilgan. Talabalar arab, fors, turkiy tillarda yozilgan asarlarni shu usullarda 
o‗qib,  o‗rganganlar.  Jamiyatdagi  o‗rnatilgan  tartib-qoidalarga  ko‗ra  insonlarda  iqtisodiy  fikr 
yuritish tarzi shakllanadiki, u o‗z navbatida mamlakatni yanada rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Iqtisodiy  ta‘lim-tarbiya  masalalarida  buyuk  bobokalonlarimizdan  A.Navoiy  o‗ziga  xos 
alohida o‗rin tutadi. Uning iqtisodiy g‗oyalari ―Hamsa‖, ―Mahbub ul-qulub‖ va boshqa asarlarida 
o‗z  ifodasini  topgan.  Uning  fikricha,  mehnat  –  jamiyatning  asosiy  belgisi,  uni  ishlab 
chiqaruvchilar  rivojlantiradi.  Shuning  uchun  ularga  ortiqcha  soliqlar  solinmasligi,  savdo-
sotiqning  rivajlanishi  uchun  bozorshlarda  mahsulotlar  bahosi  meyorida  bo‗lishini  ta‘minlash 
lozim. 
―Shahar olib sotarlari, - deb yozgan edi Alisher Navoiy, xiyonatchi, o‗z foydasini ko‗zlagan 
holda qahatchilik tilaydi‖. Chunki  qahatchilik bo‗lsa, uning ishi  yurishadi,  molini bekitib sotib, 
yuqori  bahoda  pullaydi,  maqsadi  elga  ziyon  yetkazish,  orzusi  arzon  olib  qimmatga  sotishdir.  U 
shoyini bo‗z deb kamsitadi, sotishda bo‗zni shoyi deb ataydi‖. 
A.Navoiy o‗zining ―Mahbub ul-qulub‖ asarida jamiyatning rivojlanishida savdo-sotiq tijorat 
ishlarining  ahamiyatini  alohida  ta‘kidlaydi.  ―Savdogar,  -  deb  yozadi  buyuk  allomamiz,  yolg‗iz 
foydani  niyat  qilmasligi‖,  ―savdo  qilib  foyda  topaman‖,  ―mol  va  pul  ko‗paytiraman  deb 
ortiqchakema surmasligi‖, ―mol va pul ko‗paytiraman deb jonsarak bo‗lmasligi kerak‖, ―savdogar 
boj-xiroj  berish  o‗rniga  o‗z  molini  yashirib,  o‗z  obro‗sini  to‗kmasa  yoki  topgan-tutganini 
merosxo‗rlarisotib  sovurishi  uchun  tuplab  qo‗ymasa  yoki  biror  yomon  hodisa  qo‗zg‗ash  uchun 
sarflamasa, jamg‗arma yaxshi bo‗ladi‖. 
A.Navoiyning savdogarlar to‗g‗risidagi ushbu so‗zlari xuddi bugungi kundagi tijoratchilar 
uchun aytilgandek tuyuladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida qo‗yidagicha xulosa chiqarish 
mumkin. 

Birinchidan, savdo, bozor, tijorat, mahsulot ishlab chiqarish, muomala jarayoni (oldi-sotdi) 
iqtisodiyotni  rivojlantirishda  yetakchi  ahamiyat  kasb  etadi,  tovarlar  taqchilligini  tugatishga 
xizmat qiladi. 
Ikkinchidan,  savdo-sotiq  davlat  byudjeti  daromadining  manbai,  mamlakat  iqtisodiy 
qudratining tayanchlaridan biridir.  Zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj-xiroj to‗lab turishlari 
bilan moliyaviy munosabatlarda muhim o‗rin tutadilar. 
Uchinchidan,  ulug‗  shoir  savdogarlarni  insofga,  diyonatga  chaqiradi,  ulardan  faqat  o‗z 
foydasini  ko‗zlab  ish  tutmasligini  talab  qiladi.  Bu  g‗oyalar  yoshlarning  iqtisodiy  munosabatlar, 
savdo qonun qoidalarini o‗rganishda asosiy tarbiyaviy dastur bo‗lib xizmat qilishi zarur. 
Albatta  bunday  mulohazalar  ma‘nosini  o‗quv  yurtlarini  bitirib,  iqtisodning  turli 
tarmoqlarida  faoliyat  ko‗rsatadigan  yosh  mutaxassis-tadbirkorlarga  tushuntirish  foydadan  holi 
bo‗lmaydi. 
A.Navoiy  baho  mahsulot  yetishtirishga  sarflangan  mehnatga  emas,  balki  talab  –  taklifga 
ham bog‗liq ekani haqida fikr yuritadi. Shu bilan yuirga, ayrim savdogarlar o‗z tashabbusi bilan 
narx-navoni  haddan  tashqari  oshirib  yuborganini  qayd  qiladi.  Tovar-mahsulot  narxni  bunday 
oshirish  sotuvchilarga  nisbatan  jazo  choralarini  ko‗rishni  ko‗zda  tutib,  insof  va  adolat  tarozisi 
bilan  narxni  tartibga  solishni  tavsiya  qiladi.  A.Navoiy  mamlakat  ichki  bozorining  rivojlanishi 
tashqi bozorga bog‗liqligini ko‗rsatib o‗tadi. Shu munosabat bilan shoirning Astroboddan Husayn 
Boyqaroga yo‗llagan xati diqqatga sazovordir. U xatda shunday yozilgan: 
―Yana  ulkim,  devoniylarga  hukm  bo‗lsakim,  atrofdin  kelgan  bozurgon  (savdogar)larning 
jonidan rioyat qilsalar (ularning manfaatiga zarar yetkazilmasin). 
Navoiy  ijodida  mehnat,  ayniqsa  dehqan  mehnati  juda  katta  o‗rin  egallaydi.  Dehqonchilik 
jamiyat  hayoti  va  rivojlanishining  asosi,  unga  moddiy  faravonlik  va  ma‘naviy  ulg‗ayishning 
asosiy manbai deb qaraladi. Fuqaroning, bugungi tirik mavjudodni rizqu-ro‗zini yaratuvchi ham 
dehqon.  Shoh  hazinasini  inju  va  oltinga  to‗lishi,  boyligi  ham  uning  mehnatidan  deb  biladi. 
Alisher  Navoiy  shariat  tomonidan  belgilangan  soliqlarni  to‗lab  turishni  hamham  qarz  ham  farz 
deb  biladi.  Lekin  ularning  haddan  ziyod  bo‗lishi  fuqaro  naroziligiga  olib  kelishini,  ayniqsa, 
gadoylarning ko‗payishi, ularning (barcha turi) jamiyat hamma uchun havf tug‗dirishini ko‗rsaldi 
va ogohlantirdi. 
Alisher  Navoiy  jamiyatning  himoyasiz,  kambag‗al,  yashash  va  o‗qish,  ijod  qilish  uchun 
imkoni  bo‗lmagan  qatlamlari  uchun  ortiqcha  mulkini  xayr-ehson  qildi.  Shu  davr  tarixchisi 
Mirhond  so‗zi  bilan  aytganda,  ―faqiru  miskinlarga  muruvvat  va  shavqat  yuzasidan  manfaat  va 
dildorlik  ko‗rsatdi‖  U  bizga  insoniylikni,  axloq-odobning  shunchalik  ko‗p  qirralarini  tasvirlab 
beradiki, ular hozir ham avlodlarda odamiylik, ulug‗ xislatlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga 
ega. 
Umuman,  IX-XV  asrlarda  Markaziy  Osiyoning  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy 
hayoti  bilan  tanishishda  shu  narsa  ayon  bo‗ladiki,  o‗lkada  ilm-fan,  san‘at,  adabiyot  va 
hunarmandchilikning rivojlanishi va buyuk allomalarimizning asarlari va faoliyatlari yoshlarning 
ta‘lim-tarbiya berishda muhim rol o‗ynagan. 
 
4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy ta‟lim-tarbiyaga oid 
qarashlar 
 
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  O‗rta  Osiyoda  yangi  ishlab  chiqarish  munosabatlarining 
ko‗rtaklari  ko‗rina  boshlagan  bo‗lsa  ham,  xo‗jalikda  kapitalizmgacha  bo‗lgan  munosabatlar 
yetakchi  o‗rinda  edi.  Tovar-pul  munosabatlari  ko‗proq  ahamiyatga  ega  bo‗la  boshladi.  Avvalgi 
ayrim natural soliqlar pul bilan olinadigan bo‗ldi, qishloq xo‗jaligida, ayniqsa, sug‗orish ishlarida 
ozroq ko‗lamda bo‗lsa ham yollanma ishchi kuchi qo‗llana boshladi. To‗kimachilik mahsulotlari 
ishlab  chiqarishda  xonaki  sanoat  vujudga  keldi,  xususiy  korxonalar  paydo  bo‗ldi.  Savdo 
sudxo‗rlik  burjuaziyasining  ahamiyati  oshdi.  Alohida  tumanlar  va  shaharlar  o‗rtasida  iqtisodiy 
aloqalar mustahkamlandi. 

Chor Rossiyasining O‗rta Osiyoni bosib olishi, uning Rossiya xo‗jaligining ta‘sir doirasiga 
kirishiga olib keldi. O‗rta Osiyoda kapitalizm rivojlanmasligi uchun chor hukumati qo‗ygan bir 
qator to‗siqlarga qaramay, kapitalistik munosabatlar asta sekinlik bilan bo‗lsa ham, Turkistonda 
xo‗jalik yuritishning turli tarmoqlarini qamrab ola boshladi. 
XIX  asr  ikkinchi  yarmilariga  kelib  Chor  Rossiyasi  Turkiston  mamlakatiga  qarshi  yurish 
qilib,  uni  butunlay  bosib  oddi.  O‗rta  Osiyoning  kapitalizm  muhitiga  kirishi  ishlab  chiqarishni 
rivojlanishiga bir oz turtki bergan bo‗lsa ham, jamiyat tizimini tubdan o‗zgartira olmadi. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‗rta Osiyo iqtisodiy jihatdan qoloq, ulkaning  yaxshi 
yerlari  va  ishlab  chiqarish  vositalari  bir  hovuch  oksuyak  hamda  ruhoniy  feodallarga,  chor 
mustamlakachilariga  qarashli  bo‗lib  qolgan  edi.  O‗rta  Osiyodagi  millionlab  mehnatkashlar  ikki 
tomonlama  zulm  ostida  azob  chekishi,  ularning  siyosiy  huquqsizligi,  o‗lkaning  qoloqlikka  yuz 
tutishini  yanada  kuchaytirdi.  Ana  shu  davrda  bir  vaqtlar  musulmon  olami  va  madaniyatining 
markazlaridan  biri  hisoblangan  Buxoroda  halqning  kelajagini  o‗ylaydigan,  taraqqiyoti  haqida 
qayg‗o‗rgan jamoa jadidlar harakati yuzaga keldi. 
Jadidlar o‗zlarining asosiy e‘tiborlarini millatning ma‘rifatli, o‗qimishli, bilimdon va kasb-
hunarli  bo‗lishiga  qaratib  uni  dunyoning  ilg‗or  millati  bo‗lishga  chaqirdilar,  aks  holda,  abadiy 
qoloqlik iskanjasida qolishlari mumkin deya qayg‗urdilar. Jadidlar mamlakatda iqtisodiy-siyosiy, 
madaniy-ma‘rifiy  islohotlar  o‗tkazish  uchun  kurashdilar.  Ular  taraqqiyotga  ma‘rifat  orqali 
borilishini uning uchun esa din va ilm vosita ekanligi g‗oyasini ilgari surdilar. 
Jadidlar, ya‘ni yangilik tarafdorlari ma‘rifat va ilm tizimida iqtisod ilmining millat ravnaqi 
uchun ahamiyati alohida ekanligini qayta-qayta ta‘kidlaganlar. 
Jadidlarning  ulug‗  namoyondalaridan  biri,  ularning  mafkurachisi  bo‗lgan  Abdurauf  Fitrat 
o‗zining  «Rahbari  najot»  asari,  «Munozara»,  «Hayot  va  hayot  g‗oyasi»  kabi  maqolalarida 
qoloqlikni  tugatishning  xich  kimga  sir  emaski,  islom  dunyosi  jahon  sahnasida  boshqa  dindagi 
halqlardan  qadam  ba  qadam  keyinda  qolmoqda.  Biz  Turkistonliklar  esa  boshqa  musulmonlarga 
nisbatan  ham  ortda,  sarosimalik  girdobiga  botib  qolganmiz,  -  deydi  Fitrat.  Qoloqligimizning 
sababi nimada? Bu savolga Turkistonlik donishmandlar turlicha yondashadilar. Hammadan burun 
Vatan,  millat  taqdirini  o‗ylaydiganlar  buning  sababini  nodonlik,  jaholat  va  kuchsizligimizda 
ko‗radilar.  Ikkinchi  bir  bahslashadigan  ko‗pchilik  tomon  esa,  qoloqligimiz  sababini  Olloh 
irodasiga  bog‗lab,  «Har  ne  qilsa  xudodan»  deb  sukut  saqlashadi.  Ollox,  insonlarga  din  va 
elchilarni  yuboradi.  Tarix  rivojida  bu  dinning  ta‘sir  doirasi  torayib  qolgach,  xudo  Yangi  din  va 
elchisini  yuborgan.  Doimo  shunday  bo‗lib  kelgan  Din  nima?  Din  insonlarni  baxt  yo‗liga  olib 
boruvchi  xudoning  irodasidir,  hayotning  g‗oyasidir,  mazmunidir.  Fitrat  din  deganda  shunchaki 
xudoga  ibodatni  nazarda  tutmaydi.  U  dinda  ilmni,  ma‘rifatni,  o‗zligini  anglashni,  insoniylikni 
ko‗radi. U hayot g‗oyasi nuqtai nazaridan qarab, jamiyatga «hech qanday foyda keltirmaydigan 
odamlarni  ikki  guruhga  bo‗ladi.  Birinchilari,  hayotning  mazmunini  ovqatlanish  va  uxlashda, 
sharob  ichmoq  va  shirinliklardan  lazzat  olmoqda  ko‗rishadi.  Ular  inson  majburiyatlari  haqida 
o‗ylashmaydi,  hech  narsaga  qiziqishmaydi.  Yaratguvchi  bundayin  kishilarga  baxt  ato  etmaydi, 
deydi  Fitrat.  Ikkinchilari,  o‗z  baxtlarini  hayot  g‗oyasida  ko‗rishadi,  lekin  ular  bu  Dunyo  baxti 
uchun hech bir tadbir qilishmaydi. Bu Dunyo baxti, deyishadi ular g‗ayridinlar uchun yaratilgan, 
musulmonlar uchun esa bu Dunyo do‗zaxdir, sinovdir. Fitrat fikricha, Dunyo ishlariga befarq va 
narigi  dunyo  baxti  bilan  mashg‗ul  bu  guruh  kishilari  ham  jamiyatga  hech  qanday  foyda 
keltirishmaydi. 
Fitrat  ko‗rsatadiki,  agar  ikki  tanob  hosildor  yeri  bor  dehqon  ish  qurollarini  va  urug‗ni 
bahorgi  ekishga  tayyorlab  qo‗ymasa,  hamma  vaqt  machitga  qatnab  xudodan  50  xalta  bug‗doy 
yetkazishni so‗rab iltijo  qilsa, uning xohishi,  albatta inobatga o‗tmaydi.  Unga qarashli  yer ham 
ma‘lumki, o‗z-o‗zidan hosil bermaydi. Agar dehqon faqat dehqonchilik bilan shug‗ullanib, ibodat 
qilmasa oddiy suv toshqini yoki ekinga qurt tushib ham hosil bitmasligi mumkin. Demak, dehqon 
xudodan tabiatning qulay kelishini so‗ramog‗i-ibodatni bajarmog‗i hamda dehqonchilik ishlarini 
ham qilmog‗i kerak. Bu fikrlar bizga tasavvuf falsafasini naqshbandchilikdagi  «Dil bayoru dast 
ba kor» talabini esga soladi. U kishilarni avliyolar qabrini ziyorat qilish emas, sig‗inish dargohiga 
aylantirganlarini  qoralaydi.  Islom  qabrlarga  sig‗inishni  man  etgani  unutilgan.  Insoniyat  Aql 

rahbarligisiz saodatga erisha olmaydi. Aqlga esa ilm orqali erishiladi. Aqliy ilmlar insoniyatning 
mulkidir,  uning  kashfiyotidir.  Bu  fanlar  bashariyatga  taalluqli,  ya‘ni  umuminsoniydir.  Odamlar 
turli  din,  mazhab,  qavm  va  millatga  bo‗linmasinlar,  bir-birlariga  birodarlardir,  deb  hisoblaydi 
Fitrat. 
U iqtisod ilmini egallashga, yoshlarimizni tijorat va savdo ishlariga o‗qitishimiz lozimligiga 
da‘vat  qilgan  edi.  U  vatandoshlarga,  millatdoshlarga  murojaat  qilib  shunday  deb  yozgan  edi: 
«Sizlar  o‗z  farzandlaringizni  tijorat  maktablariga  yuborib,  savdo  ishiga  o‗qitingiz,  chunki 
begonalar (ya‘ni, xorijiy savdogarlar) tijorat ilmidan xabardor. Siz esa bexabarsiz». 
Jadidlarning yetuk arboblaridan biri Abdulla Avloniy bo‗lib, u yoshlar tarbiyasiga, ayniqsa, 
iqtisodiyot  ilmini  o‗rganishga  alohida  diqqat  qaratadi.  U  iqtisod  haqida  shunday  degan  edi: 
«iqtisod deb pul va mol kabi ne‘matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar 
o‗rinsiz  yerga  bir  tiyin  sarf  qilmas,  o‗rni  kelganda  so‗mni  ayamas.  Saxovatning  ziddi  baxillik 
o‗ldigi  kabi  iqtisodning  ziddi  isrofdir...».  Keltirilgan  lavhada  juda  chuqur  iqtisodiy  ma‘no 
yashiringan:  birinchidan  muallif  pulni  ne‘mat  ya‘ni  mehnat  bilan  yaratilgan  ma‘lum  qiymat, 
uning  ifodasi  degan  ilmiy  fikrni  bildiradi;  ikkinchidan,  pul  tadbirkorni  ishbilarmonni  yoqtirishi, 
faqat ana shunday kishilar qo‗lida pul, mol-dunyo ko‗payajagini uqtiradi. 
Har  zamonda  insonning  maqsadi  erkin  va  farovon  yashashdir.  Ayniqsa,  «bu  zamonda 
maqsadga  yetmak  uchun,  -  deb  yozadi  Abdulla  Avloniy,  o‗z  millatiga  xizmat  qilmoq  maqbul 
bo‗lmak  uchun  ilm  va  mol  lozimdir.  Olamdagi  millatlarning  xol  va  kudratlari  mol  va 
boyliklardandir.  Har    yerda  boy  millatlar  og‗ip  kelib,  faqirlarga  yengil  kelib  qul  va  asir  bo‗lib 
qoladir...». 
Iqtisod  ilmidan  boxabar  bo‗lgan  kishilar  har  doim  qiladigan  sarf  xarajatlarining  samara 
berishini  oldindan  hisob-kitob  qiladilar.  Olim  misol  keltirib  aytadiki,  ilmdan  yaxshi  xabardor 
bo‗lgan  amerikalik  va  yevropaliklar  iqtisodiy  bilimliklari  tufayli,  farovon  to‗q  yashaydilar.  U 
«Bobolarimizning bo‗lsa bo‗lar, bo‗lmasa g‗ovlab ketar» zamonlari o‗tib, o‗rniga «bilg‗on bitar, 
bilmagan  yutar»  zamoni  keldi.  Amerikaliklar  bir  dona  bug‗doy  ekib,  yigirma  qadoq  bug‗doy 
olurlar.  Yevropaliklar  o‗zimizdan  olgan  besh  tiyinlik  paxtani  ketirib,  o‗zimizga  25  tiyinga 
sotadilar» deb ko‗rsatadi. 
Shuningdek, jadidchilik harakatining yana bir mashhur vakili Mahmudxo‗ja Behbudiy ham 
xalq  orasida  ziyo,  ma‘rifat  tarqatish  musulmonlardan  dunyoga  ochiq  ko‗z  bilan  qarash, 
zamonaviy xo‗jalik yuritish bilimini egallash, fan bilan qurollanib faollik ko‗rsatishni jon dildan 
ma‘qullab, o‗zi ham bu fikrni amalga oshirish uchun faol harakat qilgan. 
U o‗zining matbuot sahifalaridagi  yuzlab maqolalarida  yangi  maorif, dunyoviy  fanlarning 
foydasi,  komil  insonning  tarbiyasi,  Turkiston  farzandlarining  yorqin  istiqboli,  uning  kelajagi  va 
iqtisodiy muammolari yotadi. U nafaqat jurnalist-tadqiqotchi bo‗libgina qolmay, muharrir sifatida 
hamda  iqtisodni  chuqur  biluvchi  kishi  sifatida,  iqtisodiy  tarbiyani  targ‗ib  qilgan  tashabbuskor 
inson bo‗lgan. U «Samarqand» gazetasini (1913 yil aprel), «Oyna» jurnalini (1913 yil avgust) o‗z 
mablag‗i hisobiga tashkil qiladi. Ularda millatning taraqqiyoti, kelajagi, iqtisodi, aholida iqtisodiy 
tafakkurning  shakllantirishning  naqadar  zarurligi  haqida  maqolalar  yozdi.  U  Turkistonning 
kelajagi  uning  yangi  kadrlarida,  mutaxassislarida  deb  bilar  edi.  Iqtisodiy  taraqqiyotta  erishish 
uchun  zamona  ilmi  o‗qilmog‗i,  Ovrupo  bozorlarida  savdo  qila  oladigan  mutaxassislar  yetishib 
chiqishlari zarurligini ta‘kidlagan. 
«F.  Xo‗jayev  aytganiday  «Siyosiy,  ijtimoiy  faoliyati  va  bilimining  kengligi  jihatidan 
Turkistonning o‗sha vaqtdagi jadidlaridan unga teng kela oladigan kishi bo‗lmasa kerak»
 7

Behbudiy  to‗ylardagi  isrofgarchiliklarga  batamom  qarshi  edi.  U  to‗ylarni  bsjirim,  kam 
xarajat  bilan  o‗tkazish  tarafdori  edi.  To‗y  va  ma‘rakalarga  sarf  qilinadigan  aqchalarga  Kavkaz, 
Qrim,  Orenburg  va  Qozonga  usul,  ta‘lim  o‗rganmoq  uchun  bola  yubormoq,  bolalar  uchun 
tarbiyaxona  ochmoq  kerak  va  bu  tarbiyaxonalar  zamoniycha,  ham  milliy,  ham  diniy  ruhda 
bo‗lishi kerakdur, deb ko‗rsatadi (VI bob, 3-§ga qarang). 
                                                 
7
  Avazov  N.  Bankalarga  musulmon  sarkorlari  kerak  duo.  Mahmudxо‗ja  Behbediyning  iqtisodiy  faoliyatiga  bir 
nazar// Hayot va iqtisod. №4, 1991, 64–bet. 

XX  asrning  klassik  yozuvchilaridan  S.Ayniy,  M.Behbudiy  to‗g‗risida  «O‗z  moli  haqida 
bo‗lsin xalq moli haqida bo‗lsin, iqtisodga ko‗p rioya qilar va ijtimoiy ahvolimizning to‗zalishi 
uchun  iqtisodga  rioya  qilishni  birinchi  shartlardan  bilar  edi.  Shuning  uchun  to‗y  va  a‘zalarga 
bo‗laturg‗on  isroflarni  o‗zi  butun  tark  qilg‗on  va  so‗ziga  quloq  solaturg‗onlarni  ham  tark 
qildirg‗on edi («Zarafshon» gazetasi,1933 yil 25 mart)»
 8

Behbudiy xalqqa qarata, «Behuda sarflarga ketadigan xarajatlarni ilmga sarflamoq kerakdir. 
Ilm bizning omilimiz, idealimiz, murodimiz, tilagimiz va muddaomizdir. Hozir barcha kuchni ilm 
olishga qaratmasak zabun bo‗lurmiz», deya xitob qiladi. 
Turkiston xalqining marosimlarida ko‗p xarajatlar bo‗layotganini ko‗rib, o‗zi mufti sifatida 
tashvishlanadi. Uning tashabbusi bilan Samarqandda isloh ruso‗m majlisi chaqirilib, to‗y, ta‘ziya 
va  boshqa  marosimlar  uchun  tartibnoma  ishdab  chiqilib,  hukumatdan  ham  ruxsat  olinib, 
matbuotda e‘lon qilinadi. 
Turkistonning  kelajagi,  istiqboli  milliy  kadrlar  tayyorlashda  deb  biladi.  Buning  uchun  har 
kunni g‗animat bilib, iqtisodiy va madaniy yutuqlar sari borishimiz kerakligini ta‘kidlaydi. 
Ilm  va  iqtisod.  Bu  Behbudiyning  bosh  muammosi.  Chunki  hamma  narsa  iqtisodga  borib 
taqaladi. U aytganiday, «ilmlarni o‗qimoq aqcha ila bo‗lur». 
Ulug‗  yozuvchimiz  Oybek  bu  haqda  to‗xtalib,  o‗zining  «Qutlug‗  qon»  romanida  O‗zbek 
ziyolilarining  ilg‗or  vakili  Abdushukur  tilidan  o‗zimiznipg  millatdan  boylar  chiqishi  uchun  ular 
iqtisod  ilmini  chuqur  o‗rganishlari  kerak,  deydi.  «Kaminaning  g‗oyaviy  hayoti  shunday,  yana 
takrorlayman,  deydi  Abdushukur,  milliy  sarmoyani  o‗z  boylarimiz,  musulmon  boylarimiz  to‗la 
egallasinlar,  ya‘ni Turkistonimizda tijorat o‗z boylarimiz qo‗lida bo‗lsin, bu bilan qanoatlanmay 
zavod,  fabrikalar  qo‗rsinlar.  Buning  uchun  ilmiy  iqtisodni,  ilmiy  tijoratni  bilgan  savdogarlar 
yetishishi kerak».   . 
Demak,  mulkdor  bo‗lmoq,  milliy  iqtisodiyotni  yaratmoq,  millat  va  Vatan  ravnaqini 
ta‘minlamoq uchun iqtisod ilmini egallash dolzarb masaladir. Bu masalaning dolzarbligi bizning 
bugungi bozor munosabatlarini jadallik bilan shakllantirayottan davrimizning  ham talabidir. Uni 
amalga oshirish esa ko‗p jihatdan yoshlarga berilgan iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaga bog‗liq. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling