Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Iqtisodiy xulq-atvorni shakllantirish ta‟lim maqsadlaridan biri sifatida


Download 1.49 Mb.
Pdf просмотр
bet7/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26

2. Iqtisodiy xulq-atvorni shakllantirish ta‟lim maqsadlaridan biri sifatida 
 
Iqtisodiy bilimlarni egallash iqtisodiy tafakkurni shakllantirishning muhim jihatlaridan biri 
yoshlarda  iqtisodiy  psixologiyani  shakllantirishdir.  Iqtisodiy  psixologiya  bir  tomondan  iqtisodiy 
ta‘lim-tarbiyaga, ikkinchi tomondan jamiyatdagi mavjud tizimga xos tarzda shakllana boradi. 
Kо‗pgina  mamlakatlarda  sotsiologlar  tomonidan  о‗tkazilgan  sо‗rovnomada  qо‗yilgan 
«Sizning tasavvо‗ringizda yaxshi hayot qanday bо‗lishi kerak?» degan savolga kо‗pchilik о‗z uyi 
bо‗lishi,  turmush  о‗rtog‗i  bilan  baxtli  hayot  kechirishi,  yaxshi  ish  joyiga  ega  bо‗lish,  ikki 
farzandning ota-onasi bо‗lishni eng yuqori о‗ringa qо‗yishgan. 
Fapb  sotsiologlarining  tadqiqoti  kо‗rsatadiki,  odamlarning  diqqati  qaratilgan  yaxshiroq 
hayot kechirish va u bilan bog‗liq bо‗lgan axloqiy kompromiss-kelishuvlar - bu kichik guruhdagi 
kishilarning  hislati.  Ular  о‗ziga  xos  asab,  harakter,  keskinlik,  qat‘iylikka  ega.  Bunday  kishilar 
aholining 5-6 ini tashkil etadi. 
Amerikada biznesda mablag‗, kapital avval qurilish, texnologiya, asbob-uskunaga, sо‗ngra 
xodimlarga  qо‗yilsa,  Yaponiyada  aksincha,  dastlab  xodimlarga,  sо‗ngra  kapital  qurilish, 
texnologiya va asbob-uskunalarga qо‗yiladi. Yaponiyaning II jahon urushidan sо‗ng
 
shu darajaga 
yetishida kollektivizm  muhim  rol о‗ynagan. Yapon tadbirkori san‘atkorona ravishda korxonada 
guruh, jamoa fikrini jamlaydi va firmaning ravnaqi yо‗lida ishlashga yо‗naltiradi. 
G‗arbda  individualizm  kuchli  bо‗lsa,  sharqda  jamoachilik,  hamkorlik  kuchli. 
Tadqiqotchilarning  fikricha  buni  eng  kо‗p  ishlatiladigdn  sо‗zlarga  kо‗ra  ham  aniqlash  mumkin 
ekan.  Angliyada,  AQShda  eng  kо‗p  ishlatiladigan  sо‗z  «men»  ekan,  Sharqdagi  mamlakatlarda, 
Rossiyada «odam», «inson» sо‗zi «men» degan sо‗zga qaraganda kо‗proq ishlatilar ekan. О‗rtoq, 
dо‗st  sо‗zlari  g‗apb  mamlakatlarida  ishlatilishi  bо‗yicha  73-75-о‗rinda  tursa,  Rossiyada  10-15-
о‗rinda,  О‗zbekistonda  undan  ham  kо‗proq  ishlatilar  ekan.  Tanimagan  odamga  murojaat  qilish 
ham  о‗ziga  xos,  odatda,  notanish  kishiga  yoshi  kattaroq  bо‗lsa  amaki,  о‗rtacha  bо‗lsa  aka, 
kichikroq bо‗lsa uka va hokazo tarzida murojaat qilinadi. Bu ham albatta har bir xalqning о‗ziga 
xos  jihatlari  bо‗lib,  unda  uning  individualizm  ustunmi  yoki  aksinchaligini  kо‗rsatuvchi  omil 
hisoblanadi. 
Bо‗lar insonda qanchalik katta imkoniyatlar yashiringanini kо‗rsatadi. 
Zarur  bilimlarni  egallash,  olingan  iqtisodiy  bilimlarni  e‘tiqodga  aylantirish,  iqtisodiy  say-
harakat,  odatga  aylantirish  iqtisodiy  ta‘lim  va  tarbiyaning  vazifasi.  Faqat  shu  yо‗l  bilangina 
iqtisodiy bilim amaliyot bilan bog‗lanadi. 
Iqtisodiy  say-harakat  bu  insonning  iqtisodiy  faoliyatida,  jamiyatnint  iqtisodiy  hayoti 
jarayonida amalga oshirgan harakati, ishlarining izchilligi, yaxlitligi ifodasidir.   
Iqtisodiy  ong,  tafakkur  jamiyatdan  ajralmaydi.  Shuning  uchun  iqtisodiy  say-harakatning 
mantig‗i jamiyat iqtisodiy hayotida mujassamlashgan. 

Oxir-oqibat    odamlarning  iqtisodiy  say-harakati,  tanlovi  iqtisodiy  qonunlar  va  ularni  amal 
qilishi bilan bog‗liq.  
Iqtisodiy  qonunlarning  amal  qilishi insonlar  uchun  oriyentr,  yо‗nalish  bо‗ladi.  Unga  kо‗ra 
ular tanlaydilar, qaror qabul qiladilar. 
Insonlarning  u  yoki  bu  faoliyatni  amalga  oshirishlarida  motivatsiyaga  undovchi  harakatga 
solishning  boshlang‗ich  nuqtasi  yuqorida  ta‘kidlaganimizdek  ehtiyojlardir.  Nima  uchun  biz 
ishlaymiz?  Biz  daromad  topish  uchun  ishlaymiz.  Chunki  qondirish  zarur  bо‗lgan  obyektiv 
ehtiyojlarimiz bor. 
Iqtisodiy say-harakat, tanlovni quyidagi mantiqiy izchillikda va yaxlitlikda kо‗rish mumkin. 
Ehtiyojlar faoliyat aloqalar qonunlar - anglash -faoliyat. 
Agar iqtisodiy qonunlarga tabiat qonunlariga о‗xshab rioya qilinmasa, u albatta jazolaydi. 
Faqat tabiat qonunlariga о‗xshab qonunni buzganimiz darrovdak kо‗rinmaydi, balki ma‘lum bir 
fursat о‗tkach bilinadi. Shuning uchun iqtisodiy hayotni, qonunlarni chuqur о‗rganish zarur. 
Iqtisodiy  qonunlarning  jamiyatga  xosligi  uni  tabiat  qonunlariga  о‗xshab  tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri 
emas, balki insonlar о‗rtasida yuz beradigan aloqalar orqali amal qilishida namoyon bо‗ladi. 
Ma‘lumki,  iqtisodiy  aloqalar  insonning  manfaatlaridan  kelib  chiqqan  holda  о‗rnatiladi. 
Manfaatlar  -  bu  odamlar  ehtiyojini  munosabatlar  orqali  ifodalanishidir.  Mulkchilik  ham 
kishilarning  iqtisodiy  manfaatlarini  aks  ettiradi.  Mulkning  qanday  doirada  alohidalashuviga 
qarab, manfaatlar ham alohidalashadi: shaxsiy manfaat, oilaviy manfaat, jamoa manfaati, jamiyat 
manfaati va boshqalar. 
Har bir kishi о‗z shaxsiy manfaatiga, oila a‘zosi sifatida oilaviy, mehnat qilayotgan jamoasi 
miqyosida  manfaatga,  yashayotgan  yurtida  shu  yurtning  fuqarosi,  jamiyat  a‘zosi  sifatida 
manfaatga ega. 
Har bir kishining inson sifatida ehtiyojlari mavjud. Uning ehtiyoji, jamiyatda tutgan  о‗rni, 
uning  shaxsiy  manfaatini  yuzaga  keltiradi.  U  о‗z  ehtiyojini  qondirish  uchun  harakat  qilib 
manfaatni  yuzaga chiqaradi. Buning uchun u о‗z oilasida yashaydi, jamoada mehnat  qiladi. Har 
bir  firma,  jamoa,  korxona  boshqalaridan  alohidalashgan  holda  xо‗jalik  yuritar  ekan,  shu 
jamoaning  umumiy  ishlovchilarini  birlashtiradi.  Har  bir  inson  о‗z  yurtining  fuqarosi  sifatida 
umumdavlat  manfaatini  ifodalaydi.  Umumdavlat  manfaati  butun  xalq  maqsadining 
umumiyligidan dalolat beradi. 
Manfaatlar obyektiv hamda subyektivdir. Obyektivligiga sabab ehtiyojlarning obyektivligi, 
ikkinchi tomondan, manfaat har bir subyektning manfaati sifatida yuzaga chiqadi. 
Manfaatlar  shuningdek,  bir  tomondan  umumiy,  ikkinchi  tomondan  xususiydir. 
Manfaatlarning  umumiy  bо‗lishiga  sabab  shuki,  avvalo,  har  bir  inson  ma‘lum  bir  oilada, 
mamlakatda,  qolaversa,  Yer  sharida  yashaydi,  mehnat  qiladi.  Insonlar  uchun  shunday 
umumbashariy  qadriyatlar  mavjudki,  ular  umumiy  manfaat  tarzida  namoyon  bо‗ladi.  Masalan: 
atrof-muhitni muhofaza qilish, tarixiy yodgorliklarni asrash va boshqalar. 
Manfaatlarning  xususiyligi  har  bir  subyektning  о‗z  manfaati  borligidan  kelib  chiqadi.  Bu 
manfaat  aynan  uning  maqsadini  ifodalaydi,  boshqalarning  manfaatidan  ajralib  turadi  hamda 
boshqalarning manfaatlariga mos tushavermaydi. 
Insonning  shaxs  sifatida  hamda  mulk  egasi  sifatida  manfaatlari  bо‗lib,  ular  bir-biridan 
farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi. 
Har  bir  shaxsning  inson  sifatida  manfaati  uning  hayotiy  ehtiyojlarini  ifodalasa,  mulkdor 
sifatida о‗z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi. 
Manfaatlarga  turli  jihatdan  yondashish,  har  bir  insonning  manfaatlarini  о‗zida 
mujassamlashtiruvchi  subyekt  sifatida  iqtisodiy  faoliyat  jarayonida,  о‗zini  qanday  tutishi 
mumkinligini avvaldan taxmin qilishga yordam beradi. 
Iqtisodiy manfaatlar - stimullar - anglash - motivatsiya - maqsad - faoliyat tarzida yuz 
beradi. Manfaatdan kelib chiqqan holda maqsad qо‗yiladi. 
Insonlar gohida manfaatlariga haddan tashqari ypg‗y berishlari natijasida iqtisodiy qonunlar 
amal qilishini, har qanday daromad olish uchun yetarli darajada harakat qilish lozimligini unо‗tib 
qо‗yishadi. Ayniqsa, tezda boyib ketish xayolida yurganlar turli-tuman aferalar qurboni bо‗lishi 

mumkin.  Bu  qadimgi  azartli  о‗yinlardan  tortib  turli-tuman  moliyaviy  piramidalarni  о‗z  ichiga 
oladi. 
Masalan, moliyaviy piramidaning Ponzi sxemasi: Amerikalik biznesmen Charlz Ponzi 1920 
yili 1000 investordan 6,5 mln. dollar pul yig‗adi. U 45 kundan keyin qarzni 50 % foydasi  bilan 
qaytarib  berish  majburiyatini  oladi.  Bu  majburiyat  uning  Bostondagi  korxonalari  pochta 
kо‗ponlari  bilan  mustahkamlanadi.  Ponzi  birinchi  investorlarga  pullarini  50  %  foydasi  bilan 
qaytaradi.  Buning  natijasvda  yuqori  darajadagi  foyda  olish  haqida  ovoza  tarqaladi.  Natijada, 
kо‗plab investorlar о‗z pullarini qо‗yishni boshlashadi. Lekin tez fursatda boyib ketishni о‗ylab 
pulini tikkanlarning umidlari puchga chiqadi. Chunki, birinchi bо‗lib foyda olganlarning foydasi 
keyingilarning puli evaziga tо‗langan edi. Investorlar soni kamayishi bilan bu yolgonga qurilgan 
«imorat»  о‗z-о‗zidan  yiqilib,  minglab  odamlar  о‗z  mablag‗laridan  ajraldilar.  Rossiyada  ana 
shunday piramidaga misol qilib «MMM», «Chara» va boshqalarni kо‗rsatish mumkin. 
Shuning  uchun  yoshlarga  ana  shunday  о‗yinlar  va  uning  iqtisodiy  oqibatlari  haqida  ham 
tushuncha berish zarur. 
Yoshlarda  iqtisodiy  hulq-atvor,  samarali  tanlovni  shakllantirishda  inson  uchun  eng 
cheklangan resurs - vaqtdan samarali foydalanish va mehnatsiz hech narsaga erishib bо‗lmasligi 
haqida alohida diqqat qaratish zarur. 
Bilim  va  mehnat  о‗zaro  bog‗liq:  ishlash  uchun  ma‘lum  bir  bilim,  kо‗nikma  kerak.  Ularni 
esa mehnatsiz egallab bо‗lmaydi. 
Mehnat  insonning  boshqa  faoliyatidan  alohida  ajralib  turadi.  Bir  tomondan  mehnat 
insonning ehtiyojlarini qondirishga  yо‗naltirilgan. Ikkinchi tomondan, bir vaqtning о‗zida uning 
о‗zi  ehtiyoj  sanaladi,  Tarbiyalash  maqsadiga  reallikni  bilish,  uni  anglash,  ehtiyoj  bu  mehnatga 
ehtiyoj va undan qoniqish ekanligani tushunish va anglashni о‗rgatish kiradi. 
Mehnat insonni о‗z oldiga vujudga keladigan tо‗siqlarni yengib о‗tishga о‗rgatadi. Insonni 
faqat  ehtiyojlarini  qondirish  emas,  balki  qiyin  masalalarni  yechishdan,  hal  qilishdan  о‗zidan 
qoniqish hissini tuyishi nihoyatda muhim. 
Sharqda  yaratilgan  qator  musulmon  etikasining  noyob  namunalari  ma‘naviy  axloqiy 
jihatdan yoshlarni mehnatevarlik ruhida tarbiyalashda asosiy mezon, qoida-qо‗llanma, namunalar 
sifatida xizmat qilib kelgan. 
Xalq pedagogikasida bolaning komil inson bо‗lib yetishishida mehnat tarbiyasiga, uni kasb-
korga yо‗naltirishga jiddiy e‘tibor berilgan. 
Inson  nima  sababdan  mehnat  qiladi?  Mehnat  uning  birinchi  hayotiy  ehtiyojimi  yoki 
bajarilishi lozim bо‗lgan og‗ir zaruriyatmi? 
Ibtidoiy jamoa tо‗zimida insonga tabiatda bor narsani о‗zlashtirish uchun ma‘lum darajada 
harakat  qilish,  kuch  sarflash  zarur  bо‗lgan  bо‗lsa,  keyinchalik  tayyor  tabiiy  ne‘matlarni 
yetishmasligi  insonni  unga  berilgan  aql-zakovotini  ishlatib,  ularni  о‗zi  yetishtirishga  yо‗lladi. 
Inson tabiatdagi tayyor ne‘matlarni о‗zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan 
boshlab uning mehnati sifat jihatdan yangi holatga kо‗tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. 
Bu  boradagi  qiyinchiliklar  insonni  о‗z  mehnatini  yengillashtirish  uchun  turli-tuman  ish 
qurollarini о‗ylab topishga, ixtiro qilishga olib keldi. 
Shaxsni  shaxq  sifatida  kamol  toptirishda  mehnatga  teng  keladigani  yо‗q.  U  mehnatda 
erishgan yutuqlari bilan faxrlanadi, о‗zining о‗rnini mehnatda anglaydi. 
Har  qanday  mehnat  ustun  darajada  aqliy  yoki  jismoniy  bо‗lishi  mumkin.  Ularni 
almashtirish dam olish bо‗ladi. 
Insonning  о‗z  mehnatidan  qoniqishi  uning  uchun  yuqori  darajadagi  rag‗bat,  mukofot. 
Yaxshi tarbiyalangan kishigina ana shu xissiyotni tuya oladi. 
Insonning ehtiyoji - murakkab motivlar, kо‗p jihatdan uning say-harakatini belgilab beradi. 
Ehtiyoj  bilish  jarayonida  rivojlanib  boradi.  Unda  esa  shaxsning  о‗zi  qatnashadi.  Insonning 
ma‘lum  bir  maqsadga  qaratilgan  say-harakatini  shaxsiy  hislatlari,  ehtiyoj,  tashqi,  ma‘lum  bir 
vaziyatga  bog‗liq  omillarning  о‗zaro  bog‗liqligi  sifatida  tushuntirish  mumkin.  Ma‘lum  bir 
vaziyatning  alomatlari,  shaxsning  undan  umid  qilishi  yoki  aksincha  qurqishi,  biron  xavf  kutishi 

muvofiq  ravishda  uning  ma‘lum  bir  ehtiyojini  faollashtiradi,  ehtiyoj  esa  albatta  uni  qoniqish 
yо‗llarini qidirishga olib keladi. 
Biron  bir  harakatning  о‗zini  turli-tuman  sabablar  va  ularning  turli  darajadagi  birlashuvi 
bilan  asoslab  berish  mumkin.  Masalan,  insonning  ovqatlanishini  faqat  uning  qorni  ochligi  bilan 
izohlab bо‗lmaydi. Uning qorni tо‗q bо‗lishi, lekin, aytaylik, mezbonni xafa qilmaslik uchun yoki 
ovqatning ta‘mini, sifatini aniqlash uchun yoki boshqa sabablar tufayli ovqatni yeyishi mumkin. 
Ehtiyojlarning rivojlanishi say-harakatlar dinamikasini aniqlab beradi, shu bilan birga uning 
о‗zi  odamning  hayotiy  faoliyati  tipi,  harakteri  va  boshqalarga  bog‗liq  bо‗ladi.  Shuning  uchun 
ham ehtiyojlar turli guruhlarga bо‗linadi. 
Shaxs uchun ehtiyoj xohish, istak, qiziqish, intilish tarzida rо‗yobga chiqadi. Ehtiyojni his 
qilish - xohlash, intilish uni qondirishga urinishdir. 
Ehtiyoj harakteri shaxs uchun odatga aylanadi. Odat-ma‘lum bir vaziyatda insonning о‗zini 
tutishi, say-harakati usuli, о‗rganish bо‗lib qolgan qiliq bо‗lib, u stixiyali tarzda shakllanishi yoki 
qat‘iy  yо‗naltirilgan  tarbiya  mahsuli  bо‗lib,  insonning  barqaror  harakteri,  fe‘l-atvor 
xususiyatlariga aylanadi. 
Hayotda  yangi  ehtiyojlarni  mavjud  ehtiyojlarga  tayanib  rag‗batlantirish  mumkin.  Mavjud 
ehtiyojlar  esa  shaxsning  ehtiyojlarining  umumiy  yо‗nalishiga  bog‗liq.  Shaxsning  umumiy 
ehtiyojlari  faqat  yangi  ehtiyojlar  vujudga  kelishi  bilan  о‗zgarishi  mumkin.  Yuzaki  qaraganda 
paradoksal vaziyat vujudga kelgandek, mantiqiy jihatdan yopiq doiradek. Lekin kо‗plab tajribalar 
kо‗rsatadiki, bu doirani yorish mumkin. Buning uchun insonda yaratish, tashkil qilish, ta‘minlash 
imkoni bor. Aynan ana shular tarbiyaning vazifasi. Lekin tarbiyalash uchun insonning harakterini 
hisobga olish zarur. 
Tarbiyalashda,  ayniqsa,  inson  uchun  ma‘lum  yutuqlarga  erishishga  bо‗lgan  ehtiyoj  va 
intilish  muhim  о‗rin  tutadi.  Unga  о‗qish,  bilish,  tushunish,  boshqalardan  kam  bо‗lmaslikka 
intilishga bо‗lgan ehtiyoj kabilar kiradi. 
Insonda  salbiy  istak,  odatlar  ham  mavjud  bо‗lib,  tarbiya  orqali  ularni  minimallashtirishga 
erishish mumkin. 
Inson  uchun  uning  istak,  xohishlari,  maqsadlarini  amalga  oshmay  qolishi  qanday  yomon 
oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin  bо‗lsa,  uning  istak-  xohishlarining  haddan  ziyod  qondirilishi 
ham  shunday  salbiy  oqibatlarga  olib  keladi.  Birinchisi  insonda  agressiya,  yashirin  yoki  ochiq 
adovatga,  turli  gunoh  ishlarga  qо‗l  urishga  olib  kelsa,  ikkinchisi  xatto,  hayotga  jirkanish  bilan 
qarash, nafratlanishga olib kelishi mumkin. 
Shuning uchun ta‘lim-tarbiya jarayonini inson ehtiyojlari haqiqiy insonga xos bо‗lish nuqtai 
nazaridan yondashgan holda amalga oshirish lozim. 
О‗qituvchi-pedagog  yoshlarni  doimo  insonga  xos  ehtiyojlar,  ularni  qondirishda  insoflilik, 
andishalilik, halollikka undashi zarur. 
Insonlarni jamiyat manfaatida о‗z manfaatlarini kо‗ra olishga о‗rgatish zarur. 
A.Smit kо‗rsatadiki, ijtimoiy manfaatlar о‗z navbatida shaxsiy manfaatlarga bog‗liq. Har bir 
individning о‗z hayotini yaxshilashga bо‗lgan intilishi umuman olganda muvozanat hosil qiladi. 
Aynan shaxsiy manfaatlar ijtimoiy farovonlikning о‗sishiga olib keladi. 
Yoshlarga iqtisodiy jihatdan ta‘lim-tarbiya berishda ehtiyojlar va ularni .qondirish, ayniqsa, 
mehnat va uni ulug‗lash bilan bir qatorda ularda vaqtdan tо‗g‗ri foydalanish kо‗nikmasini hosil 
qilish muhim rol  о‗ynaydi. 
Xalqimizda «Bola - boshidan» «Qush uyasida kо‗rganini qiladi», degan naqllar bor. Buning 
ma‘nosi  shuki,  bola  bu  dunyoga  kelib  nimani  kо‗rgan  va  eshitgan  bо‗lsa,  о‗sha  narsalar,  о‗sha 
tarbiyalar uning ruhiyatiga ta‘sir etadi, uning tasavvо‗rini, idrokini shakllantiradi. 
Odatda, aqliy va axloqiy tarbiyaga kо‗proq ahamiyat berganmiz, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy 
bilimlarga unchalik e‘tibor bermaganmiz. Lekin resurslar cheklanganligi bunga majbur qiladiki, 
iqtisodiy bilim olishga alohida diqqat qaratiladi. 
Iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlarda,  masalan,  Germaniyada  iqtisodiy  tarbiyaga 
kuchli  e‘tibor  beriladi,  yoshlar  tejamkorlikka,  aniq  hisob-kitoblarga  о‗rgatiladi.  Shuning  uchun 
ham «nemischa hisob-kitob», «nemischa aniqlik» degan iboralar keng yoyilgan. 

Aholini  tejamkorlikka  о‗rgatish  katta  daromad  manbaidir.  Bu  hislat  odat  tarziga  kirishi, 
turmush  tarziga  aylanishi  kerak.  Iqtisodiy  tarbiya  eng  avvalo  oilada,  bolalar  muassasalarida, 
maktab,  kollej,  oliy  о‗quv  yurtlarida  uzluksiz  olib  borilishi,  iqtisodiy  fikrlashni  о‗rgatish, 
shakllantirish zarur. 
Iqtisodiyotni  rivojlantiruvchi  kuch  -  bu  insonlardir.  Demak,  vaziyatni  tо‗g‗ri  baholay 
oladigan mutaxassislarni tayyorlash talab qilinadi. 
Hamma  iqtisodiy  adabiyotlarda  iqtisodiy  resurslar  va  omillar:  yer,  kapital,  mehnat, 
tadbirkorlik haqida tо‗xtaganda vaqtni alohida ajratib kо‗rsatish, uning inson uchun ahamiyatini 
alohida ta‘kidlash zarur. 
Hamma  jarayon,  hodisalar  ma‘lum  bir  vaqtda  amalga  oshadi.  Ma‘lum  tovar  va  xizmatlar 
ishlab  chiqarish  uchun  ma‘lum  bir  vaqt  sarflanadi.  Vaqt  inson  uchun  eng  cheklangan  resurs, 
undan unumli foydalanish zarur. 
Samarasiz, bexudaga sarflangan vaqt katta yо‗qotishlarga olib kelishi mumkin. Vaqt muhim 
iqtisodiy  kategoriya,  uni  chuqur  о‗rganish  talab  etiladi.  Buni  yoshlar  ongiga  singdirish,  ularni 
kundalik  hayotlarini  tо‗g‗ri  rejalashtirishga  о‗rgatishimiz  zarur.  Biz  ma‘lum  kitob,  daftarni 
varaqlab  qaytadan  о‗qishimiz,  kinofilmlardan  kо‗rishimiz  mumkin.  Lekin  о‗tgan  umrimizni 
qaytadan  boshlashning  imkoni  yо‗q.  Faqat  xotirada  qolganlarini  kо‗z  о‗ngimizga  keltirishimiz 
mumkin xolos. Vaqtni orqaga qaytarib bо‗lmaydi. 
Odam qiziq, - deydi, sharq mutafakkirlaridan Abul Faroj, - boyligini  yо‗qotsa xafa bо‗ladi-
yu, umri zoye ketayotganligiga parvo ham qilmaydi. 
Shuning  uchun  ham  pedagog  sifatida  yoshlarni  vaqtni  qadrlashga,  har  bir  daqiqasidan 
unumli foydalanishga о‗rgatish zarur. 
Insonning  har qanday  faoliyati  qoniqish,  mamnunlik  yoki  zaxvat,  aziyat  chekish  bilan  yuz 
beradi.  U  biron  bir  faoliyat  yuritar  ekan,  uni  amalga  oshirish  natijasidan  mamnun  bо‗lishni, 
qoniqishni  maqsad  qilib  qо‗yadi.  Lekin  doimo  ham  kutilgan  natijaga  erishavermaslik  mumkin. 
Shunin  uchun  yoshlarga  muvaffaqiyatsizlikdan  tushkunlikka  tushmaslik,  bajarayotgan  ishga 
«qо‗l siltab» ketmaslikni singdirish zarur. 
Sо‗zsiz rioya  qilish zarur bо‗lgan qonunlar insonning tabiati va jamoa, jamiyat,  odamlarni 
о‗zaro tarbiyaviy faoliyat kо‗rsatishi bilan muvofiqlashtiriladi. 
Tarbiyalash  qonunlari,  albatta,  insonning  mohiyati,  jamiyat,  madaniyat  mazmunidan  kelib 
chiqadi. 
Pedagogika  nafaqat  xalq  madaniyati,  balki  tarbiyalanuvchi  va  uning  individualligi,  hayot 
tarzi, tarixi bilan bog‗liq holda shakllanadi. Madaniyat va tabiat inson va jamiyat taraqqiyotining 
asosiy omillari bilan qо‗shiladi. Ularga qarshi turish emas, balki ularga suyanish lozim. 
Pedagogik  qonunlarni  har  qanday  ketma-ketlikda  sanab  chiqish  mumkin,  chunki  ularning 
hammasi  birgalikda  amal  qiladi.  Bu  qonunlar,  jumladan  Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasiga  ham 
tegishli. Ular quyidagilar: 
1. «Oltin о„rta» qonuni. 
Bu qonun har qanday pedagogik vaziyatda amal  qiladi. Har qanday pedagogik muammoni 
hal qilishda unga amal qilish zarur. 
Bu  qonun  tarbiyani  ruhiy  muvozanatda  saqlagan  holda  olib  borishni  talab  qiladi.  Insonda 
iroda  va  moslashuvchanlik,  prinsipiallik  va  kechirimlilik  kabilarni  tarbiyalashni,  hamma 
narsaning meyorida bо‗lishini zarur qilib qо‗yadi. 
2. Tarbiyaning yagonaligi va bir butunligi. 
U  shaxsning  yagonaligi,  uning  emotsional,  aqliy  jihatlari,  irodasini  muvozanatli 
rivojlanishini ta‘minlashni ifodalaydi. Insonni bо‗lakchalarga bо‗linib rivojlanishi mumkin emas. 
Insonga  ong  berilgani  hali  uning  ma‘naviy,  axloqiy  jihatdan  kamol  topgan  degani  emas  yoki 
aksincha, jismoniy barkamollik bu ruhiy jihatdan ham barkamollik degani emas. 
Bu  qonun  insonning  о‗zida  mavjud  insoniy  hislatlarni  mustahkamlash,  tabiatidagi 
kamchiliklarni yо‗qotishga qaratilgan. 
Bu qonun tafakkur va faoliyatning birligini ifodalaydi. 

3. Tarbiyaning apperseptiv
38
 ketma-ketligi qonuni. 
Bu  qonunga  kо‗ra  insonning  kelajagi  hozirdan  va  о‗tmishidan  boshlanadi.  «О‗tmishsiz 
kelajak yо‗q» qoidasini ifodalaydi. 
4. Tarbiyachining tarbiyalanuvchiga va о„ziga qо„ygan talablarining muvofiqligi. 
U  о‗rganish  jarayoni,  taqdid  qilish,  g‗ayriixtiyoriy  atrof-muhitni  tushunib  yetilmagan 
ta‘siriga  tegishli.  Tarbiya  muvaffaqiyatining  siri  shundaki,  tarbiyachining  о‗zi  tarbiyalangan 
bо‗lishi, tarbiyalanuvchidan nimani talab qilsa, shu talabni о‗zi qо‗yib, bajarib kо‗rishi kerak. Bu 
qonunning  bо‗zilishi  tarbiyachining  obrо‗sining  ketishiga  olib  keladi,  tarbiyalanuvchilarda 
yolg‗onchilik, tilyog‗lamalik, ikkiyuzlamachilik, munofiqlikni rivojlanishiga olib keladi. 
Oskar  Uayldning  «Yodda  tut:  ertami  kechmi  sening  о‗g‗ling  sening  bergan 
maslahatlaringga  emas,  qilganlaringni  qaytaradi,  sening  qanday  о‗rnak  kо‗rsatganingga  amal 
qiladi», degan fikri ana shu qonunning amal qilishini ifodalaydi. 
5. «Bir-biriga mos kelishning samarali «oltin» darajasi» qonuni. 
Bu qonun appersepsiya  qonuni, muhitning tushunib  yetilmagan, eng avvalo,  о‗rganishdagi 
tabiati bilan bogliq. 
Tarbiya  tarbiyalanuvchilarning  hayotiy  faoliyatiga  aralashish,  ularning  kundalik  hayotini 
tashkil  etish  va  uni  qandaydir  mazmun  bilan  tо‗ldirish  shaklida  yuz  beradi.  Lekin,  majburiy 
ravishda  uni  о‗ziga  qо‗ymay  hayotiga  aralashish,  hadeb  majbur  qilish  foydasiz  yoki  aksincha, 
zarar  keltiradi.  Xuddi  shuni  umuman  aralashmay  о‗ziga  tashlab  qо‗yish  haqida  ham  aytish 
mumkin. Bu qonun tarbiyalanuvchining hayotiga optimal darajada aralashishni talab etadi. 
Bu qonunning talabiga kо‗ra har qanday narsani о‗rgatishni tarbiyalanuvchi uchun qiziqarli, 
muhim, unga yaqin narsadan boshlash kerak. 
Mazkur qonunning amal qilishi bor о‗quv materiali, ta‘lim mazmuni va tarbiyani insonning 
dunyoqarashi,  о‗zining  shaxsiy  manfaati  nuqtai  nazaridan  tushuntirishga  bog‗lash  zarurligini, 
unga emotsional tuyg‗ularni jalb qilishni taqozo etadi. 
О‗quv-tarbiya jarayoni va atrof-muhit bilan murakkab bog‗lanish mavjud bо‗lib, uni aynan 
ana shu qonun ifodalaydi. 
Bu  qonunning  bо‗zilishi  -  atrof-muhitga  suyanishdan  voz  kechish,  insonning  avvalgi 
tajribasidan ajratish va appersepsiya qonunini inkor qilishda namoyon bо‗ladi. 
Agar  о‗qituvchi-pedagog  о‗quvchi-talabaga  shu  muhitda  bor,  bilgan  narsasini  о‗rgatsa, 
minimum darajada foydasiz ish qilgan bо‗ladi. Agar kundalik faoliyatda, о‗rab turgan muhit bilan 
hech qanday aloqada bо‗lmagan, keraksiz narsa о‗rgatilsa, foyda emas, aksincha, zarar keltirishi 
mumkin. Tarbiya insoniy fazilatlarni rivojlantirishga ta‘sir kо‗rsatishi zarur. 
Shunday  qilib,  iqtisodiy  tarbiya  jarayonida  ham  ana  shu  qonunlarga  amal  qilgan  holda 
о‗quvchi-talabalarda iqtisodiy fikrlashni shakllantirish zarur. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling