Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
Yupqa qatlamli absorberlar
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot (1)
Yupqa qatlamli absorberlar ixcham va yuqori samaralidir. Bu absorberlarda
fazalarning tо‘qnashish yuzasi oqib tushayotgan suyuqlik yupqa qatlami yordamida hosil bо‘ladi. Yupqa qatlamli qurilmalar guruhiga trubali, list- nasadkali, kо‘tariladigan qatlamli absorberlar kiradi. Trubali absorberlarda suyuqlik vertikal trubalarning tashqi yuzasidan pastga qarab oqib tushsa, gaz faza esa qarama - qarshi yо‘nalishda yuqoriga qarab harakatlanadi. qolgan turdagi absorberlarda ham fazalarning harakat yо‘nalishi trubali absorberlarnikiga о‘xshashdir. Trubali absorberlar tuzilishiga qarab qobiq - trubali issiqlik alma-shinish
35
qurilmasiga о‘xshaydi. qurilmada hosil bо‘lgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar ichiga suv yoki boshqa sovuqlik eltkich yuboriladi. 9-rasmda tekis, parallel nasadkali absorber tasvirlangan. Nasadkalar vertikal listlar kо‘rinishida bо‘lib, absorber hajmini bir nechta seksiyaga bо‘ladi. Absorberga suyuqlik truba orqali uzatiladi va taqsimlash moslamasi yordamida nasadkaga taqsimlanadi. Natijada tekis listning ikkala tomoni ham suyuqlik bilan yuvilib turadi. Gaz va yupqa qatlamli suyuqliklarning nisbiy harakat tezligiga qarab, suyuqlik yupqa qatlami pastga oqib tushishi yoki gaz oqimiga ilakishib, tepaga ham harakatlanishi mumkin. Agar, fazalar oqimining tezligi kо‘paysa, massa berish koeffitsiyentining qiymati va fazalar tо‘qnashish yuzasi oshadi. Bunga sabab, chegaraviy qatlamning turbulizatsiyasi va unda uyurmalar hosil bо‘lishidir. Yupqa qatlamning о‘rtacha tezligi ushbu tenglamadan topilishi mumkin: 3 2
c yp gL w (12) bu yerda L Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling