Qalpoqcha tarelkali absorber. Bu turdagi qurilma 16-rasmdan keltirilgan
bо‘lib kapsula qalpoqcha va segment quyilish moslamasidan tarkib topgan.
Tarelka kо‘plab diskdan iborat bо‘lib, tayanch halqaga qistirma yordamida boltlar
bilan mahkamlanadi.
Suyuq faza yuqorida joylashgan tarelkadagi ostona 3 dan о‘tib, quyida
о‘rnatilgan tarelkaga tushadi. Tarelka yuzasida suyuqlikni bir meyorda taqsimlash
uchun ostona 8 xizmat qiladi. Suyuqlikni tarelka yuzasida bir xil balandlikda
ushlab turish uchun rostlovchi ostona 3 dan foydalaniladi. Gaz tarelkalarga
patrubka 6 orqali kirib, bir necha oqimchalar holida qalpoqchalar teshigidan chiqa
boshlaydi, qalpoqchadagi havo teshiklari tishli bо‘lib, tо‘g‘ri uchburchak shaklida
yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |