JIHOZLARI VA ULARNING QO‘LLANILISHI
2.1. Past haroratli ajratish qurilmasi
Gazni konlarda tayyorlashning dastlabki bosqichlarida tashishga tayyorlashda
oddiy ajratuvchi qurilmalardan foydalaniladi. Bunday qurilmaning tarkibiga suyuqlik
tomchilarini va mexanik aralashmalarni tozalaydigan yuqori bosimli birlamchi
ajratgichlardan foydalaniladi, ikkilamchi ajratgich gaz suyuqlik aralashmasini
ajratishda hamda gazli kondensatni olib chiqib ketish va gazni drosellashni
boshqarishda qo‘llanilgan. Qurilma bir nechta sathni rostlaydigan va bosh drosellash
klapani bilan ta’minlangan; rostlagichlar suvni qo‘yib yuborish va ajratgichdan gazli
kondensatni chiqarishda qo‘llaniladi. Bunday turdagi qurilmalar katta debitga ega
bo‘lmagan quduqlarning ustiga o‘rnatiladi. Gazda kondensat mavjud bo‘lganda
hamda absorbsiyali va adsorbsiyali quritish amalga oshirilganda gazkondensat
konlarida PHA (past haroratli ajratish) texnologiyasi keng qo‘llanilgan,
kondensatning miqdori 1 m
3
gazning ichida 100 sm
3
ko‘p bo‘lganda ham past
haroratli absorbsiya qo‘llaniladi. PHAda gaz va gazkondensatni sovutishda ikkita usul
qo‘llaniladi: gazni drosellash va maxsus sovutish mashinalaridan foydalanish.
Drosellash usuli drossel – samarasiga asoslangan yoki Joul- Tomson usuliga. Bu
samaraning maqsadi gazni haroratini o‘zgartirib drosselda bosimni pasaytirishga
asoslangan bo‘lib, gaz oqimining mahalliy qarshiligi energiyasidan foydalaniladi.
PHA ishining samaradorligi har qanday turdagi quduqlarni ishlatishni
iotexnologik rejimiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlatish loyihasida gazkondensat konlarida
ajratishning optimal bosimining qiymati sifatida maksimal kondensatsiyalanish qabul
qilinadi va har bir tarkibdagi gaz uchun eksperimental yo‘l orqali aniqlanadi. Gazni
magistral quvurlar orqali bir fazali harakatini ta’minlashda gaz uzatmaning ishini
issiqlik rejimidan kelib chiqib tanlanadi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |