Qarshi muhandistlik iqtisodiyot instituti
Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi
Download 28.2 Kb.
|
1 - mavzu Boshqaruv hisobini tashkil etish - kopia
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR ROYXATI
2. Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi
Respublikamizda Boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish yo’nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish jarayonini o’rganish zaruratini yuzaga keltiradi. Boshqaruv hisobi dastlab boshqaruv hisobi bo’lib buxgalteriya hisobining tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972 yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo’yicha bitiruvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o’quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy o’quv yurtlarining o’quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bo’lishi hamda shakllanishi kalkulyatsiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bog’liq. Kalkulyatsiya hisobi xo’jalik hisobi paydo bo’lishi bilan bir vaqtning o’zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bo’lib hisoblangan. “Kalkulyatsiya” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, so’zma-so’z tarjimada «calcul» - toshcha ya’ni “toshchalar bilan sanash” ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo’lishi kalkulyatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog’onaga ko’tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulyatsiya hisobining ajratib ko’rsatilishi esa buxgalteriya hisobini ÿnada takomillashtirish imkonini berdi. Iqtsodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobini xalqaro hisob tizimi asosida takomillashtirish, jumladan axborotlarni o’z vaqtida foydalanuvchilarga etkazish, tijorat sirini saqlanishini ta’minlash, korxona buxgalteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulyatsiya hisobiga bo’linishini shart qilib qo’ydi. Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil qismlarga bo’linishi moliyaviy hisobni markazlashtirish va kalkulyatsiya hisobini esa nomarkazlashtirishga sabab bo’ldi. Natijada, kalkulyatsiya hisobi o’z vazifalariga ega bo’la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta’minlash, korxona bo’linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. Ushbu omillar xarajatlar me’yorlari, mahsulotning normativ kalkulyatsiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlarning me’yoriy xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud chetlanishlarni aniqlash va bartaraf qilishga imkon tug’dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini boshqarishning chetlanishlar bo’yicha boshqaruvusuli yuzaga keldi. XX asrning 40-yillari ohirida AQSh va G’arbiy Evropaning ayrim mamlakatlarida “ishlab chiqarish hisobi” atamasi asta-sekin “boshqaruv hisobi” atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqaruv siyosatini shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish sohasida faoliyat yurita boshladilar. O’zbekiston korxonalarida ko’pgina buxgalterlar an’anaviy buxgalteriya hisobi bilan shug’ullanadilar. Ko’pgina korxonalarda boshqaruv hisobi olib borilmaydi yoki bu hisob juda sust rivojlangan. Uning ko’pgina unsurlari bizning an’anaviy buxgalteriya va operativ hisobimizga, iqtisodiy tahlilimiz tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, O’zbekiston hisob amaliyoti hali marketing imkoniyatlaridan foydalangan emas, unda haqiqiy xarajatlarning taxminiylardan og’ishishlarini, mahsulotni sotishning zararsizlik nuqtasini aniqlash, byudjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, ichki hisob va auditning metodikasi kabi katta imkoniyatlardan foydalanilmayapti. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasida ish vaqtining asosiy qismini boshqaruv hisobini tiklash va yurgazishga xarajat qiladilar, ayni vaqtda, an’anaviy moliyaviy hisobga faqat qolgan qismigina ketadi. Respublikamiz korxonalarida esa bu nisbatning, afsuski, mutlaqo aksini ko’ramiz. Bunga sabab, boshqaruv hisobining O’zbekistondagi mavjud qonuniy va me’yoriy hujjatlarda o’z aksini topmaganidir. Boshqaruv hisobining tiklanishi va shakllanishini kalkulyatsion va ishlab chiqarish hisoblarini rivojlanishi tarixidan ajralgan holda tasavvur etish qiyin. Boshqaruv hisobi tiklanishi va rivojlanishi yo’lida mavjud buxgalteriya bazasida ikki mustaqil schetlar rejasi – moliyaviy va boshqaruv hisobini qo’llash amaliy qadam bo’lib qoldi. Bunday bo’linish sezilarli tarzda Evropa mamlakatlarining yagona milliy rejalari shakllanishiga ta’sir qila boshladi. Gap shundaki, ikkinchi jahon urushiga qadar Evropa mamlakatlarida (Frantsiya, Germaniya va h.k.) buxgalteriya hisobi yagona hisob rejasi bo’yicha olib borildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa Evropa iqtisodiy hayotida AQSh kapitali hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi, shu bilan birga buxgalteriya hisobining shakllanishiga ingliz-amerika yondoshuvchi bo’ldi. Chunki boshqaruv hisobida taxminlash va rejalashtirish funktsiyalari tarkibiy funktsiyalardan bo’lib qoldi, ularning yagona buxgalteriyada qo’llanishi esa korxonaning tijorat sirlari buzilishiga olib keldi. Shu sababdan Evropa milliy hisob rejalarining bundan keyingi rivojlanishi ularning moliyaviy hisobot tuzish imkoniyatiga muvofiqlashuvi yo’lidan bordi va ko’pchilik hollarda moliyaviy hisob doiralari bilan chegaralana boshladi. XULOSA Amalga oshirilgan ishlar natijasida shuni ko'rish mumkinki, buxgalteriya hisobining boshqaruv hisobining mohiyati xarajatlar va daromadlarni hisobga olish, normalash, rejalashtirish, nazorat qilish va tahlil qilishning yaxlit tizimi sifatida taqdim etilgan. U operatsion boshqaruv qarorlari va korxonaning kelajakdagi rivojlanishi uchun ma'lumotlarni belgilaydi. Boshqaruv hisobining tarkibiy qismlari yetkazib berish, ishlab chiqarish va sotish sohalarida ishlab chiqarish resurslarining aylanmasi bilan belgilanadi. Shunday qilib, butun buxgalteriya tizimining asosiy printsipi "xarajat - daromad" tamoyilidir. Ushbu ta'rifga asoslanib, xarajatlar va daromadlarni hisobga olish tizimida quyidagi tarkibiy qismlar ajratiladi: - ta'minot va xarid qilish faoliyati; - ishlab chiqarish faoliyati; - xarajatlar va ishlab chiqarish xarajatlari; -moliyaviy va marketing faoliyati; - tashkiliy va investitsiya faoliyati. Korxonaning hajmi va ma'muriyatning qarorlari boshqaruv hisobi tizimini tanlashga ta'sir qiladi. Menejmentning maqsadlari boshqaruv hisobi joriy rejalashtirish, monitoring va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo'lgan boshqaruvning barcha darajalarida axborot bilan ta'minlash kabi funktsiyalarni bajarganda hal qilinadi; boshqaruv darajalari va bir xil darajadagi turli ishlab chiqarish bo'linmalari o'rtasida ichki hisobotlar orqali ichki aloqalarni tashkil etish; yakuniy maqsadga erishishda ichki bo'linmalar va korxona faoliyati natijalarini nazorat qilish va baholash; korxonaning haqiqiy faoliyati va kelajakdagi rivojlanishini tahlil qilish. Boshqaruv hisobi amalda boshqaruv jarayonini buxgalteriya hisobi bilan bog'laydi, chunki u bilan bir xil ob'ektlar mavjud: korxonaning xo'jalik faoliyati jarayonida odamlarning maqsadga muvofiq mehnatini ta'minlaydigan ishlab chiqarish resurslari; birgalikda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etuvchi iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalari. Butun boshqaruv tsikli jarayonida harakat qiluvchi boshqaruv hisobi ob'ektlari yig'indisi uning predmeti deb ataladi. Boshqaruv hisobi tizimi boshqaruv maqsadlariga bo'ysundirilgan. U quyidagi printsiplarga rioya qilgan holda samarali bo'ladi: - biznesning uzluksizligi; - rejalashtirish va hisobga olish uchun umumiy bo'lgan ko'rsatkichlar va ularning o'lchov birliklaridan foydalanish; - ichki hisobot ko'rsatkichlari bo'yicha tarkibiy bo'linmalar faoliyatini majburiy baholash; - turli xil boshqaruv maqsadlarida birlamchi va oraliq ma'lumotlarning uzluksizligi va ko'p ishlatilishi; - xarajatlarni nazorat qilishning byudjet (smeta) usuli; - axborotning to'liqligi va tahliliyligi; Boshqaruv hisobining nazariy asoslari boshqaruv hisobining mohiyati, uning mazmuni va maqsadi, tashkil etish tamoyillari va tizimlari haqidagi tushunchalarni birlashtiradi. ADABIYOTLAR RO'YXATI: 1. B. Needles, X. Anderson, D. Coldwell “Buxgalteriya hisobi tamoyillari” 1997 y. 2. B.A. Xasanov, A.A. Xashimov “boshqaruv hisobi” Darslik Toshkent-2013y. 3. www.soap-sale.ru. 2022-y. 1Management Accounting for Business Decisions,2ndEdition, by Colin Drury, 2012 р.10 Download 28.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling