Qarshiboyeva Ra’noxon Markaziy nerv tizimining o’zgarishi Harakat apparatidagi o’ziga mos o’zgarishlar


Vegitativ va somatic funksiyalaridagi o’zgarishlar


Download 1.13 Mb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1621915
1   2   3
Bog'liq
Qarshiboyeva Ra\'no

Vegitativ va somatic funksiyalaridagi o’zgarishlar
P.A.Rudik sportchilarning sportga moslashuvini shaxsning irodasiga bog’liqligini ta’kidlab shunday deydi “iroda kishining shunday harakteridirki, bu harakat oldindan biror maqsad qo’yib, va shu maqsadga erishish vositalarini oldindan belgilab, ongli ravishda zo’r berish demakdir”. Hozirgi vaqtda o’smir yoshidagi sportchilarning g’alaba uchun kurashishda iroda omillari katta ahamiyatga egadir, chunki bir qator tadqiqodlarda (A.A.Lalayan, P.A.Rudik) shu narsa aniqlaganki, o’smir yoshidagi sportchilarni musobaqalarga jismoniy, texnik va taktik jihatlari bilan bir qatorda, ularni mahsus psixologik tayyorlash zarurati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tayyorgarlik sportchining irodaviy sifatlarini rivojlantirishga, o’z kuchiga ishonishga, bo’ladigan musobaqa harakteri, uning ko’lami, raqiblar hususiyatlari bilan tanishtirishga qaratilishi kerak.
Filipp Genovning tasnifi bo’yicha maqsadga intilish, intizomlilik va ishonch hamma sport turlarida bir xil darajada uchraydi. P.F. Lestgaft o’smir rivojlanishida jismoniy mashqlarning rolini tahlil etib, bu o’rinda yetakchi omil harakatlar psixologiyasi turishligini, bajarayotgan jismoniy mashqlar o’smirning makon va vaqt xaqidagi tasavvurlarini o’stirishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu tasavvur qanday paydo bo’ladi? Ya’ni o’smir o’z harakatlari kuchini, hajmini, yo’nalishi va tezligini tasavvur qiladi. Bunda ko’rish, his etish va mushak harakat sezgilari ishtirok etib, ularning o’zoro uyushish harkat sezgisini shuningdek, makon va vaqt tuyg’ularini ham vujudga keltiradi deb ta’kidlaydi. Internet ma’lumotlariga ko’ra, xorijda o’tkazilgan qator tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, shaxs u yoki bu darajadagi yangi sharoit bilan to’qnash kelar ekan, yangi vaziyatga moslashish va unumli faoliyatni ta’minlash psixikaning asosiy vazifalaridan biridir. Yuqoridagi paragrafda alohida ta’kidlab o’tilganidek, zamonaviy psixologiya fanida bunday jarayon moslashish, deb ataladi hamda bu ibora yangi sharoitga xos bo’lgan shartlarni yangi mehnat egasi tomonidan o’zlashtirilishini nazarda tutadi.
Tog‘ chang‘i sporti - maxsus yo‘lakchalar bo‘ylab tog‘dan tushish, chang‘i sportinnnt tarkibiy qismi. Unga slalom (chang‘ida sun’iy yoki tabiiy to‘siqlar osha tepalikdan pastga tez tushish), ulkan slalom, tezlik bilan tushish va ko‘p kurash musobaqalari kiradi. Musobaqa qoidalarini 1 marta angliyalik A. Lunn (20-asrning 20-yillarida) kiritgan. 1 musobaqa 1923 yil Shveytsariyada bo‘lgan. 1930 yildan jahon birinchiligi musobaqalari muntazam o‘tkazib turiladi. 1936 yildan qishki Olimpiada o‘yinlari dasturidan joy olgan.
O‘zbekistonda Tog‘ chang‘i sporti musobaqalari, asosan, Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon bazasi majmuasida o‘tkaziladi. Tog‘ chang‘ichilari har yili 2 marta (yozda va qishda) respublika birinchiligi va O‘zbekiston kubogi bahslarida kuch sinashadilar. “Qishki ta’tillar”, “Chimyon sovrini” musobaqalari eng kuchli tog‘ chang‘ichilarini to‘playdi. Sport ustasi G‘ayrat Ermetov yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatining 2 ta kumush medaliga sazovor bo‘lgan. 2004 yilgi O‘zbekiston chempioni Kseniya Grigoreva ayollar o‘rtasida yetakchi tog‘ chang‘ichisidir. O‘zbekiston Tog‘ chang‘i sporti uyushmasi (1998 yil tuzilgan) xalqaro Tog‘ chang‘i sporti federatsiyasi (FIS) ga qabul qilingan.
Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling