Qarshilik- har qanday tashqi ta’sirga emirilmasdan qarshilik ko’rsatish qobiliyati. Bikrlik


Download 461.5 Kb.
bet1/89
Sana17.09.2020
Hajmi461.5 Kb.
#130053
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
GLOSSARIY


GLOSSARIY

Material- Mexaniq va plastiklik xossasiga, ishlov berish xususiyatiga ega bo’lgan konstruksiya va inshoat qisimlari tayyorash mumkin bo’lgan narsa.

Qarshilik- Har qanday tashqi ta’sirga emirilmasdan qarshilik ko’rsatish qobiliyati.

Bikrlik- Jismning o’lchamli va shaklini o’zgarishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyati. Bir o’lcham va shaklni o’zgartirishga moyilmas degani.

Ustuvorlik- Loyiha asosida berilgan to’g’richiziqli muvozanatlashgan shaklni saqlash qobiliyati.

Kuch- Ikkita jisimning mexaniq tasiri

Jamlanma kuch- Ikkita jisimni o’zaro tasirlashuvi yuza nuqta vositasida amalgam oshiriladi, ya’ni yukni qo’yilish yuzasining o’lchami konstruksiya elementlarining o’lchamlaridan juda kichik.

Taqsimlangan kuch- Ikkita jisimni o’zaro ta’sirlashuvi yuza yoki uzunlik bo’yicha amalga oshiriladi.

Kesish usuli- Jisimni m-n tekislik bilan fikran ikki qisimga ajratish

Tashqi kuch-tinch, harakatsiz holatda bo’lgan jismni ta’siri

Ichki kuch- Tashqi kuch ta’sirida materiali zarrachalarining o’zaro tortishish kuchlarini aktivlashishi

Deformatsiya- Tashqi kuch ta’siridan jisimda o’lcham yoki shakl o’zgarishi.

Oddiy deformatsiya- Tashqi kuch yo’nalishida jismning o’lcham yoki shakli o’zgarishi

Murakkab deformatsiya- Bir vaqtda ikkita va undan ko’proq oddiy deformatsiyalarni hosil bo’lishi

Elastik deformatsiya – Tashqi kuch ta’siri yo’qotilgandan keyin jisimning boshlang’ich o’lcham shaklini tiklanishi

Plastik deformatsiya- Qoldiq deformatsiya ya’ni tashqi kuch ta’siri yo’qotilgandan keyin jismning boshlang’ich o’lcham va shaklini tiklanmasligi.

Kuchlanish- Ichki kuchni kesim yuzaga tarqalish qonuniyatini ifodalaydi, ya’ni birlik birlik yuzaga to’g’ri keluvchi kuch.

Normal kuchlanish- Kesim yuzaga tik yo’naladigan kuchlanish

Urinma kuchlanish- Kesim yuzaga urinma yo’naladigan kuchlanish

To’liq kuchlanish- Normar va urinma kuchlanishlarning geometrik yig’indisi

Kontakt kuchlanish- Ikkiita jismning tegishish (kontaktlanish yuzasidagi kuchlanish)

Kuchlanish konsentratsiyasi – Kuchlanishlar to’plami

Qattiqlik- Sirtiga sindirilgan detallga qarshilik ko’rsata olish qobiliyati

Konstruksiya- Detal mexanizm, mashina, qurilma, inshoot

Inshoot- Bino ko’prik, rezervuar va h.k

Brus- Uzunligi qolgan o’lchamlardan katta bo’gan jism

Sterjen- Ingichka brus

Balka- Egilishga qarshilik ko’rsatadigan brus

Geometrik tavsif- Geometrik bog’lanish nazariyasi

Plastinka- Qalinligi qolgan o’lchamlardan ikkinchi bo’lgan jism

Qobiq- Egri shakli plastinka

Statik moment- Kesim yuza bilan o’q orasidagi masofa ko’paytirmasining integrali

Og'irlik markazi- Kesim yuzasidan hisoblab topilgan shunday nuqtaki bu nuqta atrofida aylangan kesim yuza nuqtalarining chizgan trayektoriyasi aylana bo’ladi

Inertsiya momenti- Kesim yuza bilan o’q orasidagi masofa kvadratining ko’paytmasi

O’qlarga nisbatan inertsiya momenti- Kesim yuzasi biror o’qga nisbatan inertsiya moment

Markazdan qochma inertsiya momenti- Kesim yuza bilan qutub nuqtasi orasidagi masofa ko’paytmasining integrali

Qutb inertsiya momenti- Kesim yuza bilan qutb nuqtasi orasidagi masofa kvadratining ko’paytmasi

Qarshilik momenti- Kesim o’lchamlarining bog’lanishi bo’lib, mustaxkamlikni ifodalaydigan geometrik tavsif

Cho’zilish- Tashqi kuch ta’sirida brus uzunligini ortishi (uzayishi) va ko’ndalang o’lchamini qisqarishi

Siqilish – Tashqi kuch ta’sirida brus uzunligini qisqarishi va ko’ndalang o’lchmini ortishi

Bo’ylama deformatsiya- Tashqi kuch ta’siridan brus uzunligi o’q bo’ylab chiziqli uzayishini nisbiy (apsolyut) miqdori

Elastiklik moduli- Fizika konstanta, materialni turiga bog’liq

Puasson koeffitsiyenti- Brus ko’ndalang kesim yuzasining qisqarishini tavsiflaydi

Xususiy og’irlik – Jismning og’irligi

Teng qarshilik ko’rsatuvchi brus- Uzunligi bo’ylab o’zgaruvchan kesim yuzalarida normal kuchlanish bir xil qiymatga ega

Xavfli kesim- Eng katta kuchlanish ta’siridan kesim yuzasida yemirilish sodir bo’lishi mumkin

Mustahkamlik sharti- Xavfli kesimdagi yemirilishni cheklaydigan matematik ifoda

Ruxsat etilgan kuchlanish- Elastik deformatsiya va mustahkamlikni ta’minlash uchun materialga xos bo’lgan cheklangan kuchlanish

Harorat kuchlanishi- Temperatura (qizdirish) ta’sirida hosil bo’lgan kuchlanish

Harorat deformatsiyasi- Metallarning issiqlikdan kengayishi

Diagramma – Kuch bilan deformatsiya bog’lanishini koordinata o’qlarida grafikaviy usulda ifodalanishi

Proporsionallik chegarasi- Taxminan o’zgarmas kuchlanish ta’sirida brusni uzayishi tez o’sadi

Mustahkamlik chegarasi- Eng katta kuchga to’g’ri keluvchi kuchlanish

Absolyut deformatsiya- Bir birlik uzunlikka to’g’ri keluvchi uzayish

Nisbiy deformatsiya- Bir birlik uzunlikka to’g’ri keluvchi apsalyut uzayish

Plastiklik – Brusni co’zilish (siqilish)ga egilishga va hk. larga moyilligi, katta qoldiq deformatsiya hosil qilish xususiyati

Mo’rtlik – Materiallik plastikligiga teskari xossasi

Guk qonuni- Kuch bilan deformatisya bog’lashining grafikasi to’g’ri chiziq qonuniyatga bo’y sunishini tavsiflovchi nazariya

Statik noaniq masala – Noma’lum kishilarning soni muvozanat teglamalari sonidan ko’p bo’lgan masala

Statik noaniqlik darajasi- Statik noaniq masala necha marotaba noaniq ekanligini ifodalaydi.

Kuchlanganlik рolat- Kubikni tomonlarida va qiya kesim yuzalarida kuchlanishlarni xilm-xiligi va o’zgarishini taрlili

Chiziqli kuchlangalik holati- Chiqiq bo’ylab kubikni ko’ndalang va qiya kesim yuzalarida kuchlanishlarni tahlili

Hajmiy kuchlangalik holat- 1. kubikning hajmi bo’yicha kuchlanishlarni tahlili

2. kubikning deformatsiyalanishida shakl yoki hajm o’zgarishining tahlili



Bosh yuza- Urinma kuchlanishlar ta’siri noolga teng bo’lgan yuzalar

Bosh kuchlanishlar – Bosh yuzalariga qo’yilgan kuchlanishlar

Bosh kuchlanishlarni yo’nalishi- Cho’zuvchi va siquvchi kuchlanishlar yo’nalishini aniqlash

Mor doirasi- 1. Kuchlanishlar doirasi 2. Ko’ndalang va qiya kesimlardagi kuchlanishlar o’zgarishini ifodalovchi grafikaviy usuli

Hajmiy deformatsiya- kubikni o’zaro perpendikulyar uchta qirrallarining bir vaqtda cho’zilishishi va siqilishi tahlili

Hajm o’zgarishi – Kubikni deformatsiyalanishida barcha qirralarini bir xir miqdorda uzayishi yoki qisqarishi, ya’ni kubik kubikligicha qoladi

Shakl o’zgarishi- Kubikni deformatsiyalanishidan uning qiralarining o’lchamlari bir xil o’zgarmaydi, kubik parallelogram shaklini egallaydi

Mustaxkamlik nazariyasi- Konstruksiyalarning mustaxkamligi to’g’risidagi turli nazariy va tajribaviy mulohaza va g’oyalarni mujasamlashgan holatini matematik ifodasi.

Siljish- tashqi kuch ta’siridan brus kesim yuzalarini bir biriga nisbatan ko’chishi (harakati)

Absolyut siljish- Bir birlik o’lchamga to’g’ri keluvchi siljish

Nisbiy siljish- bir birlik o’lchamga to’g’ri keluvchi absalyut siljish

Qirqilish- Xavfli siljish kesimida kesilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyati

Siljish moduli- siljish deformatsiyasidagi fizik konstanta

Burovchi moment- Tashqi aylantiruvchi momentlarning algebraik yigindisiga teng bo’lib, vallning kesim yuzasidagi material zarrachalarini buralishga qarshilik ko’rsatuvchi kuchlarining kesim markaziga nisbatan kuch momentlarining teng ta’sir qiluvchisi

Buralish burchagi- Vallarning ko’ndalang kesim yuzasini o’q atrofida aylanish vaziyatini burchagini belgilaydi

Epyura- Ichki kuch faktorlarini brusning o’qi bo’ylab o’zgarishini ifodalovchi ma’lum qonuniyat asosida qurilgan grafikasi.

Bikrlik sharti – Brus deformatsiyasini cheklangan qiymatini belgilovchi matematek ifoda

Eguvchi moment- Balkalarning kesim yuzasidagi cho’zuvchi va siquvchi ichki bo’ylama kuchlarini neytral o’qga nisbatan kuch momentlarini teng ta’sirqiluvchi bo’lib, balkaning tanlangan kesim markaziga nisbatan bir tomondan joylangan tashqi kuchlarning shu kesim markaziga nisbatan kuch momentlarining algebraic yig’indisi

Neytral qatlam- Balkaning eg’ilishida qatnashib cho’zilmaydigan va siqilmaydigan material qatlami

Ko’chish- Nuqtaning tashqi kuch yo’nalishida bir chiziq bo’ylab ko’chishi

Differentsial bog’lanish- Balka kesimning aylanish burchagi bilan salqilik orasidagi bog’lanish

Differentsial tenglama- balka egiilgan o’qini tashqi kuch va bikrlik bilan bog’lanishning matematik ifodasi

Unevirsal tenglamalar - Balka ixtiyoriy kesimning aylanish burchagi va salqiligini aniqlash formulalari

Grafoanalitik usul- Balka tanlangan kesimning aylanish burchagi va salqiligini aniqlashni analitik va garafikaviy usullarni mujassamlangan ko’rinishi

Egri sterjen- Bo’ylama o‘qi tekis egri chiziq bo’lgan sterjen

Murakkab qarshilik- Konstruksiyani ikkita va undan ortiq oddiy deformatsiyalar ta’sirida bo’lishi

Keltirilgan moment- Turli mustahkamlik nazariyalari asosida hisoblangan burovchi va eguvchi momentlarning yig’indisi

Noustuvorlik- Siquvchi kuch ta’sirida sterjening to’g’ri chiziqli shaklni saqlab qola olmasligi

Kritik kuch- Sterjen ustuvorligini yo’qolishiga sabab bo’luvchi kuch

Egiluvchanlik- Turli uzunlik va o’lchamdagi sterjenlarni to’g’ri chiziqli shaklni elastik o’zgartirish xususiyatini ifodalovchi konstanta

Dinamik kuch- Birlik vaqt oraligida qiymatimi va yo’nalishi o’zgarturuvchi kuch

zatishda qatnashadigan doiraviy kesimli brus


A

Asimmetrik sikl

Yuklanish sikli bo’lib, bunda siklning maksimal va minimal (masalan, σmax va σmin) kuchlanishlari o’zaro teng emas

B




Balka

Egilishga ishlaydigan brus.

Balka elastik chizig’i

Egilish tekisligiga nisbatan neytral qatlam proeksiyasi (tekislikning simmetrikligi).

Balkaning egilishi

Kesim og’irlik markazining ko’chishlariga teng bo’lgan ilgarilanma ko’chishlari


Balkaning mustahkamlik sharti

Balka materiali uchun eng katta hisobiy normal kuchlanishning ruxsat etilgan kuchlanishdan ortib ketmasligi sharti

Betli teoremasi



А1221, .

– P1 kuch yunalishda P1 kuch ta’sirida ko’chish;

– Р1 kuch yunalishida Р2 kuch ta’sirida ko’chish;

– Р2 kuch yunalishida Р1 kuch ta’sirida ko’chish;

– Р2 kuch yunalishida Р2 kuch ta’sirida ko’chish;

– ikkinchi holatdagi P2 kuch ta’siridagi Р1 kuchning o’z yunalishi bo’yicha ko’chishda bajargan ishi.

Xuddi shunday: ikkinchi holatdagi P1 kuch ta’siridagi Р2 kuchning o’z yunalishi bo’yicha ko’chishda bajargan ishi.

Download 461.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling