Qashqadaryo okrugi
Wikimedia Commonsda Qashqadaryo viloyatiga
Download 123.92 Kb.
|
QASHQADARYO OKRUGI
Wikimedia Commonsda Qashqadaryo viloyatiga tegishli ommaviy axborot vositalari mavjud .
^Yuqoriga o'tish:a b c "Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishi"[Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishi] (oʻzbek tilida). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. 2021-yil, iyul. Asl nusxadanarxivlangan, 2022-yil 4-fevral. ^ "O'zbekistonda eng ko'p qayg'usi mintaqada yashaydimi?" . Qalampir.uz (o'zbek tilida) . Olingan 2022-02-11 . ^ “Tumanlar boʻyicha shahar va qishloq aholisi” (PDF) (oʻzbek tilida). Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi. ^Yuqoriga o'tish:a b «O‘zbekiston Respublikasi hududiy birliklarini tasniflash tizimi»(o‘zbek va rus tillarida). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. 2020 yil iyul. Qashqadaryo viloyati — O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyabrda tashkil etilgan. 1927 yil 17 Fevraldan 1938 yil 15 yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanvarda Buxoro viloyatiga qo’shib yuborildi. 1943 yil 20 yanvarda qayta tashkil etildi. 1960 yil 25 yanvarda Surxondaryo viloyatiga qo’shildi. 1964 yil 7 Fevraldan yangidan tashkil etildi. Respublikaning jang’arbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir Olay tog’ sistemasining g’arbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma tog’lari orasida. Shimoli g’arbdan Buxoro, Janubi sharqdan Surxondaryo, Janubi G’arb va g’arbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km2. Aholisi 2378,2 ming kishi (2005). Tarkibida 13 qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog’, Qamashi, Qarshi, G’uzor), 12 shahar (Beshkent, kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog’, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, G’uzor), 4 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabog’, Qashqadaryo), 147 qishloq fuqarolari yig’ini, 1064 qishloq bor (2005). Markazi — Qarshi shahri. Tabiati. Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botig’ini o’z ichiga olgan; shimol, Sharq va janubi sharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma tog’lari bilan o’ralgan. Tog’lar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi g’arbda Sandiqli va Qizilqum cho’llari bilan tutashgan Qarshi cho’lidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155-160 kun), issiq, quruq. Yanv.ning o’rtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°-29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura -20°. Yiliga tekisliklarda 290— 300 mm, adirlarda 520-550 mm, tog’larda 550-650 mm yog’in tushadi. Yog’in, asosan, bahor va qishda yog’adi, yozda garmsel esadi. Tog’larda turg’un qor qoplami hosil bo’ladi (2-6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290-300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog’daryo, Tanxozdaryo, G’uzordaryo (katta va Kichik O’radaryo bilan birga). Daryolar qor, yomg’ir va muzliklar suvidan to’yinadi. Daryo suvidan, asosan, sug’orishda foydalaniladi. Chimqo’rg’on, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 mart, Eskibog’, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi cho’lini o’zlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sug’oriladigan erlarning tuprog’i, asosan, tipik va och bo’z tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida ko’proq qumoq tuproqlar mavjud. Tog’larda balandlik mintaqalari bo’ylab tipik bo’z tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak o’simlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming gektar o’rmon mavjud. O’rmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Tog’yon bag’irlari har xil o’t o’simliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Tog’ o’rmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Tog’larda na’matak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar o’sadi. Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zog’orabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor tog’ o’rmon va kitob davlat geologiya qo’riqxonalari joylashgan; kitob balandtog’ rasadxonalar majmuasi faoliyat ko’rsatadi. Aholisi, asosan, o’zbeklar (91,2%), shuningdek, tojik, turkman, rus, qozoq, ukrain, Ozarbayjon, koreys, qirg’iz, turk, ukrain, Belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 83,7 kishi. Shahar aholisi 587,5 ming kishi, qishloq aholisi 1790,7 ming kishi (2005). 20-asr boshlarigacha hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida yashagan aholining ko’pchiligi orasida urug’qabilalarga bo’linish saqlanib kelgan. Masalan, Qarshi shahri va uning atroflarida Mang’it, saroy, qavchin, qatag’on, kutchi, qipchoqlar, xtoy, qirq va boshqalar urug’lar, Shahrisabz va uning atroflarida kenagas, saroy, Qutchi, turk, qatag’on, qalmoq, qang’li, chuyut, Qiyot, Qo’ng’irot, mojor, Mang’it, Mitan, mo’g’ul, Nayman, Sayot urug’lari, G’uzor va uning atroflarida qavchin, kerayit, Qo’ng’irot, Mang’it va boshqalar urug’lar yashagan. Ular dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanishgan. Xo’jaligi. Qashqadaryo viloyati qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilg’i resurslarini qazib olish bo’yicha O’zbekistonda muhim o’rin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88%, neftning 92%, kondensatning 99,6%, oltingugurtning 100% ni beradi. Qashqadaryo respublikada eng ko’p don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir. O’zbekistonda tayyorlanadigan yalpi qishloq xo’jalik mahsulotining 10,2%, shu jumladan, paxtaning 11,8%, g’allaning 12%, Qorako’l terining 19% viloyat hissasiga to’g’ri keladi. Tabiiy gaz, kondensat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanmoqda. Viloyatda 1,1 ming kichik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo’jalik va boshqalar korxonalardan iborat. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: — tabiiy gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash, paxta tozalash, yog’ekstraktsiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ip yigiruv, tikuvchilik, oziq- ovqat va boshqalar eng yirik korxonalari: muborak neft-gaz unitar korxonasi, Sho’rtan gaz unitar korxonasi, muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho’rtan gaz kimyo majmuasi, qarshi, Koson yog’ekstraktsiya, Shahrisabz konserva zavodlari, Shahrisabz pillakashlik, qarshi tikuvchilik fabrikalari, Qashqadaryo marmar aktsiyadorlik jamiyati va boshqalar 49 qo’shma korxona faoliyat ko’rsatadi, shulardan: O’zbekiston — Turkiya «Kashteks» to’qimachilik, «Oqsaroy to’qimachilik LTD» qo’shma korxonalari ishlamoqda. Viloyat hududidagi dastlabki sanoat korxonasi — Shahrisabz paxta tozalash zavodi 1916 yilda qurilgan. Undan keyingi davrda viloyatda, asosan, paxta tozalash zavodlari, tikuvchilik fabrikalari qurildi. 1971 yilda muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik yillarida Shaxrisabz, Yakkabog’un kombinatlari, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi, 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi qurilib ishga tushirildi. Qashqadaryo viloyatida gaz (propan), jun, paxta tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar ishlab chiqariladi. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari: g’allachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik. Bog’dorchilik, tokchilik, ipakchilik ham salmoqli o’rin tutadi. Chorvachiligi go’sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qo’ychilik, parrandachilik rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, G’uzor tumanlarida qorako’lchilikka ixtisoslashgan yirik naslchilik xo’jaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta e’tibor berilgan. Qashqadaryo viloyatida 667,6 ming gektar ekin maydoni mavjud bo’lib, shundan 418,7 ming gektari sug’oriladi. 173,8 ming gektar yerga paxta, 205 ming gektar yerga don, 3,2 ming gektar yerga sabzavot, 2 ming gektar yerga poliz, 0,5 ming gektar yerga kartoshka, 38,1 ming gektar yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 32,8 ming gektar yer ko’p yillik daraxtzorlar, shundan 13,2 ming gektar yer mevazor, 9,2 ming gektar yer tutzor, 10,4 ming gektar yer tokzorlar bilan band, 1451 ming gektar yerni yaylovlar egallagan. Erning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 13815 kilometr uzunlikda kollektordrenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda sug’oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sug’orish kanallari (qarshi, sandal va boshqalar) va suv omborlari (Tallimarjon, Chimqo’rg’on, Hisorak, Qizilsuv va boshqalar) barpo etilgan. Sug’orishni tashkil etish uchun 6 ta yirik nasos stansiyasi qurilgan. Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish maqsadida qarshi cho’lida 250 ming gektar yer o’zlashtirilgan. Viloyatda 68 shirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatadi. Qashqadaryo viloyati shirkat, fermer va shaxsiy xo’jaliklarida 654,7 ming qoramol (shu jumladan, 276,8 ming sigir), 2,2 million qo’y va echki, 1,3 million parranda, 17,3 ming yilqi boqiladi (2005). 1996-2005 yil lar viloyatdan B.Ro’ziev, Q.Mo’minov, G’. Rahmonov, M.Saidovlar «O’zbekiston qahramoni» unvoniga sazovor bo’ldilar. Transporti. Viloyatdagi temir yo’l uzunligi 401 kilometr. Asosiy temir yo’l magistrallari Kogon — Qarshi — Dushanba, Qarshi — Kitob, Qarshi— Samarqand. Yangi qurilayotgan Toshg’uzor — Boysun— Qumqo’rg’on (umumiy uzunligi 223 kilometr) temir yo’lning 106,2 kilometr qismi Qashqadaryo viloyati hududidan o’tadi. 2004 yil oktyabrgacha ushbu yo’lning 112 kilometrdan ziyod Toshg’uzor — Dehqonobod va Qumqo’rg’on — Boysun qismlari foydalanishga topshirildi. Viloyatda jami 13,9 ming kilometr uzunlikda avtomobil yo’llari mavjud. Shundan umumiy foydalanilayotgan yo’llar uzunligi 3,4 ming kilometr, xo’jaliklar hisobidagi yo’llar uzunligi 10,5 ming kilometr. Qashqadaryo viloyati hududidan respublika ahamiyatiga ega bo’lgan Qarshi — Amudaryo (Turkmaniston), katta O’zbekiston trakti (Toshkent — Termiz), Qarshi — Buxoro, Qarshi — Samarqand avtomobil yo’llari o’tadi. Qarshidan Toshkent, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Denov va boshqalar shaharlarga avtobuslar qatnaydi. Qarshi aeroportidan Qarshi — Moskva, Qarshi — Toshkent, Qarshi — Andijon va boshqalar yo’nalishlarda yo’lovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yo’lga qo’yilgan. Madaniy maorif, sog’liqni saqlash va sport. Qashqadaryo vohasi o’zining madaniy tarixi bilan mashhur. 1990-yillargacha Qashqadaryo hududida Paleolit (tosh asri) davrida odamzodning yashaganligi haqida ashyoviy dalillar kam edi. Faqatgina Tanxozdaryo vodiysidan topilgan chaqmoqtoshdan yasalgan ayrim buyumlar, Taxtaqoracha dovonida Takalisoy bo’yidagi g’ordan arxeolog D.N.Lev tomonidan muste davriga oid bir nechta tosh buyum topilganligi Qashqadaryo vodiysida tosh davri odamlari yashaganligidan dalolat berar edi. 1990-yillarda arxeologlardan R. X. Sulaymonov, A.S. Sa’dullayevlar yuqori Qashqadaryodagi Oyoqchisoy, Quruqsoy vodiylarini o’rganib paleolit davriga oid ashyoviy dalillarni topdilar. Siylontoshda tosh asrining so’nggi davriga oid topilmalar aniqlandi. Download 123.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling