Texnologiyaning maqsadi: o’quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko’nikmalarini, ishga mas’uliyat bilan yondoshuvni shakllantirish, ularda aktyorlik qobiliyatlarini rivojlantirish va hayvonot dunyosiga mehr-muhabbatni uyg’otish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: o’qituvchi o’quvchilar auditoriyasini o’tkaziladigan mashg’ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o’quvchilarni 3 guruhga ajralishlarini iltimos qiladi. Guruhlarda ular yana 3 ta asosiy rollarga bo’linadilar. Bular:
TOPQIRLAR;
O’qituvchi har bir guruhga alohida topshiriq beradi va bir xil vaqt belgilaydi.
“Zukkolar” jamoasi berilgan vaqt mobaynida uy hayvonlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rtoqlariga batafsil so’zlab berishlari kerak bo’ladi. Bu topshiriq natijasida o’quvchilar o’qituvchi kitobdan o’qib bergan ma’lumotlarni yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’quvchilar topshiriqni navbatma-navbat bajaradilar. Topshiriqqa barcha birday jalb etilishi kerak bo’ladi.
“Topqirlar” jamoasiga esa berilgan topshiriqlar yuzasidan tezkor savollarga javob berish vazifasi yuklatiladi. Savollar o’qituvchi tomonidan avvaldan tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak va quyidagicha bo’lishi mumkin: - Uy hayvonlari qaysilar?
Qoramollarning qanday zotlari bor?
Qoramollarga qanday ozuqalar beriladi?
Qorako’l qo’yining terisidan nimalar tikiladi?
Qo’ylar asosan necha yil yashaydi?
Qadimda ot qanday vazifalarni bajargan? - O’zbekistonda otning necha xil zoti bor? va hokazo tarzida.
3. “Aktyorlar” jamoasiga esa uy hayvonlarining ovozlari va o’ziga xos qiliqlarini o’xshatib bajarish vazifasi topshiriladi. Qolgan o’quvchilar esa ularning qiliqlariga qarab turib o’quvchi qaysi hayvonga taqlid qilayotganini topishlari kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |