Qashqadaryo viloyati misolida) 7072280-Kadastr (Davlat kadastrlari yagona tizimi) mutaxasisligi magistr


Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 86.87 Kb.
bet3/8
Sana04.02.2023
Hajmi86.87 Kb.
#1162291
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Disertatsiya 1

Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. O’rmon xo’jaligida davlat kadastr tizimini takomillashtishda Qashqadaryo viloyati tasarrufidagi o’rmon xo’jaligi yer maydonlari to’grisidagi ma’lumotlarni yig’ish, to’plash. tartibga solish, tegishli bo’lgan organlarga ma’lumotlarni berishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Magistrlik dissertatsiyaning tarkibiy qismi Qashqadayo o’rmon fondi yerlarini hisobini yuritishga asoslanadi va tahlili kompyuter texnologiyasini qо‘llab ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Ilmiy tadqiqot obekti sifatida Qashqadaryo viloyati o’rmon fondi yerlari tanlandi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Qashqadaryo viloyati o’rmon fondi yerlarini hisobini yuritishni imkon qadar ishonchli va samarali amalga oshirishga imkon beradigan zamonaviy kompyuterlar texnologiyasi asosida o’rmon fondi yerlarini ro’yxatga olish usullarini va unda qо‘lga kiritiladigan natijalarini ishlab chiqish hamda dasturini yaratishdan iborat.
Tadqiqot usullari.
Nazariy usullar: matematik-statistik usul. Eksperimental usullar: ishlab chiqarish ma’lumotlarini tahlili.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi. Qashqadaryo o’rmon xo’jaligi yer maydonlari haqidagi ma’lumotlarni ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish va Geopartal dasturiga joylashtirishdan va ma’lumotlarni yangilab borishdan iborat.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi.
O’rmon xo’jaligida kadastr tizimini takomillashtirishdan iborat. Qashqadaryo viloyati o’rmon xo;jaliklari yer maydonlari haqidagi ma’lumotlar bazasini GAT dasturlari orqali yaratish.
Asosiy qism.
I-BOB. Davlat kadastrlari yagona tizimi. Davlat o’rmon kadastrini yuritish to’g’risida umumiy ma’lumotlar.


    1. Davlat kadastrlari yagona tizimi haqida tushuncha.

Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) - davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko`p maqsadli axborot tizimidir.
Quyidagilar Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiradi:
davlat yer kadastri;
konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri;
davlat suv kadastri;
davlat o`rmon kadastri;
o`simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri;
hayvonot dunyosi davlat kadastri;
qo`riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri;
binolar va inshootlar davlat kadastri;
davlat shaharsozlik kadastri;
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;
madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri;
avtomobil yo`llari davlat kadastri;
temir yo`llar davlat kadastri;
etkazib berish quvurlari davlat kadastri;
aloqa ob’ektlari davlat kadastri;
еnergetika ob’ektlari davlat kadastri;
chiqindilarni ko`mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri;
tabiiy xavf yuqori bo`lgan zonalar davlat kadastri;
texnogen xavf yuqori bo`lgan zonalar davlat kadastri;
kartografiya-geodeziya davlat kadastri.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga qonun tomonidan belgilanadigan davlat boshqa kadastrlari ham kirishi mumkin. Davlat kadastrlari yagona tizimi O`zbekiston Respublikasi va uning alohida hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyatini yagona umumdavlat jihatidan kompleks hisobga olishni va baholashni ta’minlash maqsadida yaratiladi va yuritiladi. Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi ("Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasi) tomonidan amalga oshiriladi. Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bilan bog`liq munosabatlar mazkur Nizom, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib boriladi. Davlat kadastrlari yagona tizimi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur bo`lgan barcha turdagi davlat kadastrlari axborotlari bilan tezkor ta’minlash uchun mo`ljallangan. Belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan kadastrlar ob’ektlarining huquqiy maqomi to`g`risidagi ma’lumotlar, kartografiya-geodeziya materiallari, statistik hisobga olish ma’lumotlari, davlat kadastrlari ma’lumotlari Davlat kadastrlari yagona tizimining asosini tashkil еtadi. Davlat kadastrlari yagona tizimi doirasida hududlarni kompleks baholash uchun zarur bo`lgan boshqa ma’lumotlar ham jamlanadi. Davlat kadastrlari yagona tizimida belgilangan chegaralarda har bir hisobga olingan yer yuzasi uchastkasi uchun uning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda tabiiy baholash, xo`jaliklar va boshqa kadastrlar ob’ektlari to`g`risida hujjatlashtirilgan ma’lumotlar bo`lishi kerak. Yer, konlar hamda foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari, suv, o`rmon, o`simlik va hayvonot dunyosi, alohida qo`riqlanadigan tabiiy hududlar, binolar va inshootlar, shahar va shaharchalar, gidrotexnika inshootlari, madaniy meros ob’ektlari, avtomobil yo`llari va temir yo`llar, yetkazib berish quvurlari, aloqa ob’ektlari, еnergetika ob’ektlari, chiqindilarni ko`mish va yo`q qilish joylari, texnogen xavf yuqori bo`lgan zonalar, geodeziya punktlari va Davlat kadastrlari yagona tizimi masalalarini hal еtish uchun zarur bo`lgan boshqa ob’ektlar Davlat kadastrlari yagona tizimining ob’ektlari hisoblanadi.  Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bilan bog`liq ishlar davlat byudjeti mablag`lari hisobiga moliyalashtiriladi. [1]



Download 86.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling