Qashqadaryo viloyatida 22 nafar urush qatnashchisi umrguzaronlik qilmoqda
Qarshi shahar - Djalilov Axmed, Nasirova Vera, Bex Ivan, Nurmagambetova Saniya;
G’uzor tumani - Kurbanov Raxmon, Xasanov Ennazar;
Qamashi tumani - Gapparov Abdisalim, Sottarov Ruziboy;
Kasbi tumani - SHermatov Xayrullo, Nazarov Erka, Djurayev Mirza;
Nishon tumani - Soatov Ruzi;
CHiroqchi tumani - Boymirov Abduxolik, YOdgorov Jura;
SHahrisabz tumani - Raximov Jura, Kayumov Voxid, Sattorov Gappar, Djabbarov Saydullo, Boboyev Omon, Gulomov SHodi;
Dexkonobod tumani - Jabborov Abdulakim;
Koson tumani - Mamatkulov Islom.
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabariga ko’ra, ularning ichida qamashilik Ro’ziboy bobo eng yoshi kattasi. 112 yoshda.
Ularga joriy yil "9 may – Xotira va Qadrlash kuni" oldidan Prezidentimiz farmoni bilan 12 000 000 (o’n ikki million) so’m miqdorida bir martalik pul mukofoti taqdim etilmoqda. SHuningdek, har bir urush qatnashchisi xonadoniga viloyat tashkilotlari rahbarlari biriktirilib, ularning salomatligi va xonadonlari obodligi ishlarida ko’makdosh bo’lishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |