Qashqadaryoning qadimgi va o’rta asrlar mudofaa tizimi


Download 15.61 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi15.61 Kb.
#1209369
Bog'liq
maqola


Qashqadaryoning qadimgi va o’rta asrlar mudofaa tizimi.
Kirish
1. Qashqadaryoda vohasidagi shaharlarning vujudga kelishi va mudofaa tizimi.
2. Vohadagi mudofaa qо‘rg‘onlarining arxeologik о‘rganilish tarixi
3. Qadimgi va o’rta asrlar mudofaa tizimi.

О‘zbekiston tarixini о‘rganishda О‘zMU “Arxeologiya” kafedrasining olib borgan arxeologik izlanishlari nihoyatda qimmatli О‘zbekistonning qadimiy shaharsozlik madaniyati tarixi va rivojida ashqadaryo vohasida joylashgan Qarshi shahri muhim о‘rin egallaydi. Bu shahar shakllangan Qarshi vohasi Qashqadaryoning kontinental deltasida joylashgan bо‘lib, bu hudud qadimgi sharq tipidagi sug‘orma dehqonchilik uchun juda qulay hisoblanadi.


Ilk temir davrida О‘rta Osiyoning Baqtriya, Marv, Sо‘g‘d, Xorazm о‘lkalarida dehqonchilik vohalari shakllana boshlaganlar va ularning markazlari bо‘lgan aholi manzillari mustahkam mudofa devorlari bilan о‘rab olingan.
Qashqadaryoning vodiydan dashtga bir necha о‘zanga ajralib chiqish yeriga yaqin joyda, uning Rо‘daksoy о‘zani bо‘yida miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda dehqon aholi zich joylashgan dastlabki qishloq paydo bо‘ladi va tezda uning atrofi mahobatli mudofa devori bilan о‘rab olinadi. Shu asnoda hozirgi Yerqо‘rg‘on yodgorligi о‘rnida Qarshi vohasining ilk markaziy shahri shakllanadi. Mana shu asnoda Qarshi vohasidagi shaharsozlik madaniyatining birinchi bosqichiga asos solinadi.
Eramizdan avvalgi VI asrda shahar devorlari tubdan ta’mirlanadi.
Eramizdan avvalgi IV asrda Sо‘g‘d Aleksandr Makedonskiy armiyasi tomonidan ishg‘ol qilinadi va uning imperiyasi tarkibiga kiritiladi. Aleksandr kelgan paytda Qashqadaryo vohasida ikkita shahar - uning yuqori oqimidagi Shahrisabz vohasida Uzunqir, quyi Qarshi vohasida esa Yerqо‘rg‘on mavjud bо‘lgan. Yaqinda Afg‘oniston hududida topilgan, eramizdan avvalgi IV asrda oromiy yozuvida bitilgan bir hujjatda Aleksandr hujumi arafasida Kish (Kesh) va Nikshapa (Naxshab) ning shahar devorlarini zudlik bilan ta’mirlash haqida sо‘z boradi. Bu matnda Keshdagi Uzunqir va Naxshabdagi Yerqо‘rg‘on haqida sо‘z yuritilgan.
Aleksandr Makedonskiy saltanati hukmronligi davrida, undan keyingi davrdagi Salavkiylar va Grek–Baqtriya davlatlari faoliyati jarayonida Sо‘g‘d va Baqtriya vohalari aholisining hayotiga yunon madaniyati chuqur kirib boradi va bir necha asrlar jarayonida mahalliy madaniyat bilan qorishgan holda ustivor о‘rinni egallaydi.
Eramizdan avvalgi II asrda Naxshabda yana bir yirik shaharga asos solinadi. Bu shaharning harobalari bizning kunlargacha Qal’ayi Zohaki Moron nomli ulkan yodgorlik kо‘rinishida yetib kelgan. Bu yodgorlik hozirgi Qarshi shahrining markaziy qismida joylashgan. Olimlarning fikrlaricha bu shahar Naxshab xukmdorlarinig qarorgohi, Naxshabning siyosiy markazi sifatida va qaysi bir davrda esa butun Sо‘g‘dning markazi sifatida ham faoliyat kо‘rsatgan.
Yerqо‘rg‘on о‘rnidagi qadimiy shahar vohaning hunarmandchilik va savdo markazi sifatida hech qachon о‘z ahamiyatini yо‘qotmagan. Qal’ayi Zohaki Moron о‘rnidagi shaharga asos solingan davrda Yerqо‘rg‘on atrofidagi 150 gektar maydonning mahobatli mudofa devorlari bilan о‘rab olinganligi shaharning doimiy ravishda taraqqiy etganligidan dalolat beradi.
Eramizning III- IV asrlarida butun Markaziy Osiyoda uzoq yillar davom etgan dahshatli qurg‘oqchilik yuz beradi va bu holat katta - katta qabilalarning va butun boshli xalqlarning kо‘chishlariga sabab bо‘ladi. Bu paytda Markaziy Osiyoda hukmronlik qilib turgan gun qabilalarining g‘arbga yurishlari boshlanadi. Mana shu ikkita tabiiy va tarixiy voqelik Markaziy Osiyodagi о‘nlab qabilalarning va xalqlarning taqdirlarini tamoman о‘zgartirib yuboradi va uning ta’siri hatto uzoqdagi Rim imperiyasi uchun ham ayanchli tugaganligi ma’lum.
Undan tashqari bu davr katta siyosiy о‘zgarishlar davri bо‘lib Parfiya saltanatining qulashi, Kushon davlatning inqirozi ham aynan mana shu davrga tо‘g‘ri keladi. Xitoy manbalari III-asrda Kangyuy hukmdori о‘z qarorgohini Sirdaryo bо‘ylaridan janubga Qashqadaryo vohasiga kо‘chirganligi tо‘g‘risida xabar beradilar.
Eramizning III asridan Yerqо‘rg‘onda shahar qurilishining yangi yuksalish davri boshlanadi. Shahar markazida ibodatxonaning ulug‘vor binosi barpo etiladi, hokim saroyi quriladi, ichki va tashqi mudofa devorlari tubdan ta’mirlanadi, kulollar va temirchilar mahallalari kengayadi. Bu davrda Naxshab Markaziy Osiyoning eng yirik va gullab yashnagan shahriga aylanadi. Ikki qator mahobatli devorlar ichidagi shaharning monumental ijtimoiy va diniy inshootlari nafaqat poytaxtning, shu bilan birga Qarshi vohasining ma’muriy, diniy va mudofa markazlari sifatida asosiy rol о‘ynaydilar.
VI asrda shahar halokatga uchraydi. Turk hoqonligi va Sosoniylar Eroni harbiy ittifoqining eftalitlar bilan 562-564 yillarda olib borgan urushi Eftalitlar imperiyasining tarix sahnasidan ketishiga va bu davlatining markaziy shaharlaridan biri Nikshapa (Naxshab)ning tamomila vayron etilishiga sabab bо‘ldi. Mana shu urushda Qal’ayi Zohaki Moron о‘rnidagi shahar ham vayron etilgan.
Shu tariqa Nikshapa (Naxshab) ning paydo bо‘lishi bilan shakllangan va salkam bir yarim ming yil davom etgan shaharsozlik madaniyatining birinchi bosqichi о‘z poyoniga yetadi.
Eftalitlar imperiyasi tarix sahnasidan ketgandan keyin qaror topgan Turk hoqonligi davrida Yerqо‘rg‘on о‘rnidagi shahar - Nikshapa (Naxshab) boshqa tiklanmaydi va bu davrda Qarshi vohasining yangi markaziga asos solinadi. Qashqadaryoning chap sohilida, Yerqо‘rg‘on xarobalaridan 2,5-3 km masofada joylashgan va hozirda mahalliy aholi tomonidan Shulluktepa nomi bilan yuritiladigan ulkan yodgorlik о‘rnida eramizning III - IV asrlarida bunyod etilgan kichikroq qal’a VI - VII asrlarga kelib vohadagi eng yirik qal’a – shaharga aylana boradi va vohaning poytaxti maqomini oladi.
Bu shaharning paydo bо‘lishi Qarshi vohasidagi shaharsozlik madaniyatining ikkinchi bosqichiga asos bо‘ladi.
Bu shahar ham eski poytaxtning nomi bilan Naxshab, arablar istilosidan keyin Nasaf deb yuritilgan. Lekin Naxshab nomi ham Nasaf nomi bilan bir necha asr davomida birga ishlatilib kelingan.
Bu shahar arablar istilosiga qarshi kо‘tarilgan Muqanna boshchiligidagi “oq kiyimlilar qо‘zg‘aloni”ning markaziga aylangan. Qо‘zg‘alon bostirilgandan keyin shaharda va qolaversa butun vohada katta qirg‘in о‘tkazilgan.

Somoniylar va Qoraxoniylar sulolalari davrida Nasaf Movarounnahrning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylanadi. III - IV asrlarda barpo etilgan qal’a va ark о‘z ahamiyatini yо‘qotib juda kengayib ketgan shahar ichida qolib ketadi. Ark bizning fikrimizcha “oq kiyimlilar qо‘zg‘aloni”ning bostirilishi davrida vayron etilgan va boshqa tiklanmagan. Bu ark xarobalari О‘zR FA Arxeologiya instituti olimlari tomonidan tо‘laligicha ochib о‘rganilgan va arkning VIII asrda о‘z faoliyatini tо‘xtatganligi isbotlangan.


Mana shu davrda Nasaf shahrining yuksak suratlar bilan kengaya borishi, aholi sonining keskin oshishi, shahristonga sig‘may qolishi natijasida rabod shakllanadi va shahristonni barcha tomondan о‘rab oladi. Rabodning shimol tomoni IX asrlarga kelib Qashqadaryogacha chо‘zilgan va X asrda daryo ortini ham egallagan va shahar maydoni 220 gektarga yetgan.
Shu tariqa Nasaf о‘rta asrlarda butun Movarounnahr va Xuroson uchun xos bо‘lgan uch qismli shahar sifatida ark (kuhandiz), shahriston (madina) va raboddan iborat bо‘ladi. Bu uchlik Movarounnahr va Xurosonning IX-XIII asrlarda faoliyat yurgizgan о‘nlab katta-kichik shaharlari va yuzlab qishloqlari uchun xos bо‘lgan xususiyatdir.
Qashqadaryoning qadimgi aholisi bo’lgan sug'diylar va boshqalar tarixi haqidagi bilim va ma’lumotlar, tarixiy dalillar uzoq yillar mobaynida to’plangan. Ularning aksariyati qadimiy Sharq va Farb manbalariga, XIX-XX asr boshlaridagi sayyohlarining ma’lumotlariga asoslangan. XX asrning boshlaridan Qashqadaryo hududida olib borilayotgan keng miqyosli arxeologik tadqiqotlar uning qadimiy va o’rta asrlar tarixi, madaniyatini butunlay yangicha yoritish, uning shakllanish va rivojlanish tadrijini kuzatish imkonini berdi.
Download 15.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling