Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi
Download 81.47 Kb.
|
Katta terror
Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyiRasm : © meros.uz Ob'yekt yaratilgan sana: 2002 Hudud: Toshkent shahri Kategoriya: Muzeylar Xaritadagi joylashgan o'rni Qatag'onlarni xotirlash va e'zozlash, xalq ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan “qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. “Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyi “Shahidlar xotirasi” maydonining markazida joylashgan bo‘lib, maydonga yanada ko‘rk va fayz bag‘ishlab turibdi. Muzey zali yorug‘ va shinam. Zal markazida “Iztirob haykali” o'rnatilgan. Unda farzandini kutayotgan ota-ona, o'z yorini sog'ingan ayol, ota mehriga to'ymagan bola tasvirlangan. Devorlarga muzeyni bo'limlarga ajratuvchi, mavzularga oid, o'sha davrlarga xos lavha – suratlar osilgan. Muzey 7 bo‘limdan iborat. 1. XIX asr o'rtalari va oxirlari. 2. 20-yillardagi qatag'on. 3. “quloq”lashtirish davri. 4. 30-yillardagi qatag'on. 5. 40-50-yillardagi qatag'on. 6. 80-yillardagi qatag'on. 7. Mustaqillik yillarida qatag'onlarni xotirlash va e'zozlash. Har bir bo'limda shu davrga oid hujjatlar, mahfiy qog'ozlar, rasmlar, davr lavhalari va eksponatlar bor. Download 81.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling