Qatnashdilar: Kafedra mudiri (PhD) M. Asranbayeva (rais),


Download 58.43 Kb.
bet5/8
Sana26.01.2023
Hajmi58.43 Kb.
#1126667
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-сонли 05.09.2022

QAROR QILINDI:

  1. Yig‘ilish raisi M.Asranbayevaning 2022-2023 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilarining yangi o‘quv yili uchun ajratilgan o‘quv yuklamalari va shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash hamda kafedra yig‘ilishlari rejasini va kafedra mudirining yillik rejasi (o‘quv, o‘quv-uslubiy, tashkiliy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar)ni tasdiqlash to‘g‘risidagi fikri ma’qullansin.

  2. Yangi ishga olingan o‘qituvchilarga ham 200 soatdan ma’ruza mashg‘ulotlari taqsimlansin.

  3. 2022-2023 o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari, shaxsiy ish rejalari, ishchi dasturlar, majmualar hamda kafedra mudirining yillik rejasi (o‘quv, o‘quv-uslubiy, tashkiliy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar) tasdiqlansin.

4. ESHITILDI:


Navbatdagi masala yuzasidan M.Asranbayevaning fikrlari tinglandi.
M.ASRANBAYEVA: Kafedrada bakalavriat, magistratura, sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlardan 2022-2023 o‘quv yili uchun kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan namunaviy dasturlar asosida ishchi dasturlar ishlab chiqildi hamda shu asosida kafedrada “Mutaxassislikka kirish”, “Husnixat o‘qitish texnologiyasi”, “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani”, “Ona tili- o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi”, “Elementar matematika”, “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Umumiy psixologiya”, “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish”, “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Milliy tarbiya asoslari”, “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” , “Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish metodikasi”, “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish”, “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi”, “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish texnologiyasi”, “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari”, “Nutqning ontogenezda rivojlanishi” , “Ona tili” kabi fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlandi. (Jami fanlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan jadval ilova qilinadi). O‘qish davomida talabalarga mavzular bo‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar berib boriladi.
Sirtqi ta’lim uchun masofaviy ta’lim platformasiga barcha o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha resurslar o‘z vaqtida joylanishi lozim. Bu jiddiy masala bo‘lib, fan o‘qituvchilari bunga mas’uliyat bilan yondashishingizni so‘rayman.



Download 58.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling