Qatnashdilar: Maktab ota onalar qo’mitasi raisi, iib dan inspektor psixolog, Oqqum mahallasi yoshlar yetakchisi L


Download 117 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi117 Kb.
#1486939
Bog'liq
bir bolaga yetti qo\'shni ota ona bayon


Gurlan tumanidagi 13-umuiy o’rta ta’lim maktabida “Oilada bola tarbiyasi”,”Bir bolaga etti qo‘shni ham ota-ona” mavzusida o’tkazilgan suhbat
Bayonnomasi
29.03.2023 Oqqum mahallasi
Raislik qildi M.Matkarimov maktab direktori
Kotib Sh.Jumamuratov maktab MMIBDO‘
Qatnashdilar: Maktab ota onalar qo’mitasi raisi, IIB dan inspektor psixolog, Oqqum mahallasi yoshlar yetakchisi L.Ishmetov, sinf rahbarlar, ota-onalar 61 va 7-11 sinf o’quvchilari 132 nafari
Kun tartibi
1.“Oilada bola tarbiyasi”,”Bir bolaga etti qo‘shni ham ota-ona” mavzusida o’tkazilgan suhbat o’tkazish
Yig’ilishni maktab direktori M.Matkarimov kirish so’z bilan ochib berdi va kun tartibidagi masala bilan ishtirokchilarni tanishtirib o’tdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan maktab ota-onalar qo’mitasi raisi .Nurmetova so’zga chiqibXalqimizda qadimdan “Bir bolaga etti qo‘shni ota-ona” - degan ikmatli so‘zi bejiz tilga olinmagan. Bu so‘z zamirida katta ma’no, o‘zbek xalqining bolajonligi, farzandining tarbiyasi va kelajagiga bo‘lgan e’tibori, mas’uliyati kabi xislatlar mujassamlashgan.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, madaniy-ma’rifiy jihatdan etuk insonlar qilib tarbiyalash ishi birinchi navbatda oiladan boshlanadi. Har tomonlama etuk insonni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz tomonidan “Sog‘lom avlodni tarbiyalash-buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish demakdir” deb bejiz ta’kidlanmagan.
Darxaqiqat, siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan barkamol avlod tarbiyasi uchun qayg‘urish, ularning huquqlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarish har bir jamiyat, oila, qolaversa, har bir fuqaroning muqaddas burchi, insoniylik mas’uliyatidir.
Lekin, jamiyatimizda yoshlar tarbiyasida ayrim bo‘shliqlar vujudga kelayotgani, dunyoqarashi past, bilimi zaif, yosh bo‘lsada jinoyatga qo‘l urgan, giyohvandlikka moyil, ichkilik va chekishga ruju qo‘ygan, o‘qishga qiziqmaydigan, tarbiyasi og‘ir bolalarning borligi tashvishli holdir.
Shunday ekan, bolalarning qarovsizligi va ular o‘rtasidagi huquqbuzarlikni oldini olishning eng samarali yo‘li oila, mahalla va keng jamoatchilikning hamkorlikda ish yuritishidadir.
Hozirgi kunda milliy qadriyatlarimizga zid holda ota-onalarning o‘z farzandlari oldidagi majburiyatlarini xis qilmasligi, mahalla va keng jamoatchilikning e’tiborsizligi oqibatida bolalarning qarovsiz yurishi ular tomonidan turli huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlari uchramoqda.
Shu bois, yoshlarimiz qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, mehr-oqibat, el-yurt sha’nini ardoqlash kabi ulug‘vor fazilatlarni kamol toptirish keng jamoatchilikning muhim vazifasidir.

Q A R O R Q I L A D I:


1. «Bir bolaga etti qo‘shni - ota-ona” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlari kompleks rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. «Bir bolaga etti qo‘shni - ota-ona” shiori ostida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib borilsin.
3. Ushbu qo‘shma qarorning ijrosini nazorat MMIBDO’ Sh.Jumamuratov zimmasiga yuklatilsin.
Rais M.Matkarimov
Kotib Sh.Jumamuratov
Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling