Qatrada quyosh aksi


 Abu Ali  ibn  Sino.  She’rlar  va  tibbiy  doston  (Tuzuvchi  Abdusodiq


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#265944
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
ruboiy gulshani

Abu Ali  ibn  Sino.  She’rlar  va  tibbiy  doston  (Tuzuvchi  Abdusodiq 

Irisov).  — Toshkent,  1981.  23-bet.

Abu Ali ibn  Sino.  She’rlar va tibbiy doston.  30-bet.

24



shiga turtki boigan.  Bu asar ramz-ishoralar bilan yozilgan 

boMib,  allomaning jon,  haqiqat,  Tangri  to‘g‘risidagi  fikr- 

larini  bilish  uchun  ham  muhim  ahamiyatga  ega.

Mashhur  Buzurgmehr  Anushirvoni  Odil  uchun  sa- 

vol-javob  tarzida  yozgan  «Piro‘zinoma»  («Zafarnoma») 

nomli  hikmat  kitobini  ham  Nuh  ibn  Mansur amriga  ko‘ra 

1097-yili  Ibn  Sino  pahlaviy tilidan  fors-tojikchaga tarjima 

qiladi.


«Sarguzasht»  asarini  Ibn  Sinoning  o ‘zi  boshlab, 

shogirdi  Juzjoniy  davom  ettirgan  —  u  1013—1014-yillar- 

dan umrining oxirigacha alloma bilan birga bo‘lgan.

Ibn  Sino  arab  va  fors  tillarida  qasida,  g‘azal,  qit’a  va 

ruboiylar  yozgan  hassos  so‘z  ustasi  hisoblanadi.  Afsuski, 

uning adabiy me rosi bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Alloma 

adib badiiy asarlarining tadqiqotchilari  hozircha fors-tojik 

tilidagi  46  ruboiy,  4 g‘azal,  5  qit’a va 2  bayt she’rni  Shayx 

ur-rais qalamiga mansub sanab, unga nisbat berilgan boshqa 

she’rlarga  biroz  shubha  bilan  qaraydilar.  Bu  ijod  mah- 

sulining  asosiy  qismini  ruboiylar  tashkil  etib,  ularning 

bir  qismi  Umar  Xayyomga  ham  nisbat  beriladi.  Bundan 

tashqari,  1957-yili  Tehronda  chop  etilgan  devonida  Ibn 

Sinoning  26  ta  arabcha  she’ri  keltirilgan.  Ular  umrning 

o‘tkinchiligi, qarilikdan shikoyat,  pand-u nasihat va ishqiy 

mavzularda.  Uning  bu  she’rlaridan  irfoniy  mavzudagi 

«Qasidayi  ayniya»si  mashhur.

Abu  Ali  ibn  Sino  Eronning  Hamadon  shahrida  vafot 

etadi.  Buyuk  allom a  m aqbarasidan  kech a-k u n d u z 

sayyohlar,  ziyoratchilar  qadami  uzilmaydi.

Sharqda  Ibn  Sinoni  falsafiy she’riyatni  boshlab  bergan 

shoir  sifatida  bilishadi.  Chindan  ham,  bu  qomusiy  olim 

Olam va Odam haqidagi ilmiy-falsafiy qarashlarini birinchi 

bo‘lib  she’riyatga  singdirdi.  Xususan,  ruboiylarida  uning 

teran  ilmiy  fikrlari,  keng  falsafiy  mushohadalarini  ko‘ra- 

miz.


25


1


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling