Qatrada quyosh aksi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.12.2019
Hajmi0.89 Mb.
  1   2   3   4   5

QATRADA  QUYOSH  AKSI

Akademik  shoir  G ‘afur  G ‘ulom  Sharq  adabiyotining 

yetakchi  janrlaridan  biri  bo‘lmish  ruboiyga  ta ’rif  berib, 

u:  «... olam-olam  mazmunlarning  javharini  yig‘ib,  to ‘rt 

satrga  sig‘dira  olish  mahoratidir.  Qatrada  —  ummon, 

uchqunda  —  quyosh  mazmunini  berish  ruboiyga  xos 

xususiyatdir»1, — deb yozgan edi.  Haqiqatan  ham,  hikmat 

va  falsafa  ruboiyning  mag‘zi  bo‘lganligi  uchun  u  jahon 

she’riyatining dovruqli janrlaridan biriga aylandi — hozirda 

dunyoning barcha burchagidan  ruboiy  muxlislarini  topish 

mumkin.

Ma’naviy-axloqiy  mavzu  Sharq  adabiyotida  hamisha 



yetakchi  bo‘lib  kelgan.  Ma’lumki,  pand-nasihat  qancha 

ixcham  va  yorqin  ifodalansa,  shuncha  ta ’sirchan  va 

jozibador  boiadi.  Ayni jihatdan,  ruboiy  hikmatli  so‘zlar, 

falsafiy  mazmunni  ifodalashda juda q o i  keldi:  bu  ixcham 

va  lo‘nda  shakl  shoirlarga  katta  ma’rifiy  va  tarbiyaviy 

ahamiyatga ega bo‘lgan turli-tuman o‘gitlami unga singdirish 

imkoniyatini  yaratadi.  Jumladan,  xojagon-naqshbandiya 

silsilasining  asoschisi  Abdulxoliq  G ‘ijduvoniyning  quyi- 

dagi  ruboiysi  shaklan  sodda  va  tushunarli  bo‘lsa-da, 

mazmunan bir necha ma’no qatlamlariga egaligi bilan alo- 

hida ajralib turadi:

1  G'afur G'ulom.  Asarlar.  0 ‘n jildlik.  8-jild.  — Toshkent,  1976.  412-

bet.

3


Gar  bir  kishidan  dilda  shikoyat  b o‘Igay,

Dil  og‘rig‘i  undan  benihoyat  b o‘lgay;

Hech  o kylama  intiqom  olishni,  chunki 

Yomonga  yom onligi  kifoyat  b o‘lgay.

Bu  ruboiyda,  birinchidan,  biror  kishi  sening  ko‘ng- 

lingni  og‘ritsa,  bundan  behad  iztirob  cheksang-da,  sira 

undan  o‘ch  olishni  o‘ylama,  zero,  yomonga  yomonligi- 

ning  o‘zi  yetarli  jazodir,  deb  nasihat  qilinmoqda.  Ikkin- 

chidan,  yomonning  yomon  bo‘lib  yaratilganligining  o‘zi 

unga  bir  umrlik  jazodir.  Harchand  urinma,  sen  unga 

bundan  ortiq  jazo  berolmaysan,  deb  falsafiy  xulosa  chi- 

qarilgan.  Uchinchidan, yaxshilik ham, yomonlik ham Xu- 

dodan. Yomon yomonligiga borib, o‘z haddini bilmay seni 

ranjitibdimi,  sen  yaxshi  bo‘lsang,  yaxshiligingcha  qol-da, 

unga  teng  bo‘lma  —  yomonlikka  yomonlik  qaytarishni 

o‘ylama,  bu  ikki  jihatdan  o‘zini  oqlamaydi:  awalo,  sen 

ham  yomonga  teng  bo‘lasan,  qolaversa,  ilohiy  amrlarga 

qarshi borasan. To‘rtinchidan,  mo‘min kishida kek-adovat 

bo‘lmasligi  kerak,  o‘ch  olish  —  shaytonning  ishi.  Bino- 

barin,  birovdan  o‘ch  olishga  chog‘langan  odam  bir  lahza 

bo‘lsa-da,  shayton  vasvasasiga  uchgan  bo‘ladi.  Shayton 

vasvasasiga uchish esa iymonning sustligidan darak beradi. 

Beshinchidan,  tasavvufda  birovga jabr-u jafo  qilish,  biror 

kimsani  ranjitish  taomili  yo‘q.  So‘fiy  har  qancha  qayg‘u- 

azob bo‘lsa, o‘zi chekishi, barcha ta’na-malomatlarga sabr 

etishi,  qahr-u  g‘azabini  ichiga  yutib,  odamlarga  ochiq 

chehra  bilan  boqishi,  muloyim  muomala  qilishi,  yaxshi 

munosabatda  bo‘lishi  lozim.  Birovdan  o‘ch  olish  uyoqda 

tursin,  undan  shikoyat  qilish  ham  tariqat  ahliga  yot. 

Oltinchidan,  xalq  orasida  yaxshilikka  yaxshilik  —  ham- 

maning ishi,  yomonlikka yaxshilik —  mard  kishining ishi, 

degan  ulug‘  bir  hikmat  asrlar  davomida  yashab  keladi. 

Demak, yomonlikka yomonlik bilan javob bergan kishining 

oddiy  odamlardan  farqi  yo‘q,  u  oliyhimmatlilikni  da’vo 

qilmasa ham,  o‘zini barkamol  inson deb hisoblamasa ham 

bo‘ladi.  Va  nihoyat,  yettinchidan,  ruboiyning  asl  maz-

4


mun-mohiyati shundaki, yomonlikka yomonlik qaytarishni 

o ‘ylagan  kishi  torn  ma’nodagi  yaxshi  odam  emas,  uning 

tabiatida  qaysidir  darajada  yomonlik  urug‘lari  mavjud  va 

birovning yomonligi bahonasida u yuzaga qalqib chiqayapti.

Falsafiy  mushohadalardan  tortib  tabiat  va jamiyatning 

murakkab  masalalari  va  shoirning  shaxsiy  hayotidagi  eng 

kichik  lavhalargacha  —  hamma-hamma  narsa  ruboiyning 

mavzuyi  bo‘lishi  mumkin.  Tabiiyki,  bu  masalalarning 

barchasi  aniq,  lo‘nda,  ixcham,  hikmat  darajasida  va,  ayni 

paytda,  yuksak  badiiy  shaklda  o‘quvchi  hukmiga  havola 

etiladi.  Shunday  ekan,  nafaqat  shoirlar,  balki  mutafakkir 

olimlar  ham  o‘z  qarashlarini  bir  qadar  ommabop  usulda 

ifodalash  uchun  ruboiydan  foydalanganliklari  bejiz  emas. 

Ularning  ruboiylarida  falsafiy  fikr-mulohazalar  ustunlik 

qiladi.  Jumladan,  ba’zi  manbalarda  Sharqda  «muallimi 

soniy»  («ikkinchi  muallim»)  nomi bilan shuhrat qozongan 

qomusiy  olim  Abu  Nasr  Forobiyning  ham  ruboiy janrida 

qalam  tebratganligi  xususida  ma’lumot  berilib1,  bir  necha 

ruboiylari  keltiriladi2.

Umar  Xayyom,  Abusaid  Abulxayr,  Shayx  Ruboiy, 

Vajehiy Axsikatiy,  Sahobiy Astrobodiy  kabi  qator shoirlar 

faqat  ruboiy  janrida  qalam  tebratgan  bo'lsalar,  Faridid- 

din  Attor,  Avhadiddin  Kirmoniy,  Bobo  Afzal,  Fayzi 

Fayoziylar  maxsus  ruboiy  kitoblari  yaratganlar.  Masalan, 

Farididdin Attor do‘stlari  xohishiga  ko‘ra  «Muxtornoma» 

ruboiylar  kitobini  mavzular  bo‘yicha  50  bobga  ajratib, 

unga  3000  ta  ruboiy  kiritadi3.  Abulmaoniy,  ya’ni  «Ma’- 

nolar  otasi»  nomi  bilan  Sharqda  dong  taratgan  Mirzo 

Abdulqodir  Bedil  ruboiylari  3861  ta  bo‘lsa,  zabardast

1 Qarang:  SharipovJ.  0 ‘zbekistonda tarjima tarixidan.  — Toshkent, 

1965.  28-bet;  ValixonovA.  G ‘azal  nafosati.  —  Toshkent,  1985.  1 5 - 1 6 -  

betlar.

2  Qarang:  Ruboiynoma.  Guzidai  ruboiyot  az  R o‘dakiyi  Samar- 

qandiy to  im ro‘z.  —  Tehron,  1372  (hijriy).  S.  271.

3  Qarang:  Attor  Nishopuriy.  Muxtornoma.  M ajm o‘ai  ruboiyot. 

Tashreh-u ta’lifoti  Muhammadrizo  Shafe’iy  Kadkaniy.  -  Tehron,  2008.

5


tasavvuf  olimi  Abdulloh  Ansoriyga  2000  dan  ziyod, 

Abusaid  Abulxayrga  720  ta,  Sayfiddin  Boxarziyga  650  ta 

ruboiyni  nisbat  beradilar.  Jaloliddin  Rumiyning  «Devoni 

Kabir»  («Ulug‘  Devon»)ida  esa  1994  ta  ruboiy  mavjud. 

Avhadiddin  Kirmoniyning  ruboiylar  to ‘plami  1807  ta 

ruboiyni o‘z ichiga oladi, Amir Xusrav  Dehlaviy ruboiylari 

700  tadan  1000  tagacha  deb  ko‘rsatiladi.  Ubaydiy  «Kulli- 

yot»idan  850  ga  yaqin  ruboiy  o‘rin  oigan.  Kamoliddin 

Ismoil  ijodida  867 ta,  Hakim  Sanoiy  adabiy  merosida  537 

ta,  Bobo  Afzalda  483  ta  ruboiy  bor.  Sharq  adabiyotida 

mboiyning  qanchalik  katta  o‘rin  egallaganligini  shundan 

ham bilsa bo‘ladi.

Ma’lumki,  ruboiy  arabcha  so‘z  bo‘lib,  to ‘rtlik  degan 

ma’noni  bildiradi.  Lekin  arabcha  nomlanishiga  qaramay, 

mutaxassislarning  fikricha,  bu  janr  arab  adabiyotiga  xos 

emas.  Ruboiy  Ajam  (Eron,  Movarounnahr,  Xuroson) 

xalqlari  adabiyotida  paydo  bo‘lib,  taraqqiy  etgan  janrdir. 

Ruboiy  shakli  xalq  og‘zaki  ijodiga  asoslansa  ham,  yozma 

adabiyotdagi  ruboiy  ko‘p  xususiyatlari  bilan  folklor  na- 

munalaridan  ajralib  turadi.

Ruboiyning  kelib  chiqishi  bilan  bog‘liq  bahs-muno- 

zaralar ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan bo‘lsa- 

da,  hali-hanuz bu borada bir to ‘xtamga kelinganicha yo‘q. 

Gap  shundaki,  turkiy  adabiyot  namoyandalari  uning 

paydo  bo‘lishini  xalq  to‘rtliklari  bilan  bog'lasalar,  forsiy 

so‘z  san’ati  vakillari  ruboiyni  forsiy  she’riyat  kashfiyoti 

deb hisoblaydilar va janming asoschisi sifatida Abu Abdullo 

Rudakiyni  ko‘rsatadilar.

Sharq  poetikasining  ustodlaridan  Shams  Qays  Roziy- 

ning  yozishicha,  Rudakiy  hayit  bayramida  G ‘azna  shahri 

saylgohlarini  aylanib  yurar  ekan,  yóng‘oq  o ‘ynayotgan 

bolalarning  oldidan  chiqib  qoladi.  Ular  orasida  bir  bola 

nihoyatda go‘zalligi,  harakatlarining behad  nafisligi,  so‘z- 

larining juda yoqimliligi bilan  hammaning e’tiborini tortar 

edi.  Otgan  yong‘oqlaridan  biri  belgilangan  joydan  o ‘tib 

ketsa-da,  yana  orqasi  bilan  dumalab,  nishonga  kelib

6


tushganini  ko‘rganda  u  quvonganidan:  «G‘alton-g‘alton 

hameravad  to  buni  ko‘»  («Dumalab-dumalab,  ko‘cha 

chetiga  chiqib  ketadi-ya»),  —  deb  yuboradi.  Bu  jumla 

ohangi  o‘z  musiqasi  bilan  shoirga juda  xush  yoqadi  va  u 

aruzning hazaj bahridan shunga mos vazn keltirib chiqaradi1. 

Bu  hazaji  musammani  axrami  ashtari  makfufi  majbub

(m af ulun  foilun mafoiylu faal  — ------- — V —  V ------ V

V  —)  vazni  edi.

Bu  voqeani  ko‘pchilik  shunchaki  bir  afsona  deb 

hisoblaydi.  Lekin ikki aniq ilmiy dalil bu rivoyatda haqiqat 

belgilari  mavjudligini  ko‘rsatadi:  birinchisi  —  Rudakiy 

aruzni  chuqur  o‘rganib,  uni  xalq  orasida  keng  tarqalgan 

qo‘shiqlarga  tatbiq  qilish  natijasida  o ‘nga  yaqin  yangi 

vaznlar  kashf etgani  bo‘lsa,  ikkinchisi  — janming  barcha 

talablariga javob beradigan ilk ruboiylar Rudakiy qalamiga 

mansubligi.  Binobarin,  Rudakiy  xalq  to ‘rtliklari  ta’sirida, 

ulardan  ilhomlanib,  ushbu  yangi  shaklni  kashf  etgan 

bo‘lishi  mumkin.  Ohangdor  va  maftunkorligi  hamda 

kuylashga  mos  ekanligi  jihatidan  bu  janr  dastlab  tarona 

deb  yuritilgan.

Ma’lumki,  mumtoz  adabiyot janrlari  asrlar  davomida 

shakllanib,  o‘z takomiliga erishgan.  Shulardan  biri  ruboiy 

bo‘lib,  vazn  —  uning  uchun janrni  belgilash  darajasidagi 

muhim  omil.  «Har  qanday  to'rtlik  ruboiy  bo‘lavermaydi. 

Biror  to ‘rtlikni  ruboiy  deb  atash  uchun  unda  tugal  maz- 

mun,  ruboiy  shakli  bo‘lishidan  tashqari,  ruboiy  vazni 

ham  bo‘lishi  kerak.  To‘rtlik  qanchalik  chuqur  ma’no  va 

go‘zal  shaklga  ega  bo‘lmasin,  agar  u  ruboiyning  maxsus 

vazniga tushmasa,  ruboiy bo‘la  olmaydi»2.

Ruboiyning  boshqa  lirik  janrlardan  alohida  ajralib 

turadigan  xususiyati  shundaki,  u  faqat  hazaj  bahrining

1  Bu  haqda  qarang:  Shamsi  Qaysi  Roziy.  A l-m o‘jam.  —  Dushanbe, 

1991. S. 9 5 -% .

2  I s ’hoqov  Yo.  Navoiy  ijodida  ruboiy janri  / /   « 0 ‘zbekistonda  ijti- 

moiy  fanlar»,  1968,  9-son,  35-bet.

7


axram va axrab vaznlarida — ularning 24 tarmog'ida yozi- 

ladi.  Boshqa  har  qanday  vaznga  solinsa,  u  ruboiy  emas, 

balki qit’a yoki to‘rtlik deb ataladi.  Bunga ajablanmasa ham 

bo‘ladi.  Chunonchi,  tuyuq  birgina  ramali  musaddasi 

maqsur  (mahzuf)  vaznida  yoziladi.

Ruboiy  nega  faqat  hazaj  bahrida  yaratiladi?  Nima 

sababdan  ruboiy  uchun  vazn  bu  qadar  q a t’iy  qilib 

belgilangan?  Mumtoz  poetikaga  oid  asarlarda  bu  savolga 

aniq  va  qoniqarli javob  yo‘q.  O'tmish  adabiyotshunoslari 

faqat  falsafiy  fikrlar,  hayotiy  kechinmalarni  ifodaiash 

uchun  mazkur  vaznlarning  qulayligi  xususida  gapirish 

bilan  kifoyalanadilar.

G ‘aybulla  Salomov  va  Najmiddin  Komilovlar  bu 

masalani birmuncha kengroq tushuntiradilar:  «Sharq klas- 

sik  she’riyatida  har  bir janr  muayyan  mavzular  doirasini 

qamrab  oladi  va  u  o‘sha  belgilangan  adabiy  tur  uchun 

muvofiqlashtirilgan.  Chunonchi,  masnaviy — epik tasvimi, 

g‘azal  —  lirik  kechinmalarni,  qit’a  —  pand-nasihatni  ifo­

daiash  uchun  xizmat  qilgan.  Ruboiy-chi?  Ruboiyda  ham 

g‘azal  va  qit’a  ma’nosi  ba’zan  ifodalanadi.  Lekin  ohang, 

intonatsiya boshqacha bo‘ladi.  Qit’ada turli xil axloqiy-ijti- 

moiy  fikrlar  badiiy  uqtirish  yo‘li  bilan  bayon  etilib, 

tamsillar  orqali  kitobxonning  ongiga1  ta’sir  qilinadi.  Ru­

boiyda esa fikr kitobxonning ruhi, qalbiga ta’sir etish orqali 

singdiriladi. Qit’aga nisbatan ruboiyda tuyg‘ulami ifodaiash, 

lirik  kayfiyat  tug‘dirish  ustun.  To‘g‘ri,  g‘azal  ham  kayfi- 

yatni,  lirik  tuyg‘uni  aks  ettiradi.  Ruboiy  g‘azaldan,  ta’bir 

joiz bo‘lsa, o‘ychan tuyg‘uni,  hikmatona lirikani ifodalashi 

bilan ajralib turadi. Ana shu o‘ziga xos ma’no talqini, ta’siri 

va tarannumi axram va axrab vaznida muvofiq  intonatsiya 

bilan  mukammal bir holda  ro‘yobga  chiqadi»2.

Albatta,  ruboiyning  shakl  nuqtayi  nazaridan  qat’iy 

talablari,  nozik  jihatlari  bo‘lishi  bilan  birga,  o‘z  imko-

1  Barcha  ta’kidlar  mualliflarga tegishli.  —  E.O.

2  Salomov  G \,  Kornilov  N.  Jahongashta  ru b oiylar// Taijima  san’ati 

(Maqolalar to ‘plami).  3-kitob.  —  Toshkent,  1976.  100-bet.

8


niyatlari,  qulayliklari  ham  bor:  bir  necha  vazn  ruboiy 

doirasida  o ‘rin  almashib  kelishi  mumkin,  hatto  ham 

axram,  ham  axrab  tarmog‘ida  yozilgan  ruboiylar  mavjud. 

Bu  mazmunga ta’sir qilmaydigina emas,  balki bir musiqiy 

ohang,  mushtarak  she’riy  ruh  atrofida  aylangani  uchun 

ritmni ham aytarli o‘zgartirmaydi.  Barmoq vazni to‘g‘risida 

esa  bunday  deb  bo'lmaydi:  har  hijoning  kamayishi  yo 

ko‘payishi  bilan  vazn  ham  o ‘zgaradi.

Ruboiy  ikki  xil  qofiyalanish  tartibiga  ega:  birinchi, 

ikkinchi va to‘rtinchi misralari o‘zaro qofiyalanib,  uchinchi 

misrasi  ochiq  qoladigan  (aaba)  ruboiy  xosiy  deyiladi. 

«Bunda shoir tinglovchi va o‘quvchining e’tiborini bir nafas 

kuchliroq  jalb  qilib,  masalaning  eng  muhim  momenti 

kelayotganidan darak beradi.  Qofiyasiz misra kulminatsiya 

singari jaranglaydi-da,  ko‘pincha aforizm darajasiga ko‘ta- 

riladigan  oxirgi  misrada  o‘z  intihosiga  yetadi»1.  Masalan, 

Ubaydiy  ijodidan  bir  misol:

Olamaro  joyiz  ul-xato  insondur,

0 ‘z  nafsi  uchun  hamisha  sargardondur.

Gah  nafsi  uchun  makr  qilur,  gohi  hiyal,

Bilmas  netarin  —  o ‘z  ishiga  hayrondur2.

To‘rtala  misrasi  ham  qofiyalanadigan  (aaaa)  ruboiyda 

ohangdorlik  yuqori  bo‘lgani  uchun  u  tarona  yoki  ruboiyi 

tarona deb yuritiladi.  Bunday ruboiy ruboiyi musarra’  deb 

ham ataladi. Alisher Navoiy esa uni ruboiya deydi.  Bunday 

ruboiy  nihoyatda  latif sanalib,  shoirdan  katta  san’atkor- 

likni  talab  qilgan.  Masalan,  Foniy  ijodidan  bir  misol:



Davr  eli  jabr  etsa,  ko‘tarma  isyon,

K o‘n  boriga,  y o ‘q  tufayli  b o‘lma  sarson,

Tinglash  kerak  emasmi  —  eshitma  pinhon,

S o‘zlash  kerak  emasmi  —  gapirma  bir  on.

1  Yunusov  M.  Barhayot an’analar.  — Toshkent,  1969.  85—86-betlar.

2  Ubaydiy.  Kulliyot.  0 ‘R  FA  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi 

Sharqshunoslik  instituti  q o‘lyozmalar  fondi.  8931  raqamli  qoMyozma. 

553-bet.

9


«Odatda,  ruboiyning  birinchi  misrasi  tezis,  ikkinchisi 

antitezis, 

uchinchisi  moddayi  rubciya  (yoki  xulosa  uchun 

asos  boMadigan  ko‘prik),  nihoyat,  to ‘rtinchi  misra  sintez 

shaklida namoyon bo‘ladi»'.  Boshqacha aytganda, dastlabki 

ikki misrada g‘oya va maqsad,  keyingi ikki misrada dalil va 

xulosa o‘z aksini topadi.

Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Abu Ali ibn Sino 

birinchi boiib  ruboiyga o‘zining teran falsafiy qarashlarini 

singdirgan.  Keyin  o ‘zini  Shayx  ur-raisning  haroratli 

shogirdi deb hisoblagan  Umar Xayyom azal va abad, olam 

va  odam  muammolari  xususida  teran  falsafiy  ruboiylar 

yaratib,  bu janrning  piri  ustodiga  aylanadi.  Ruboiy  Umar 

Xayyom  tufayli  mashhur  bo‘lganligi  uchun  ham  ruboiy 

deganda  barchaning  ko‘z  oldiga  darhol  Umar  Xayyom, 

Umar Xayyom deganda esa ruboiy keladi.  Haqiqatan ham, 

mana,  oradan  IX  asr  o‘tibdi  hamki,  ruboiyda  hali  hech 

kim  Umar  Xayyomning  oldiga  tusholgan  emas.  0 ‘zbek 

adabiyotida  ruboiylarining  falsafiy  teranligi,  uslubining 

go‘zal va ifoda tarzining yorqinligi bilan Pahlavon Mahmud 

va  Mirzo  Bobur  Umar  Xayyomga  yaqin  turadilar.

XV  asrda  turkiy  adabiyotda  ham  ruboiy  to‘la  huquqli 

janr maqomiga ega boMdi.  Chunki turk olimi  Ko‘pruluzoda 

topgan  XII  asrga  mansub  nom a’lum  muallifning  bir 

o‘zbekcha  ruboiysi,  Sulton  Sanjarning  saroy  shoirlaridan 

deb  taxm in  qilingan  B adriddin  Qavvom iy2  ham da 

R. Vohidov  aniqlagan  Jamol  Qarshiylarning  (XIII  asr) 

bittadan  arab,  fors  va  o ‘zbek  tillaridagi  mulamma’ 

ruboiylari3,  Sayfi  Saroyi  lirik  merosidan  yetib  kelgan  bir 

ruboiy,  Sherozda  yashab  ijod  qilgan  Hofiz  Xorazmiyning 

11  ruboiysi  hamda  Lutfiyning  ramal  bahridagi  to ‘rtliklari

1  Уипизоу  М.  ВагИаус^  ап’апа1аг.  83-Ье1.

2  Ви  Ьаяс1а  qaгang:  Рустамов  Э.  Узбекская 

п о э з и я   в  

первой 

половине  XV века.  —  Москва,  1963.  С.  77—78.

3  Ви  Ьачс1а  qaггLng:  У

о

И1

с

1

оу

  Я.  XV  а5гпт§  1кк1псЬ1  уаггт  —  XV! 

аБгтг^  boshlarida  о ‘гЬек  уа 

вЬе’пуаи  (Adabiy  a\oqa 

о ‘гаго 

га'ыг  та5а1а1ап).  —  ТозЬкеШ,  1993.  85-Ье1.

10


orasida kelgan 3 ruboiyni hisobga olmaganda,  Navoiygacha 

boMgan o'zbek adabiyotida ruboiynavislik yetakchi mavqega 

ko‘tarilgan emas. Alisher Navoiyning «Xazoyinul-maoniy» 

devonida  bor-yo‘g‘i  133  ta  ruboiy  mavjud.  Lekin  devon 

debochasidagi  34,  «Nazm  ul-javohir»dagi  285,  «Devoni 

Foniy»dagi  72,  «Munshaot»dagi  74  va  boshqa  adabiy, 

tarixiy,  ilmiy  asarlari  tarkibida  kelgan  ruboiylari  bilan 

qo‘shib  hisoblaganda,  ulug‘  shoir  700  ga  yaqin  ruboiy 

yozgani  m a’lum  b o ia d i.  Boburning  o ‘zbek  tilidagi 

ruboiylari  200 tadan oshadi.  Keyingi paytlarda uning forsiy 

ruboiylari ham topilmoqda1.  0 ‘zbek adabiyotida son jihat- 

dan  eng  ko‘p  ruboiy  yozgan  Ubaydiy  bo‘lib,  uning  forsiy 

devonida  —  418,  turkiy  devonida  —  430  ga  yaqin  ruboiy 

mavjud2.  Shohiy,  Bayramxon,  Komron  Mirzo,  Huvay- 

do,  Munis,  Ogahiy,  Komil,  Mujrim  Obid,  Avaz,  Muhyi, 

Muhsiniy,  Muhayyir  kabi  ko‘pgina  shoirlar  ruboiyga 

murojaat qilgan bo‘lsalar-da,  ular ijodida bu janr yetakchi 

o‘rin  tutmadi.

Ushbu  to ‘plam  Sharqning  zabardast  so‘z  san’atkorlari 

va  qomusiy  allomalarining  fors-tojik  tilida  yaratilgan  fal- 

safiy-axloqiy  mavzudagi,  pand-nasihat  mazmunidagi 

purma’no  ruboiylari  asosida  tuzildi.



Ergash  OCHILOV, 

filologiya fanlari  nomzodi

1  Qarang:  Bobur  devoni.  Kobul  nashriga  takmila  (qo'shim cha). 

Nashrga tayyorlovchi  Shafiqa Yorqin.  — Toshkent,  2004.  45—47-betlar.

2  Qarang:  Ubaydiy.  Kulliyot.  78— 159;  545—614-betlar.

11


ABU  ABDULLO  RUDAKIY

( 8 5 8 - 9 4 1 )

Dunyo ilmu adab ahlini asrlar davomida hayratga solib 

kelayotgan  muazzam  forsiy  adabiyotning  tamal  toshini 

qo‘ygan,  uning  Odam  Atosi  deb  ulug‘langan,  o'zidan 

keyingi  barcha  Sharq  shoirlari  tomonidan  ustod  sifatida 

e ’tirof  etilgan  Abu  Abdullo  Ja ’far  binni  M uhammad 

Rudakiy  Samarqand  yaqinidagi  Panjro‘dak  qishlog‘ida 

tug‘ilgan.  U alohida qobiliyat sohibi bo‘lib,  «sakkiz yoshida 

Qur’onni  xatm  qilib,  qorilikka  o‘tgan  va  she’r  ham  ijod 

qila boshlagan.  Chiroyli  ovozi  tufayli  ashula aytish va  ud' 

asbobini  chalishga  kirishib,  bu  sa n ’atda  m ahorat 

ko‘rsatadi»2.  Yosh  iste’dodning  ovozasini  eshitgan  Nasr 

ibn  Ahmad  uni  Buxoroga  —  somoniylar  saroyiga  da’vat 

etadi.  Uning iste’dodi  Buxoroda nash’u  namo topadi.

Davlatshoh  Samarqandiyning  yozishicha,  «...  ustod 

Rudakiy  advor3  ham  musiqa  fanida  tamom  quwatga  ega 

edi... uning ilmlar va ko‘p fanlardan tamom voqifligi bordir. 

She’riyat  turlaridan  qasida  va  masnaviyni  (ham)  yaxshi 

aytar  erdi.  Ustod  Rudakiy  xos-u  avom  oldida  baland 

martabaga erishgan»4.



1  Ud  —  to ‘rt  torli  qadimiy  ch olg‘u  asbobi.  Forobiy  tomonidan 

unga  beshinchi  tor  q o‘shilgan.

2  Abdurahmon  Jomiy.  Bahoriston  (Forsiydan  Sh.  Shom uhamedov 

taijimasi).  — Toshkent,  1997.  67—68-betlar.

3  Advor  —  bu  yerda:  musiqa  asbobi,  kuy  chalish.

4  Davlatshoh  Samarqandiy.  Shoirlar  b o ‘stoni  (Forsiydan  B.  Ah- 

medov  tarjimasi).  —  Toshkent,  1981.  23-bet.

12


A dabiy-tarixiy  m anbalar  Rudakiy  m erosini  700 

mingdan  1  million  300  ming  misragacha  ko‘rsatishadi'. 

Afsuski, bu  muazzam  merosning juda oz qismi bizga qadar 

yetib kelgan.  1956-yili  1100 yillik yubileyi munosabati bilan 

uning  parokanda  she’rlari  bir  yerga  jamlanganda  1840 

misrani  tashkil  etgan  edi2.  Sadriddin  Ayniyning  guvohlik 

berishicha,  u  o ‘z  she’rlaridan  devon  tuzgan  ilk  shoir 

hisoblanadi3.  «Bo‘yi jo ‘yi  M oiiyon  oyad  hame»  («M oii- 

yon  arig‘ining  bo‘yi  kelmoqdadir»)  misrasi  bilan  boshla- 

nadigan  g‘azali  unga  favqulodda  shuhrat  keltiradi.  Unga 

120  shoir  tazmin  bitgan,  lekin  birortasi  Rudakiy  daraja- 

siga  ko‘tarilolmagan.  «Modari  may»  («Mayning  onasi») 

qasidasi  ham  mashhur.  Buyuk  hind  eposi  «Kalila  va 

Dimna»ni  she’riy  taijima  qilgan.  Ilm-u  adab  ahli  shoir 

uslubini «sahli mumtane’», ya’ni  «oson-u mumkin emas», 

deb baholaganlar.  Rudakiy va uning izdoshlari forsiy she’- 

riyatda  bir  necha  asr  hukmronlik  qilgan  Xuroson  (yoki 

Turkiston)  uslubiga  asos  solib,  uni  rivojlantirganlar.

Rudakiy aruzni chuqur o‘rganib,  uni xalq orasida keng 

tarqalgan  qo‘shiqlarga  tatbiq  qilish  natijasida  o‘nga  yaqin 

yangi  vaznlar  kashf  etgan.  Ularning  ko‘pchiligi  xalq 

qo‘shiqlarining barmoq vaznlari asosida tuzilgan4.  Shoirni 

ruboiy  janrining  yozma  adabiyotdagi  kashshofi  ham 

deydilar5.  Chunki janrning  barcha  talablariga javob  bera- 

digan  ilk  ruboiylar  Rudakiy  qalamiga  mansub.

Rudakiy o ‘zidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli ta’sir 

o‘tkazgan.  Xususan,  fors-tojik  adabiyotida  undan  ta’sir- 

lanmagan,  unga  ergashmagan,  o ‘z  ijodiy  takomilida  uni 

ustoz  sifatida  e’tirof etmagan  shoir  yo‘q  hisobi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling