Qattiq dielektrik materiallar va ularning klassifikatsiyasi


Dielektriklarni qutblanish turlari bo‘yicha klassifikatsiyalash


Download 0.91 Mb.
bet3/3
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#266107
1   2   3
Bog'liq
Ummatov Jahongir

Dielektriklarni qutblanish turlari bo‘yicha
klassifikatsiyalash


Qutblanish xususiyatlari mavjud dielektriklarni bir qancha guruhlarga ajratishga imkon beradi.

Birinchi guruhga: faqat elektron qutblanishga taalluqli bo‘lgan dielektriklarni kiritish mumkin. Masalan, neytral va kuchsiz qutblangan qattiq jism larning kristall va am orf holatda (parafin, oltingugurt va polistirol) hamda neytral va kuchsiz qutblangan suyuqliklar va gazlar (benzol, vodorod) shular jum lasidandir.

Ikkinchi guruhga: ham elektron, ham dipol relaksatsion qutblanishli dielektriklarni kiritish mumkin. Bu guruhga dipol (qutbli) organic suyuqliklar, yarim suyuqliklar va qattiq jism lar (moyli, kanifolli kompaundlar, epoksid yelimlar, selluloza, bir qator xlorli uglevodlar) kiradi.

Uchinchi guruhga: qattiq anorganik dielektriklarning elektronli, ionli va ion hamda elektron relaksatsion qutblangan dielektriklar kiradi.
Bu guruhning elektron xususiyatlarini inobatga olgan holda ikkita bo‘limga ajratish mumkin:

- birinchi bo‘limiga ionlar tig‘iz joylashgan kristall jism lar (kvars, slyuda, tosh tuzi, korund, rutil) kiradi (26-rasm).

- ikkinchi bo‘limga anorganik shisha, shishasimon materiallar (chinni, mikalaks), kristall panjaralarida zarrachalari bo‘sh joylashgan dielektriklar kiradi.

To‘rtiiichi guruhga: spontan elektron, ion va electron relaksatsion qutblanishli segnetoelektriklar kiradi. Masalan, segnet tuzi, bariy titanati kabi birikmalar shular jumlasidandir.

Yuqorida keltirilgan dielektriklarning klassifikatsiyasi, ma’lum
darajada elektr muhofazalovchi materiallarning asosiy elektrik
xususiyatlarini to‘g‘ri baholash uchun imkon beradi.

Xulosa

Dielektrik material deganda, tarkibidan oqib o‘tuvchi tokka kuchli qarshilik bilan ta’sir etuvchi material tushuniladi. Ularda kuchli elektr maydonlarning ta’siri mavjuddir. Shunga ko‘ra dielektrik materiallar kuchli va kuchsiz elektr maydonli elektr o‘tkazgich materiallardan keskin farq qiladi.

Qo‘yilgan kuchlanish ta’siri ostida materialning elektr tokni o‘tkazishi elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Elektr tokini yaxshi o‘tkazuvchi materiallar elektr o‘kazgichlar deyiladi.

Elektr o‘tkazgich materiallar bilan dielektrik materiallar orasidagi o‘rinni yarim o‘tkazgich materiallar egallaydi.

Yarim o‘tkazgich materiallarda mavjud bo‘lgan, tashqi


muhitning ta’sirida (bosim, harorat, yoritilganlik, elektr maydonning kuchlanganligi va h.k.) elektr o‘tkazuvchanlik miqdorining o‘zgarib turishi elektrotexnika sanoatida keng miqyosda qo‘llanilishiga omil bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. N. Т. Toshpo‘latov. «Elektrotexnika materiallari» fanidan o‘quv qo‘llanma.. - Toshkent. TIMI. 2004.

2. N.T.Toshpo֥‘latov. «Elektr texnika materiallari» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha metodik ko‘rsatma - Toshkent. TIMI. 2008.

3. Sh. M. Kamolov, A. Sh. Axmedov. «Elektrotexnika materiallari» o‘quv qo‘llanma. - Т., « o‘qituvchi», 1994.

4. R. T G֥‘oziyeva va boshqalar. Avtomatika asoslari va vositalari. - Т., « o‘qituvchi», 2003.

5. S. Majidov. Elektr mashinalari va elektr yuritma. - Т., « o‘qituvchi». 2002.
Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling