Qattiq jismlar deformatsiyasi va mexanik kuchlanish. Guk qonuni. Yung moduli


Download 109.85 Kb.
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi109.85 Kb.
#1005241
1   2   3   4
Bog'liq
qattiq jism deformasiyasi

Qiyofadoshlanish «qiyofadoshlanish tekisligiga» parallel tekisliklarda joylashgan atomlarning ma’lum masofaga siljishidan iborat bo’lib, bu masofa tekisliklarning qiyofadoshlanish tekisligigacha bo’lgan masofasiga proportsional bo’ladi. 7 - rasmda deformatsiya natijasida hosil bo’lgan qiyofadosh punktir chiziq bilan ko’rsatilgan. Bunda kristall panjara qirralari, dastavval qiyofadoshlanish tekisligiga   900 burchak ostida bo’lgan bo’lsa, 1800 - 2 ga teng burchakka buriladi.
Qiyofadoshlanish orqali deformatsiya olgan kristall bo’lagining panjarasi, kristallning deformatsiyaga uchramagan qismi panjarasini qiyofadoshlanish tekisligiga nisbatan oynadagi tasviri (qiyofadoshi) bo’ladi. Qiyofadoshlanish statik yuklanishda nisbatan kam, zarb bilan deformatsiyalanishda ancha tez-tez kuzatiladi. Qiyofadoshlanish nafaqat deformatsiyalanuvchi jismga tashqi kuchlarning ta’siri natijasida, balki plastik deformatsiyadan so’ng otjig (bo’shatash) natijasida ham paydo bo’lishi mumkin. Bunday xodisa, xususan, misda, latun (jez) va ba’zi boshqa, kubsimon yon tomoni markazlashtirilgan panjarali metallarda kuzatiladi. Qiyofadoshlanish sirpanib deformatsiyalanish bilan birga kelishi mumkin. Sirpanish bilan deformatsiyalanishda qiyofadoshlanish deformatsiyalash uchun zarur bo’lgan kuchni keskin kamaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar
Download 109.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling