Qattiq jismlar fizikasi elementlari. Yarim o’tkazgichlar reja
Yarimo’tkazgichlarda qaralashmali elektr o’tkazuvchanlik
Download 34.14 Kb. Pdf ko'rish
|
Qattiq jismlar fizikasi elementlari
Yarimo’tkazgichlarda qaralashmali elektr o’tkazuvchanlik.
Tabiatda sof yarim o’tkazgich bo’lmaydi. Har qanday yarim o’tkazgichga bir oz miqdorda o’zga element atomlari aralashgan bo’ladi. Ma’lumki umuman, har qanday jismdagi aralashma ham shu jismning elektr hususiyatiga ta’sir etadi, masalan metallardagi aralashma ularni arshiligini ortiradi. Dielektriklarda aralashma tufayli tok tashuvchilar vujudga keladi. Faraz qilaylik to’rt valentli germaniy (Ge) yoki kremniy (Si) atomlaridan tuzilgan kristall panjaraning ba’zi tugunlarida besh valentli atom masalan fosfor (P) yoki mishyak (As) joylashgan bo’lsin. Bu holda aralashma fosfor atomining to’rtta valent elektroni o’shni Ge atomlari bilan kovalent bog’lanishda bo’ladi. Beshinchi elektron esa atom bilan shunchalik zaif bog’langan bo’ladiki, xatto issiqlik harakat energiyasi ham bu elektronni atomdan ajralib ozod bo’lishiga yetarli bo’ladi. To’rt valentli element atomlaridan tuzilgan kristallga besh valentli element atomlari aralashgan bo’lsa, bunday yarim o’tkazgichning elektr o’tkazuvchanligi elektronli o’tkazuvchanlik bo’ladi. Buni ko’pincha n-tip o’tkazuvchanlik deyiladi Agar yarim o’tkazgichda elektr maydon hosil qilinsa, teshik elektr maydon kuchlanganlik vektori yo’nalishida ko’chib, yarim o’tkazgichda teshikli elektr o’tkazuvchanlik mavjud bo’ladi. Bunday elektr o’tkazuvchanlikni p-tip o’tkazuvchanlik (positiv-musbat) deb ham ataladi. p-tip yarim o’tkazgichdagi aralashma atomi kristallni tashkil etuvchi asosiy atomning elektronini qabul qilib olishi natijasida teshik vujudga kelganligi uchun, odatda uni akseptor (“qabul qiluvchi”) yoki p-tip aralashma deyiladi. p-tip aralashmalar tufayli taqiqlangan zonada akseptor sathi vujudga keladi. Valent zonaning yuqori energetik sathdan akseptor sathga elektronning o’tishi uchun lozim bo’lgan energiya Wa taqiqlangan zonaning energetik kengligidan qancha kichik bo’ladi ( Wa 0,1 eV). Bu o’tish natijasida valent zonada bo’sh energetik sathlar vujudga keladi. Elektr maydon ta’sirida quyiroq sathlardagi elektronlar yuqoriroq sathlarga ko’tariladi. Natijada teshiklar elektronlarning ko’chishi teskari yo’nalishda ko’chadi. p-n o’tishi va uning volt-amper xarakteristikasi. Ikkita bir xil element (masalan germaniy)dan iborat bo’lgan kristall parchasini ko’raylik. Birinchi kristall n-tip, ikkinchi kristall p- tip yarim o’tkazgich bo’lsin. Bu kristallar bir-biriga tegmagan (kontakt bo’lma-gan) hol 9-rasmda tasvirlangan. Endi, bu ikkala kristallni bir-biriga shunday jipslab tegizaylikki, natijada ular orasida nixoyat yaxshi elektr kontakt vujudga kelsin (9-rasm). Bu kontakt orqali birinchi kristalldagi zaryad tashuvchilar ikkinchi kristallga va aksincha, ikkinchi kristalldagi zaryad tashuvchilar birinchi kristallga o’ta boshlaydi. Natijada chegaraviy sohada qo’sh elektr qatlam vujudga keladi. Demak, har ikkala holda ham natijaviy tokning qiymati p-n o’tishga berilgan kuchlanishga bog’liq ravishda o’zgaradi. Bu bog’lanish p-n o’tishning volt-amper xarakteristikasi deyiladi. p-n o’tishning elektr qarshiligi to’g’ri yo’nalishda juda kichik qiymatga ega bo’ladi. Shuning uchun p-n o’tish orqali o’tuvchi to’g’ri yo’nalishdagi tokning qiymati teskari yo’nalishdagi tokning qiymatidan juda katta bo’ladi. Yarim o’tkazgichli diod va tranzistorlar. p-n o’tishning xususiyatlaridan foydalanib yarim o’tkazgichli to’g’rilagich (diod) va elektr signallarini kuchaytiruvchi qurilmalar (tranzistorlar) yasash mumkin. Ma’lumki p-n o’tishni p va n tipdagi yarim o’tkazgichlarni bir- biriga tegizish yo’li bilan hosil qilib bo’lmaydi. Shuning uchun p-n o’tishni hosil qilishni turli usullari mavjud. Download 34.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling