Qattiq jismlar fizikasi elementlari. Yarim o’tkazgichlar reja
Download 34.14 Kb. Pdf ko'rish
|
Qattiq jismlar fizikasi elementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kristallardagi energetik zonalar
QATTIQ JISMLAR FIZIKASI ELEMENTLARI. YARIM O’TKAZGICHLAR Reja Kristallarda energetik zonalar. Metallar, yarimo’tkazgichlar, dielektriklar. Yarimo’tkazgichlarni xususiy elektr o’tkazuvchanligi. Yarimo’tkazgichlarni aralashmali elektr o’tkazuvchanligi. p-n o’tish va uning volt-amper xarakteristikasi. Kristallardagi energetik zonalar. Ma’lumki atomdagielektronlar aniq diskret energetik qiymatlarga ega bo’ladi. Odatda, elektron ega bo’lishi mumkin bo’lgan energiyalarning qiymatlarini (gorizontal chizilar) ruxsat etilgan energetik qiymatlar deyiladi. Bu gorizontal chiziqlar energetik sathlar deb ataladi. Kristallarda atomlar orasidagi masofa a 10-9m bo’lganligi uchun bu atomlar orasida kuchli o’zaro ta’sir mavjud. Bu esa atomlar orasidagi potensial to’siqni kamayishiga olib keladi. Kvant nazariyasiga asosan elektronlar energiyasi energetik sath deb ataluvchi faqat diskret (ya’ni chekli oralilar bilan ajralgan) qiymatlarni qabul qila olishi mumkin. Sathlarni elektronlar tomonidan ishg’ol etilishida Paulining taqiqlanish prinsipi bajarilishi kerak. 5 ta elektronli atomning asosiy holatida elektronlarning sathlar bo’yicha joylashishi 3- rasmda keltirilgan. Odatda energetik zonaning kengligi bir necha elektron-volt bo’ladi. Agar kristall, masalan 1023 atomdan iborat bo’lsa, zonadagi sathlar oralig’i 10-23 eV bo’lar ekan. Absolyut nol haroratda kristall energiyasi minimal bo’lishi kerak. Shuning uchun valent elektronlar juft-juft holda ruxsat etilgan zonaning pastki sathini to’ldiradi. Bu sathlar atomning asosiy valent elektronlar egallagan sathdan xosil bo’ladi. Buni biz valent zona deb ataymiz. Bu zonaga eng yaqin turgan ruxsat etilgan zona, bo’sh zona yoki o’tkazuvchanlik zonasi deyiladi. Bu ikki zona taqiqlangan zona bilan ajratilgan bo’ladi Metallar. Yarimo’tkazgichlar, dielektriklar. Valent zonadagi energetik sathlar elektronlar tomonidan qanchalik ishg’ol etilganligi va taqiqlangan zonaning energetik kengligiga qarab barcha qattiq jismda uch sinfga bo’linadi. Download 34.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling