Qattiq jismlar va biologik to`qimalarning mexanik xossalari qattiq jismlar


Download 1.93 Mb.
Sana25.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1654834
Bog'liq
2-mavzu.Qattiq jismlar biologik xossa

QATTIQ JISMLAR VA BIOLOGIK TO`QIMALARNING MEXANIK XOSSALARI

QATTIQ JISMLAR


Qattiq jismning o‗ziga xos hususiyatlaridan biri o‗z shaklini saqlab qolishidir. Qattiq jismlarni kristall va amorf jismlarga ajratish mumkin. Kristall holatning farqli xossasi anizatropiyadir, ya‘ni fizik (mexanik, issiqlik, elektrik, optik) xossalarning yo‗nalishga bog‗liq bo‗lishidir. Kristallar anizatropiyasining sababi ularni tashkil etgan atom va molekulalarning tartibli joylashishidan iborat bo‗lib ayrim monogristallarning tashqi ko‗rinishi muntazam geometrik shaklda bo‗lishida namoyon bo‗ladi.

Amorf holda bo`lgan jismlar ichki tuzilishlaridagi eng muhim bo`lgan xususiyat kristall holat uchun xos bo`lgan uzoq tartibning yo`qligi, ya‘ni butun jism bo`yicha atom va atomlar gruppasining barcha yo`nalishlardagi joylashishlarida jiddiy takrorlanishning yo`qligidir. Shu bilan birga amorf holdagi moddalarda yaqin tartib, ya‘ni yondosh zarrachalar joylashishida muayyan tartib mavjuddir. Masofa ortishi bilan bu tartib kamayib boradi

  • Amorf holda bo`lgan jismlar ichki tuzilishlaridagi eng muhim bo`lgan xususiyat kristall holat uchun xos bo`lgan uzoq tartibning yo`qligi, ya‘ni butun jism bo`yicha atom va atomlar gruppasining barcha yo`nalishlardagi joylashishlarida jiddiy takrorlanishning yo`qligidir. Shu bilan birga amorf holdagi moddalarda yaqin tartib, ya‘ni yondosh zarrachalar joylashishida muayyan tartib mavjuddir. Masofa ortishi bilan bu tartib kamayib boradi
  • Haroratning pasayishi va bosimning oshuvi amorf jismlarning harakatchanligini kamaytiradi va ularning hammasi qattiq jism bo`lib qoladi. Qattiq amorf holatni boshqacha shishasimon holat deb ham aytiladi.

QATTIQ JISMLARNING MEXANIK XOSSALARI

BIOLOGIK TO`QIMALARNING MEXANIK XOSSALARI


1
2

Qon tomirlar to`qimasi

  • Qon tomirning mexanik xosalari birinchi navbatda kollagen, elastin va silliq muskullar tolasining xossalari orqali aniqlanadi. Qon tomirlari to`qmasining bunday tarkibiy qismlardan iboratligi qon aylanish sistemasining ish faoliyati davomida o`zgarib boradi: umumiy uyqu arteriyasida elastinning kollagenga nisbati 2:1, sondagi arteriyada esa 1:2 bo‗ladi. Yurakdan uzoqlashgan sari silliq muskul tolalarining hissasi oshib boradi, arteriolalarda esa ular qon tomirlari to`qmasining asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi.

Teri

  • Teri. U kollagen tolalaridan, elastik (kollagen kabi tolali oqsil) tolalaridan va asosiy to‗qima matritsadan iborat. Kollagen quruq massaning 75% ini, elastik esa taxminan 4% ini tashkil etadi. Mexanik xossalari bo‗yicha taxminiy ma‘lumotlar 14- jadvalda keltirilgan. Elastin deyarli rezina kabi juda kuchli (200-300% gacha) cho‗ziladi. Kollagen 10% gacha cho‗zilishi mumkin, bu esa kapron tolasiga mos keladi. Yuqorida aytilganlardan ma‘lumki, teri yuqori elastiklik xossasiga ega bo‗lgan yopishqoq — elastik material bo‗lib, u yaxshi cho‗ziladi va uzayadi.

Teri


Materiallar

Yung moduli,
GPa

Mustahkamlik chegarasi, MPa

Kollagen

10-100

100

Elasten

0,1-0,6

5

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling