Qattiq yog`larning erish va qotish haroratini aniqlash amaliy mashg`ulot №6 Qattiq yog`larning erish va qotish haroratini aniqlash
Download 19.77 Kb.
|
Qattiq yog
Qotish haroratini aniqlash.
Har bir suyuq jismni sovutishda, qattiq jismni isitishga teskari jarayon boradi. Harorat tushishi bilan suyuqlik molekulalari xarkatining o’rtacha energiyasi kamayadi, ma’lum vaqtda kristall struktura paydo bo’ladi va suyuq jism qattiq xolatga o’tadi. Demak erish va qotish qaytalanish jarayonlarini namoyon qiladilar. Kimyoviy toza individual moddalar uchun erish va qotish harorati qiymatlari to’g’ri keladi. Yog’ kislota va glitseridlarning qotish harorati erish haroratiga nisbatan bir necha gradusga past bo’ladi. Kristallanish jarayonida glitseridlar yoki Yog’ kislotalar aralashmalarini ohirgi qotish vaqtini aniqlash qiyin. Boshqa sabab: erish va qotish harorati orasidagi farq sovish xodisasi mavjudligini belgilaydi. Yog’ni qotish jarayoni deb kristallanish markazi hosil bo’lishiga aytiladi. Bu kristallanish markazi hosil bo’lishi xarakatlanayotgan molekulalar assotsiatsiyasi natijasida bo’lib, ularning kinetik energiyasi harorat pasayishi bilan kamayadi. Buning natijasida alohida molekulalar orasida bog’lanish kuchi hosil bo’lish xoliga etguncha bir-birlariga yaqinlashadilar va molekulalar guruhini hosil qilib, ularning erkin energiyalari eng kam xolatga keladi. Yog’ kislotalar molekulalari erkin energiyalarini pasayishi ularning ko’payishiga olib keladi. Bu esa qotayotgan Yog’ning qotish haroratini oshiradi. Bundan tashqari Yog’ kislotalarning katta molekulalari glitseridlarning kristal zanjirlarida joy egallashi uchun, vaqt kerak bo’ladi, chunki qovushqoq molekulalar xarakati ancha sust. Yog’larni va Yog’ kislotalarni erish va qotish haroratlari orasidagi farq polimorf xodisasi bilan bog’liqdir. 1-rasm. Sovutish jarayoni grafiklari. Yog’larni va Yog’ kislotalarni tarkibiga bog’liq holda bir necha marta harorat to’xtashi va ko’tarilishi sodir bo’ladi. SHuning uchun qotish harorati kattaligi sifatida Yog’ning va Yog’ kislotalarining sovitish jarayoni grafigidan minimal harorat qiymati olinadi.
Download 19.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling