Qayd raqami
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed
Bixeoviorizm maktabi
XX asr boshlarida xulq-atvor psixologiyasining predmetini ta’kidlagan kuchli yo‘nalish paydo bo‘ldi. U tashqi muhit stimullari bilan shartlangan va unga adaptatsiyalashadigan organizmning reaksiyalari majmuasi sifatida maydonga chiqdi. Mazkur yo‘nalish xulq-atvorga asoslandi va bixeviorizm deb nomlandi. XIX asr oxirida psixologiya fani taraqqiyotiga doir bahslar yagona fikrga kelishga va yangi, pozitiv psixologiyaning yaratilishiga imkon beradi, deb hisoblandi. Ong fenomenini o‘rganuvchi psixologiyada, organizm – muhitni yaxlit holda o‘rganuvchi psixologiyaga o‘tish tendensiyasi kuzatildi. Biroq dastlabki maktablarning rivojlanishi shuni ko‘rsatdiki, psixologiyada bu yo‘nalishdagi rivojlanish uchun bir necha yo‘l mavjudligi va ular bir-biridan faqatgina ustuvorlik va psixologiya fani vazifalari nuqtai nazaridan emas, balki psixologiyaning mazmuni va predmetini tushunib, aniqlashtirib olish nuqtai nazaridan xam tubdan farq qildi. Psixik rivojlanish dinamikasida uning qonuniyatlari va shart-sharoitlariga ijobiy ta’sir etuvchi yoki xalaqit beruvchi holatlarga turlicha yondashuvlar paydo bo‘ldi. Shuning uchun XX asr boshlarida psixologiya jiddiy metodologik krizisni boshdan kechirdi. Bu esa, avvalo, psixikani tatbiq etish bilan bog‘liq ob’ektiv metodlarni izlash bilan namoyon bo‘ldi. Funksional psixologiya tomonidan ilgari surilgan strukturalizm yoki vyursburg maktabi tomonidan ilgari surilgan metodlarning ob’ektivlikdan yiroqligi olingan natijalar taxlili paytidagi bahslar orqali yanada oydinlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, insonning psixik holatini, uning ongi mazmunini, ong osti holatini o‘rganish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ob’ektiv metod topish amri mahol. Vaziyatdan chiqish uchun bilvositalik ahamiyatini kasb etuvchi metodni yoki bevosita real eksperimental tadqiqotni tashkil qiluvchi uning predmetini o‘zgartirish (m: tashqi faollikni predmet sifatida ko‘rsatish) yoki Diltey ta’kidlaganidek, psixik qonunlarni tasvirlashdan voz kechib, ularni holatlar tarixi bilan almashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Metodologik krizisning mazmuni hamda kechishi dinamikasiga fan shakllanishi mantiqidan tashqari ijtimoiy vaziyat va boshqa fanlardagi yangiliklar ta’sir qildi. XX asrning birinchi 10 yilliklarida turli ilmiy qiziqishlar metodologik tamoyillar va ijtimoiy vaziyatda faoliyat ko‘rsatgan olimlar psixologiyaning predmeti, maqsadi va uning metodlarini anglashda yagona to‘xtamga kela olmadilar. Bu vaziyat olimlar tomonidan psixologiyaning taraqqiyotidagi inqiroz deb baholandi. Albatta, rivojlanish – taraqqiyot yangiliklarni izlash, xatolarsiz amalga oshmaydi. Zamonaviy taraqqiyot psixologiyasi isbotlaganidek, har bir tanqidiy davr negativizm inkor etish bilan boshlanadi va yangilanish bilan almashinadi. Aytish lozimki, XX asrning yuzini namoyon qilgan buyuk ilm-fan namoyondalari yetishib chiqqan va ilmiy ijodiyot gullab yashnagan bir davrda ayrim olimlar tomonidan ochiq inqiroz deb baholandi. Demak, XX asrning 20-yillarida psixologiya alohida maktablarga ajraladi va psixikaning mazmuni hamda tuzilishidagi ustuvor xususiyatlar xakida o‘z konsepsiyalarini psixikaning bilish, motivasion yoki xulq-atvor qirralari jixatidan ilgari surishadi. Bu davrda paydo bo‘lgan asosiy yo‘nalishlardan biri – bixeviorizm yo‘nalishi edi. Bixeviorizm yo‘nalishi AQSh da paydo bo‘ldi. Uning “otasi” Djon Uotson (1878-1958), uning «Psixologiyaga bixeviorist nuqtai nazari bilan karash» nomli makolasi ushbu yo‘nalishni boshlab berdi. Yo‘nalishning mohiyati “xulq-atvor” terminini tasvirladi, uning o‘zi esa bixeviorizm deb nomlandi. Bixeviorizmni “psixikasiz psixologiya” deb atay boshlashdi. Ushbu burilish psixika bilishga aynan o‘xshashligini ta’kidlaydi. Bixevioristlar psixik sifatlar haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuborishdi. Ushbu yo‘nalish tarafdorlari eksperimentlarning natijalariga tayanib, shaxs xulq-atvorining har qanday tabiiy ko‘rinishini tushuntirishga muvaffaq bo‘lishga umid qildilar. Bixeviorizm - psixologiyada dastavval AQSh da hayvonlarda o‘tkazilgan kuzatishlarning natijasi sifatida paydo bo‘lgan yo‘nalishdir. Bixeviorizmning negizini psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixikani va ongni inkor etish yotadi. Faqat xulq-atvorgina tadqiqot predmeti deb tan olinar, psixologiyaga esa xulq-atvor va muhitning o‘zaro nisbati qonuniyatlarini tadqiq etish tavsiya qilinar edi. Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning vazifasi hissiyot organlariga ta’sir qiladigan omil - stimul (S) ni, ya’ni qo‘zg‘atuvchi (gap qistirish, o‘q otish, surat ko‘rsatish va shu kabilar) ni bilgan holda unga javob, ta’sir - reaksiya (R) qanday bo‘lishini yoki ta’sirotni) bilgan holda uning qaysi bir omilga javob tariqasida yuz berganini oldindan aytib berishdan iborat edi. Klassik bixeviorizmning formulasi S R dir. Bixevioristik psixologiyaning mexanistikligi izchildir: odam - bu xuddi hayvonlar kabi, psixikaga egami, yo yo‘qligidan qat’iy nazar, u qo‘zg‘atuvchilarga javob beradigan o‘ziga xos bir mashinadir, deb uqtirishdi. Stimul bilan reaksiya (S > R) o‘rtasidagi, ya’ni miyaga «kirish» bilan «chiqish»da yuz beradigan narsalar o‘rtasidagi nisbatan ro‘kach qilib, bixeviorizm «kirish» bilan «chiqish» o‘rtasida nima boru, nima yo‘qligini bevosita kuzatish mumkin bo‘lmaganligi sababli, ularni ilmiy tahlil qilib bo‘lmaydigan («qora quti») soha deb e’lon qilgan edi. Bixevioristlar o‘z eksperimentlarini asosan hayvonlarda (hammadan ko‘proq oq sichqonlarda) o‘tkazib, so‘ngra shu tariqa chiqarilgan xulosalarni odamga nisbatan joriy etishardi. Uning uchun ham kishi shaxsining faolligi amalda inobatga olinmasdi. Bixeviorizm o‘rgatish jarayonini ham xuddi shu xilda mexanistik tarzda ta’riflagan edi. Bixevioristlar hayvonlarning xatti-harakatini (masalan, eksperimentda labirintdan chiqish yo‘lini izlashini) o‘rganib, muammoning yechimiga «sinash va adashish» yo‘li bilan erishilishi haqidagi xulosaga (E. Torndayk va boshqalar) kelishadi. Bunday yo‘l ko‘pgina variantlar tanlab chiqilgandan keyin istalganiga erishilishini ta’minlaydigan bitta varianti qolmaguncha tusmollab qilingan harakatlarning «ko‘r-ko‘rona tanlanishi» deb talqin qilinardi. Bu xulosa odamning hayvondan sifatiy farqlarini inkor etish uchun inson haqidagi ta’limotning ta’rifiga ham joriy qilingan edi. Bixeviorizmning shiori xulq-atvor haqidagi tushuncha bo‘lib, u organizmning ichki va tashqi stimullarga javob reaksiyasidan iboratdir. Bu tushuncha rus ilm-fanida I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va V.M.Bexterevlar ishlarida rivojlantirildi. Ular isbot qilishicha, psixik faoliyat sohasi faqatgina ichki kuzatuv orqali anglanadigan (introspeksiya) sub’ektdagi ong hodisalari bilangina chegaralanib qolmaydi, ya’ni bu holda organizm qalb (ong) va tana (moddiy tuzilma sifatidagi organizm)ga ajratib ko‘rsatilishi zarur. Bixeviorizm amaliy psixologiyada xulq-atvor nuqtai nazaridan yondashuvning dastlabki manbai bo‘lib, psixologning diqqat markazida “xulq-atvor nimadan iborat”, “biz xulq-atvorda nimani o‘zgartirishni xohlaymiz”, “bu uchun nima qilish zarur” kabi savollarni qamrab oladigan inson xulq-atvori turadi. Vaqt o‘tishi bilan bixevioral va xulq-atvor yo‘nalishlarini bir-biridan farqlash fursati keldi. Amaliy psixologiyada bixevioral yo‘nalish klassik bixeviorizm tamoyillarini tasarruf etadigan, ya’ni birinchi navbatda inson xulq-atvorini tashqi, kuzatish imkoni mavjud bo‘lgan va insonni faqatgina ta’sir ob’ekti sifatida ko‘radigan yondashuvga aylandi. Xulq-atvorga asoslangan yo‘nalish ancha keng ma’noda qo‘llaniladi. U o‘zida nafaqat bixevioral, balki kognitiv-bixevioral, shuningdek shaxs xulq-atvori yondashuvlarini qamrab oladigan yo‘nalish bo‘lib, u orqali psixolog insonda tashqi hamda ichki xulq-atvor, hayotning u yoki bu pozisiyasini egallash bo‘yicha fikr va emotsiyalar hamda ushbu harakatlar muallifi sanalmish u uchun javobgar bo‘lgan shaxsni ko‘radi. Bu borada ko‘pgina olimlar o‘zlarining tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling