Qayd raqami


-MAVZU: BЕGОNАLАSHISH PSIХОLОGIK MUАMMО SIFАTIDА


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/68
Sana03.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1153806
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
Bog'liq
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed

7-MAVZU: BЕGОNАLАSHISH PSIХОLОGIK MUАMMО SIFАTIDА 
REJA:
1. Bеgоnаlаshish mехаnizmlаri vа ulаrning psiхоlоgik tаvsifi. Bеgоnаlаshishni tаdqiq etish 
imkоniyatlаri. 
2. Аdаptаsiya psiхоlоgik muаmmо sifаtidа. Аdаptаsiya turlаrining psiхоlоgik o`zigа хоsligi 
vа o`rgаnish mеtоdlаri. 
3. Tа’sir o`tkаzishning psiхоlоgik ko`riniishlаri: infоrmаsiоn-psiхоlоgik, psiхоgеn, 
psiхоаnаlitik, nеyrоlinvistik, psiхоtrоn, tаsоdifiy, kоnvеntsiоnаl, eksprеssiv. Psiхоlоgik tа’sir: 
оpеrаtsiоi fаоliyat. prоtsеssuаl (mа’qullаsh), jаvоb rеаktsiyasi (qаytа qurish). Sоtsiаl 
kоngruentsiya fеnоmеnаl hоlаt tаriqаsidа.
4. Sоtsiоlizаtsiya (ijtimоiylаshuv)ning tub mоhiyati tushunshаsi (dеmоkrаtizm dаvridа): 
аktuаl «Mеn»ning mоhiyati. Tоtаlitаr dаvrdа sоtsiаlizаtsiya: mаzахizm, sаdizm, dеstruktsiya, 
kоnfоrmizm. Ulаrni tаdqiqоt etish mеtоdlаri vа mеtоdikаlаri. Fеnоmеnаl hоlаtlаrni ilmiy 
tushuntirishdа bоrliqni ilgаrilаb аks ettirish, sеnsоmоtоr pеrtsеptiv ekstrаpоlyasi, bаshоrаt 
qilishning ehtimоllаri nаzаriyalаrining rоli. Uning psiхоlоgik mоhiyati, tаvsifi vа tаdqiq etish 
imkоniyatlаri. 
Unday yoki bunday xususiyatli ijtimoiy-psixologik rolli funksiyalarni egallash hamda 
odamlar o‘rtasida ijtimoiy-psixologik mavqe (status) qozonish bilan bogliq bo‘lgan ijtimoiy-
psixologik jarayon adaptatsiya (moslashish) deyila di. Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya 
(moslashish) jarayonida inson hayot va faoliyatining tashqi va ichki sharoitlari o‘rta sida 
uyg‘unlikka (garmoniyaga) erishish uchun uzluksiz ravishda harakat qiladi. Mazkur jarayonni 
amalga oshirish yoki ro‘yobga chiqarish davomida shaxsdamuhitga moslashuvchanlik xususiyati 
darajasi ko‘tariladi. Turlicha holatlarda moslashuvchanlik to‘laqonli ro‘yobga chiqqandan 
keyingina shaxs muhitning muayyan sharoitlari bilan o‘zining faoliyati o‘rtasidagi adekvatlikka 
erishadi. 
Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya - inson boshqa odamlar bilan, qolaversa, jamiyat bilan 
o‘zaro ta’sir o‘tkazishda vu judga keluvchi destabilizatsiya holati, bezovtalanish, ichki psixik 
zo‘riqish kabilarni pasaytirish va bartaraf etishda shaxsning mudofaa (himoya) vositasi sifatida 
gavdalanadi. Bunda psixikaning himoya (mudofaa) mexanizmlari shaxsning psixologik 
adaptatsiyasi usuli tarzida ro‘yobga chiqadi. Tadqiqotlarning guvohlik berishicha, 
jarohatlantiruvchi hodisa yoki voqelik ularning paydo bo‘lishi va yuzaga kelishi aha
:
miyatining 


aniqlovchisidir. Umuman, shaxs psixologik himoya (mudofaa) mexanizmlarini egallab ulgursa, bu 
holat uning 
adaptiv (moslashuv) potensialini (imkoniyatini) ko‘taradi, shu bilan birga ijtimoiy-
psixologik adaptatsiya jarayoni muvaffaqiyatga yordam beradi. Psixologik himoyadan tashqari
ijtimoiy-psixologik adaptatsiyaning boshqa funksiyalari qa- toriga quyidagilar kiradi: 
1) «shaxs- ijtimoiy muhit» munosabati dinamik sistemasida optimal tenglikka erishish; 
2) muomala va o‘zaro munosabatlarni boshqarish; shaxsning qobiliyatlari va ijodiy 
imkoniyatlari rivojlanishi va maksimal namoyon bo‘lishi; odamning ijtimoiy faolligining 
ko‘tarilishi; 
3) shaxsda emotsional-komfortga nisbatan pozisiyalari (qarashlari)ni shakllantirish; 
4) shaxsning o‘zini o‘zi namoyon etishi; 
5) o‘zini o‘zi bilish va o‘zini o‘zi tuzatish (korreksiyalash); 
6) ham shaxsni, ham ijtimoiy muhit (jamoa)ni moslashtiruvchi faoliyatning samaradorligini 
oshirish; 
7) ijtimoiy muhit jipsligi va barqarorligini oshirish; psixologik salomatlikni saqlash. 
Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya ikki tipga (toifaga) ajratiladi va ular quyidagicha 
tavsiflanadi: 
1) progressiv (taraqqiyparvar): barcha funksiyalar va maqsadlarni to‘liq adaptatsiyaga 
erishish xususiyatiga ega bo‘lib, bir tomondan ularni amalga oshirishda shaxsning qiziqishlari va 
maqsadlari birligi erishiladi, ikkinchi tomondan jamiyat guruhlari bilan; 
2) regressiv - shartli moslashuv sifatida vujudga keladi, shaxsning o‘ziga va mazkur ijtimoiy 
guruhning rivojlanishiga, jamiyatning manfaatiga javob bera olmaydi. Ba’zi psi- xologlar 
regressiv adaptatsiyani konformlashgan, asoslangan ijtimoiy qoida (norma)larni va talablarni 
shaxs tomonidan shartli ravishda qabul qilinganlik deb baholaydilar. Bunday vaziyatlarda shaxs 
o‘zini o‘zi namoyon etish imkoniyatidan, o‘zining ijodiy qobiliyatlari vujudga kelishidan, o‘z 
qadr-qiy- 
matini his qilib ko‘rish sinovidan mahrum bo‘ladi. Faqat regressiv adaptatsiya shaxsning 
haqiqiy ijtimoiylashuviga yordam berishi mumkin, shuningdek, konformistik strategi- yani o‘zida 
uzoq muddat mujassamlashtiruvchi sifatida shaxs xulq-atvorida uzluksiz ravishda xatolarga yo‘l 
qo‘yish maylini shakllantiradi. Bu esa (hodisa) yangidan yangi muammoli vaziyatlarni vujudga 
kelish sari yetaklaydi, lekin moslashuv uchun unda na adaptiv qobiliyatlar, na tayyor mexanizmlar 
va ularning majmualari mavjud emas. 
Amalga oshish mexanizmi bo‘yicha ijtimoiy-psixologik adaptatsiya ixtiyoriy va majburiy 
turlarga ajratiladi. Ixtiyoriy adaptatsiya - bu insonning xohishi, moyilligi orqali ro‘yobga 
chiquvchi holatdir. Odam o‘ziga zid, hatto unga yoqmay- digan salbiy, xohishiga qarama-qarshi 
ijtimoiy hodisalarga (vaziyatlarga) ilojsiz ravishda moslashishi mumkin (tutqinlik, sekta 
zo‘ravonlik, vahobiylik, diktatura va hokazo). Bunday toifadagi ijtimoiy moslashuv majburiy deb 
nomlanadi. Bu tipdagi adaptatsiya inson psixikasiga zarar keltirishda, ya’ni shaxsning axloqiy, 
intellektual sifatlarining defor- matsiyasi hisobiga kechadi, unda mental va emotsional buzi- 
lishning avj olishi natijasida muhitning (makro, mikro, mize) o‘zgarishiga olib keladi, hatto inson 
o‘z ruhiy olamini (tabiatini) o‘zgartirish uquvidan ham mahrum bo‘ladi. 
Umumiy psixologiya va ijtimoiy psixologiya sohalarida «adaptatsiya» termini bilan bir 
qatorda «readaptatsiya» tushunchasidan ham foydalaniladi. Bizning nuqtai nazarimizcha, 
insonning turmush tarzi va faoliyati mazmuni shart-sharoit- larida tub o‘zgarishlarning sodir 
bo‘lishi tufayli uning shaxsiyatida, xarakterologik xususiyatlarida qayta qurilishlar, yangilanishlar 
jarayonining kechishi readaptatsiya deb ataladi. Jumladan, tinchlik, osoyishtalik holatidan harbiy 
vaziyatga, o‘z vatanini tark etib, o‘zga yurtda qo‘nim topish, yakkayu yolg‘iz turmush kechirish 
oilaviy hayotiga ko‘nikish va hokazo. Odat- da, adaptatsiya bilan readaptatsiya tushuychalari 
o‘zaro bir-bi- 
ridan shaxs psixikasida qayta qurilishlar, yangilanishlar kechishining darajasi bilan 
farqlanadi. Adaptatsiya jarayoni psixokorreksiya, ruhiy qayta qurilishni tugallash, takroriy 
shakllanish, shaxs psixikasining ba’zi funksional sistemasini qisman qayta qurish bilan bevosita 


bog‘liq. Readaptatsiya qaerda shaxsning qadriyatlari, ma’noviy darajasi, maqsadi, xulq normalari, 
ehtiyojiy-motivasion doirasi mazmunan, usluban qarama-qarshilikka duch kelsa,sodir bo‘ladiki, u 
holda muayyan darajada o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Mabodo readaptatsiya jarayonida 
shaxsning hayoti va faoliyatida oldingi sharoitlarga o‘tish (qaytish) ehtimoli yuzaga kelsa, u 
taqdirda sub’ekt o‘zida adaptatsiyaga nisbatan muhtojlikni his etishi mumkin. Masalan, odamning 
tinch-osoyishta, hotirjam fuqa- rolik hayoti va faoliyatidan harbiy sharoit (muhit, ekstremal 
vaziyatlar)ga o‘tishi odatiy adaptatsiyaning ro‘yobga chiqishidan tashqari, uning psixikasida qayta 
moslashuvning amalga oshi- shini taqozo etadi. Harbiy xizmatchilarning (turli qurolli 
tuzilmalarning askarlari) iste’foga chiqib, o‘zaro tenglik asosida qurilgan fuqarolik hayotiga 
qaytishida ko‘pincha jid- diy psixologik asoratlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi readaptatsiya 
jarayoni kechadi. 
Psixologiya fanida etnomadaniy adaptatsiya termini (so‘z birikmasi) ham mavjud bo‘lib, 
begona madaniyat, ma’naviyat, millatlararo munosabatlarga elatlar va etnoslarni mosla- shishining 
o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlari mohiyati to‘grisida bahs yuritadi. 
Etnomadaniy adaptatsiya - bu ijtimoiy-psixologik adaptatsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, 
odamlarning yangi madaniyatga ijtimoiy, psixologik jihatdan odatlanishi, moslashishi va 
ko‘nikishni o‘zida mujassamlashtirish, shuningdek, begona, notanish mil- liy an’analar, 
qadriyatlar, turmush tarzi, xulq-atvori etnoslararo ta’sir, ta’sir o‘tkazish qatnashchilarining 
kutilmasi, talablari va normalariga rioya qilishlikni muvofiqlashti- rishdir. Odatda, inson uch 
bosqichni bosib o‘tgandan keyin etnomadaniy adaptatsiya jarayoniga kirib boradi, uning xulqi, 
qadriyati, ijtimoiy ko‘rsatmasi (attityud), psixikasi muayyan transformatsiyalar yordami bilan 
kuzatib boriladi. Birinchi bosqichda shaxsda ko‘tarinki kayfiyat va tashabbuskorlik emotsional-
hissiy kechinmalar vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda esa frustratsiya, depressiya, parokandalik 
hislari ishtirok etadi, uchinchisida bo‘lsa, o‘z kuch-quvvatiga ishonch, o‘zining kechinmalarini 
qondirish hissi ro‘yobga chiqadi. Bizningcha, odamlarning psixologik qiyofasi bilan etnoslar 
(guruhlar) o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlanish darajasi: 
1) etnomadaniy adaptatsiyaning davomiyligiga; 
2) ularning guruhiy va individual farqlariga; 
3) ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik muhit bilan tabiiy sharoit munosabatiga; 
4) yangi milliy madaniyatga kirishishdagi individual taj- ribasiga; 
5) etnik guruxdagi psixologik muhitga; 
6) turli etnik birliklarga taalluqli odamlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning mavjudligiga bogliq. 
Destruktiv xulqning bir ko‘rinishi bo‘lgan jamoatchilik ijtimoiy–tarixiy taraqqiyotni har 
bir bosqichida salbiy oqibatlarga olib keluvchi, jamiyatni tashvishga soluvchi fenomenal hodisa 
sifatida tadqiqotlarning diqqat -etiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. Chunki jamoat tartibiga
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar ijtimoiy tuzumning yaxlitligiga tahdid soladigan, uning 
farovonligiga, barqarorligiga putur yetkazadigan aksil xulq-atvor ko‘rinishlari jamoatchilikda 
mujassamlashadi. 
Jahon mamlakatlaridan jinoyatchilik muhim muammolardan biriga aylanganligi tufayli 
o‘tgan yillar bilan taqqoslaganda, jinoyatning miqdoriy ortganligi ichki mohiyati bo‘yicha 
o‘zgarishlar yuz berganligi qayt qilinmoqda. Ayollar va balog‘atga yetmagan yoshlar o‘rtasida 
jinoyatchilikning biroz ko‘payishi keng jamoatchilikni, xalq talimi tizimi xodimlarini, ota-
onalarni, huquq tartibot tashkilotlari mutaxasislarni tashvishga solmoqda. Ayniqsa, voyaga 
yetmagan 
yoshlar 
jinoyatchilikni 
oldini 
olish 
uchun,birinchidan, 
kriminalogiya 
psixokriminalistika sohalarining ilmiy imkoniyatlarini bashorat qilish, ikkinchidan, psixalogiya 
fani metodlari,metodikalari samaradorligini tashxis qilish, uchinchidan, pedagogika satsial 
pedagogika tarmoqlari tadbiqiyligini nazariy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish, to‘rtinchidan, 
insonshunoslik fanlari yutuqlariga asoslangan holda talim tizimini amalga oshirish, xulq- atvorida 
og‘ish sezigan o‘quvchilar bilan maxsus tarbiyaviy tadbirlarni izchil yo‘lga qo‘yish, beshinchidan, 
balog‘atga etmaan yoshlar o‘rtasida qonunbuzarchilikni barham topdirish uchun davlat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan dastur ishlab chiqish maqsadga muofiqdir, oltinchidan,ular 


jinoyatchiligining oldini olishga majmuaviy yondashuv ijobiy natijalar berishining strategiyasi 
va taktikasini yaratish ayni mudddaodir.
Keyingi yillarda balog‘atga yetmagan jinoyatchi va qonunbuzarlar (qoidabuzarlar) 
psixalagik xususiyatlarini tadqiq etishga nisbatan qiziqishlar ko‘lami ortib bormoqda.Jinoyatchi 
balog‘atga yetmaganlar psixalogiyasi nazariy uslubiy tomondan o‘rganilibgina qolmasdan, balki 
ularning xulq-atvor,xarakteralagik xususiyatlarini (illatlari, salbiy ko‘rinishlarini) tuzatishning 
psixalagik, psixoterapevtik usullari, vositalari, texnalogiyalari amaliyotga joriy qilinmoqda. 
Bunday faoliyat nafaqat qonunbuzar o‘smirlar tarbiyalanayotgan maxsus maktablarda, balki jazoni 
ijro etish koloniyarida ham amalga oshirilmoqda .
Lekin jazoni ijro etish koloniyalarida mahkum balog‘atga yetmaganlarning o‘zini ozi 
baholashi, ota-onalarning farzandlariga nisbatan munosabatlari, ijtimoiylashuv jarayoni,unga 
moyillikning psixalagik xususiyatlari juda ham o‘rganilgan. koloniyalarda hukm muddatini 
o‘tayotgan balog‘atga yetmaganlar bilan psixalogik, psixoterapevtik xizmatni joriy qilish zamon, 
davr talabiga javob bermaydi.
XXl Asrgacha olib borilgan psixalogik tadqiqotlar,asosan voyaga yetmagan inspeksiyasi 
ro‘yxatida turgan, destruktiv xulq subyektlari ustida olib borilgan. Aksariyat tadqiqotlarda
qonunbuzar voyaga yetmagan yoshlarning xulq-atvor motivatsiyasi, ehtiyojlari, qiziqishlari
xarakter xususiyatlari llo‘rganilgan xolos.
Bioijtimoiy mavjudod sifatida tariflangan insonlar goho ijtimoiy talablarga aksil xatti-
harkatlarni namoyon qilishadi,bazilari esa bunday xulq atvor unsurlarini turmush tarziga 
aylantirishgan.Bazi hollarda ijtimoiy tartib-intizomni buzuvchi,qo‘paruvchi balog‘atga yetmagan 
yoshlar kuzatilmoqda. Jinoyat bir tomondan qonunlar bilan nazorat ostiga olinadai, ikkinchi 
tomondan uning bialogik, psixalogik, sotsialogik sabablari tadqiq qilinadi, uchinchi tomondan esa 
jinoyatni oldini olish chora tadbirlari izlanilmoqda.Jinoiy xatti harakatlarni o‘rgangan 
tadqiqotchilar turlicha talimotlar yaratmoqdalar va orginal g‘oyalarni bahs-moshohada maydoniga 
olib kirmoqda.
Adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha,jinoyatchilikni tushuntirib beruvchi talimotlar va 
yondashuvlarni uchta (psixologik, biologik, sotsialogik)guruhga ajratish mumkin. Quyida ushbu 
yondashuvlarning qisqacha tahlili, talqini, tavsifi beriladi. 
Jinoyatchilikga bialogik yondashuv ta’limoti talqiniga qaraganda, odamlarning tana 
tuzilishi xususiyatlari va mijozlari ularni jinoyatga yo‘naltiradi.Bunday nuqtai nazarning dastlabki 
vakillaridan biri hisoblangan Lombrosso jinoiy ishga moyillikning irsiy (nasliy) ekanligini va 
jinoyatchi bo‘lib tug‘ulganlar odamzotning ibtidoiy ota-bobolari bilan bialogik va fizialogik 
jihatdan o‘xshashlik mavjundligini ko‘rsatuvchi g‘oyani ilgari surgan.Lombrossoning 
mulohazalaricha, jinoyatchi bo‘lib tug‘ilganlar uzun bo‘yli qisqa va qalin iyakli, siyrak soqolli 
kabi bialogik xususiyatlaga egadir. 
Bialogik yondashuvning yana bir vakili Sheldon insonlarni to‘rt guruhga ajratib ko‘rsatgan: 
1) Endomorflar–semiz, bo‘yin eguvchi va jismoniy faoliyatga moyillik ko‘rsatmaganlar;
2) Mezomorflar-qalin suyakli mushaklari rivojlangan, tuzilishga ega,jismoniy faol o‘zini 
majburlab qabul ettiruvchi va juratkor tiplar; 
3) Ektomorflar –ozg‘in, uzun bo‘yli va introvertlar; 
4) Muvozanatli toifalar – etiborni tortmaydigan xususiyatlarga ega aralash toifalar. 
Sheldon 200ta jinoyatchi ustida tadqiqot olib borib, ularning 60 foizi mezomorf toifada
ekanligini aniqlagan. O‘tmishda amalga oshirilgan bunga o‘xshash tadqiqotlar jiddiy bir
uslubiy muammolarning zaifligi, inson tanasi, fizialogiyasi va miyasi bilan bog‘liq
malumotlarni kamliga va jinoiy hatti harakat sabablarini tushintirishda ratsional
mulohazalarni taklif etishda ojizliklari sabablari o‘z qiymatini yo‘qotgan . Keying yillarda
esa ginetiklar, bioximiklar, nevrologlar endokrinologlar va psixofiziologlarning inson fel-
atvori ustida olib borgan ko‘plab ilmiy izlanishlari bu yondashuvdagi tadqiqotlarning
takror avj olishiga olib kelmoqda . Navbatdagi sahifalarda jinoiy hatti – harakatning
Irsiy tomonlari bilan bog‘liq tadqiqot natijalarini tahlil qilamiz.


Irsiyat bilan jinoyatchilik o‘rtasidagi aloqadorlikni tadqiq etgan ilmiy izlanishlarni uch
guruhga bo‘lish mumkin. Bular: 1) oila o‘tmishini o‘rgangan tadqiqotlar; 2) avlodlikka
olingan bolalar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar; 3)egizaklarni o‘rgangan tadqiqotlar. Jinoyatga
moyillik va irsiyat o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilk tadqiqotlar, oila
o‘tmishini tahlilqilishga bag‘ishlangan . Jinoyat qilganlarning oilaviy ildizlariga etibor
berilganda, bu kishilarning oldingi ajdodlari ichida o‘xshash jinoyatlarni sodir qilganlar ko‘p
ekanligini aniqlagan tadqiqotlar uchramoqda. 
Avlodlikka olingan bolalar ustida olib borilgan tadqiqotida ham jinoiy ishga moyillikga
irsiyatning tasiri borligini o‘rtaga qo‘ymoqda . 1977 yilda Daniyada 1145 ta avlidlikka olingan
olingan o‘g‘il bolalar ustida olib borilgan tadqiqotlarda: o‘z bialogik otalari jinoyatchi
bo‘lmagan avlodlikka olingan subyektlarga nisbatan ikki barobar ko‘p jinoyatchi
bo‘lganliklari qayt qilingan. Avlodlikka olinganlar ustida o‘tkazilgan irsiyat va muhitning
o‘zaro tasiri muhimligini o‘rtaga qo‘ymoqda.
Jinoyat va irsiyatning o‘zaro tasiri haqidagi boshqa muhim tadqiqot sohasi esa egizaklar 
bilan olib borilgan tadqiqotlar hisoblanadi. 1977 yilda nashr qilingan tadqiqotida igizaklar
ustida o‘kazilgan ilmiy ishlarning natijalari tahlil etilgan. Natijaga ko‘ra, bir jinsli egizaklarda 
jinoiy ishga qo‘l urish hatti-harakati jihatidan juftlar orasidagi o‘xshashlik ikki jinsli
egizaklarga qaraganda, ikki barobar ko‘p ekanliga ko‘zga tashlanmoqda. Xuddi o‘sh yili
7172 ta egizak ustida ilmiy izlanishlar olib bolgan va bir jinsli egizaklarda jinoiy hatti- 
harakatlar tompnida juftlar o‘xshashlik 35 foiz ekanligi aniqlangan . Ikki jinsli egizaklar esa 
bu o‘xshashlik 13 foiz ekanligi aniqlangan. Egizaklar ustida olib borilgan so‘ngi tadqiqotlar 
jinoiy hatti–harakat bilan irsiy omillar o‘rtasida ishonchli darajadagi aloqadorlik mavjudligini
ko‘rsatishiga qaramasdan, bazi tadqiqotlar natijalari teskari bog‘liqlik borligini ko‘rsatmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, so‘ngiyillarda olib borilgan tadqiqotlar biologik tuzilish va
jinoyatchilik o‘rtasidaaloqadorlik borligini takror kun tartibiga olib chiqmoqda. Ammo shaxs
tuzilishi va atrof muhit omilining o‘zaro tasirini har doim, hisobga olishimiz kerak.
Genetik omillarni ijtimoiy – tarixiy, ijtimoiy madaniy tasirlardan, bolalik davrining 
turmush tarzidan va uy sharoiti tasiridanfarqetishjuda qiyin.Shu sababdanijtimoiy madaniy
omillarning avlodan avlodga va avlodlar tomonidan o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq, tadqiqotlar 
juda ehtiyotkorlik bilan olib borilishi shart.
JINOYATChILIK HAQIDAGI PSIXALOGIK YONDAShUVLAR
Psixalogik yondashuvlar shaxsni hatti harakatga yo‘naltiruvchi ehtiyojlar, individual 
shaxslararo munisabatlar ustida to‘xtalmoqda va odamlarning o‘zlari uchun ahamiyatli bo‘lgan 
kishilar va yaqin atrof-muhit tasiri natijasida vujudga kelgan psixopatalogiya tufayli jinoyatga 
yo‘nalganliklarini qabul qilmoqdalar. Bir -birlaridan farqli fikr va qarashlarga ega bo‘lsalarda 
yondashuvlarning barchasi u yoki bu tarzda jinoyatchilikning psixologik patollogiya tufayli
harakat qilganliklarini tasdiqlovchi g‘oyani ilgari surmoqdalar. Jinoyatchilar “kasal”, 
“moslasha olmagan “, “patologik” kishilar ekanliklari uchun jinoiy hatti- harakat namoyon
qilmoqdalar. Klinik yondashuvga ko‘ra, jinoyatchilik psixalogik moslasha olmaslik sababli
normadan yiroq hatti-harakat sifatida qaraladi. Jinoyatchilarga bezovtalik, tashvishlanish va 
obsessiv fikrlar bilan yonaltirilgan nerotiklar; shiddatli va kuchli fel - atvor buzuqliklari 
na,oyon qiladigan psixotiklar; emotsional muvozanatsizliklari va buzuqliklari mavjud bo‘lgan 
shizofrenlar; aksilijtimoiy, agressiv, impujsiv va aybdorlik his – tuyg‘ulari mavjud bo‘lmagan 
sosiopat kishilar sifstida qaralmoqda. emotsional buzuqliklari bo‘lgan insonlar ehtiyojlarini
qondirish uchun jinoiy faoliyatlari yo‘nanadi deb hisoblanmoqda. Shuning uchun ham 
normadan yiroq simptomlar davlanishi natijasida xoxlamagan, kutilmagan hatti- harakatlar 
nazorat ostiga olinishi mumkin.
Insonlarning dastavval shaxs xususiyatiga yo‘naltirilgan psixalogik nazariyalar
biologik, ijyimoiy – tarixiy, ijtimoiy –madaniy hamda atrof–muhit omillarini rad etmaydi, faqat
bu omillar tasirini shaxslarning shaklangan tizilmari ichida tadqiq etadilar.
Jinoyatchi haqiqiy ijtimoiy – psixalogik jihatdan o‘rganish shaxsning ijtimoiy tabiati va
mohiyati haqida talimot metadalogiyasi asoslangandagina amalga oshirilishi mumkin.


Buning mazmuni shundan iboratki, inson jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi, balki jinoyatchi
bo‘lib shakllanadi, bu uning ijtimoiy mohiyatini asoslab beradi. Shu sababdan jinoiy hatti
harakatlarni tahlil qilar ekan, shaxs hayotining har qanday namoyon bo‘lishi ijyimoiy
turmushning ro‘yobga chiqishi va tasiri ekanligini hisobga olish kerak. Boshqalar bilan
birgalikda amalga oshiriladigan har qanday faoliyat, hatti – harakat tashqi ijtimoiy shart - 
sharoit tasiri ostada paydo bo‘lishi nazarga titilishi lozim. Chunki shaxning xususiyatlari,
uning faoliyati yoki alohida xulq atvor shakllari subyekt hayotining ilk kunlaridan boshlab 
mavjud shart –sharoit natijasida shakkana boshlayda.
Shubhasizki, ijtimoiy muhit shaxsni shakllantiradi, uning ongi va fel – atvorining 
birlamchi va yetakchi omili hisoblanadi. Ayni patda, shaxs faqatgina ijtimoiy munosabatlar
obyekti emas, balki ong va irodaga ega bo‘gan tashqi borliqni qayta shakllantirshga, o‘z
fel –atvorini o‘zgartirishga, boshqalarga, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirishga 
qoblyatli faol subyekt ham hisoblanadi.
Shaxsning hayot va faoliyati insoniyat jamiyati taraqqiyoti jarayonida tarkib topgan 
shakllarda namoyon bo‘ladi, ayni paytda, ushbu hayot va faoliyat shaxsning doimiy 
rivojlanishi va taraqqiyitini taqazo qiladi. Tashqi muhit bilan o‘zaro tasir natijasida insonda 
ehtiyojlar vujudga keladi . Tabiiy va fiziologak ehtiyojlar ijtimoiylashgan shaklni oladi, yani
bu ehtiyojlar jamiyat tomonidan qabul qilinadi, qo‘llab quvvatlanadigan usullar yordamida
qondiriladi. Shaxsning shakllanishiga nafaqat keng ko‘lamdagi ijtimoiy muhit, balki
jamiyatdagi mafkura va axloq normalari ham katta tasir ko‘rsatadi. Shaxsga uning
ko‘rsatmalari, qadriyatlari va etiqodi shakllanishiga bevosita uni o‘rab turgan atrof muhut,
mikromuhit ham muhim tasir etadi.
Tashqi sabablarning ichki shart sharoitlari orqali tasir etish psixalogiyada markaziy
masalalardan biri hisoblanadi. Psixikaning, engavvalo, jarayon va faoliyat sifatida mavjud
bo‘lishini taqiqlagan S. L Rubinshteynshunday deb yozadi :”Psixika va individni o‘rab turgan
tashqi olam bilan o‘zaro tasiri natijasida paydo bo‘ladi va mavjuddir, tashqi olamning
individga davomli tasiri va individning bu tasirga javob hatti – harakatlari, xususan, har bir
hatti harakat individ hayot tarixini aniqlab beruvchi tashqi tasirlarga bog‘liq ravishda unga
shakllangan ichki shart sharoitlar bilan bog‘lanadi “. 
Tarbiyya jarayonini amalga oshiruvchi shaxslar va muassasalar, eng avvalo, ota –
onalar, oila maktab individ bilan shaxslaro munosabatlarga kirishgandagina, kirishgandagina, 
shaxs jivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Xuddi shu shaxslararo munosabatlar orqali
aksilijtimoiy normalar,qarashlar, anana, urf – odat va qadriyatlarga xilof hatti harakatlar ham
o‘zlashtiriladi.
Shunday qilib, shaxs haqidagi umumiy talimot jinoyatchi shaxs muammosining 
yechimida hal qilishida asos hisoblanadi .
Quyida balog‘atga yetmagan o‘smir va o‘pirinning psixologik xususiyatlarini tadqiq
etgan hamdo‘stlik mamlakatlari va O‘zbekiston olimlarining ilmiy ishlari tahlili qilinadi.
O‘smirlar ustida tadqiqot olib borgan ko‘plab psixologlar, bu yosh davrda o‘z – o‘zini
anglashning rivojlanishi sifat jihatdan yangi darajaga erishishi haqida fikr yuritadilar. O‘mirlar
o‘z dunyosiga kuchli qiziqish paydo bo‘ladi, o‘z –o‘zini anglash umumlashgan holda keladi,
fikr mulohazalari o‘z –o‘zini bilishga asoslanadi . O‘z shaxsi haqidagi tasavvurlariyanada 
yorqinlashadi va oydinlashadi.
I.I. Cheskovaning fikricha, o‘smirning o‘z – o‘zini baxolashi boshqarishda qatnasha
boshlaydi . Agar barqaror adekvat o‘z – o‘zini baholaydigan o‘smir o‘z-o‘zini tasdiqlash 
ehtiyojoni qondirish sharoitiga tushub qolsa, uda o‘z –o‘zini boshqarish ortadi, kuchayadi . 
Agar bu o‘smir, uni kamsitish, mustaqiligini cheklash sharoitiga tushub qolsa, unda o‘z – 
o‘zini boshqarish pasayadi va yemiriladi. O‘smirning yoshidan boshlab, o‘z-o‘zini anglash 
nafaqat shaxs shakillanishi aks ettiriladi,balki uushbu shakllanish jarayonida faol tasir
ko‘rsatadi.
,,Menlik” tushunchasini, o‘zini- o‘zi baxolashni,, tarbiyasi qiyin’’ o‘smirmirlarda
o‘rgangan tadqiqotlar unchalik ko‘p emas. Mavjud tadqiqotlarda esa olingan natijalar bir – 


biriga qarama –qarshidir. Aksariyat psixologlar jinoyatchi o‘smirlar o‘z –o‘zini yuqori
baholashi, bu baholashning tanqidiy emasligi, o‘z imkoniyatlarini orttirib ko‘rsatishi haqida
malumot bersalar, bazi tadqiqotchilar esa ularda o‘z –o‘zini baholash quyi darajada bo‘lishini
qayd etadilar. Bazi tadqiqotchilar esa xulq atvori og‘ishgan o‘smirlarning,, menlik’’ 
tushunchasi sxematik, yuzaki, beqaqor ekanligini aniqlaganlar . Bu ularda shaxs va o‘z –
o‘zini anglashning to‘la rivojlanmaganligini bildiradi. Bundan tashqari, o‘smirlarning o‘z – 
o‘zini baholash ning alohida tomonlari ham o‘rganilgan. Bir qancha olimlar, o‘smirlarning
o‘z – o‘zini baholashi shakllanish bosqichida ekanligini qabul qiladilar. Ularda o‘z –o‘zini 
baholash hali xolislikka ega emas, asosan nomuhim mezonlarga asoslanadi. Boshqa olimlar 
tomondan o‘z-o‘zini baholashning barqarorligi va adekvatliligi,ikkinchi tomondan esa jinoyatchi 
o‘smirni qayta tarbiyalashning muofaqiyati o‘rtasida bog‘liqlik mavjutliginitakidlaydi. Ammo bu 
tatqiqotlarda “melik”tushunchasining boshqa tomonlari o‘rganilmagan.
G.K.Valiskas va Y.B.Gipenretr tatqiqotlarida voyaga yetmagan jinoyatchilarda o‘z-o‘zini 
baholash quyi darajada, jinoyatchi bo‘lmagan o‘smirlarda esa o‘z-o‘zini baholash yuqori va o‘rta 
darajada ekanligi aniqlangan. Ularning fikricha, quyi o‘-o‘zini baholash butip o‘smirlarda 
surunkali muofaqiyatsizlik tajribasining to‘planishi va atrofdagi kishilar tomonidan rad va inkor 
etilganliklari natijasida shakllangandir. Psixologiyada ‘’tarbiyasi qiyin ‘’o‘smirlar va voyaga 
yetmagan jinoyatchilaarning motivatsion –ehtiyojiy sohasini tatqiq etgan ilmiy ishlar ham mavjud. 
Bu tatqiqotlarda o‘smirlarning motivatsion- ehtiyoji sohasi torayganligi,ular motivatsiyasi 
istemolchilik xarakterda ekanligi, quyi va egoyistik motivlarning ustunligi,soda va ijtimoiy zararli 
ehtiyojlarning mavjutligi, o‘z-o‘zini tasdiqlashni aqlbovar qilmaydigan shakllarining qo‘llanilishi, 
barqaror qiziqishlarning yo‘qligi,manaviy motivlarning kuchsizligi qayt etilgan.
Bir qancha tadqiqotlarda g‘ayriqonuniy xulq-atvorning paydo bo‘lishida xavf - xatar
tashkil etuvchi omillardan biri xarakter aksentuatsiyasi ekanligi qabul qilingan. Bu yo‘nalishda 
tadqiqot olib borgan g‘ayriqonuniy xulq – atvor va aksentuatsiya tufayli o‘rtasida o‘rganganlar 

Endi esa g‘ayriqonuniy xulq-atvorning shakillanishiga tasir etuvchi sabab va omillarni 
tadqiq etgan ilmiy izlanishlarustida to‘xtalamiz. ko‘plab tadqiqotlar bu xulq atvorni
shakillantiruvchi asosiy omil sifatida tarbiya hamda oilaning ijtimoiy psixalogik muhitini 
ko‘rsatib o‘tadi. Voyaga yetmagan jinoyatchilarning oilasida ijtimoiy – psixalogik muhit va
axloqiy – manaviy tomon yomonligining dalillab bergan ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu
tadqiqotlar oilaning salbiy xususiyatlari, xususan, nizolar, avtoritar yoki beqaror tarbiya uslubi,
ota - onalarning meyorsiz sevgi - etibori, bolalarning barcha moddiy ehtiyojlari va istaklarini 
qondirish, ularni qiyinchiliklarning muhofaza qilish, qo‘pollikning va jismoniy jazoning 
ustunligi, ularning axloqiy buzuqligi, ichkilikka va narkotikka tutqunligi, farzandlarni ota -
onalar tomonidan emotsional inkor etilishi kabi salbiy omillarga duch kelingan.
M.A.Alemaskin barcha rang –barang sabablarni 5 ta psixalogik - pedagogic omillar 
ajratib ko‘rsatadi : 
a) ota – onalar va pedagogik o‘smirlarning individual va yosh xususiyatlarni hisobga
olmaydilar, psixalogik savodsizlik ko‘rsatadilar;
b) oilada noaxloqiy munosabatlar va nizolarning mavjadligi, bolaga nisbatan etibirning
yo‘qligi;
v) maktabning, asosan jamoada nizoli munosabatlarning shakllantirgan o‘smirlarga 
nisbatan qilgan xatolari;
g)referent guruhining salbiy tasiri;
d ) bo‘sh vaqtni taryibsiz va manisiz o‘tkazish
Destruktiv xulqni bolalarni tarbiyalashning nazariy P.P. Blonskiy, A.S. Makarenko, 
S.T.Shaskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Ular aksilijtimoiy yo‘nalgan shaxsning
shakllanishiga ijtimoiy muhut katta va yetakchi tasirni ko‘rsatadi, deb uqtiradilar .
Voyaga yetmagan jinoyatchilarning tashxis qilish va oldini olish miammosi G. A. 
Avanesov, A. S. Belkiy, Yu. D. Bluvshteyn, YU.V. Gerbeev, D. M. Zyubin, K. E. Igoshev,


A.Jumaboyev, G. M.Minkovskiy, I. A. Nevskiy, G.A. Umanov, L. B. Filonov tadqiqotlarida
o‘z aksini topgan.
B.G. Ananyev, A. A. Bodalov, L.I.Bojovich, M. G.Davletshin, A. N Leontyev,
A.V.Petrovskiy, S. L. Rubinshteyn, D. I. Feldshteyn, B. R. Qodirov tadqiqotlarida bola ongi
bilan fel – atvorning birligi muammosi, rivojlanishi jarayonida faoliyatning roli masalasi 
keng yoritilgan.
YU.K.Babanskiy, YU. A. Deryabin, A.I. Kochetov, I.N. Minbayev, V. M. Obuxov, A.I. 
Ostrovskiy, H. Q.Yo‘ldoshov, M. H. Fisula tadqiqotlarida jinoyatchilikning oldini olish va
tuzatish muamoaiga majmuaviy yondashuv zarurligi asoslab berilgan.
M.A.Ochilov, S. K. Annamurotov, B A. Tokareva, K.Hoshimov, E. G. Shain, G‘. B.
Shoumarov, J. G‘. Yo‘ldoshov singari pedagog va psixolog tadqiqotlarida o‘quv tarbiyaviy 
jarayonni takomillashtirishning o‘quvchi uchun ijyomoiy qiymatli sifatlarning shakllanishiga
ijobiy tasiri ko‘rsatib berilgan .
Balog‘atga yetmagan jinoyatchiligi bilan kurashish muammosiga kriminolog olimlardan
G‘.A. Axmedov, B.S.Zaripov, K.M.Mirzajonov,I.M.Sobirovlar katta hissa qo‘shganlar. 
F.Otaboyev, G.G.Zapryagayev, M.O.Kolesnik,G.Q.To‘laganova o‘smirlarda xulqi og‘ish va 
pedagogic qarovsizlikning o‘zaro aloqadorligi masalalarini tadqiq etganlar. 
Z.F.Kamaletdinovaning izlanishlarida xulqida og‘ish sezilgan yuqori sinf o‘quvchilari 
motivatsion-mazmuniy sohasining psixologik tomonlari o‘rganilgan. Bu tadqiqotda olingan 
natijalar xulqida og‘ish sezilgan yuqori sinf o‘quvchilarida ikki turdagi motivatsion-mazmuniy 
tizim mavjudligi ko‘rsatilgan.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling