Qayd raqami


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/68
Sana10.11.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1763367
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68
Bixeoviorizm maktabi
 
XX asr boshlarida xulq-atvor psixologiyasining predmetini ta’kidlagan kuchli yo‘nalish 
paydo bo‘ldi. U tashqi muhit stimullari bilan shartlangan va unga adaptatsiyalashadigan 
organizmning reaksiyalari majmuasi sifatida maydonga chiqdi. Mazkur yo‘nalish xulq-atvorga 
asoslandi va bixeviorizm deb nomlandi.
XIX asr oxirida psixologiya fani taraqqiyotiga doir bahslar yagona fikrga kelishga va yangi, 
pozitiv psixologiyaning yaratilishiga imkon beradi, deb hisoblandi. Ong fenomenini o‘rganuvchi 
psixologiyada, organizm – muhitni yaxlit holda o‘rganuvchi psixologiyaga o‘tish tendensiyasi 
kuzatildi. Biroq dastlabki maktablarning rivojlanishi shuni ko‘rsatdiki, psixologiyada bu 
yo‘nalishdagi rivojlanish uchun bir necha yo‘l mavjudligi va ular bir-biridan faqatgina ustuvorlik 
va psixologiya fani vazifalari nuqtai nazaridan emas, balki psixologiyaning mazmuni va 
predmetini tushunib, aniqlashtirib olish nuqtai nazaridan xam tubdan farq qildi. Psixik rivojlanish 
dinamikasida uning qonuniyatlari va shart-sharoitlariga ijobiy ta’sir etuvchi yoki xalaqit beruvchi 
holatlarga turlicha yondashuvlar paydo bo‘ldi.
Shuning uchun XX asr boshlarida psixologiya jiddiy metodologik krizisni boshdan kechirdi. 
Bu esa, avvalo, psixikani tatbiq etish bilan bog‘liq ob’ektiv metodlarni izlash bilan namoyon 
bo‘ldi. Funksional psixologiya tomonidan ilgari surilgan strukturalizm yoki vyursburg maktabi 


tomonidan ilgari surilgan metodlarning ob’ektivlikdan yiroqligi olingan natijalar taxlili paytidagi 
bahslar orqali yanada oydinlashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, insonning psixik holatini, uning ongi mazmunini, ong osti holatini 
o‘rganish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ob’ektiv metod topish amri mahol. Vaziyatdan chiqish uchun 
bilvositalik ahamiyatini kasb etuvchi metodni yoki bevosita real eksperimental tadqiqotni tashkil 
qiluvchi uning predmetini o‘zgartirish (m: tashqi faollikni predmet sifatida ko‘rsatish) yoki Diltey 
ta’kidlaganidek, psixik qonunlarni tasvirlashdan voz kechib, ularni holatlar tarixi bilan 
almashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Metodologik krizisning mazmuni hamda kechishi dinamikasiga 
fan shakllanishi mantiqidan tashqari ijtimoiy vaziyat va boshqa fanlardagi yangiliklar ta’sir qildi.
XX asrning birinchi 10 yilliklarida turli ilmiy qiziqishlar metodologik tamoyillar va ijtimoiy 
vaziyatda faoliyat ko‘rsatgan olimlar psixologiyaning predmeti, maqsadi va uning metodlarini 
anglashda yagona to‘xtamga kela olmadilar. Bu vaziyat olimlar tomonidan psixologiyaning 
taraqqiyotidagi inqiroz deb baholandi. Albatta, rivojlanish – taraqqiyot yangiliklarni izlash, 
xatolarsiz amalga oshmaydi. Zamonaviy taraqqiyot psixologiyasi isbotlaganidek, har bir tanqidiy 
davr negativizm inkor etish bilan boshlanadi va yangilanish bilan almashinadi. Aytish lozimki, 
XX asrning yuzini namoyon qilgan buyuk ilm-fan namoyondalari yetishib chiqqan va ilmiy 
ijodiyot gullab yashnagan bir davrda ayrim olimlar tomonidan ochiq inqiroz deb baholandi.
Demak, XX asrning 20-yillarida psixologiya alohida maktablarga ajraladi va psixikaning 
mazmuni hamda tuzilishidagi ustuvor xususiyatlar xakida o‘z konsepsiyalarini psixikaning bilish, 
motivasion yoki xulq-atvor qirralari jixatidan ilgari surishadi. Bu davrda paydo bo‘lgan asosiy 
yo‘nalishlardan biri – bixeviorizm yo‘nalishi edi.
Bixeviorizm yo‘nalishi AQSh da paydo bo‘ldi. Uning “otasi” Djon Uotson (1878-1958), 
uning «Psixologiyaga bixeviorist nuqtai nazari bilan karash» nomli makolasi ushbu yo‘nalishni 
boshlab berdi. Yo‘nalishning mohiyati “xulq-atvor” terminini tasvirladi, uning o‘zi esa 
bixeviorizm deb nomlandi. Bixeviorizmni “psixikasiz psixologiya” deb atay boshlashdi. Ushbu 
burilish psixika bilishga aynan o‘xshashligini ta’kidlaydi. Bixevioristlar psixik sifatlar haqidagi 
tasavvurlarni o‘zgartirib yuborishdi.
Ushbu yo‘nalish tarafdorlari eksperimentlarning natijalariga tayanib, shaxs xulq-atvorining 
har qanday tabiiy ko‘rinishini tushuntirishga muvaffaq bo‘lishga umid qildilar.
Bixeviorizm - psixologiyada dastavval AQSh da hayvonlarda o‘tkazilgan kuzatishlarning 
natijasi sifatida paydo bo‘lgan yo‘nalishdir. Bixeviorizmning negizini psixologik tadqiqot 
predmeti sifatida psixikani va ongni inkor etish yotadi. Faqat xulq-atvorgina tadqiqot predmeti deb 
tan olinar, psixologiyaga esa xulq-atvor va muhitning o‘zaro nisbati qonuniyatlarini tadqiq etish 
tavsiya qilinar edi. Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning vazifasi hissiyot organlariga ta’sir 
qiladigan omil - stimul (S) ni, ya’ni qo‘zg‘atuvchi (gap qistirish, o‘q otish, surat ko‘rsatish va shu 
kabilar) ni bilgan holda unga javob, ta’sir - reaksiya (R) qanday bo‘lishini yoki ta’sirotni) bilgan 
holda uning qaysi bir omilga javob tariqasida yuz berganini oldindan aytib berishdan iborat edi. 
Klassik bixeviorizmning formulasi S R dir. Bixevioristik psixologiyaning mexanistikligi 
izchildir: odam - bu xuddi hayvonlar kabi, psixikaga egami, yo yo‘qligidan qat’iy nazar, u 
qo‘zg‘atuvchilarga javob beradigan o‘ziga xos bir mashinadir, deb uqtirishdi. 
Stimul bilan reaksiya (S > R) o‘rtasidagi, ya’ni miyaga «kirish» bilan «chiqish»da yuz 
beradigan narsalar o‘rtasidagi nisbatan ro‘kach qilib, bixeviorizm «kirish» bilan «chiqish» 
o‘rtasida nima boru, nima yo‘qligini bevosita kuzatish mumkin bo‘lmaganligi sababli, ularni ilmiy 
tahlil qilib bo‘lmaydigan («qora quti») soha deb e’lon qilgan edi. Bixevioristlar o‘z 
eksperimentlarini asosan hayvonlarda (hammadan ko‘proq oq sichqonlarda) o‘tkazib, so‘ngra shu 
tariqa chiqarilgan xulosalarni odamga nisbatan joriy etishardi. Uning uchun ham kishi shaxsining 
faolligi amalda inobatga olinmasdi. Bixeviorizm o‘rgatish jarayonini ham xuddi shu xilda 
mexanistik tarzda ta’riflagan edi. Bixevioristlar hayvonlarning xatti-harakatini (masalan, 
eksperimentda labirintdan chiqish yo‘lini izlashini) o‘rganib, muammoning yechimiga «sinash va 
adashish» yo‘li bilan erishilishi haqidagi xulosaga (E. Torndayk va boshqalar) kelishadi. Bunday 
yo‘l ko‘pgina variantlar tanlab chiqilgandan keyin istalganiga erishilishini ta’minlaydigan bitta 
varianti qolmaguncha tusmollab qilingan harakatlarning «ko‘r-ko‘rona tanlanishi» deb talqin 


qilinardi. Bu xulosa odamning hayvondan sifatiy farqlarini inkor etish uchun inson haqidagi 
ta’limotning ta’rifiga ham joriy qilingan edi. 
Bixeviorizmning shiori xulq-atvor haqidagi tushuncha bo‘lib, u organizmning ichki va tashqi 
stimullarga javob reaksiyasidan iboratdir. Bu tushuncha rus ilm-fanida I.M.Sechenov, I.P.Pavlov 
va V.M.Bexterevlar ishlarida rivojlantirildi. Ular isbot qilishicha, psixik faoliyat sohasi faqatgina 
ichki kuzatuv orqali anglanadigan (introspeksiya) sub’ektdagi ong hodisalari bilangina 
chegaralanib qolmaydi, ya’ni bu holda organizm qalb (ong) va tana (moddiy tuzilma sifatidagi 
organizm)ga ajratib ko‘rsatilishi zarur.
Bixeviorizm amaliy psixologiyada xulq-atvor nuqtai nazaridan yondashuvning dastlabki 
manbai bo‘lib, psixologning diqqat markazida “xulq-atvor nimadan iborat”, “biz xulq-atvorda 
nimani o‘zgartirishni xohlaymiz”, “bu uchun nima qilish zarur” kabi savollarni qamrab oladigan 
inson xulq-atvori turadi.
Vaqt o‘tishi bilan bixevioral va xulq-atvor yo‘nalishlarini bir-biridan farqlash fursati keldi. 
Amaliy psixologiyada bixevioral yo‘nalish klassik bixeviorizm tamoyillarini tasarruf etadigan, 
ya’ni birinchi navbatda inson xulq-atvorini tashqi, kuzatish imkoni mavjud bo‘lgan va insonni 
faqatgina ta’sir ob’ekti sifatida ko‘radigan yondashuvga aylandi.
Xulq-atvorga asoslangan yo‘nalish ancha keng ma’noda qo‘llaniladi. U o‘zida nafaqat 
bixevioral, balki kognitiv-bixevioral, shuningdek shaxs xulq-atvori yondashuvlarini qamrab 
oladigan yo‘nalish bo‘lib, u orqali psixolog insonda tashqi hamda ichki xulq-atvor, hayotning u 
yoki bu pozisiyasini egallash bo‘yicha fikr va emotsiyalar hamda ushbu harakatlar muallifi 
sanalmish u uchun javobgar bo‘lgan shaxsni ko‘radi. Bu borada ko‘pgina olimlar o‘zlarining 
tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling