Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
@itspecuzDecember 04, 2017
Sizning e’tiboringizga Windows 7 operatsion tizimida qo‘llaniladigan “qaynoq” klavishalar ro‘yxatini keltiramiz (ularning ko‘pchiligi Windows’ning boshqa versiyalarida ham ishlaydi). Albatta barcha kombinatsiyalardan foydalanish qulay deb hisoblab bo‘lmaydi, biroq ularning ba’zilari sizning ishingizni haqiqatda tezlashtirishi mumkin va ushbu oilaga mansub operatsion tizimlar va ularning komponentlaridan foydalanishdagi ma’lum bir jarayonlarni anchagina soddalashtiradi.
Windows 7 operatsion tizimidan boshlab ishlatiladigan “qaynoq” klavishalar
Windows 7 проводник oynasi, ish stoli va boshqa oynalar:
Win + Home – Barcha fondagi oynalarni ekranga chaqirish (развернуть) yoki vazifalar paneliga tushirish (свернуть)
Win + Пробел – Ushbu kombinatsiya aktiv bo‘lib turgan paytda barcha oynalarning tarkibi shaffof (прозрачный) bo‘ladi
Win + ↑ – Aktiv ochiq turgan oynani to‘liq ekranli rejimga o‘tkazadi
Win + ↓ – Aktiv oynaning o‘lchamini kichraytirish yoki vazifalar paneliga tushirish (свернуть)
Shift + Win + ↑ – Aktiv oynani ish stoli (рабочий стол) bo‘yiga mos holda kengaytiradi
Win + Tab – Oynalar o‘rtasida Flip 3D rejimida o‘tish
Win + ← – Aktiv oynani ish stolining chap tomoniga ko‘chirish
Win + → – Aktiv oynani ish stolining o‘ng tomoniga ko‘chirish
Ctrl + Shift + N – Проводник da yangi papka yaratish
Alt + ↑ – Papkalar o‘rtasida 1 pog‘ona ortga qaytish
Alt + P – Fayllarni ko‘rib chiqish panelini aktivlash
Shift + Fayl ustida o‘ng tugmani bosish – Kontekst menyusida yashirin imkoniyatlarni aktivlash (oddiy o‘ng tugmani bosishdagi kontekst menyusi bilan solishtirib ko‘ring)
Shift + Papka ustida o‘ng tugmani bosish – Kontekst menyusida qo‘shimcha punktni aktivlash
Do'stlaringiz bilan baham: |