Qaysi javobdagi ko„chirma gapli qo„shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari quyidagi tartibda qo„yiladi?


Download 28.6 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi28.6 Kb.
#1394481
1   2   3   4
Bog'liq
Aralash-25

topiladi.
C) Otamning ishonchini qozonish uchun astoydil tirishardim
D) “Qayerga qadami yetsa, и yerni birpasda saranjom qiladi-qo„yadi”, - deb o„yladi O„ktam.
12. Qaysi gapda hokim qismlari kesim vazifasida kelgan aniqlovchili so„z
birikmalari qatnashishi kuzatiladi?
A) Tilning sofligi, ma‟no aniqligi,o'tkirligi uchun kurash madaniyat quroli uchun kurashdir.
B) Barcha tillar aniqlikka intiladi, aniqlik esa qisqalik, ixchamlikni talab etadi.
C) So„z - inson qudratining qo„mondoni, и - hayotning buyuk quroli.
D) So„zdan qudratliroq narsa yo„q, o„tkir dalil va yuksak fikrlar safini yorib o„tish mumkin emas.
13. Qaysi gapdagi so„zlar imlosida tovush almashish va tovush ortish hodisasi kuzatiladi?
A) Yozning issiq kunlari g„animat ekanligini esdan chiqarmanglar, unga ishonib qish tayyorgarligini unutmanglar.
B) U juda qiynalib katta bo„ldi, shuning uchun unga hayotning qadriga yetishni tushuntirish shart emas.
C) Biz tog'ning etagida, shahardan uch chaqirim narida yashardik.
D) Arava g„ildiragiga bog„langan otlardan uchtasi qolibdi-yu, ikkovi yo„q edi, endi ularni izlash ham befoyda.
14. Qaysi gapda so'zlarning teng bog„lanishli birikuvi (so„z qo'shilmasi) mavjud?
A) Ilmda у ana ham yuksakroq darajaga erishmog'ing uchun hamisha izlanishda bo„l.
B) Oqil inson o'zgalarning aybini bilsa ham, yuziga solmaydi.
C) Osmon xalaqit bermasa, binoni у ana ham balandroq ko‟tarishim mumkin edi.
D) Ushbu binoning boqiy va go'zal bo'lishi rejalarini tuzdim.
15. Suhbatlashishga arziydigan kishi bilan gaplashmaslik kishini yo'qotishdir. Suhbatlashishga arzimaydigan kishilar bilan gaplashish so„zni yo„qotishdir. Oqil odam esa kishilarni ham, so„zni ham yo„qotmaydi. Ushbu parchada qatnashgan fe‟llar haqidagi to„g„ri fikrni aniqlang.
A) Ushbu parchada birgalik nisbatdagi tub fe‟l qatnashgan.
B) Ushbu parchada qatnashgan tub fe‟llar ikki xil bo„lak vazifasini bajargan.
C) Ushbu parchada harakat nomi shaklida kelgan tub fe‟l qatnashgan.
D) Ushbu parchada qatnashgan barcha tub fe‟llar bir xil nisbat shaklida qo'llangan.
16. Qismlari o„zaro kelishik va ko„makchilarsiz bog„langan fe‟lli birikmalarni aniqlang.
1) jo„rttaga aytmoq; 2) taklif etmoq; 3) mukofot bilan taqdirlamoq; 4) uyalganidan qizarmoq; 5) ko„rgani bormoq; 6) bolalarcha fikrlamoq.
A) 2, 6 B) 1, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 2, 5, 6
17. She‟rda tasvirlanishicha, hammamizga tanish tol bilan yonma-yon qizil kendir ham shivirlashib o'sib yotadi. Olis yoqlarga uchib ketayotgan turnalar esa uzoqlashib ketgan bolaligini Urik qahramon yodiga soladi. Shoir o'smirlikdagi pokiza tuyg„ularini ilk bora she‟rga solishdek baxt ato etgan kunlarni, birga mushoira qilgan do'stlarini xuddi kechagiday tiniq ko'radi, qalbiga birinchi muhabbat hissini hadya etgan qo„shni qiz qo„shig„i quloqlari ostida jaranglaydi. Ushbu ma‟lumot qaysi she‟r haqida?
A) “Ona tilim” (Rasul Hamzatov)
B) “Bog'lar qiyg„os gulda” (Zulfiya)
C) “Qadrdon so„qmoqlar” (Ibroyim Yusupov)
D) “Qishloglim” (Mirtemir)
18. Qaysi javobda O„tkir Hoshimov qalamiga mansub “Dunyoning ishlari”
qissasiga oid ma‟lumot keltirilgan?
A) Ushbu asarda o'g'li Oltmishvoy urushga ketgan, xotini Habiba buvi o„g„lining diydorini ko„rmay olamdan o'tgan, bu ayriliqqa chidolmay esdan og„ib qolgan Ermon buva haqidagi hikoya mavjud.
B) Ushbu asarda pochchasining avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlariga qatiq (suzma) ichirib o'ldirib qo„ygan bolaning holati hajv bilan tasvirlangan.
C) Ushbu asarda ota-bobolarining urfodatlari unutilib ketayotganidan iztirobga tushadigan, kolxoz raisi bo'lgach, onasining vafoti munosabati bilan gazetada yozilgan ta‟ziyani or bilgan polvon obrazi uchraydi.
D) Ushbu asarda o„zi nabirasiga so'zlab bergan ertagidagi kabi bug„u avlodidan ekanligi bilan faxrlanadigan, to„y va ma‟rakalarda xokisorlik bilan xizmat qiladigan, ammo bu fazilatlari qadrlanmaydigan bobo obrazi mavjud.

Download 28.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling