Qayta o’rash texnologik jarayoni


Download 231.69 Kb.
bet1/2
Sana23.11.2023
Hajmi231.69 Kb.
#1796297
  1   2
Bog'liq
Qayta o’rash texnologik jarayoni


Qayta o’rash texnologik jarayoni

Reja



I. Qayta o`rash jarayonining umumiy xarakteristikasi.
2. Qayta o`rash jarayonida ipning taranglanishi
Ipak еshish fabrikalarida uzluksiz iplarni ipak-xom ashyoni, kimyoviy iplarni asosan, ko`pqavatli, еtajli ipak еshish mashinalarida qayta ishlanishga qulay bo`ladigan o`ramlar hosil qilish uchun qayta o`raladi, bunda ipak еshish mashinalarida so`ngi o`ram g`altak olinadi. Shuning uchun ham kalava holida kelib tushadigan ipak-xom ashyoni va g`altak yoki kulich holida kelib tushadigan kimyoviy iplarni ikki flanetsli, ikki gardishli g`altaklarga qayta o`raladi. Ipak-xom ashyo iplarini ba`zan kimyoviy iplarni qayta o`rash jarayonida iplar qo`shimcha ravishda ko`zdan kechiriladi va tozalanadi-g`urrachalari chang-g`uborlari tozalab tashlanadi, ortiqcha tugunchalar, ingichka joylar olib tashlanadi va hokazo. Buning uchun qayta o`rash mashinalariga tozalagich asboblar o`rnatiladi. Ayrim hollarda kimyoviy iplarni qayta o`rash va moylash ishlari birga olib boriladi. Buning uchun qayta o`rash mashinasiga moylanadigan asbob o`rnatish kerak.
Ipak-xom ashyoni qayta o`rash mashinasining turli xili va turli konstruktsiyasidan fodalanish mumkin, bunday mashinalar quyidagi belgilari bilan bir-biridan farqlanadi.
1) (charx parragining) kalava o`raladigan parrak joylanishiga qarab – charx parraklari bir yarusli bir qavatli yuqorida yoki pastda joylashgan va ikki yarusli hamda kombinatsiya qilingan (uyg`unlashgan) bo`ladi; mashinalar bir yoqlama va ikkiyoqlama bo`lishi mumkin.
2) mustaxkamlanishi (birikishi) va harakatga kelishiga ko`ra g`altaklar - urchuqli va urchuqsiz bo`ladi; urchuqlar (asosiy o`qqa valga) nisbatan parallel va perependikulyar ravishda joylashgan bo`ladi;
3) chiqarilgan o`ramlar o`ralish xususiyatiga ko`ra - cheti qiyshaymagan silindrsimon va ikki cheti qiyshaygan silindrsimon bo`ladi; o`ralish parallel holda va krest shaklida bo`lishi mumkin.
Qayta o`rash mashinalari konstruktsiya jihatidan turlicha bo`lishiga qaramay, qayta o`rash jarayoni bu mashinalarda bir xil bajariladi. Eng sodda qayta o`rash mashinasining texnologik sxemasi 5- rasmda ko`rsatilgan.

5-rasm Qayta o`rash dastgoxining texnologik chizmasi
Ishchi 1 kalavani 2 charx parragiga kiydiradi va undagi tugunchalarni, elimshaklarni tozalab tashlab, silliq (tekis) qilib qo`yadi. Ishchi ipning uchini qidirib topadi va u bilan 3 yo`naltiruvchi shisha chiviqchani еgadi, ipni 4 taqsimlovchi asbobning ko`zidan o`tkazadi va uni 8 urchuqqa o`tkazilgan 5 g`altakka biriktirib qo`yadi. Shundan keyin g`altak bilan birgalikda g`altak o`rnatilgan urchuq uyaga tushiriladi, shu payt 8 urchuqning 6 roligi 7 friktsion shkiv ustiga yotqiziladi, friktsion shkiv aylanib turadi va o`zi bilan urchuqli 5 g`altakni ham aylantirib yuboradi. O’altakka ip o`raladi. Urchuqsiz qayta o`rash mashinalarida g`altak ikki shpindel orasiga qisiladi, ulardan biri mashinining yon tarafidagi o`qi yordamida, o`qqa biriktirilgan friktsion shkiv orqali harakatga keladi.
O’altakdan chuvatilib qayta o`ralayotgan kimyoviy iplarning so`ngisi mashinalar polkasiga, tokchasiga o`rnatiladi. Bunday holda iplar qimirlamay (harakatlanmay) turgan g`altaklardan chuvatiladi.
Viskoza iplarni qayta o`rash mashinalaridagi kulichlardan qayta o`ralayotgan choqda tirgovuchlar o`rnatiladi, kulichlarni ularga kiydirib qo`yiladi. Tirgovichlar kulichlardan iplarning chuvalishi (chiqishini) osonlashtiradi va jarayonni yaxshilaydi. Ba`zi bir mashinalarda (tirgovichlar) o`rniga ancha murakkab maxsus jixozlar o`rnatiladi.

Download 231.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling