Qayta o’zlashtirishi
Download 42.07 Kb.
|
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Energo-mexanika fakulteti Elektr energetika kafedrasi 5_-20 EE guruh talabasi ____________________________________________ning _______________________________ fanidan Qayta o’zlashtirishi Qabul qildi: ___________________ 2022-2023 Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati Reja:
2. Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi. 3. Аsosiy fondlar amartizatsiyasi va ulardan foydalanish koʼrsatkichlari. 4. Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash 1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi Korxonalarning asosiy belgisi ularning o‘zlariga tegishli mulkning mavjudligidir. Aynan shu narsa korxonalarning moddiy- texnik imkoniyatlarini belgilab beradi hamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini taminlaydi. Muayyan mulkdan foydalanmasdan hech bir korxona o‘zining xo‘jalik faoliyatini amalga oshira olmaydi. Korxonalar egalik qiladigan mulk ko‘chmas va ko‘chirib bo‘ladigan mulklarga ajraladi. Ko‘chmas mulkka yer uchastkalari, yer osti boyliklari, maxsus suv obyektlari va umuman yer bilan bog‘liq bo‘lgan buzilmas narsalar, shu jumladan o‘rmonlar, ko‘p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar kiradi. Ko‘chirib bo‘ladigan mulkka ko‘chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar kiradi. Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish mumkin. Bunda korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko‘rinishi balki ishlab chiqarish jarayonidagi roli, ahamiyati va korxona iqtisodiyotiga tasiri ham hisobga olinadi. Uzoq muddatli aktivlar yirik va o‘rta korxonalar mulkining 65-85% ini tashkil qiladi. Uning tuzilishi 3.1-chizmada keltirilgan. Uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi Uzoq muddatli aktivlar korxona xo‘jalik faoliyatida uzoq muddat mobaynida qatnashadi. Bu amortizatsiya jarayonining davomiyligi va aylanma tezligining sekinligi bilan bog‘liq. Shuning uchun ular uzoq muddatli yoki sekin aylanadigan aktivlar yoki immobilizatsiya fondlari deb ataladi. Korxonalarda uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi va tarkibi bir-biridan jiddiy farq qiladi. Biroq, barcha korxonalar uzoq muddatli aktivlari tarkibida asosiy fondlar salmoqli hissani tashkil etadi. Asosiy fondlar - bu moddiy (ashyoviy) boylik bo‘lib, o‘zining tabiiy ko‘rinishi, uzoq vaqt mobaynida o‘zgartirmaydi hamda qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga qismlab o‘tkazadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari umumiy ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnatning qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmiga bog‘liq. Asosiy fondlarning va mehnatning qurollanganlik darajasining oshishi mehnatga ijodiy xarakter bag‘ishlaydi va jamoaning madaniy – texnik darajasini oshiradi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi, iqtisodiy o‘sishni taminlovchi barcha omillar ichida asosiy o‘rinni egalaydi. Asosiy fondlar jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning 65% dan ko‘prog‘i asosiy ishlab chiqarish fondlariga to‘g‘ri keladi. Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o‘zining amal qilish sikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma – bosqich eskirib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o‘tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi. Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog‘cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o‘laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o‘zining qiymatini mahsulotga o‘tkazmaydi. Ularning qiymati iste’molda yo‘q bo‘lib ketadi. Ularning o‘rni to‘ldirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: • yer uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo‘lgan tabiatdan foydalanish obyektlari (suv,yer osti boyliklari; boshqa tabiiy resurslar); • binolar (ishlab chiqarish – texnik, yordamchi binolar va boshqalar); • inshootlar (injenerlik qurilish obyektlari, ishlab chiqarishga yordamlashuvchi inshootlar); • uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari); • mashina va jihozlar; • o‘lcham va nazorat qilish asboblari, qurilmalari va laboratoriya jihozlari; • hisoblash texnikasi; • transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish) • qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko‘p bo‘lgan asbob va moslamalar; • ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari; • xo‘jalik ichidagi yo‘llar. Asosiy fondlar tuzulmasini to‘g‘ri tashkil etish ishlab chiqarishning o‘sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pul mablag‘larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi. Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzulmasi bir xil bo‘lmaydi. Masalan yengil va oziq – ovqat sanoatida binolar asosiy o‘rin egalaydi (44-46%), yonilg‘i sanoatida inshootlar (17-19%), elektro energetika sanoati korxonalarida uzatish qurilmalari (30-33%), mashinasozlik korxonalarida mashina va jihozlar asosiy o‘rin egallaydi. Ma’lumki, asosiy fondlar ishlatilishi jarayonida eskirib boradi va o‘zining boshlang‘ich qiymatini bosqichma-bosqich yo‘qotib boradi. Ularning real qiymatini aniqlash uchun eskirgan qismining qiymatini aniqlash zarurati to‘g‘iladi. Ularning boshlang‘ich yoki tiklanish qiymatidan eskirish so‘mmasi ayrilib asosiy fondlarning qoldiq qiymati aniqlanadi. Eskirishning jismoniy va ma’naviy ko‘rinishlari farqlanadi. Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning boshlang‘ich iste’mol qiymatining bosqichma-bosqich yo‘qolib borishi tushuniladi. Bunda nafaqat ularning ishlash jarayonidagi eskirishi, balki bekor turishi natijasida ham eskirganligi kiradi. Asosiy fondlarning fizik eskirishi asosiy fondlar sifatiga, ularning texnik takomillashganligiga, texnologik jarayonning xususiyatlariga, ularning ishlash vaqtiga, tashqi ta’sirlardan himoyalanganligiga hamda asosiy fondlarni parvarish qilish va ularga xizmat ko‘rsatish darajasiga bog‘liq. Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi hatto ularning bir xil elementlarida ham har xil bo‘ladi. Asosiy fondlarning to‘liq va qisman eskirishi farqlanadi. To‘liq eskirganda ishlab turgan, asosiy fondlar yo‘qotiladi va joyiga yangisi (kapital qurilish yoki eskirgan asosiy fondlarni joriy almashtirish vositasida) keltiradi. Qisman eskirish ta’mirlash yo‘li bilan qoplanadi. Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi haqiqiy xizmat qilgan davrni normativdagi davrga bo‘lish va 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanishi mumkin. Nisbatan to‘g‘ri usul bu obyektning tabiiy holatini tekshirishdir. Ma’naviy eskirish bu - mashina va uskunalar qiymatining ularni takror ishlab chiqarish uchun ketadigan umumiy, zaruriy xarajatlarining qisqarishi, yangi va unumdor mashina va uskunalarning joriy qilinishi ta’sirida pasayishidir. Ushbu omillar ta’sirida asosiy fondlar o‘zining texnik tavsifi va iqtisodiy samaradorligi jihatdan qoloq bo‘lib qoladi, ya’ni ma’naviy eskiradi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonlarda asosiy fondlarni yangilashga ketadigan xarajatlarni qoplashning asosiy manbai ularning o‘z mablag‘lari hisoblanadi. Bu mablag‘ asosiy fonddan foydalanish mobaynida amortizatsiya ajratmasi shaklida jamg‘ariladi. Amortizatsiya - asosiy fondlar eskirishini mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qismlab o‘tkazish yo‘li bilan yig‘ilib boriladigan pul mablag‘laridir. Amortizatsiya hisoblanadigan mulk tarkibiga O‘zbekiston Respublikasini qonunchiligiga ko‘ra qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ortiq bo‘lgan va foydalanish muddati 1 yildan oshadigan mulklar kiradi. Yer uchastkalari, qazilma boyliklar, o‘rmonlar va moliyaviy aktivlar bunga kirmaydi. Amortizatsiya ajratmasi so‘mmasi asosiy fondning qiymatiga, undan foydalanish muddatiga va modernizatsiya xarajatlariga bog‘liq. Amortizatsiyaning yillik so‘mmasini asosiy fondlar qiymatiga nisbatan foizlarda ifodalash orqali uning normasi aniqlanadi. Amortizatsiya normasi asosiy fondlar yiliga o‘zining balans qimatining qancha qismini mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shayotganligini bildiradi. Amortizatsiya normasini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi: Misol. Dastgohlarning jami boshlang‘ich qiymati 20,0 mln. so‘m., xizmat muddati - 8 yil. Modernizatsiya xarajatlari 4,0 mln. so‘m., demontaj sarflari 0,5 mln.so‘m., stanoklarning qoldiq qiymati 0,9 mln.so‘m. Bu holatda amortizatsiya normasi 11,25% [(20,0-0,9):(20,08)]x100, amortizatsiya ajratmalari so‘mmasi esa [(20,0 +4,0+0,5-0,9)]:8=2,95 mln.so‘mni tashkil etadi. Amortizatsiya ajratmalari miqdori uch usulda hisoblanadi: bir maromli; bajarilgan ish hajmiga nisbatan sonlar so‘mmasi bo‘yicha va qiymatni hisoblab chiqarish (kumulyativ) tezlashtirilgan usullar. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati O`z.R Vazirlar Mahkamasining 54-sоnli qarоri bilan «Mahsulоt (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sоtish xarajatlarining tarkibi hamda mоliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida Nizоm» 1999 yil 5 fevral. (2003 yil 15 оktyabrdagi yangi qaytadan ishlab chiqilgan nashri) 2-sоnli «Asоsiy xo`jalik faоliyatidan оlinadigan darоmadlar»; 6-sоnli «Lizing hisоbi»; 12-sоnli «Mоliyaviy investitsiyala rhisоbi» BXMS. Karimоv A.va bоshqalar. Buxgalteriya hisоbi Darslik. «Sharq» NMAKBT. -T.: 2004, -591bet. GusevaG.N., SheinaG.N. Оsnоvo’ bux. uchyota: teоriya, praktika, testo’. Uchebnоe pоsоbie - M.: Finanso’ i statistika, 2004 Internet saytlari http://www.accounting.rutgars.edu http://www. buhgalteria.com.ua http://www.1c.ru Download 42.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling