Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Uchinchi bosqich – asteniklik. Uning belgilari: kayfiyatning umumiy
depressiv ko‘rinishi, vahima, xavotir, o‘z kuchiga ishonmaslik, o‘ta jizzakilik, har narsaga xafa bo‘lish, senzitivlik ya’ni, har narsani ko‘ngilga yaqin olish. Vahima (vahimalilik) – ilgari sportchi uchun mutlaqo ahamiyatsiz bo‘lgan vaziyatlarda, yuzaga keladigan kuchli xavotirlanish va hatto qo‘rquv tarzida namoyon bo‘ladigan ichki psixologik oromning buzilish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Sport psixologiyasida vahimani tadqiq etishga juda katta e’tibor beriladi. Biroq bu tadqiqotlarning aksariyati musobaqalashuv sharoitlaridagi vahima jarayonlariga bog‘liqdir. Mashg‘ulotlar jarayoni bilan yuzaga keluvchi vahimalilik, u qadar o‘tkir bo‘lmasa-da, biroq barqaror ancha chuqur va uzoq muddat davom etadi. Vahimalilik holati – o‘z kuchiga, imkoniyatlariga ishonmaslikni, irodasizlikni oldinga qo‘yilgan natijalarni qo‘lga kiritishga shubhalanish hissini keltirib chiqaradi. Vahimalilik ham o‘ziga ishonch (yoki ishonchsizlik) ham sportchi shaxsining o‘ziga xos xususiyati bo‘lishi va u sportchining muayyan paytdagi holatini ifodalovchi hodisa tarzida kechishi mumkin. Mashg‘ulotlar jarayonida irodaviy zo‘r berishni tarbiyalash maqsadida murabbiylarga quyidagi psixologik tavsiyalar taqdim etmoqchimiz: 1. Mashg‘ulotlar chog‘idagi qiyinchiliklar eng oliy darajaga еtgan paytlarda sportchilarda yuz beradigan psixik o‘ta zo‘riqishning ayrim darajalari – to‘g‘ri tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonining tabiiy oqibatidir. Sportchilardagi psixik o‘ta zo‘riqishning mutlaqo sezilmasligi, 30 ularning bundan ham kattaroq jismoniy qiyinchiliklarni ko‘tara olishini va yanada qat’iyroq sport rejimiga dosh berishi mumkinligini ko‘rsatadi. 2. Agar unchalik og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan holi odatiy mashg‘ulotlar jarayonida, sportchida psixik o‘ta zo‘riqishning dastlabki belgilari kuzatiladigan bo‘lsa, buning sababini qo‘shimcha omillardan qidirish lozim. Ya’ni: a) sportchi uchun jamoada yaratilgan noxush psixologik iqlim (masalan, jamoa a’zolaridan biri bilan o‘zaro nizo yoki sportchining o‘z uyidan, oilasidan uzoq muddat ajralib, sport yig‘inlarida ishtirok etishi); b) motivatsiyasining pasayib ketishi (masalan, sportchi ishtirok etishni nihoyatda xohlagan musobaqalarning bekor qilinishi); v) sportchining sportchi shaxsiy hayotida nizoli, mojaroli vaziyatlarning yuzaga kelishi (masalan, mashg‘ulotlar bilan maktabdagi, institutdagi imtihonlar uchun bir oz vaqt ajratishning qiyin kechishi, uning uylanishi yoki turmushga chiqishi ham ba’zi hollarda bunday nizoli holatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin); g) sportchining qadriyatlari tizimida yangi, sportga nisbatan ham muhimroq biror mavzuning paydo bo‘lishi yoki muayyan vaziyatda uning uchun sportning qadri nisbatan pasayishi (masalan, sportchi kvartiraga ega bo‘ldi, mashina sotib oldi va ayni paytda ana shu tashvishlar bilan band) va hokazo. 3. Murabbiy shuni doimo esda tutishi lozimki, sportchida psixik o‘ta zo‘riqishning dastlabki belgilari paydo bo‘lganda avvalo sportchining o‘zgalar bilan munosabati va xatti-harakatlarini tuzatish, ularga o‘zgartirish kiritish lozim, hatto uning rejimini ham o‘zgartirish mumkin. Lekin, mashg‘ulotlarning jismoniy qiyinchiliklaridan zinhor voz kechish kerak emas. Sportchi o‘zi ushbu holatni albatta boshdan kechirishi zarurligini his etishi va tezda yana qayta oyoqqa turib ketishiga ishonishi shart. 4. Psixik o‘ta zo‘riqishning ikkinchi bosqich belgilari namoyon bo‘lganda, murabbiy rejalashtirilgan mashg‘ulotlardagi jismoniy yuklamani va sportchini qayta tiklanishini ko‘rib chiqishi kerak. 5. Agar psixik o‘ta zo‘riqishning uchinchi bosqichi belgilari namoyon bo‘lib qolsa, demak bu murabbiy sportchini tayyorlashda juda qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligini bildiradi (ya’ni, mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslubida, ularni tashkil etishda, sportchilar yashash sharoitida, ovqatlanishida, ular bilan muloqotda, ularning dam olish sharoitlarida va hokazolarda). 31 Psixik o‘ta zo‘riqishning uchinchi bosqichini boshdan kechirgan sportchi juda kam hollarda sportga qaytadi. Bu holatdan keyingi uzoq muddat davom etishi lozim bo‘lgan dam olish, unga barcha imkoniyatlarni muhayyo etuvchi shart-sharoitlar, uning qat’iy talablar, yuqori jismoniy qiyinchiliklar bilan kechuvchi sport sohasiga qaytishiga to‘sqinlik qiladi, oliy maqom, ya’ni ekstraklass toifadagi sport natijalarini qo‘lga kiritishiga, sportchining yana ilgarigidek o‘zini butkul sportga safarbar etishiga monelik qiladi. 6. Jismoniy yuklamalar ayniqsa kuchaygan bir paytda, agar sportchi mashg‘ulotlarda ishtirok etmaslikni astoydil talab qilayotgan bo‘lsa, uning bu istagini ana shunday qat’iyat bilan rad etish yaramaydi. Albatta, tushuntirish, uni ishontirish, unga zulum o‘tkazish, kuch ishlatish, tahdid qilish va yoki boshqa vositalar bilan sportchini mashg‘ulotlarda ishtirok etishga majbur qilish mumkin, ammo avvalo shunga zaruriyat bor yoki yo‘qligini bilib olish lozim. Ehtimol, bu sportchining o‘ziga xos ojizligidir va uning irodasini mustahkamlashga yordam berish orqali uni bu nuqsondan xalos etish mumkin. Agar sportchining mashg‘ulotlardan bu tarzda bosh tortishiga uning psixik-asab tizimlarining dosh berish darajasi tugab qolganligi sabab bo‘lsa, unda sportchi bittagina mashg‘ulot deb, startga tetik va dam olgan holda bora olmay qoladimi, – degan savol tug‘iladi. Agar sportchi avvaldan o‘zini o‘ta “dangasa” sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa, bunday sportchini istagancha majburan mashq qildirish mumkin, biroq chindan ham astoydil ishlaydigan, halol sportchiga bu borada muammoni hal etishni o‘z ixtiyoriga qoldirgan ma’qul. 7. Sportchining yoshi va tajribasi qancha katta bo‘lsa, u shuncha katta mustaqillikni talab etadi. Ammo hamma sportchilarga ham birdek mustaqillik berib bo‘lmaydi. Bu mojaro va nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi uchun zamin tayyorlab, yuqori jismoniy qiyinchiliklar paytida har qanday arzimas sabablar bilan turli noroziliklar, kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bir tomondan ularni oldindan ko‘ra bilish va ularning oldini ola bilmoq joiz bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu nizolar, janjallar yosh sportchilarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga harakat qilmoq kerak. Xulosa qilib aytganda, sportchilarni mashg‘ulot va musobaqalarda irodaviy tayyorlashda oila va sport maktablarining o‘zaro hamkorligi, qo‘llab-quvvatlashi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lmog‘i lozimdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling