Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

Komplekslik tamoyili. Bunda turli usullar kompleksini qo‘llash yoki 
alohida jarayonlar va holatlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash 
imkoniyatini beruvchi turli sharoitlarda tajribaviy ko‘rsatkichlarni 
takrorlash tushuniladi.
Dinamiklik tamoyili. Har qanday psixik voqea-hodisa uning nafaqat 
ayni paytdagi holati, xususiyatlari bo‘yicha, balki uning istiqboldagi 
rivojlanishini ham nazarda tutgan holda, ob’ektiv rivojlanish jarayonida 
o‘rganilishi kerak.
Tahliliy-sintetik o‘rganish tamoyili.
Ushbu tamoyil shunday o‘ziga xos bir uslubiy yondoshuvni talab 
qiladiki, unda bir tomondan psixikaning alohida unsurlari ajratib 


37 
ko‘rsatilsa, ikkinchi tomondan esa sportchi shaxsining yoki muayyan 
psixik xolatning yaxlit tavsifi beriladi.
Diagnostikaning yuqorida tilga olingan barcha tamoyillari uslublarni 
tanlashga va diagnostikani tashkil etishga nisbatan o‘zining aniq 
talablariga egadir. Tanlangan uslublar validligi, ishonchliligiga ega 
bo‘lishi kerak, hamda prognostik qiymati va differensiyalovchi kuchi bilan 
ajralib turmog‘i lozim.
Validlik – bir tomondan psixologik tajriba natijalarining, ikkinchi 
tomondan esa sinovga jalb etilgan sportchi shaxsining xatti-harakatlari va 
faoliyati turlari, shakllari o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatadi.
U psixologik tajribaning qanchalar haqqoniy ekanligini o‘zida 
ifodalaydi. 
Ishonchlilik – o‘rganilayotgan guruh ichida sinovga jalb etilgan 
sportchi shaxsining doimiy joyini (uning tabaqasini) belgilab beradi. 
Testning ishonchliligini sinovga jalb etilgan sportchi shaxsining ikkita 
ko‘rsatkichini, juft va toq topshiriqlarni qiyoslash orqali aniqlash yoki 
ikkita tajribani, yo bo‘lmasa bir necha tajriba variantlarini o‘zaro qiyoslash 
orqali aniqlash mumkin. Bunda 0.8 – 0.9 tartibidagi korrelyatsiya 
koeffitsientlari testning ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.
Testning prognostik qiymati muvaffaqiyatga erishish darajasini 
oldindan ko‘ra bilish imkoniyatlarini ifodalaydi. Prognostik baholar 
kishilarni bir-biriga taqqoslash, masalan, muayyan bir sport turi bo‘yicha 
“ideal” sportchini maxsus sinovlar ma’lumotlariga nisbatan taqqoslash 
orqali ham olinishi mumkin. Prognostik baholarni sinovga jalb etilgan 
sportchi shaxsining xususiy jihatlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan kishidan 
so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan ham olish mumkin. Agar yuqori malakali 
basketbolchi – mergan, ko‘zo‘lchov testlar jarayonida o‘ta aniq mo‘ljalga 
olish natijasini ko‘rsatsa, bu ham qo‘llanilayotgan testning prognostik 
qiymati haqida fikr bildirish imkoniyatini beradi.
Umuman olganda psixodiagnostikaning vazifasi sportchining 
imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir.
a) Sport bilan shug‘ullanish chog‘ida (sportdagi tanlash muammosi); 
b) muayyan tayyorgarlik mashqlari siklida yoki alohida 
mashg‘ulotlarda; 
v) musobaqalarda yoki muayyan musobaqada. 
Sportdagi tanlash muammosi – o‘ta dolzarb va ayni paytda ilmiy bilish 
o‘ta qiyin bo‘lgan muammodir. Ushbu muammo asosan sport 
murabbiylarining ko‘p yillik tajribasi evaziga hal etiladi. 


38 
Sportdagi tanlash bo‘yicha psixodiagnostikaga oid tadqiqotlar hozircha 
juda kam. 
Mashg‘ulot jarayonida sportchining imkoniyatlarini aniqlash 
psixodiagnostikaning eng muhim qismidir. Sportchilar organiz- 
mi dosh berayotgan yuklamalarning psixologik ko‘rsatkichlari, unga 
moslashuvchanligi darajalari tadqiq etishga molikdir. Buning uchun 
musobaqalarda organizm tomonidan olinadigan yuklamalar ta’siri ostida 
yuz beradigan bioximik o‘zgarishlar va ularning psixofiziologik hamda 
psixologik ko‘rinishlari orasidagi aniq aloqalarni aniqlashga bioximik 
ko‘rsatkichlardan foydalanish kengayib bormoqda. 
Musobaqalarda sportchilarning imkoniyatlarini aniqlash va belgilab 
olish. Bu ham psixodiagnostikaning eng zaruriy bo‘limlaridan biri 
hisoblanadi. Sportchining start oldidagi psixik holatiga asoslangan holda 
musobaqadan oldingi prognozlarga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Musobaqalardan oldingi diagnostika birinchi navbatda boshqaruv 
vositalarini yoki startoldi emotsional holatlarini o‘z-o‘zini tartibga solish 
vositalarini zamonaviy tarzda qo‘llay bilish uchun zarurdir. 
Psixodiagnostika maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun u albatta sport 
murabbiyiga va sportchiga bag‘ishlangan ayrim sport turlari bo‘yicha yoki 
musobaqalar jarayonida qo‘llanish uchun tavsiya etilgan psixologik-
pedagogik tavsiyalarga muvofiq kelishi kerak.
Sportchining holati va xatti-harakatlarni boshqarish quyidagi tarzda 
namoyon bo‘ladi: 
1. Muayyan motivlarni tanlashda (sportchini izchil ravishda 
o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlariga ko‘niktira bilish.). 
2. Muloqotning o‘ziga hosligida (tayyorgarlik mashg‘ulotlari va 
musobaqalar chog‘ida yuz beradigan turli vaziyatlarda sportchiga nimani 
va qanday aytishni bilish).
3. Musobaqalar oldidan va bevosita start oldidan sportchi o‘zini 
hayajonini qo‘lga ushlay olishida.
4. Startoldi holatlarida sportchining o‘z holatini boshqarish va o‘z- 
o‘zini tartibga solishiga yo‘naltirilgan hamda mashg‘ulotlar yoki 
musobaqalardagi kuchli zo‘riqishlardan so‘ng o‘zini qayta tiklab olishga 
yo‘naltirilgan maxsus psixologik tadbirlardan foydalana bilishda.
Mazkur sportchilarning holati va xatti-harakatlarni aniqlashda quyidagi 
metodlar muhim sanaladi: 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling