Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperiment metodi
Kuzatish metodi. Sportchining har kungi mashg‘ulot, musobaqa va
musobaqadan so‘nggi holatini kuzatish, tahlil qilishdan iborat jarayondir. 39 Sportchining psixologik o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: a) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; b) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; v) sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma’lumotlar to‘planadi; g) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; d) kuzatish qancha davom etishi belgilanadi; ye) kuzatish sportchining qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sportda), amalga oshirilishi tavsiya etiladi; yo) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi; j) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi. Sportchini kuzatish orqali undagi emotsional o‘zgarishlarni aniqlashdan tashqari, sportchining musobaqadagi xavfli vaziyatlarda aql-zakovatining ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi yuzasidan ma’lumotlar olindi. Natijada sportchining musobaqaga jismoniy va psixologik tayyorgarlik holati qay tarzda, qay tezlikda, qay shaklda ro‘y berishi kuzatiladi. Tajribalarimizning ko‘rsatishicha, kuzatish yordamida sport bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchining chaqqonligi, chidamliligi, tashabbuskorligi, sport musobaqasi jarayonida fikrning bir ob’ektga yo‘naltirilganligi, tashqi ta’sirga berilmasligi, yuz alomatlaridagi tashvish va iztirob, o‘z-o‘zicha ichki nutqning paydo bo‘lishi, o‘z raqibiga tomoshabin va hakamlarga sinchkovlik bilan qarashi, g‘azab va xursandlik kabi ruhiy kechinmalarni kuzatish orqali ilmiy-uslubiy ma’lumotlarni to‘plash mumkin. Eksperiment metodi. Sportchilarni mashg‘ulotlar jarayonlarida maxsus texnika va texnologiyalarni qo‘llash orqali biror-bir natijaga erishish bo‘lib, sportchining jismoniy sifatlari, texnika va taktikasi, psixologik tayyorlash va rivojlantirishda Sun’iy hosil qilingan sharoitda namoyon bo‘luvchi faoliyatni tahlil qilishdan iboratdir. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling