Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

 
Trening turlari 
 
Treninglarni qanday maqsadda tashkil etilishiga qarab, asosan 
quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
1. Turli xil psixologik muammolardan chiqib ketish uchun ko‘nikmalar 
hosil qilish maqsadidagi treninglar. 
2. Davolash maqsadida tashkil etiladigan treninglar. 
3. Boshqaruv malakalarini shakllantiruvchi treninglar. 
Birinchi turdagi treningni yana bir necha xilga ajratish mumkin: 
 Sportchi shaxsilararo muloqotichalik ko‘nikmalarini hosil qilish uchun 
tashkil etiladigan treninglar. 
 Sportchi sportchi shaxsini barkamollashtirishga qaratilgan treninglar 
 Emotsional hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etish bilan bog‘liq treninglar. 
 Tanani yangi xatti-harakatlarga o‘rgatish uchun treninglar. 
Bularni har birini alohida qarab chiqiladigan bo‘lsa, quyidagi 
ma’lumotlarni berish mumkin bo‘ladi: 
Sportchilarda sportchi shaxsilararo muloqotichalik ko‘nikmalarini 
hosil qilish uchun tashkil etiladigan treninglarning maqsadi – muloqot 
jarayonida vujudga keladigan nizoli va muammoli vaziyatlarni еchishga 
o‘rgatishdan iboratdir. 
Bu borada olib borilgan treninglar ishtirokchilarga nima beradi? 
Guruh a’zolarining har birida kuzatuvchanlikning oshishiga olib 
keladi; 
Muloqotga kirishayotgan sherigining verbal va noverbal 
muloqotidagi farqni ajrata bilishga o‘rgatadi, ya’ni ishtirokchilar 
muloqotdagi sherigining so‘zlari bilan mos kelmayotgan xatti-harakati
holati, imo-ishoralarini o‘qiy bilishga, ularni tahlil qilishga o‘rganadi;
Turli xil vaziyatlarda suhbatdoshi bilan muloqotga kirisha olish 
yo‘llarini egallashga o‘rgatadi; 
Nizoli va muammoli vaziyatlarda xulk-atvorini me’yorida ushlab 
turishga o‘rgatadi. 
Muloqot jarayonida boshqalarni, o‘zini, shuningdek, odamlar 
orasidagi munosabatlarni yaxshiroq tushunishga o‘rgatadi. 
Sportchi shaxsining o‘z-o‘zini anglash jarayonini tezlashtiradi. 
O‘zi va suhbatdoshining emotsional holatini solishtirishga, o‘zidagi 
emotsional zo‘riqishni pasaytirishga o‘rgatadi. 


60 
Trening jarayonida trener sportchi shaxsilararo munosabatlarni 
yaxshilash uchun mo‘ljallangan o‘yin va mashqlar, baxs-munozaralarni 
taklif etishi uchun aynan muloqot haqida, shuningdek bu boradagi 
psixologik bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi. Sportchi shaxsilararo 
munosabatlar psixologiyaning eng murakkab va asosiy yo‘nalishi bo‘lib, 
buni bilmasdan turib trening jarayonini tashkil etish va uning samarasini 
ta’minlash mumkin emas.
Sportchilar o‘zaro munosabatlarda qanday pozitsiyada turib muloqot 
o‘rnatishlariga qarab psixologiyada 5 xil munosabat tiplari farqlanadi: 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling