Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


 Sportda psixodiagnostika metodikalar va uni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

4. Sportda psixodiagnostika metodikalar va uni 
samaradorligi. 
Psixologik-pedagogik tashxisdan ma’lumki, jismoniy tarbiya inson 
psixik jarayonlari uchun muhim ahamiyatga ega, chunki markaziy nerv 
sistemasi va inson tayanch harakat a’zolari orasida aloqa mavjud. Bu 
tana va ruhning birligi miyaning funksiyasi va strukturasi bilan 
belgilanadi. Sklet muskulaturada maxsus nerv hujayralar joylashgan 
bo‘lib, muskul harakatida teskari aloqa prinsipi bo‘yicha undovchi 
impulslarni miyaga jo‘natadi.
Sport psixologi E. Jokelning aniqlashicha, keksa gimnastlar, ya’ni 
butun hayoti davomida sport bilan shug‘ullanganlar, sport bilan 
shug‘ullanmaganlarga qaraganda 10 – 20 yilga yosh ko‘rinishlari 
aniqlangan.
Psixofiziolog olimlarning aniqlashlaricha, o‘ng qo‘lini doimiy mashq
qilgan sportchida nerv jarayonlarining doimiy irradiatsiyasi oqibatida
miyada chap qo‘l mashqlarda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, chap qo‘lning 
mashq qilishi yaxshilangan. Markaziy nerv sistemasi jarayonlarining 
irradatsiyasi (tarqalishi) tufayli chap qo‘lga o‘tkazilgan tajriba xotirada 
mustahkamlangan va haqiqiy mashqday idrok qilingan. 
Aqliy faoliyat va motor faolligi orasida ham aloqa mavjud. Bir
tomondan, maxsus nerv hujayralari impulslar bosh miya po‘stlog‘i 
funksiyasini qo‘zg‘aydi; ikkinchi tomondan, motor faolligiga inson ongi, 
masalan, hayol yordamida ta’sir qilishi mumkin.
Motor apparatning bunday hayoliy harakati sportda ma’lum. Futbol 
o‘yinini tomosha qilayotgan tomoshabinlar o‘yinchilar harakatini fikran 
idrok qiladilar. Avtomobil yo‘lovchilar ba’zi vaziyatlarda yo‘q tormozni 
bosadilar. 
Karpenter effektining amaliy ahamiyati katta. Doimiy sport bilan 
shug‘ullanuvchi insonlar ba’zi qiyin vaziyatlarda tananing bo‘shashishi 
harakatini ko‘z oldiga keltirib bo‘shashishlari yoki autogen mashqlardan 
foydalanishlari mumkin.
Shunday qilib, sport faolligi va motor faollik inson sog‘lig‘iga
ijobiy ta’sir qiladi, uning ruhiy va jismoniy holatini yaxshilaydi.
Sog‘liqni saqlash va mustahkamlash uchun sport bilan shug‘ullanishda 
quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. 


33 
1. Doimiy va davomiylik. Mashq har kuni bir marta kamida 5 daqiqa 
davom etishi maqsadga muvofiq. Agar mashq haftasiga 3 marta
o‘tkazilsa, kuniga 15 – 20 daqiqadan shug‘ullanish zarur.
Haftasiga bir marta o‘tkaziladigan mashqlar to‘g‘ri olib borilsa, ish 
qobiliyatini saqlashga yordam berishi mumkin, lekin haqiqiy mashqdagi 
natijani bermaydi. Haftasiga bir marta haddan tashqari ko‘p 
shug‘ullanish sog‘liqqa ziyon keltirishi mumkin. 
2. Yugurish, gimnastika va cho‘milish va boshqa sport turlari tavsiya
etiladi. Sog‘liqni mustkahkamlash uchun oddiy sayr va gimnastika еtarli 
emas. Sport musobaqalarida tartib, intizom o‘z-o‘zini tanqid qilish, iroda
kuchi shakllanadi. 
Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida bolalarni qabul qilishda 
quyidagi pedagogik-psixologik tashxisga asoslanish maqsadga muvofiq: 
– sportchining sport turiga bo‘lgan motivatsion tanlovini aniqlash; 
– sportchining jismoniy sifatlari: kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, 
egiluvchanlik; 
– individual psixologik xususiyatlari temperament ( xolerik, sangvenik, 
flegmatik, melanxolik), xarakter, qobiliyat (irsiy-biologik) 
– sportchining psixik jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, tafakkur, hayol, 
nutq, diqqat. 
– sportchilarda mashg‘ulot, musobaqa va musobaqa oldi, 
musobaqadan so‘ngi holatlarda kuzatiladigan emotsiya, stress, effekt, 
shok kabi psixik xolatlarni chuqur kuzatish hamda psixokorreksiya 
ishlarini tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. 


34 
Mazkur 
pedagogik-psixologik 
tashxis 
jarayonlari 
quyidagi 
bosqichlarga asoslanib o‘tkaziladi. 
Shuningdek, bolalarni sportga yo‘naltirishda ularni yoshi, jinsi, ijtimoiy 
kelib chiqishini o‘rganish muhim o‘rin tutadi: 
– bolalarning yosh davrlari muhim sanalib, ba’zan balog‘at yoshi, 
organizmda o‘zgarishlar yuz berayotgan vaqtda noto‘g‘ri sport turlari og‘ir 
atletika, kurashga yo‘naltirish natijasida organizimda yuklamalar hosil 
bo‘lishi ularda salbiy jismoniy zo‘riqishlarni kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladi; 
– sportda gender psixologiya masalasi muhim sanaladi, sport turlarida 
o‘g‘il va qiz bolalarning o‘rni hamda beriladigan yuklamalarning o‘zaro 
mutanosibligi bilan farq qilishi nazarda tutiladi; 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling